Landshaft dizayni va interyer




Download 5.13 Mb.
bet14/46
Sana22.06.2021
Hajmi5.13 Mb.
#15160
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
Intererda rang – Ranglar shunday ta'sir kuchiga egaki, ular insonning miya faoliyatiga, kayfiyatiga va ruhiyatiga to‘g‘ridan to‘gri ta'sir eta oladi. Masalan, moviy, yashil ranglar «shifobaxsh» rang sifatida e'tirof etiladi. Olimlar tomonidan yashil rangning yurak va kon aylanish jarayoniga ta'sir qilishi isbotlab berilgan. Biz odatda uyimizda, ish joyimizda turli tabiiy gullarni o‘stiramiz yoki atrofni sun'iy gullar bilan bezatishga harakat qilamiz. Nega, degan savol tug‘ilishi turgan gap. Bu shuning uchunki gullarga, yashil rangga bo‘lgan ehtiyoj bizning ong ostimizda paydo bo‘ladi va biz yashil dunyoning bir bo‘lagini shuurimizga olib kirib undan bahra olamiz. Bu esa bizning yuragimizning xotirjam va baquvvat bo‘lishiga yordam beradi. Yashil — tabiat rangi. Psixoterapiyada yashil rang tinchlantiruvchi rang sifatida qo‘llaniladi. Shuningdek u farovonlik ramzi hamdir. Yashil rang tinchlik, soddalik va uyg‘unlik ramzi sifatida ham e'tirof etiladi, Bu rang dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlaridagi, shovqinli tumanlardagi binolarni bo‘yashda keng qo‘llaniladi. Katta va yaxshi yoritilmaydigan xonalarni bo‘yashda to‘q yashil rangdan foydalanish tavsiya etilmaydi. Yashil rangdagi sun'iy yoritkichlar buyumlarni och rangda ko‘rsatgani bois ular oshxona va choy ichiladigan xonalarga qo‘yilmaydi. Yashil rang sariq, qizil va pushti ranglar bilan ajoyib uyg‘unlik hosil qiladi. Bu ranglarni uyg‘unlashtirish esa har qanday joyga salqinlik va musaffolik olib kiradi. Agar sizga tinchlik va osoyishtalik zarur bo‘lsa, atrofingizni ko‘proq yashil rang bilan boyitishga harakat qiling.

Yashil va ozgina ko‘k ranglarning omuxtaligi ish kabinetlari uchun mos tushadi. Qishloq uslubidagi intererni yaratish uchun zaytun yoki och yashil bilan jigarrang va qizil ranglarning uyg‘unligidan foydalanilsa ayni muddao bo‘ladi. Agarda uyga yorug‘lik kam tushsa, siz yashil va oq ranglarni tanlashingiz mumkin. Bu ranglar uyni yorug‘ va shinam ko‘rsatadi. Oldin ham aytib o‘tilganidek to‘q yashil dabdaba va hashamatli ko‘rinish beruvchi xususiyatga ega. Zumrad-yashil rang och ko‘k va sariq ranglar bilan ajib ko‘rinish kasb etadi.

Har qanday intererni yaratishda sariq rangdan foydalanmaslikning iloji yo‘q. Negaki sariq xuddi quyosh nuri kabi iliqlik bagishlash xususiyatiga ega. Ranglar bilan davolashda sariqdan qizdiruvchi va rag‘batlantiruvchi vosita sifatida foydalaniladi. Sariq rang turli tuslarga ega. Masalan, och sariq, qizg‘ish sariq va to‘q sariq ranglar kayfiyatni ko‘taradigan, e'tiborli ko‘rinishga ega. Sariq rangni oq bilan uyg‘unlashtirish orqali tushkun kayfiyatni, lanjlikni davolash mumkin ekan. Sariq rang yashil bilan juda yaxshi munosabatga kirisha oladi va tabiat musaffoligini his qilish imkonini beradi. Ko‘k bilan birga ishlatilgan sariq yorqinlik effektini, qizil bilan esa kayfiyatni ko‘taradigan va dabdabali ko‘rinish beradi. Oltin rang va mis ranglardagi sariq tus barcha narsaga hashamat bag‘ishlaydi. Apelsin rang kuchli quvvat manbai bo‘lib, undan foydalanilganda issiq tropik iqlim effekti hosil bo‘ladi. Sariq ko‘k va oq ranglar bilan birgalikda O‘rtaer dengizi uslubini yaratadi, deb bejizga aytilmagan.

Oq rang — musaffolik, bokiralikni, pokizalik va osoyishtalik ramzi sanaladi. Oq va neytral ranglar kartinalar, antikvar buyumlar uchun juda yaxshi fon bo‘la olishi bilan birga xonalarga shinam ko‘rinish beradi. Bu rang asosan pastak va to‘q ranglarga bo‘yalgan binolarni, xonalarni bo‘yashda qo‘llanilishi bilan ularni baland va yorqin ko‘rsatadi.



Ranglarning xususiyatlarini o‘rganish jarayonida ularning ta'sir kuchi haqida to‘xtalgandik. Ana shu jihatlarga asoslanib ranglarni asosiy va to‘ldiruvchi ranglarga ajratish mumkin. Qizil, ko‘k va sarik ranglar asosiy ranglarga kiradi. To‘ldiruvchi ranglarni yashil, binafsha, zargaldok kabi ranglar tashkil etadi. Asosiy va ikkilamchi ranglar bir-biri bilan qat'iy ketma-ketlikda munosabatga kirishadi va ranglar kamalagini hosil qiladi. Ranglarni bir-biri bilan moslashtirish ikki asosiy guruhga ajratiladi: nyuans va kontrast (qarama-qarshi) ranglar. Nyuans uslubida ranglar uyg‘unligiga katta ahamiyat berilsa, kontrast uslubda esa ikkinchi darajali ranglardan keng foydalaniladi.







Download 5.13 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Download 5.13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Landshaft dizayni va interyer

Download 5.13 Mb.