Evakuasiya rejasi bo’yicha




Download 5.13 Mb.
bet36/46
Sana22.06.2021
Hajmi5.13 Mb.
#15160
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46
Evakuasiya rejasi bo’yicha Har qanday maqsadda qurilgan inshoot va binolar (yashash, ishlab chiqarish va maishiy xizmat ko'rsatish joylari) da ham odamlarning harakatlanishini muhim jarayon deb qarash zarur. Harakatlanish jarayonining kechadigan sharoitidan bog'liq ravishda ikki turi mavjud. Birinchisi odatiy harakatlanish, ikkinchisi esa–majburiy harakatlanish. Bino va inshootlardagi oddiy ish sharoitlarda kishilarning odatiy harakatlanishi sodir bo'ladi. Favqulodda vaziyatlar sharoitida esa kishilarning hayotiga havf tahdid solishi sababli, majburiy harakatlanish amalga oshiriladi.

Aholini evakuasiya qilish deb nomlanuvchi, majburiy harakatlanish o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ofat (havf) manbaidan havfsiz joyga harakatlanib odamlarning tashqariga chiqishi Bog'da joylashgan bino va inshootlarda xonadan-xonaga eshiklar orqali, o'tish yo'laklari va karidorlar bo'ylab yurib, zinapoyalardan tushishiga to'g'ri keladi.

Bu yo'llar va chiqish joylari ma'lum talablar bajarilgan taqdirda evakuasiya yo'llari deyiladi. Yuz bergan favqulodda vaziyatlarning turiga bog'liq ravishda harakatlanish mobaynida odamlarga ta'sir etuvchi havf va odamlar oqimining miqdori o'zgarib boradi. Bu o'zgarish binolarning mo'ljallanishi, odamlar oqimining tarkibi va turiga hamda evakuasiyaning bosqichiga bog'liq ravishda har xil kechadi.

Evakuasiya paytida o'zining mustaqil harakatlana olish nuqtai-nazaridan kishilarning holati odamlar oqimini xarakterlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Evakuasiya chiqish joylarining eng kam miqdorini aniqlash uslubini me'yorlar talablari bilan asoslash lozim. Xonalar, qavatlar va binolardagi evakuasiya chiqish joylari mikdori va umumiy kengligi ular orqali olib chiqiladigan odamlarning ehtimol tutilgan eng ko'p sonidan va yo'l qo'yish mumkin bo'lgan chegaraviy masofadan, odamlar bo'lishi ehtimoli bo'lgan eng uzoqdagi (ishchi o'rni) joydan eng yaqin evakuasiya chiqish joyigacha bo'lgan masofadan kelib chiqib aniqlanadi.

Turli xizmatlar uchun mo'ljallangan yong'in havfi bo'lgan, yong'inga qarshi tusiqlar bilan ajratilgan bino qismlari mustaqil evakuasiya chiqish joylariga ega bo'lish lozim.

Bino va inshootlarda odamlarni harakatlanishi zaruriy funksional jarayon hisoblanadi. Bu jarayonni kechish sharoitiga qarab odamlarni harakati me'yoriy yoki majburiy holatda bo'lishi mumkin. Birinchisida odamlarni bino va inshootlarda kundalik ehtiyoj yuzasidan normal harakatlanishi bilan ifodalansa, ikkinchisiga bino yoki xonalardan yong'in yoki zilzila sharoitida odamlarni havfli muhitdan havfsiz joyga majburiy ko'chish uchun mo'ljallangan harakati tushiniladi.





Download 5.13 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46




Download 5.13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Evakuasiya rejasi bo’yicha

Download 5.13 Mb.