• AVTOMATIK BOSHQARISH VA ROSTLASH NAZARIYASI ASOSLARI
  • M. Q. Bobojanov avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslari




    Download 1.68 Mb.
    bet1/28
    Sana26.09.2022
    Hajmi1.68 Mb.
    #26414
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    M. Q. Bobojanov avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asos
    모의고사 1, 6- MAVZU, Maqom tarixi qisqacha, Рисунки - тема 3, 1- topshiriq, 1-Mustaqil ish hisob, 03.00.05-Botanika, Ekologiya, \'ishlanma, asqar, “Мустақиллик дарс” ишланмаси (3), Презентация 1, Презентация 1, 3

    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
    X.G‘.KARIMOVj M.Q.BOBOJANOV
    AVTOMATIK BOSHQARISH VA ROSTLASH NAZARIYASI ASOSLARI
    O'zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining muvofiqlashtiruvchi Kengashi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan
    TOSHKENT-2015
    UO‘K: 621.337 (075) КВК 31X965-5-05 К-25
    K-2S |X.G‘.KarimovJ M.Q.Bobojanov. Avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslari-T.: «Fan va texnologiya», 2015. -112 b.
    ISBN 978-9943-983-89-2
    Ushbu o'quv qo'llanma mualliflaming bir necha yil mobaynida dars berib kelgan «Avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslari» fanidan yozilgan raa’ruzalar matnlari a sosida vuj udga k eldi. 0‘quv qoMlanmada a vtomatik bosh qarish va r ostlash nazariyasining asosiy masalalari energetika tizimi elementlari bilan bogMiq ravishda ko‘rib chiqilgan. Avtomatik boshqarish sistemalari qurish prinsiplari, chastotaviy va vaqt xarakteristikalari, zvenolarni o‘zaro ulash, barqaroriik kriteriyalari haqida ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari barqaroriik kriteriyalari yordamida sistemalarni barqarorlikka tekshirish va sifat ko‘rsalkichlarini aniqlash metodlari keltirilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma energetika s ohasida t a’lira о layotgan b akalavriat v a magistratura t alabalari uchun mo‘ljaUangan.
    ***
    Данное учебное пособие создано на основе конспекта лекций по предмету «Основы теории автоматического управления и регулирования», читавшегося авторами в течение нескольких лет. В учебном пособии рассмотрены основные воп-росы теории автоматического управления и регулирования на примерах с элементами энергетических систем. Дается информация о принципах построения САУ, о частотных и временных характеристиках, о соединении звеньев и о крите­риях устойчивости. Кроме этого, приведены методы проверки на устойчивость и определения показателей качества с использованием критериев устойчивости. Учебное пособие предназначено для студентов бакалавриата и магистратуры в области энергетики.
    ***
    The given text-book is created on die basis of the abstract of lectures on a subject «Basics of the theory of automatic control and the regulation» read by authors in course several years. In the text-book the basic questions of the theory of automatic controls and regulations connecting with elements of power systems are considered. The information about principles of construction system of automatic control frequency and time characteristics, connection of links and criteria of stability is given. Besides, check methods on stability and definitions of indicators of quality with use of criteria of stability are resulted. The text-book «Fundamentals of the theory of automatic control and regulation» is intended for students of a bachelor degree and of Master course in Power Engineering. UO‘K: 621.337 (075)
    KBK 312.965-5-05
    Taqrizchilar:
    N.M.Aripov - prof. t.f.d., ToshTYMI;
    B.A.AbduIIayev - dotsent, ToshDTU.
    ISBN 978-9943-983-89-2
    © Tosh kent davlat texnika universiteti, 2015;
    © «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2015.
    KIRISH
    Boshqarish tushunchasi bilan inson o‘z hayoti mobaynida har soatda duch keladi. Boshqarish turli - tuman hollarda qo‘llanilib, har bir holda o‘z mezonini, maqsadini va usulini o'zgartiradi. Masalan, davlat va xalq xo‘jaligini boshqarishni, soha va korxonani boshqarishni, sex va uchastka, texnologik jarayon, alohida qurilma va dastgohni bosh­qarishni, ishlab chiqarishga oid bo‘lmagan sohadagi boshqarishni, tirik mavjudotdagi va jonsiz tabiatdagi boshqarishni farqiash mumkin.
    Davlatni, xalq xo‘jaligini, ishlab chiqarish sohalarini boshqarishni ijtimoiy hodisa deb qarash mumkin. U butun ijtimoiy mexanizmning maqsadga muvofiq ishlashi doirasida insonlar faoliyatini aniq bir maq- sadni ko‘zda tutgan holda tartibli boshqarishni ta’minlaydi. Korxo- nalarni, sexlami, uchastkalami, texnologik jarayonlami boshqarish moddiy ishlab chiqarish jarayonining unumli ishlashini ta’minlashga qaratilgan.
    Har bir boshqariluvchi sistema o‘z darajasidagi qonun - qoidalarga bo‘ysunadi. Shu bilan birga unga bu sistemani o‘z ichiga oluvchi darajasi yuqoriroq bo'lgan sistema parametrlari ham ta’sir etadi.
    Demak, boshqarish masalasi maqsad va samaradorlikning turli me- zonlarini o‘zida mujassamlashtirgan holda boshqariluvchi sistemaning darajasiga qarab o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar shaklidagi fikr - mulohazalar faqat maqsad mezonlari, boshqarish masalasi va mazmuniga tegishlidir. Ammo har xil darajali sistemalardagi boshqarish jarayonlarini tashkil qilishda chuqur o‘xshashlik va umumiylik mavjud. Bunga sabab boshqarish jarayoni doimo axborot jarayoni ekanligidir.
    Ma’lum darajali sistemada boshqarish jarayonini axborot jarayoni sifatida ko‘rilishi boshqarishni bajarishdan aniq ajratishga imkon beradi. Boshqarish - kelayotgan axborotni qayta ishlash yo‘li bilan olingan yechimga asoslangan buyruq axborotni hosil qilishdir. Boshqarishning mohiyati akademik A.I. Berg asarlarida yetarlicha asoslab berilgan [1].
    Uning ta’biricha, boshqarish - sistemani, uning parametrlariga ta’sir etish yo‘li bilan yangi, oldindan belgilangan holatga o‘tkazish jarayoni- dir. Haqiqatan ham, har qanday sistemaning holati uning o‘zgaruvchilari yoki koordinatalarining vaqt va fazoda o'zgaruvchan parametrlari orqali aniqlanadi. Sistemaning u yoki bu parametriga ta’sir etish yo‘li bilan uni
    3
    dastlabki holatidan boshqarish maqsadlariga muvofiq oldindan aniqlan- gan boshqa holatiga o‘tkaziladi. Inson ishtirokisiz amalga oshiriladigan boshqarish avtomatik boshqarish va uning nazariy asoslari esa avtomatik boshqarish nazariyasi deyiladi.
    Avtomatik boshqarish nazariyasi injenerlik bilimlarini shakl- lantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy fanlardan biri hisoblanadi.
    Avtomatik boshqarish nazariyasi avtomatik sistemalari umumiy tuzilishini va ulami tadqiq qilish usullarini o‘rganadi. Bu usullar sistemalardagi fizik tabiati har xil bo‘lgan jarayonlar uchun yaroqli bo‘lib, xalq xo‘jaligining turli sohalarida boshqarish sistemalarini loyihalashda nazariy asos hisoblanadi.
    Avtomatik rostlash deganda berilgan jarayonni xarakterlovchi kattalikni doimiy ravishda o‘zgarmas tarzda ushlab turish yoki uni oldindan berilgan qonuniyat bo‘yicha o'zgarishini ta’minlash tushu- niladi. U obyekt holatini yoki unga ta’sir qiluvchi ta’sirlami o‘lchash asosida obyektni rostlovchi organiga ta’sir qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
    Avtomatik sistemalami loyihalashda ularga turli-tuman talablar qo'yiladi. Bu talablami quyidagi turkumlarga ajratish mumkin:

    • sistema barqarorligi qiymatiga qo‘yiladigan talablar;

    • barqarorlashgan tartibda rostlanuvchi parametming ogMsh qiy­matiga qo‘yiladigan talablar;

    • o‘tkinchi jarayonlarda sistema holatiga qo‘yiladigan talablar.

    Avtomatik boshqarish nazariyasida quyidagi ikkita masalani
    yechishga to‘g‘ri keladi:

    • mavjud avtomatik boshqarish sistemasini tadqiq qilish;

    • berilgan talablar bo‘yicha sistemani loyihalash - sistemani sintezlash masalasi.

    Birinchi holda sistemaning unga qo'yilgan talablami qay darajada qanoatlantira olishi aniqlanadi va bu masala sistemaning tahlili (analizi) deb yuritiladi. Ikkinchi holda esa masala avtomatik sistemani qurishni, avtomatik boshqarish sistemalariga qo‘yilgan talablar bajarilishini ta’minlovchi boshqarish prinsipi va sxemasini, ulaming alohida elementlari va parametrlarini tanlashni o‘z ichiga oladi [1 - 4].
    Hozirgi vaqtda sistemalami tahlil qilish va sintezlash masalalari bir xil darajada ishlab chiqilmagan.
    0‘tish jarayonlari turli darajali oddiy differensial tenglamalar yordamida tavsiflanuvchi chiziqli avtomatik sistemalami tadqiq qilish
    4
    usullari yetarli darajada ishlab chiqilgan. Zamonaviy kompyuter dasturlarini qo‘llash chiziqli bo‘lmagan sistemalami modellash yoki sistemalami tavsiflovchi chiziqli bo‘lmagan tenglamalami sonli yechimi orqali tadqiq qilish imkonini kengaytiradi.
    Avtomatik sistemalami sintezlash usullari oxirgi o‘n yillikda rivoj- landi. Ammo chiziqli boMmagan sistemalami sintezlashning umumiy usullari hozirgacha yetarli ishlab chiqilmagan.
    Avtomatik boshqarish nazariyasi unga yaqin texnik va ilmiy sohalar bilan chambarchas bog'langan va bu sohalar natijalaridan o‘z masa- lalarini yechishda foydalanadi. Avtomatik boshqarish nazariyasiga taalluqli masalalar doirasi juda keng. Shuning uchun ham avtomatik boshqarish nazariyasini o'rganishni avtomatik boshqarish sistema- larining umumiy xususiyatlari va ulami tadqiq qilishning umumiy usullari bilan tanishishdan boshlash lozim.
    Mualliflar o‘quv qoMlanmani tayyorlashda yaqindan texnik yordam bergan Toshkent davlat texnika universiteti «Elektr ta’minoti» kafedrasi assistenti Furqat To'ychiev va Toshkent axborot texnologiyalari kasb - hunar kolleji talabasi Mirzabek Bobojanovlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
    5

    1. BOB. AVTOMATIK BOSHQARISH PRINSIPLARI VA AVTOMATIK BOSHQARISH SISTEMALARI KLASSIFIKATSIY ASI

    1. Asosiy tushunchalar, terminologiya va avtomatik boshqarish sistemalari xarakteristikasi

    Har qanday avtomatik boshqarish sistemasi (ABS) ikkita asosiy qismdan iborat bo'lib, ular boshqarish obyekti va boshqarish qurilmasi deyiladi. Umumiy holda, boshqarish obyekti sifatida tirik organizmlar, insonlar jamoasi, sanoat korxonalari, alohida sexlar, agregatlar va boshqalar bo'lishi mumkin. Ushbu kursda faqat texnik obyektlar ko‘rib chiqiladi va shuning uchun boshqarish obyekti deganda boshqarilishi lozim bo‘lgan jarayonni amalga oshiradigan texnik qurilmalar tushu- niladi. Obyekt sifatida soddaroq bo‘lgan boshqarish sistemasi ham ko'rib chiqilishi mumkin.
    Obyekt holati, uning ishlash rejimi tashqi muhitning obyektga va boshqarish qurilmasiga ta’sirini hamda obyektning o‘zida yuz beruvchi jarayonni xarakterlovchi qator fizik kattaliklar bilan aniqlanadi. Ulardan ba’zilari ish jarayonida o'lchanadi va nazorat qilinadigan kattaliklar dey­iladi, boshqalari esa o'lchanmaydi va nazorat qilinmaydigan kattaliklar deyiladi, lekin ular obyekt ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi [ 1 — 4, 8].
    Obyektga boshqarish qurilmasi orqali ishlab chiqilgan yoki inson tomonidan beriladigan ta’sir boshqaruvchi ta’sir (kattalik) deyiladi, boshqarish sistemasiga bog'liq bo‘lmagan ta’sirlar toydiruvchilar dey­iladi.
    Toydiruvchi ta’sirlami ikkita turga bo‘lish mumkin: yuklama va xalaqitlar.
    Yuklama odatda obyektning boshqa o‘zgaruvchan parametrlariga, vaqtga, obyektning ish jarayoni va texnologik protsess bilan bog'liq bo‘Iadi va uni bartaraf qilib bo‘lmaydi. Xalaqitlar kutilmagan hodisalar bilan bog‘liq boMadi va ulaming har qanday kamayishi obyekt ishini yaxshilaydi. '
    Obyekt holatini xarakterlovchi, nazorat qilinadigan va ular orqali boshqarishni amalga oshirish mumkin bo‘lgan kattaliklar boshqariluvchi yoki rostlanuvchi kattaliklar deyiladi.



    6


    Ko‘rib o‘tilgan barcha kattaliklami obyektlami o‘rganish paytida tez tushunib olish mumkin. Masalan, elektr generatorining ishlash rejimi kuchlanish, qo‘zg‘atish toki, yuklama toki, aylanish chastotasi bilan xarakterlanadi. Bu yerda generator kuchlanishi - rostlanadigan kattalik, qo‘zg‘atish toki - boshqaruvchi ta’sir, yuklama toki va aylanishlar chas­totasi - tashqi ta’sirlardir.
    U

    Download 1.68 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 1.68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. Q. Bobojanov avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslari

    Download 1.68 Mb.