• Tex va Latex matn muharririda ishlash
  • «Latex ga kirish» fanining mazmuni, predmeti va usullari




    Download 37 Kb.
    Sana22.11.2022
    Hajmi37 Kb.
    #31377
    Bog'liq
    1-ma\'ruzan
    получение коллоидов, 9-amaliy, mehmonxona malumot, Hisobot5, 7-maruza. Membranasiz organoidlar., Eshquvatova Yulduzning ESSE, Birinchi va ikkinchi tur egri chiziqli integrallar orasidagi bog‘lanish., CHIZIQLI ALGEBRYA VA ANALITIK GEOMETRIYA ELEMENTLARI, Markazdan qochma kompressorlar bilan jihozlangan siquv kompressor stansiyalari, Gazni komponentlarga ajratish usullari, ALKOGOLDAN ZAHARLANISH VA UNING ASORATLARI, Fure qatori. Fure koeffisiyentlari. Juft va toq funksiyalarni Fure qatoriga yoyish., BIRBECHTA UZGARUVCHI FUNKSIYALARNING DIFFERENSIAL HSOBI, Vektor maydondagi ikkinchi tartibli amallar. Nabla operatori bilan

    «Latex ga kirish» fanining mazmuni, predmeti va usullari.

    Reja:

    1. Tex va Latex matn muharriri haqida ma’lumot.

    2. Tex va Latex matn muharririda ishlash.

    Tex va Latex matn muharriri haqida ma’lumot.
    Keyingi paytda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo bo’la boshladi. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter bazasida, turli tez chop qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlari (kitob, oynoma, jurnal, broshuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi. Bunda bo’lajak bosma mahsulotlari kompyuterda tayyorlanadi, ya’ni kompyuter varaqlash, asl maketlash ishlari ham kompyuterda bajariladi.
    Rizograf esa asl maket shaklida kompyuterda tayyorlangan, chop qilish uchun ishlatiladi va u minutiga o’rtacha 130 sahifani chop qilishi mumkin. Rizograflarning ham turli xillari mavjudligi va turli chop qilish tezligiga egal va asosan rangli tasvirda bo’ladi.
    Rizograflardan tashqari, kichik nashriyotda lazerli printer ham bo’lishi lozim. Undan mashinka sifatida foydalanish mumkin emas. U faqat kompyuterda tayyorlangan asl maketni bir nusxada lazerli printerda chop qilish (sifati yaxshi bo’lganligi sababli) va so’ngra uni rotariatda, rizograflarda, katta bosma qurilmalarida chiqarish uchun ishlatiladi.
    Bundan tashqari, kichik nashriyotda muqovalovchi, qog’oz­larni kesuvchi, broshyuralovchi va boshqa qurilmalar bo’lsa, u to’la qonli nashriyot bo’ladi.
    Kichik nashriyotda kam nusxada (200-300) mahsulot chiqarish qimmatga tushadi. Shuning uchun nusxalar soni 2000 dan ko’proq bo’lgani yaxshi. Aks holda, bo’yoq masalasi, qimmatbaho plyonkalarni har safar sotib olish muammosi tug’iladi. Bundan tashqari, rizograf va lazer printerlarda sifatli qog’oz ishlatilishi lozim.
    Asl maketlarni tayyorlashda hozirgi zamon dasturlash vositalari Quark Xpress, PostScript, PageMaker nash­riyot tizimlaridan foydalaniladi. Turli formulali matnlarni (matematika, fizika, ximiya) tayyorlashda Tex va uning keyingi lahjalari Latex tahrirlovchi dasturlardan foydalanish dunyo ilmiy amaliyotida keng qo’llani­ladi. Bunday tahrirlovchilar kompyuter xotirasida ko’p joy olmaydi. Quark Xpress, PageMaker tizimlari katta hajmdagi xotiraga ega bo’lgan kompyuterda ishlashi mumkin bo’lsa, Latex tizimi hatto 286 protsessorida ham bemalol ishlatiladi. Bu esa uning juda katta afzalligidir.
    Shu bilan birga Latex konferensiyalar tezislari, chop etish, hatto ko’p hajmli maqola va kitoblarni elektron pochta orqali jo’natish oson.
    Word matn muharririda tayyorlangan ma’lumotlar kompyuter xotirasida joy egallaganligi tufayli unda elektron pochta orqali xatlar jo’natish maqsadlarida foydalanish Latex ga nisbatan uncha tejamli emas.

    Tex va Latex matn muharririda ishlash

    Tex–ilmiy-texnikaviy matnlar bilan ishlashga mo’ljallangan tahrirlovchi dastur. Amaliy matematika bo’yicha yirik mutaxassis mashhur D.E.Knut tomonidan Stanford Universitetida ishlab chiqilgan. Tex da tayyorlangan hujjatlarning sifati yaxshiligi, keng imkoniyatliligi, turli sohalarga oid formulalar, shu jumladan matematik formulalarni yozish uchun qulayligi, fayllarining xotiradan kam joy egallashi xususiyatlari bilan muhandis, ilmiy-texnik xodimlar ayniqsa ilm ahli tomonidan keng qo’llanila boshladi. Keyinchalik Lesli Lamport Latex deb ataluvchi, Tex ning imkoniyatlari kengaytirilgan tizimini ishlab chiqdi. Hozirgi kunda Latex-1, Latex-2, Latex-2E, AMS (Amerika matematigi jamiyati) Latex kabi lahjalari foydalanuvchilarga keng tarqalgan. Latex da tayyorlangan matnlarni kompyuter tarmoqlari (elektron pochta va h.k.) orqali o’zatish ham har tamonlama qulay.
    Shuning uchun ham, hozirgi kunda o’tkazilayotgan xalqaro ilmiy anjumanlar, xalqaro ilmiy jurnallar aynan Latex tizimida tayyorlangan matnlarni qabul qilmoqda. Latex ning Tex dan farq qiluvchi jihati, hujjat turini ko’rsatish mumkinligidadir.
    Latex hujjat turlari asosan quyidagilar:
    Maqola (article)- kichik hajmdagi hujjatlar yoki maqola tayyorlash uchun mo’ljallangan. Bunda matn boblarga ajratilmaydi va alohida titul varag’’iga ega emas.
    Ma’ro’za (repolt)- katta hajmdagi texnik hujjatlarni tayyorlashda ishlatiladi. Oldingi turdan farqi - boblarga ajratish va alohida titul varag’’iga ega.
    Kitob (book)- kitob matnlarini tayyorlash uchun mo’ljallangan. Bunda matn varaqning har ikkala tomoniga ham chop etiladi.
    Xat (letter)- turli xildagi (adres, sana va h.k.) xatlar tayyorlash mumkin.
    Savollar:

    1. Tex va Latex matn muharriri haqida ma’lumot.

    2. Tex va Latex matn muharririda ishlash.

    Download 37 Kb.




    Download 37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Latex ga kirish» fanining mazmuni, predmeti va usullari

    Download 37 Kb.