|
Magistrlik dissertatsiyasi annotatsiyasi mavzuning dolzarbligi
|
Sana | 23.05.2022 | Hajmi | 36 Kb. | | #21714 |
Bog'liq Annotatsiya UZ (3) Scholarship Offer Letter, бошқарув психологияси, Аmaliyot kundalik lotin , 12- mavzu — копия — копия — копия, shoymatova, 7-mavzu Tuzlarning erish issiqligini aniqlash, 1-dedline, Abdukamol taqdimot, premium, BIOLOGIYA MO‘D TAQDIMOT, 7-SINF TABIIY 2-CHORAK, ГОСТ-8, 28, umirbek
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI
Fakultet – Oziq ovqat mahsulotlari texnologiyasi, Magistratura bo’limi
Kafedra – Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv
O’quv yili – 2019-2021
|
Magistratura talabasi – Jo’rayev H.A.
Ilmiy rahbar – Qoraboyev D.T.
Mutaxassisligi – 5A311001 –Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kimyo, neft-kimyo va oziq-ovqat sanoati)
|
« Kukunsimon moddalar olish texnologik jarayonini avtomatik boshqarish tizimini yaratish» mavzusidagi
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Mavzuning dolzarbligi. Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarishda har tomonlama optimal boshqarilishini ta’minlaydigan boshqarish tizimini ishlab chiqish ishlab chiqarilayotgan mahsulotning unumdorligini va sifatli ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Jarayonning har qanday holatida ham berilgan boshqarish dasturi asosida obyekt boshqarilishi yuqoridagi talablarni yetarlicha bajara oladi.
Ishning maqsadi va vazifalari. Sintetik kir yuvish kukunini quritish jarayoni uchun avtomatik rostlash tizimini tahlil qilish, jarayonning boshqarish tizimini, jarayonning fizik va mexanik xususiyatlarini inobatga olgan holda funksional va optimalligini tahlil qilish va boshqarish algoritmini ishlab chiqishdan iboratdir.
Tadqiqot usullari: Avtomatik rostlash tizimining tahlili, boshqarish prinsiplarining rejimlarini va samaradorligini solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Tadqiqot ishi farazi: Tadqiqot obyektini tizimli tahlillash, matematik modellashtirish yordamida texnologik jarayon holatini takomillashtirib optimal rejimga keltiruvchi boshqarish tizimini shakllantirish. Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi. Kukunsimon sochiluvchan moddalarni quritish jarayoni uchun avtomatik boshqarish tizimining tahlili ko’rib o’tildi. Boshqarish prinsipi tanlandi va optimal boshqarish ko’rsatkichlari aniqlandi. Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya kirish, uchta bob, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. Jami ___ sahifani tashkil etadi.
Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi: Sintetik kir yuvish kukuni mahsulotlarini quritish jarayonining boshqarish tizimini, jarayonning fizik va mexanik xususiyatlarini inobatga olgan holda funksional va optimalligini tahlil qilish va boshqarish algoritmini ishlab chiqish kabi maqsad va vazifalar belgilab olindi. Ilmiy-tadqiqot ishida texnologik jarayonni tahlil qilgan holda matematik tavsiflash, obyektning boshqarilish prinsiplarini tanlash kabi ishlar amalga oshirildi.
Ilmiy rahbar:
|
___________________
Imzo
|
Magistratura talabasi:
|
___________________
Imzo
|
|
| |