Gulli ekinlar va dekorativ - bargli o'simliklar assortimentini tanlash




Download 11.6 Mb.
bet20/52
Sana22.06.2021
Hajmi11.6 Mb.
#15161
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
Gulli ekinlar va dekorativ - bargli o'simliklar assortimentini tanlash landshaft bezashning jihatlariga ko'p darajada ta'sir ko'rsatadi. Maydonni dekorativ bezatish uchun tanlangan o'simliklar to'plami mazkur badiiy amalga oshirishi uchun zarur bo'lgan barcha elementlarni o'z ichiga olishi kerak. Lekin unda navlar va ranglar miqdori haddan ko'p bo'lmasligi kerak. Hatto keng parterli kompozitsiyalarda ham odatda navlari soni 20—25 va 30 dan ortiq bo'lmagan o'simliklar navlari yetarli bo'ladi, ornamental


gulpushtalarda - 8-10 dan 15 navgacha, gulla-yotgan gulpushtalar va rabatkalarda - 2 tadan 6 tagacha navdagi o'simliklar yetarli bo'ladi.

O'simliklarning yaxshi o'sib ketishini ta'minlash uchun mazkur uchastkaning ekologik talablariga muvofiq tuproq, yorug'lik, issiqlik, namlikka bir xil talabga ega o'simliklarni tanlash kerak emas. Soya uchastkalarda yorug'likni sevuvchi o'simliklarni joylashtirishdan qochish kerak, namlikni yaxshi ko'ruvchi o'simliklar yoniga ortiqcha suvni yoqtirmaydigan o'simliklarni joylashtirmaslik kerak.

O'simh'klarning taqvim vaqtini va gullash davomiyligini hisobga olib tanlash ham juda muhim ahamiyatga ega. Markazni gullar bilan bezatish yetarli darajada dekorativ bo'lishi va butun vegetatsion mavsum mobaynida, erta bahordan kech kuzgacha yaxlit taassurot qoldirishi kerak. Bunga o'simliklarni gulpush-talarda, rabatkalarda, miksborderlarda va guruhlarda gullab bo'lgan o'simliklar o'rniga parallel ravishda boshqalari gullab turadigani hisobiga erishiladi. Bunday usul eng tejamli hisoblanadi, chunk! ko'p yillik o'simliklardan keng foydalanishga yo'l qo'yadi. Ammo undan mas'ul uchastkalarda hamma vaqt ham qo'llanilib bo'lmaydi. Masalan, rasmning aniqligi talab qilinadigan ornamentli gulpushtalarda va rabatkalarda, dekorativligini yo'qotgan o'simliklarni joylashtirib bo'lmaydi. Shuning uchun ham gulpushtalar va rabatkalar uchun deyarli bir paytda gullovchi va so'nuvchi gilam-bargli o'simliklar qo'llaniladi.

Suvli qurilmalar markazdagi maydonlarning landshaftli tashkil etishda muhim rol o'ynaydi. Monumental hal qilishni talab etuvchi zonalarda, odatda, mumtoz shakldagi faworalar va sharsharalar quriladi. Landshaft tashkil etishning zamonaviy an'a-nalari suv mavzusini turlicha talqin qilishi, uni maydonlarning ochiq joylarida va piyodalar maydonlarida o'rnatilishi namunalari bilan to'lib ketgan. Mazkur usullar issiq quruq iqlimda muhitni namlash uchun juda yaxshi natija beradi.





Download 11.6 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Download 11.6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gulli ekinlar va dekorativ - bargli o'simliklar assortimentini tanlash

Download 11.6 Mb.