• NANOFIZIKA VA NANOTEXNOLOGIYA ASOSLARI
  • Ligi fargʻona davlat universiteti




    Download 110 Kb.
    bet1/2
    Sana27.09.2022
    Hajmi110 Kb.
    #26461
      1   2
    Bog'liq
    3-kurs Fiziak Nanofizikava nanotexnologiya asoslarii Ishchi o\'quv dasturi
    632685, AHOLINING ISH BILAN BANDLIGI VA ISHSIZLIK mundarijalik, Bozor iqtisodiyotiga o`tishning milliy modellari, Ижтимоий, 3.2. Биоинформатика самый последн вариант2, 1 amaliy ish, Asadbek Muxtorov taqriz, 1, bayonnoma 4-maktab 2022, betlik 2022, big data MT, 2-mavzu 11, big-data-shpar-конвертирован, Termopara , Akbarova STILISTIKA.

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    FARGʻONA DAVLAT UNIVERSITETI
    “TASDIQLAYMAN”
    O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
    _____________R.Shukurov
    2022-yil “__ ” ­­­- avgust

    NANOFIZIKA VA NANOTEXNOLOGIYA ASOSLARI

    fanining


    ISHCHI O’QUV DASTURI
    Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar
    Ta’lim sohasi: 140000 – Tabiy fanlar
    Ta’lim yo’nalishi: 5140200 – Fizika

    Umumiy o’quv soati: 126 soat


    Shu jumladan:
    Ma’ruza – 32 soat (6-semestr)
    Amaliy mashg’ulot – 30 soat (6-semestr)
    Mustaqil ta’lim soati – 64 soat (6-semestr)

    Farg’ona 2022 y.


    Fanning ishchi o‘quv dasturi Farg‘ona davlat universitet Kengashining 2022 yil «____» _______dagi “_____”- sonli yig‘ilish qarori bilan tasdiqlangan.
    Tuzuvchilar: f.-m.f.d, professor K.E.Onarqulov
    Fizika kafedrasi o’qituvchisi A.I.Zokirov


    Taqrizchi: f.-m.f.d, professor R.Ya.Rasulov

    Ishchi o‘quv dastur Fizika-texnika fakultetining 2022-yil “____” ____________ dagi “____” – son yig‘ilishi bilan tavsiya qilingan.


    FarDU Fizika-texnika fakulteti dekani:
    2022-yil “ ___” ___________________________________ Sh.Shuxratov
    (imzo)
    Ishchi o‘quv dastur Fizika kafedrasining 2022-yil “____” ____________ dagi “____” – son yig‘ilishi bilan ma’qullangan.
    “Fizika” kafedrasi mudiri:
    2022-yil “____” ___________________________________ K.Onarqulov
    (imzo)


    1. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.
    O‘tgan asrning oxirlarida fan va yuqori texnologiyalar materiyaning nanometrli o‘lchamlarida ko‘zatiladigan xossalaridan foydalanish insoniyat oldida juda katta imkoniyatlar yaratishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Oxirgi 15 - 20 yil ichida gurkirab rivojlanib kelayotgan va «nanotexnologiya» deb nom olgan o‘ta istiqbolli yo‘nalish shu kunlarda insoniyat bilan bog‘liq hamma soxaga kirib borishini, ishlab chikarish, ekonomikani va umuman xayotning xamma jabxalarini keskin ravishda o‘zgartirib yuborishini namoyon qila boshladi. «Nano» qo‘shimchasini o‘ziga qo‘shib olgan juda ko‘p yangi so‘zlar paydo bo‘la boshladi: nanofizika, nanotexnologiya, nanoximiya, nanoelektronika, nanomedisina, nanodunyo va h.k.
    Ilm-fan va innovasion taraqqiyotning muhim ko‘rinishi bo‘lgan nanotexnologiyalar hayotimizga chuqur kirib kelmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yaqin yillar ichida zamonaviy fanning ko‘pgina bo‘limlari “nano” qo‘shimchasi bilan aytiladigan bo‘ladi. Nanotexnologiyalarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, uning yutuqlaridan mamlakatimiz ilm-fani va ishlab chiqarish tarmog‘ida foydalanish zarur hisoblanadi.
    Bugungi kunda hayotimizga tezlik bilan kirib kelayotgan nanotexnologiya tushunchasi jamiyatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirish, turmushimiz farovonligini oshirish, hayotimizda o‘z yechimini kutayotgan ekologik, ijtimoiy va boshqa muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ilm-fanning bunday kashfiyotlari noyob xususiyatlarga ega yangi materiallar va ekstremal sharoitlarga chidamli nanomateriallar olish va ularni tatbiq etishga xizmat qiladi. Shu bois jahonda nanotexnologik tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish va bu boradagi innovasion texnologiyalardan hayotda keng foydalanishga e’tibor tobora kuchaymoqda.
    Sanoati rivojlangan Gʻarb mamlakatlarida va Yaponiyada «nanodunyo» bilan qiziqish oldinroq, XX asrning oxirlariga kelib kuchayib ketdi. Bu fanning rivojlanish belgilari butun dunyo nanorevolyusiya asriga kirib kelayotganligidan xabar berar edi, uning natijalari kompyuter va lazerlarning hayotimizga olib kirgan yangiliklaridan chuqurroq va salobatliroq bo‘ladiganga o‘xshaydi. Shu sababli bu mamlakatlarda boshlang‘ich va oliy ta’lim darajalarida «nanofanlar» asoslarini o‘qitishga mo‘ljallangan har xil milliy programmalar qabul qilindi, anchagina darslik va qo‘llanmalar chop etildi, «nanomarkazlar» tashkil etildi, bunday markazlarda kuchli kompetensiyaga ega bo‘lgan va chuqur bilimli professional kadrlar yetishib chikdi.
    Bizning mamlakatimizda ham nanotexnologiyalarning rivojlanishiga katta e’tibor berilyapti, ilmiy-tekshirish institutlarida nanomateriallarning har xil xossalarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari bajarilyapti. Keyingi qadamimiz talaba yoshlarni nanofizika va nanotexnologiya fanining fundamental asoslari bilan tanishtirishga bag‘ishlangan bo‘ladi va ushbu o‘quv kursi ana shu maqsadni amalga oshirishda ko‘mak beradi.
    «Nanofizika va nanotexnologiya asoslari» fanini o‘zlashtirish jarayyonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
    –umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi maktablarida tabiiy fanlarni o‘qitishning maqsadlari va o‘quv fanining mazmunini bilishi kerak;
    –nanofizika, nanobiologiya, nanokimyo yonalishlarida fan-texnika taraqqiyotining asosiy yutuqlarini o‘rganishga;
    –nanofizika nanotexnologiya asoslarini nazariy asoslarini, amaliy qollanishlari;
    –fizikani va boshqa tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni faoliyatini rivojlantirishga, fizikadan masalalar yechish uslublarini ishlata bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.



    Download 110 Kb.
      1   2




    Download 110 Kb.