Magnit materiallar




Download 165.5 Kb.
bet1/6
Sana08.02.2023
Hajmi165.5 Kb.
#41493
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Magnit materiallar
Mavzu Statik aniq tekis fermalarni harakatlanuvchi Yuklar ta\'si, Mustaqil ish birinchi kurslar uchun (1), Kompyuterning yaratilish tarixi, noorganik moddalar kim tex.dastur, 4-mavzu. Mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi v, Q6Ge0Upn9jy3Qs1ToakmbBmUxHWCTln5LRSHK0YE, alpha, Kichik biznesni moliyaslashtirishning o\'ziga xos xususiyatlari, SENARIYSI, A.S.Ekzyuperi. Kichkina Shahzoda, îáΦ¿¡á σá¼ ¼Ñσá¡¿º¼½Ñα »á¡¿¡Ñ¡ 100 ß«αáπ QQ




Magnit materiallarini.Ferritlar

Reja:


1.Magnit materiallar haqida umumiy ma`lumot 2.Yumshoq magnit materiallar, qattiq magnit materiallar va ularning qo`llanilishi
3.Ferritlar
4.Ferritlarni texnikada qo’lanilishi

Magnit materiallar yordamida magnit oqimi keskin kuchaytiriladi. Magnit oqimidan past kuchlanishli toklar yuqori kuchlanishli toklarga, yoki elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda va elektr energiyasini shunga o’xshash tarzda generatsiyalashda foydalaniladi.


Tashqi magnit maydoni ta’sirida magnitlanish xossasiga ega materiallar magnit materiallari deb ataladi. Asosiy magnit materiallarga nikel, kobalt va toza temir asosidagi turli qotishmalar misol bo’ladi. Texnika ahamiyatga ega magnit materiallarga ferromagnit materiallar va ferromagnit kimyoviy birikmalar (ferritlar) kiradi.
Materiallarning magnit xossalari elektr zaryadlarining ichki harakatida bo’lib, bunda zaryadlar elementar aylanma tok ko’rinishida ifodalanadi. Bunday aylanma toklar elektronlarning o’z o’qi atrofida aylanishi (elektron spinlar) hamda ularning atom ichida orbita bo’ylab aylanishidan hosil bo’ladi. Ferromagnit hodisasi ba’zi materiallarning ichki mikroskopik qismida kristall strukturalar tashkil qilishi bilan bog’liq bo’lib, bunday strukturalar magnit domenlari deyiladi. Bunda elektron spinlar o’zaro parallel ravishda bir tomonga yo’nalgan bo’ladi.
Jismning ferromagnitlik holatda bo’lishini ifodalovchi xususiyati tashqi magnit maydoni ta’sirida uning o’z-o’zidan (spontan) magnitlashishidan iboratdir. Ferromagnit magnit momentlarining ba’zi domenlari ichidagi spinlar turli yo’nalishga ega bo’lishi mumkin. Tashqi muhitda bo’lgan bunday materiallarning umumiy magnit oqimi nolga teng bo’ladi.
Ba’zi materiallar (qatlam chegaralari orasidagi qalinlik bir necha o’n-yuz atom masofasiga teng bo’lganda) da domenlarning o’lchami taxminam 0,001-10
mm3 oralig’ida bo’ladi. O’ta toza materiallarda esa domenlarning o’lchami yuqorida keltirilgan qiymatdan ham kattaroq bo’ladi.
Ferromagnit moddalarning monokristallari magnit anizotropiyasi bilan xarakterlanadi. Magnit anizotropiyasi turli o’qlar yo’nalishida magnitlanishning turli qiymatlari bilan ifodalanadi.
Polikristall magnetiklarda anizotropiya keskin ifodalangan hollarda ferromagnetik magnit teksturaga ega bo’ladi. Kerakli magnit tekstura olish orqali materialda ma’lum yo’nalishda yuqori magnit xarakteristikaga erishishi mumkin.
Tashqi magnit maydoni ta’sirida ferromagnit materialning magnitlanish jarayoni quyidagicha kechadi: 1)magnit momenti maydon yo’nalishi bilan kichik burchak hosil qilgan domenlar kattalashadi va boshqa domenlar o’lchami kichrayadi; 2) magnit momentlari maydon yo’nalishi uzra buriladi va bir xil yo’nalishga ega bo’ladi. Magnit to’yinishi domenning kattalashishi to’xtaganda va o’z-o’zidan magnitlangan barcha monokristall qismlarning magnit momenti maydon uzra yo’nalganida sodir bo’ladi.
Ferromagnit monokristallari magnitlanayotganda ularning chiziqli o’lchamlari o’zgaradi. Bu hodisa magnit-striksiya deyiladi. Temir monokristallining magnit- striksiyasi kristallning har xil yo’nalishlarida turlicha bo’ladi.
Ferromagnit materialining magnitlanish jarayoni gisterezis egri chizig’i B (H) bilan ifodalanadi va u barcha ferromagnitlarda bir-biriga o’xshash bo’ladi.
Materiallarning nisbiy magnit singdiruvchanligi magnit induktsiyasi (B) ning magnit maydoni kuchlanganligiga nisbati bilan aniqlanadi:

B

o
r H
Magnit materiallarning magnit singdiruvchanligi birdan yuqori
01(r=0, 0=1,256610-6 Gn/m) bo’ladi.
Ferromagnit materiallarning magnit singdiruvchanligi haroratga bog’liq bo’lib, Kyuri nuqtasiga yaqin qiymatlarda r o’zining yuqori qiymatiga erishadi. Kyuri nuqtasidan yuqori haroratlarda spontan magnitlanish sohasida issiqlik
harakati buzilib, materialning magnit xossasi yo’qoladi. Chulg’amda magnit o’zak bo’lmaganda magnit induksiya qiymati undan o’tayotgan tok hisobiga sodir bo’ladi. Agar chulg’amga magnit o’zak kiritsak, elektr toki hisobiga sodir bo’ladigan magnit maydoni o’zakni yanada magnitlab, qo’shimcha kuch chiziqlari hosil bo’lishi natijasida magnit induksiyasining yoki magnit oqimining keskin oshishiga olib keladi. O’zak kesim yuzasidan hosil bo’ladigan qo’shimcha kuch chiziqlari qayta magnitlanish deyiladi va i bilan belgilanadi.
Bu qiymat magnit maydon kuchlanganligi (H) va magnit materiali sifati (x) ga yoki jismning magnit qabul qilish koeffitsienti j=xH ga bog’liq. Chulg’amga magnit o’zak kiritilgandan so’ng magnit induksiyasining ko’paygan qiymati quyidagicha bo’ladi:

0 0 0

Download 165.5 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 165.5 Kb.