Landshaft dizayni qurilmalarining tipologiyasi




Download 11.6 Mb.
bet9/52
Sana22.06.2021
Hajmi11.6 Mb.
#15161
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
Landshaft dizayni qurilmalarining tipologiyasi. Landshaft dizayn qurilmalari va ularning arxitekturasi eng muhim estetik, foydalanishga qulay, manzaraviy va sog‘lom funksional muhit yaratish bilan bog‘liq sohalardan biridir. Aynan ana shu soha hozirgi kunda shaharlarimiz va qishloqlarimiz muhitida, ayniqsa bog‘–parklar va xiyobonlarda yaxshi yechim va sifatlarga ega bo‘lishga muxtojdir.

Landshaft arxitekturasi bu umumiy so‘z bo‘lsa, landshaft qurilmalari uni moddiy to‘ldiruvchi, uning barcha ob'ektlariga sifat va mazmun bag‘ishlovchi, landshaft bilan bog‘liq mo‘jaz me'moriy shakllar, tashqi muhitni obodonlashtirish, o‘simliklar, yer relefi, suv havzalari, bog‘–park mebellari, me'moriy shakllar bilan bog‘liq elementlar, bularning barcha–barchasi landshaftni shakllantiruvchi qurilmalardir.

Manzarali landshaft guruhlarini yaratishda daraxtlarning o‘lchamlari, shoxlarining tig‘isligi, bargi va fazoviy tuzilishi, ularning davriy rivojlanishidagi xususiyatlari: barglanish va bargsizlanish vaqtini, gullash davrini, kuz davrida qanday tusga kirishini e'tiborga olish zarur.

Bog‘-parklar landshaft kompozitsiyalarida faqat butalardan tuzilgan alohida guruhlar ham qo‘llaniladi. Ular ham daraxtlar guruhiga o‘xshab tarkibi bo‘yicha toza va aralash bo‘lishi mumkin. Butalardan tuzilgan guruhlarni daraxt guruhlari orasidagi bo‘sh joylarga, qurilgan bino burchlari, ko‘chalar chetlari, bulvarlar, bog‘-parklardagi yo‘llar chetiga joylashtirish mumkin. Yirik va mayda bargli butalarni och yashil, to‘q yashil qoramtir, tig‘is va siyrak shoxli butalar bilan yilning turli fasllarida turlicha gullovchi, kuz faslidagi barglariga yangi rang beruvchi butalar bilan guruhlashda xuddi daraxt guruhlarini tuzish va shakllantirishdagi qoida va uslublar, me'moriy-badiiy va landshaft vositalaridan foydalanish zarur. o‘lchamlari va shakliga bog‘liq holda 1 metrdan to 3 metrgacha olinadi. Butalarni ekishda buta oraliqlari ularning

O‘zbekiston sharoitida uzoq muddat (fevraldan to noyabrgacha) gullab turuvchi butalardan tuzilgan guruhlarni yaratish mumkin.

Buning uchun forzitsiya, bagryanik, bodom, yapon behisi, magoniya, spireya, deytsiya, jasmin, boyarshnik, siren, buldenej kalinasi, drok, veygelya, barbaris, buryuchina, svidinya, buzina, gartenziya, prutnyak, siriya atirguli, gibiskus, chelepsis, budleya, sumoxlardan foydalaniladi.

Daraxt va butalardan tuzilgan murakkab guruhlarning ko‘p sonli aralashmasi yashil massivlar kompozitsiyasini tashkil qiladi. Ularni yaratish uchun joy hududining tabiiy geografik va iqlimiy sharoitlarini chuqur o‘rganish va eng muhimi mahalliy sharoitlarga moslashgan daraxt navlarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Qo‘llanilayotgan daraxtlarning navlari va turlari iloji boricha keng sonli va mahalliy sharoitlarga moslashgan bo‘lishi shart.

O‘zbekistonda qo‘llaniladigan bosh, ya'ni asosiy daraxt turlariga ekiladigan tuman va mintaqalarga bog‘liq holda dub chereshchatiy, qrim qarag‘ayi, soxta kashtan, yasen obiknovenniy, yapon saforasi, virjin mojevelnigi, katalpa velichestvennayalar kirsa, to‘ldiruvchi turlarigi–teraklar, majnuntol, sovun daraxti, dala klyoni, aylantlar kiradi. Hozirda bosh navlar qatorini kengaytirish maqsadida ularga kanada bundugi, lola daraxti, beryoza, lipa, klyon yavorlarni kiritish, to‘ldiruvchi navlarga esa lenkoran akatsiyasi, boyarishnik va boshqalarni kiritish urfga kirgan.

Daraxtlar oldi va atroflariga go‘zal gullvochi butalar ekib yashil massivlar manzarasining sifatini oshirish mumkin.





Download 11.6 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




Download 11.6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Landshaft dizayni qurilmalarining tipologiyasi

Download 11.6 Mb.