‘lchash asboblarining tasnifi. Reja: Elektr o`lchash asboblarining




Download 72.08 Kb.
bet1/4
Sana31.03.2022
Hajmi72.08 Kb.
#19167
  1   2   3   4
Bog'liq
Bevosita baxolaydigan elektr o’lchash asboblarining tasnifi. Rej
Logarifmik qoldiq. Argument prinsipi. Rushe teoremasi. Modulning, Eritrositlar lekositlar trombositlar

Bevosita baholaydigan elektr olchash asboblarining tasnifi.

Reja:




1. Elektr o`lchash asboblarining tasnifi
2. Elektr o`lchash asboblariga qo`yiladigan umumiy texnik talablar.
3. Bevosita baholaydigan elektr o`lchash asboblarining tasnifi

Elektr o`lchash asboblarining tasnifi.
Elektr qurilmalari (transformatorlar, elektr energiya iste`molchilari va energiyani o`zgartiruvchi boshqa qurilmalar) ning normal ishlashi uchun aniq texnik talablar ta`minlangan bo`lishi kerak. Bunday talablarning bajarilishini tekshirish elektr o`lchash asboblari yordamida bajariladi, chunki insonning sezgi a`zolari elektr kattaliklar ( tok, kuchlanish, chastota, quvvat, energiya va h.k.) ni bevosita kuzata olmaydi.
Elektr o`lchash asboblari yuqori sezgirlikka, aniqlikka ega bo`lishi hamda ishonchli va oddiy bo`lganliklari tufayli aksariyat fizik kattaliklar (temperatura, bosim, yorug`lik, tezlik va h.k.) elektr o`lchash asboblari yordamida o`lchanadi. Bunda noelektr kattaliklar unga proportsional bo`lgan elektr kattaliklarga o`zgartiriladi. [4-5]
Elektr o`lchash usuli elektr va elektr bo`lmagan kattaliklarni uzoq masofadan o`lchash (telemetriya) imkonini beradi. Telemetrik o`lchashlar chuqur burg`ilanadigan quduqlarda, yerning sun`iy yo`ldoshlarida keng qo`llaniladi.
Zamonaviy ishlab chiqarishda elektr o`lchashlar texnikasi mashina va mexanizmlarga ta`sir etib, har xil texnologik jarayonlarni kuzatish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham ular ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik boshqarishning asosiy bo`g`ini hisoblanadi.
Hozirgi paytda asbobsozlik sanoati fan-texnikaga kerak bo`lgan barcha tekshiruv-o`lchash asboblari ishlab chiqarishni yo`lga qo`ygan. O`lchash apparatlarining yuqori sifati va aniqligi Davlat nazorati tomonidan kafolatlanadi.
Maxsus texnik vositalar–o`lchash asboblari yordamida fizik kattaliklarning qiymatlarini tajriba yo`li bilan aniqlash o`lchash deyiladi. O`lchash natijasi son bilan ifodalanadi. Masalan, kuchlanishi 220 V.
Ma`lum o`lchamdagi fizik kattaliklarni aks ettirishda foydalaniladigan ashyoviy o`lchash vositasi o`lchov deb ataladi. Elektr qarshiligini o`lchovi – o`lchash rezistorlari (qarshilik g`altaklari), elektr yurituvchi kuch va kuchlanishlarning o`lchovlari–normal elementlar, induktivlikning o`lchovi–o`z va o`zaro induktivlik o`lchash g`altaklari, elektr sig`imining o`lchovi–namunaviy kondensatorlar. O`lchash ma`lumotlarini kuzatuvchining bevosita o`zlashtirishi uchun qulay bo`lgan shaklda ko`rsatuvchi bevosita o`zlashtirishi uchun qulay bo`lgan shaklda ko`rsatuvchi texnik vositasi o`lchash asbobi deyiladi. [4-5]



Download 72.08 Kb.
  1   2   3   4




Download 72.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



‘lchash asboblarining tasnifi. Reja: Elektr o`lchash asboblarining

Download 72.08 Kb.