• Oromgohlar mehmonxonalari
  • Vaqtincha to‘xtab o‘tuvchi (tranzit) yulovchilar uchun mehmonxonalar
  • Umumiy tipdagi mehmonxonalar




    Download 5.13 Mb.
    bet5/46
    Sana22.06.2021
    Hajmi5.13 Mb.
    #15160
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
    Umumiy tipdagi mehmonxonalar barcha fuqarolarning, jumladan, delegatsiyalarning, mehmonlarni, xizmat safaridagilarning,
    sportchi-turistlarning va boshqalarning ehtiyojini qondirishi lozim.
    Shuning uchun mehmonxonalar turli kategoriyalarga va turli xonalar tizimiga ega bo‘lishi mumkin.
    Oromgohlar mehmonxonalari tabiatning tabiiy, chiroyli go‘-
    shalarida, dengiz, daryo, tog‘lar, ko‘llar yoki o‘rmonzorlar yaqinida quriladi.
    Turistik mehmonxonalar turist guruhlarini joylashtirish va
    sayyohlar uchun xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallanadi. Shu sababli bunday mehmonxonalar shaharlarda yoki turistlar sevib sayohat qiladigan joylarda quriladi.
    Vaqtincha to‘xtab o‘tuvchi (tranzit) yulovchilar uchun mehmonxonalar u yoki bu transport vositasini kutayotgan yo‘lovchilarga hamda transport vositalariga xizmat ko‘rsatuvchi kishilar guruhlariga mo‘ljallanadi.
    Avtomobil transportining ko‘payishi natijasida avtoturistlar
    uchun mehmonxonalar (motellar)
    ning qurilishi rivojlanib bormoqda. Shahar markazida joylashgan mehmonxonalarga nisbatan
    transport magistrallari yonida joylashgan motellar avtomobilchilar
    uchun qulayroqdir. Motellar aksariyat hollarda kam qavatli binolar bo‘lib, ulardagi
    xonalar bir-biridan ajratilgan va to‘g‘ridan to‘g‘ri avtomobillar
    turar joyi yaqinida quriladi. Mehmonxonalar o‘zining komfortliligi, sig‘imi va texnik jihozlanganligi, shuningdek, taklif etiladigan xizmat ko‘rsatish turlariga qarab O‘zbekistonda va dunyo miqyosida 5 ta toifa (razryad)ga
    bo‘linadi.
    Toifani aniqlashdagi asosiy mezon mehmonxona xonasi bo‘lib,
    uning sifati, o‘z navbatida, xonaning komfortlilik darajasiga
    bog‘liq. Komfort esa xonaning jihozlanganlik darajasiga, yuzasiga, o‘rinlar soniga, mebelga, ta’mirlanish darajasi va boshqalarga
    ko‘ra aniqlanadi.

    Mehmonxona xonalari bir xonali va ko‘p xonali
    (appartamentlar, luks) turlarga bo‘linadi.




    Download 5.13 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




    Download 5.13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy tipdagi mehmonxonalar

    Download 5.13 Mb.