YER SILKINISHI (ZILZILA) VA UNING OQIBATLARI




Download 5.13 Mb.
bet18/46
Sana22.06.2021
Hajmi5.13 Mb.
#15160
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46
YER SILKINISHI (ZILZILA) VA UNING OQIBATLARI

Tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi va dahshatlisi bu – yer silkinishi (zilzila)dir. Yer silkinishi – yer osti zarbasi va yer ustki qatlamining tebranishi bo'lib, tabiiy ofatlar, texnologik jarayonlar tufayli vujudga keladi. Yer ostki zarbasining paydo bo'lish o'chog'i, yerning ostki qatlamida uzoq vaqt yig'ilib qolgan energiyaning yuzaga otilib chiqish jarayoni tufayli yuzaga keladi. O'choqning ichki qismi markazi giposentr deyiladi, yerning ustki qismidagi markazi episentr deyiladi.



Yer silkinishi yuzaga kelish sabablariga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:

  • Tektonik zilzilalar;

  • Vulqon zilzilalari;

  • Ag'darilish, o'pirilish zilzilalari;

  • Texnogen (insonning muhandislik faoliyati bilan bog'liq) zilzilalar.

Yuqorida aytib o'tilgan yer silkinishi turlari ichida katta maydonga tarqaladigani va eng ko'p talofat keltiradigani tektonik yer silkinishidir. Ma'lumki, har yili planetamizda 100 000 dan ortiq yer silkinishlarini seysmik asboblar(seysmograflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojia bo'lib, imorat va inshootlarning buzilishiga, yer yuzasida yoriqlarning paydo bo'lishiga, ming-minglab insonlar yostig'ining qurishiga olib keladi.

Yer silkinish o'chog'i giposentrning joylashgan chuqurligi bo'yicha zilzilalarni: yuzaki – 70 km.gacha, o'rta – 70 - 300 km va chuqur – 300 km dan pastda “mantiya” qatlamida vujudga keladigan turlarga ajratish mumkin. Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning o'chog'i asosan 70 km gacha chuqurliklarda joylashganligi qayd etilgan.

Kuchli yer silkinishi oqibatida yerning yaxlitligi, butunligi o'zgaradi, inshootlar, jihozlar buziladi, kommunal-energetik qismlar ishdan chiqishi, insonlar o'limi yuz beradi. Yer qimirlashning asosiy ko'rsatkichlari quyidagilardan iborat: yer silkinish o'chog'ining chuqurligi, silkinish amplitudasi va yer silkinishining intensiv energiyasi.

Yer silkinishining kishilar ruhiy holatiga bo'lgan ta'siri, imorat va inshootlarning buzilishi, vayron qilinishi, yer yuzasida vujudga kelgan o'zgarishlar (yer sathida yoriqlar va buloqlarning paydo bo'lishi) insonlarga yuz bergan hodisalarning kuchini baholashga o'rgatgan. Natijada nisbiy baholash shkalasi paydo bo'lgan.

Zilzila kuchi ikki xil o'lchov birligida o'lchanadi:

1. Ballarda;

2. Magnitudada.

Dunyoning juda ko'p davlatlarida yer silkinish kuchi 12 balli xalqaro o'lchov birligida o'lchanadi.

Ball – yer yuzasining tebranma harakat darajasini ko'rsatadi. Silkinishkuchini ballarda o'lchashda “seysmograf”lardan foydalanib, tog' jinsi zarrachalarining tebranma

harakat tezligi topiladi. Ya'ni yozib olingan “seysmogrammalar” orqali zarrachalarning tebranish amplitudasi aniqlanadi va shu asosida seysmik to'lqin tezlanishini quyidagi formula orqali hisoblab chiqarish mumkin.







Download 5.13 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46




Download 5.13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



YER SILKINISHI (ZILZILA) VA UNING OQIBATLARI

Download 5.13 Mb.