• Zamonaviy operatsion tizimlar ilovalari. OT asosiy vazifasi
  • M u s t a q I l I s h I




    Download 466.67 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana17.11.2022
    Hajmi466.67 Kb.
    #30697
      1   2   3
    Bog'liq
    mi nodirbek
    10-sinf-informatika, 10 мавзу глоссарий (1), Dielektr


    M U S T A Q I L I S H I
    Toshkent axborot texnologiyalari 
    universiteti Farg’ona filiali
    730-20 guruh talabasi
    Qambarov Nodirbekning
    Operatsion tizimlar fanidan 
    tayyorlagan
     


    MAVZU:
    Zamonaviy operatsion tizimlar ilovalari. 
     
     
     
    OT asosiy vazifasi – foydalanuvchiga qulay interfeys yaratishdir. OT maxsus 
    dastur va mikrodasturlardan iborat bo’lib, ular apparaturadan foydalanish imkonini 
    ta’minlaydi. 
    Bu OT lar matnlar bilan, elektron jadvallar bilan, internetga murojatda va 
    x.k.lar uchun foydalaniladi. Bunga misol Windows, Linux, Unix, Macintosh va 
    x.k. OTlardir. 
    OT foydalanuvchidan (yoki tizim operatoridan) ma’lum tilda tuzilgan komanda 
    yoki topshiriqlarni qabul qiladi ish va ularga ishlov beradi. Topshiriqlar 
    operatorlar, matn ko’rsatmalari (direktivalar) yoki monipulyator (m-n sichqoncha 
    yordamida) bajariladigan ko’rsatmalar yordamida beriladi. Bu komandalar, 
    avvalambor, dasturlarni ishga tushirish (to’xtatish, to’xtatib turish) bilan bog’liqdir, 
    fayllar ustidagi amallar (joriy katalogda fayllar ro’yxatini olish, u yoki bu faylni 
    yaratish, nomini o’zgartirish, nusxasini olish, joyini o’zgartirish va x.k.) bilan 
    bog’liqdir, umuman olganda boshqa komandalar ham mavjuddir;

    ijro qilinishi kerak bo’lgan dasturlarni operativ xotiraga yuklash;

    xotirani boshqarish, aksari barcha zamonaviy tizimlarda esa virtual xotirani 
    tashkil etish;

    barcha datsur va ma’lumotlarni identifikatsiya qilish;

    dasturlarni ishga tushirish (unga boshqaruvni uzatish, natijada protsessor 
    dasturni boshqaradi);

    bajarilayapgan ilovalardan kelayapgan turli so’rovnomalarni qabul qilish va 
    bajarish. OT juda ko’p sonli tizimli funktsiyalarni (servislarni) bajara olishi 
    mumkin, ular bajarilayapgan ilovalardan so’ralishi mumkin. Bu servislarga 
    murojaatlar ma’lum qoidalarga mos ravishda amalga oshirilishi mumkin, bu esa 


    o’z navbatida bu OTning amaliy dasturlash interfeysini aniqlaydi (Application 
    Program Interface, API);

    barcha kiritish-chiqarish amallariga xizmat qiladi;

    fayllarni boqsharish tizimlari (FBT) ishini va ma’lumotlar bazasini 
    boshqarish tizimlari (MBBT) ishini ta’minlash, bu esa o’z navbatida butun 
    dasturiy ta’minot samarasini keskin ravishda oshiradi;

    multidasturlash rejimi, ta’minlash, ya’ni bitta yoki bir nechta dasturlarni 
    bitta protsessorda parallel bajarilishni tashkil etish-bu esa ularni bir vaqtda 
    bajarilishi tasavvurini hosil qiladi;

    berilgan xizmat qilish distsiplinalari va strategiyalariga asosan masalalarni 
    rejalashtirish va dispecherlashtirish;

    bajarilayotgan dasturlar orasida ma’lumotlar va ma’lumotlar almashish 
    mexanizmini tashkil etish;

    tarmoq OT lari uchun, bog’langan kompyuterlar orasidagi muloqotni 
    ta’minlash funktsiyasidir;

    bitta dasturni boshqa dastur ta’siridan himoya qilish, ma’lumotlarni 
    saqlanishini ta’minlash, operatsion tizimni o’zini kompyuterda bajarilayotgan 
    ilovalardan himoyalash;

    foydalanuvchilarni autentifikatsiya va mualliflashtirish(ko’pgina dialogli OT 
    uchun). Autentifikatsiya – foydalanuvchi nomi va parolini qayd yozuvidagi 
    qiymatga mosligini tekshirish. Agar foydalanuvchi kirish nomi (login) va uning 
    paroli mos kelsa, demak u o’sha foydalanuvchidir. Avtorlashtirish 
    (mualliflashtirish) degani, autentifikatsiyadan o’tgan foydalanuvchiga ma’lum 
    huquq va imtiyozlar berilib, u kompyuterda nima qila olishi mumkin yoki nima 
    qila olmasligini aniqlaydi;

    real vaqt rejimida javob berish vaqti qat’iy chegaralirini qondiradi;



    foydalanuvchilar o’z dasturlarini ishlab chiqishda foydalanadigan dasturlash 
    tizimi ishini ta’minlash;

    tizimni qisman ishdan chiqishi holatida xizmat ko’rsatish;

    Download 466.67 Kb.
      1   2   3




    Download 466.67 Kb.
    Pdf ko'rish