• 55-56- MAVZU Dars mashg’ulotning tеxnologik xaritasi va o’tkazilish ishlanmasi
  • Maqsad Vazifalar Maqsad: Ta’limiy
  • O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Usul
  • Kutilayotgan natijalar O’qituvchi
  • Uyga vazifa O’qituvchi
  • Kelgusi rejalar O’qituvchi
  • Mashg’ulotning bosqichlari
  • 1-bosqich Tashkiliy qism
  • 2-bosqich O’tigan mavzuni mustahkamlash
  • 3-bosqich Yangi mavzu bayoni.
  • 4-bosqich Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash
  • 5-bosqich Amaliy mashg’ulot
  • 6-bosqich Uyga vazifa berish, darsni yakunlash
  • Yangi mavzu bayoni Reja
  • Xalq hunarmandchiligi haqida qisqacha ma’lumot.
  • 2.7 - rasm. Xalq hunarmandchiligi namunasi. Lavh
  • Metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg’unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi va unga doir kasb - hunarlar to’g’risida.
  • Yog’ochga ishlov berish jarayonlari bilan uyg’unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi va unga doir kasb - hunarlar to’g’risida.
  • 2.8 - rasm. Yog’och o’ymakorligi namunalari.
  • Ishni bajarish jarayoni
  • Yangi mavzuni mustahkamlash va baholash. “Klaster” metodi
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
  • BITIRUV MALAKAVIY ISHI BO’YICHA TOPSHIRIQ SHAKLI
  • : RAJABOVA NAZOKAT HAYOT QIZI
  • - rasm. Misgarlikda ishlatiladigan o’yma va so’qma asboblar




    Download 2.46 Mb.
    bet33/33
    Sana01.07.2021
    Hajmi2.46 Mb.
    #15324
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
    2.6 - rasm. Misgarlikda ishlatiladigan o’yma va so’qma asboblar.

    Yangi mavzuni mustahkamlash. Bunda o’quvchilar “Boshqotirma” metodidan foydalangan holda berilgan skaynwordni yechadilar. (Quyida keltirilgan harflarni vertical hamda gorizontal holda tutashtirib, mavzuga mos atamalarni toping) [20], [23].

    1-guruh uchun.



    M

    A

    B

    D

    J

    E

    G

    R

    E

    S

    I

    S

    A

    Y

    I

    D

    L

    R

    Z

    N

    I

    O

    L

    Y

    N

    K

    I

    O

    L

    I

    S

    M

    U

    M

    I

    D

    A

    K

    A

    K

    C

    I

    L

    K

    A

    N

    S

    L

    O

    K

    H

    S

    G

    A

    X

    Z

    O

    A

    T

    U

    I

    G

    A

    R

    L

    M

    B

    K

    F

    N

    L

    N

    R

    K

    I

    K

    D

    A

    N

    T

    E

    M

    L

    I

    G

    I

    N

    A

    S

    A

    T

    L

    L

    U

    R

    Y

    A

    Q

    S

    H

    2-guruh uchun.

    H

    U

    X

    N

    Z

    A

    B

    D

    E

    F

    U

    R

    K

    O

    O

    J

    Q

    I

    H

    G

    N

    A

    L

    R

    L

    T

    U

    M

    E

    T

    M

    R

    U

    B

    I

    I

    Y

    D

    V

    A

    N

    M

    A

    O

    K

    N

    M

    E

    Y

    L

    O

    T

    N

    D

    L

    Q

    A

    T

    A

    L

    K

    U

    V

    C

    H

    I

    K

    U

    L

    O

    Q

    M

    X

    Z

    M

    L

    O

    R

    L

    I

    P

    U

    Y

    A

    N

    I

    K

    T

    A

    K

    R

    S

    H

    S

    O

    P

    R

    S

    X

    Z

    55-56- MAVZU

    Dars mashg’ulotning tеxnologik xaritasi va o’tkazilish ishlanmasi

    Mavzu:

    Yog’och va metallga ishlov berishni uyg’unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlari bo’yicha ish usullari asosida buyumlar tayyorlash.

    Maqsad

    Vazifalar

    Maqsad:

    Ta’limiy: O’quvchilarga yog’och va metallga ishlov berishni uyg’unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlari bo’yicha ish usullari asosida tayyorlanadigan buyumlar, ularning ishlatilish sohalari to’g’risida ma’lumotlar berish.

    Tarbiyaviy: O’quvchilar yoshlar ongida yog’och va metallga ishlov berishni uyg’unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlari bo’yicha tayyorlanadigan buyumlar, ularning xalqimiz hayotida, jamiyatimizda muhim o’rin tutishini anglatgan holda bunday buyumlarga nisbatan hurmat hissini uyg’otish.

    Rivojlantiruvchi: Metall va yog’ochga ishlov berishni uyg’unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlari bo’yicha o’quvchilarning mavjud bilimlarini yanada oshirish hamda ularda mustahkam ko’nikmalar qilib shakllantirish.

    Vazifalar:

    - o’quvchilarga metal va yog’ochga ishlov berishni uyg’unlashtirib, tayyorlanadigan xalq hunarmandchiligi buyumlarini tayyorlashda ishlatiladigan qo’l va elektr аsbоblаridan to`g`ri fоydаlаnishni o’rgatish;

    - Sandiq tayyorlash texnologiyasini o’rgatish;

    - amaliy ish vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni o’rgatish.



    O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

    Usul: “Namoyish etish”, “Tezkor savollar”, “Test sinovi”, “Klaster” metodi.

    Shakl: Amaliy mashg’ulot.

    Vosita: Kompyutеr, slaydlar, ko’rgazmali qurollar, namunalar.

    Nazorat: “Tezkor savollar”, “Test sinovi”, “Klaster”

    Baholash: 5 ballik tizim asosida.

    Kutilayotgan natijalar

    O’qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’+quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O’quvchilarning mashg’ulot davomidagi faolligini oshira oladi. Ularda darsga va xalq hunarmandchiligiga oid yangi mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Amaliy mashg’ulotlar jarayonida barcha o’quvchilarni baholashga erishadi.

    O’quvchi: Yog’och va metallga ishlov berishni uyg’unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi ish usullari asosida buyumlar tayyorlash mavzusi bo’yicha yangi bilimlarni egallaydi. Individual holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari rivojlanadi. O’z-o’zini nazorat qilishni va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi va baholanadi.

    Uyga vazifa

    O’qituvchi: Mavzu bo’yicha qo’shimcha yangi ma’lumotlar topish. Mavzuga oid test, tarqatma materiallarini va ko’rgazmali qurollarni tayyorlash. Kelgusi dars jarayoniga tadbiq etish.

    O’quvchi: Mavzusi bo’yicha olgan bilim, ko’nikma va malakalarini amaliy mashg’ulot jarayonida qo’llash, mustaqil ravishda quticha tayyorlab ko’rish.

    Kelgusi rejalar

    O’qituvchi: Yangi pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o’zlashtirish, dars jarayoniga tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.

    O’quvchi: Yog’och va metallga ishlov berishni uyg’unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi ish usullari asosida buyumlar tayyorlash mavzusi haqida qo’shimcha materiallar bilan tanishib, ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. O’zining va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.


    Mashg’ulotning bosqichlari

    Bosqichlar

    Bosqichlar mazmuni

    Metodlar

    Ajratilgan vaqt

    1-bosqich

    Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.

    Suhbat o’tkazish

    5

    2-bosqich

    O’tigan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilarga o’tilgan dars mavzusi bo’yicha bahs - munozara tashkil qiladi. (53-54-mavzu: “Tayyorlanadigan buyumlarga texnologik xaritalar chizish”. O’qituvchi mavzuga oid javobi qisqa muddatda aytiladigan tezkor savollarni tarqatma material sifatida o’quvchilarga tarqatadi. O’quvchilarga berilgan topshiriqlarni tekshiradi va baholaydi.

    Tezkor savollar

    10

    3-bosqich

    Yangi mavzu bayoni. Mavzuning maqsadi, asosiy ma’no - mazmuni, qo’llaniladigan ish usullari o’quvchilarga tushuntirib beriladi.

    “Namoyish etish” metodi

    15

    4-bosqich

    Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash: “Test sinovi” metodi, “Klaster” metodlari asosida o’quvchilar bilimi mustahkamlash.

    “Test sinovi” metodi, ”Klaster” metodi

    10

    5-bosqich

    Amaliy mashg’ulot: O’quvchilarni mavzuga oid ko’nimlarini mustahkamlash maqsadida metal va yog’ochga ishov berib, tayyorlanadigan xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini yaratishni o’rgatish.

    “Test sinovi” metodi, ”Namoyish etish” metodi

    40

    6-bosqich

    Uyga vazifa berish, darsni yakunlash

    a) Mavzu yuzasidan qo’shimcha savollar tuzish hamda mustaqil ravishda sandiqcha yoki uning kichkina ko’rinishi – quticha tayyorlash.



    b) Ish o’rnini yig’ishtirish.

    Mustaqil

    10


    Yangi mavzu bayoni

    Reja:

    1. Milliy xalq hunarmandchiligi haqida qisqacha ma’lumot.

    2. Metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg’unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi va unga doir kasb - hunarlar to’g’risida.

    3. Yog’ochga ishlov berish jarayonlari bilan uyg’unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi va unga doir kasb - hunarlar to’g’risida.

    Xalq hunarmandchiligi haqida qisqacha ma’lumot. Xalq hunarmandchiligi har bir xalqning, jumladan, o`zbek xalqining paydo bo`lishi, shakllanishi, tarixiy rivojlanishi, milliy qadriyatlarini ifodalaydigan soha bo`lib xizmat qila oldigan ma`naviy, moddiy, madaniy merosi hisoblanadi. Xalq hunarmandchiligi naqqoshlik, ganchkorlik, zargarlik, yog`och o`ymakorligi, metal o`ymakorligi, kashtachilik, ko`nchilik, pazandachilik, yog`ochlarni kuydirib ishlash, kulolchilik, kosibchilik, mahsido`zlik, sangtaroshlik, temirchilik, pichoqchilik, anjomsozlik, qulfsozlik, misgarlik, ignasozlik kabi 150 dan ziyod sohaga ega bo`lib, o`zida mehnat va kasb ta`limining ko`pgina xususiyatlari – amaliyligi, ijodiyligi, milliyligi, mahalliy xomashyolarni topish va ta`mirlash qulayligi, o`g`il va qiz bolalar mehnatining o`ziga xosligi, shahar va qishloq maktabini uyg`unlashtira olishi, asosiy hollarda murakkab qurilmalar, uskunalar, asboblar va stanoklar talab qilmasligi, mashg`ulotlarni tashkil etishning soddaligi bilan ajralib turadi.



    2.7 - rasm. Xalq hunarmandchiligi namunasi. Lavh

    Natijada bu sohani yetarlicha o`rgangan, ma`lum kasblarni egallagan yoshlarning ishsiz qolmasliklari, mehnat bozorining raqobatbardoshligi bilan alohida e`tiborga molikdir. Xalq hunarmanchiligi san`ati milliy qadriyatlarni va an`analarini izchil o`rganish, rivojlantirish hamda takomillashtirgan holda boyitib borish malaka va ko`nikmalariga asoslanadi. Darhaqiqat “Ta`lim to`g`risida”gi qonunda: “Umumiy ta`lim uzluksiz ta`lim tizimida asosiy bo`g`in bo`lib, ta`lim oluvchilarni ilmiy bilim, mehnat va boshlang`ich kasb-kor ko`nikmalarini, ishbilarmonlik asoslarini egallashlari, shuningdek, ijodiy qobiliyatlarini va ma`naviy fazilatlarini rivojlantirishni ta`minlaydi”, - deb ta`kidlangan.

    Xalq hunarmanchiligi yoshlarning tafakkuri, tasavvuri, estetik didi, epchilligi kabi sifatlarini shakllantirishga yordam beradi. Zero, bu sifat va fazilatlar yosh avlodni har tomonlama rivojlantirishga samarali ta`sir ko`rsatadi. Shularni hisobga olgan holda keyingi yillarda mamlakatimizda xalq amaliy san`atining bir necha o`nlab turlari rivojlantirilmoqda. Qadimiy yodgorliklarni saqlash, ularni qayta tiklash, ta`mirlash ishlariga keng yo`l ochib berilmoqda. Jumladan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo`qon va Toshkentdagi obidalar qayta tiklanmoqda, ularni tiklashga xalq ustalari jalb etilib, ustalar o`z shogirdlari bilan birgalikda obidalarga sayqal berishmoqda. Naqqoshlik san`ati ancha rivojlantirilib, turli xil zamonaviy binolarga zeb berish ishlarida keng qo`llanilmoqda. O`zbekistonda Mustaqillik e`lon qilinishi bilanoq odamlarga munosib turmush va mehnat qilish sharoitlarini yaratishga, xalq farovonligini oshirishga, ijtimoiy adolat tamoyilarini qaror toptirishga, o`sib kelayotgan yosh avlodni insonparvarlik ruhida tarbiyalashga katta e`tibor qaratildi.

    Milliy urf-odatlar, an`analar xalqlarning yashash sharoiti milliy xususiyatlarni o`zida jamlab, ming yillar davomida hayot deb atalmish murakkab sinovlardan o`tib, xalqning o`ziga xos tuzugi-qonuni darajasiga ko`tarilgan. Mustaqillik sharofati bilan bugunga kelib ajdodlarimizdan qolgan bebaho merosni o`rganish, amaliyotga tatbiq etishga shart-sharoit yaratildi [9], [18].



    Metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg’unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi va unga doir kasb - hunarlar to’g’risida. Xalq hunarmandchiligi asosida metallarga badiiy ishlov berish mexanik usulda (o’ymokrlik, zarb qilish) hamda himoyalovchi bezak qatlami bilan qoplash (sirlash, zarhallash, kumush bilan hallash) usullari bilan amalga oshiriladi.

    Qadimdan o’ymakorlik metallarga badiiy ishlov berishning keng tarqalgan metodlaridan biri hisoblanadi. O’ymakorlikda muayyan shakllar va naqshlar zagatovkaga o’yib tushiriladi. Har bir kasb-hunarning o’ziga xos atamalari, nomlari mavjud. Mazkur atama va nomlar bilan bog’liq bo’lgan tarixiy ma’lumotlarni o’rganish shu kasb-hunarning paydo bo’lishi va rivojlanishi hamda jamiyatda tutgan o’rni, ahamiyati haqida fikr yuritishga asos bo’ladi. O’tmishda metallsozlik kasbining degrezlik, temirchilik, pichoqchilik, chilangarlik, taqachilik, qulfgarlik, anjomasozlik, ignachilik, mixgarlik, misgarlik va zargarlik singaro sohalari bo’lgan. Bu sohalarning yuzaga kelish tarixi juda qadimiy bo’lib, ular maxsus terminlar bilan ataladigan o’ziga xos xomashyolari, ishlab chiqarish kurslari, texnologiyalari bilan ajralib turgan.

    Metallardan yasaladigan buyumlarni – moddiy hayot vositalarini ishlab chiqarish uchun darkor bo’lgan ish qurollari; kundalik hayotda ishlatiladigan buyumlar, ro’zg’or asbob-anjomlari; turar joy qurish uchun zarur bo’lgan metal buyumlar; mudofaa qurollari; bezak ashyolarni ishlab chiqarganlar. Xalq hayotida kasb etgan yuqorida qayd qilingan ayrim tarmoqlari shu sohalar bilan shug’ullauvchi kishilar turadigan joy, maskanlarda toponimlar shaklida saqlanib qolgan.

    Bugungi kunda metallga ishlov berib mahsulot ishlab chiqaradigan kasb-hunarlar orasida chilangarlik, misgarlik, kandakorlik, tokarlik va boshqalar anchayin rivojlanmoqda. Misgarlik va kandakorlik ayniqsa, yurtimizning shu hunarlarni o’rgatuvchi maktablar rivoj topgan joylarida keng tarqalgan [20], [8].



    Yog’ochga ishlov berish jarayonlari bilan uyg’unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi va unga doir kasb - hunarlar to’g’risida. Yog’ochga ishlov berish bo’yicha ishlab chiqariladigan mahsulotlar ham bugungi turmushimizni, uyimini bezab turibdi. O’rta Osiyo naqqoshlik san’ati qadimdan dunyoga mashhur. Milliy naqshlarimiz g’oyatda boy mazmunga ega. Oddiy qoshiq, lagan, quticha, sandiq, beshik, cholg’u asboblari. Uy-ro’zg’or buyumlaridan tortib, turar joy va jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga soladi,, uni o’ylantiradi. Bu go’zal naqshlar ajoyib naqqosh – hunarmandlar tomonidan yaratilgan bo’lib, asrlar davomida bunyod topdi, rivojlandi, me’morchilik hamda tasviriy san’at rivoji bilan bog’langan holda takomillashib bordi.

    Naqsh – arabcha tasvir, gul degan ma’noni anglatadi. Tabiatdagi o’simliklar, qush va jonivorlarga qiyoslab chizilgan shakl va boshqa elementlarni ma’lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir. Naqqoshlikda ishlatiladigan naqshlar tuzilishiga ko’ra – islimiy va girih naqshlarga bo’linadi.

    Yog’ochga ishlov berish bilan shug’ullanadigan hunarlar ham yurtimizda ko’plab taraqqiy etib bormoqda:


    • Yog’och o’ymakorlik bo’yicha usta-rassom;

    • Naqqoshlik bo’yicha usta-rassom;

    • Yog’ochga ishlov berish texnologiyasi va mebel ishlab chiqarish ustasi;

    • Musiqa asboblarni yasash va ta’mirlash bo’yicha usta;

    • Likli miniatura ustasi;

    • Mebellarni loyihalovchi dizayner.

    Yog’och o`ymakorligi o`zbek xalq amaliy bezak san`atining  keng   tarqalgan bir turi. Bunda biror naqsh yoki  tasvir  taxta  yoki  yog’och   buyumlarga  chizib,  kesib,  o`yib, ishlanadi. Badiiy san`atning bu turi deyarli  barcha  xalqlarda bo`lib, qadimgi  Sharqda antik dunyo mamlakatlari  arxitekturasida   keng  ishlatilgan. Asrlar davomida Evropa va Osiyo mamlakatlarida yog’och o`ymakorligining rivojlanib o`ziga xos  badiiy uslublari kelib chiqqan. Shu  singari  O`rta Osiyoda xam yog’och o`ymakorligi qadimdan rivojlanib kishilarning uy-ro`zg’or buyumlarida va arxitekturasida juda keng  qo`llanilgan.  Bu o`ymakorlik qadimiy arxitekturaning eshik, darvoza, ustunlar, har   xil to`sin, stol, xontaxta, quticha,  ramka,  qalamdon va  boshqa  buyumlarni bezashda ishlatilib   kelingan.

    Yog’och o’ymakorligining o’ziga xos turli uslub va usullari bor.

    Masalan, Xiva yog’och o’ymakorligi o’ymasining monumentalligi, yog’och tabiiy rangining saqlab qolishi bilan boshqalardan farq qiladi. Buxoro yog’och o’ymakorligi esa, o’yma naqshning jozibadorligi, jimjima naqshlarni oltin, kumush suvi bilan bezatilishi, naqsh zaminida ranglardan foydalanishi bilan ajralib turadi. Marg’ilon yog’och o’ymakorligi chuqur zaminli yassi o’ymani qo’llab kelganlar.

         V-VI asrlarda Yog’och o`ymakorligi namunalari Surxondaryo voxasidagi Yumaloq tepa tubidan topilgan. Olimlarimizning aniqlashicha bundan 1-1,5 ming yil muqaddam mazkur joyda naqsh o`ymakorligi san`ati bo`lib, u juda yaxshi rivojanganligi isbotlangan. Bunday noyob topilmalar Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz va boshqa shaharlardagi arxeologik qazilmalardan topilmoqda [9], [15], [20].              





    2.8 - rasm. Yog’och o’ymakorligi namunalari.

    Sandiq yasash texnologiyasi.

    Mashg’ulotning maqsadi: Yoshlarga ota bobolarimiz tomonidan o’rganilib, avloddan - avlodga o’tib kelayotgan xalq hunarmandchiligini o’rgatishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, shu orqali yoshlarni o’zgalar mehnatini qadrlashga o’rgatish, san’atga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish, ularga badiiy - estetik tarbiya berishdir.

    Mashg’ulotlarni jihozlash: Sandiqchilik namunalari, turli buyumlar, plakatlar, ustalarning ijodiy faoliyatiga bag’ishlangan materiallar va hokazolar.

    Mashg’ulotning turi: Amaliy mashg’ulot.

    Mashg’ulotning borishi: O’qituvchi avvalo ustalar haqida, so’ngra ishning borishi to’g’risida ma’lumot beradi.

    O’quvchilarga mashg’ulot davomida sharqona usta va shogird odobi, xalq ustalarining ibratli hayot yo’li, ularning yoshligidagi qiziqishlaridan namunalar keltirish yoshlarni, atrof - muhitni chuqur anglashga undaydi, ularning kelajakka bo’lgan intilishi kuchayadi va mehnat ta'limi darslariga qiziqishi rivojlanib boradi.

    Mashg’ulot ob’yekti: Sandiq tayyorlash texnologiyasi.

    Sandiq – uy buyumlariga kiradi. Sandiqchilik milliy xalq hunarmandchiligining biri. Sandiq yasashdan avval kerakli xom ashyoni tayyorlab olamiz. Yog’och taxtani randalab, kerakli o’lcham bo’yicha o’lchab, arralaymiz.

    Tayyorlangan yog’ochlarni bir - biriga biriktirib yig’ib chiqamiz.





    2.9 – rasm. Sandiq

    Kerakli asbob va materiallar:

    Xom ashyo; Quruq yog’och, taxta, arra, randa, chizg’ich, qalam, bolg’a, mayda va yirik mixlar, yupqa listlar, lak bo’yoqlar va boshqa materiallar.

    Ishni bajarish jarayoni:

    1. Tegishli o’lchamda xom ashyoni tanlash.

    2. Xom ashyoni chizma bo’yicha randalash.

    3. Yog’och taxtalarni kerakli o’lchamga keltirish.

    4. Randalangan taxtaning tekisligini chizg’ich yoki go’niya bilan tekshirish.

    5. Yog’och detallarni bir - biriga biriktirish.

    Texnologik xarita asosida sandiq tayyorlashda mehnat xavfsizligiga rioya qilish:

    1. Randalash vaqtida xom ashyoni dastgohga mustahkam o’rnating.

    2. Randalash vaqtida asbobni to’g’ri ushlang.

    3. Arralash vaqtida qo’lni arra polotnosi yaqiniga qo’yib turmang.

    4. Bolg’a bilan ishlayotgan kishining orqasida turmang. [9].

    Yog’ochga ishlov berish bo’yicha xalq hunarmandchiligiga oid ish usullari bizga qadimdan ham ma’lum bo’lgan va ertangi kelajak avlodlarimizga ham shu ruhda yetkazish bugungi yoshlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Shuning uchun ham umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi o’quv ustaxonalarida moddiy-texnik bazaning talab darajasida ekanligidan, yurtimizda shunday imkoniyatlar yaratib berilganidan unumli va to’g’ri foydalanishimiz lozim.




    Sandiq tayyorlashning texnologik xaritasi.


    T/r

    Ishning mazmuni.

    Eskiz

    Ishning mazmuni


    Eskiz

    Mehnat quroli

    Asboblar

    Nomi

    1

    a)Sandiq ning old va ort qismi uchun mos yog’och tanlash va rejalash.




    b)Tanlangan qismlardan o’lcham olish, randalash va arralash

    (6 dona)








    Qalam, chizg’ich, arra, randa.

    2

    a)Buyum ning ustki va ostki qismi uchun mos xomashyo tanlash va rejalash.




    b)Xomashyodan o’lcham olish, randalash va arralash (8 dona)







    Qalam, chizg’ich, arra, randa.

    3

    a)Sandiq ning yon tomonlari uchun mos yog’och tanlash




    b) Tanlangan xomashyodan o’lcham olish, randalash va arralash (4 dona)












    Qalam, chizg’ich, arra, randa.



    4

    a)Sandiq qopqog’ining katta tayanch qismi uchun mos yog’och tanlash




    b)Tanlangan yog’ochdan, o’lcham olish, randalash va arralash.








    Qalam, chizg’ich, arra, randa.

    5

    a)Sandiq qopqog’ining kichik tayanch qismi uchun mos xomashyo tanlash.




    b)Tanlangan xomashyodan, o’lcham olish, randalash va arralash.








    Qalam, chizg’ich, arra, randa.



    6

    a)Sandiqning oyoq qismi uchun material tanlash va rejalash.




    Tanlangan materialdan o’lcham olish, randalash va arralash.












    Qalam, chizg’ich, arra, randa.





    Yangi mavzuni mustahkamlash va baholash. “Klaster” metodi

    1-guruh uchun. ( 2.1 – chizma)



    2-guruh uchun. ( 2.2 – chizma)



    Ikkinchi bob bo’yicha xulosa

    Ushbu bobda ta’lim vositalari, ularning turlari, mehnat ta’limi darslarida ta’lim vositalari va ularning turlaridan foydalanishga doir ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, “Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bo’limi” mazularini o’qtishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari va o’qitish metodikasiga oid ma’lumotlar bayon qilingan.

    Xotima

    Umumiy o’rta ta’lim maktablarida VII sinf mehnat darslarida ta’lim vositalari va texnologiyalardan foydalanishga doir pedagogik-psixologik adabiyotlar, darslik va o’quv qo’llanmalar, ilmiy-uslubiy ishlanmalar va maqolalar tahlil qilindi.

    1. Mehnat darslarida ta’lim vositalari va texnologiyalaridan foydalanishga doir adabiyotlar, ilmiy-tadqiqotlar o’rganildi, pedagogik-psixologik, uslubiy jihatdan tahlil qilindi.

    2. Umumiy o’rta ta’lim maktablari VII sinf mehnat fani “Texnologiya va dizayn” yo’nalishi “Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi” bo’limi mavzulari tahlil qilindi. Mehnat darslarida ta’lim vositalari va texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari aniqlandi.

    3. Mehnat darslarini ishlab chiqarish uzviyligini ta’minlash “Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi” bo’limiga oid turli mavzular yordamida tushuntirib berildi.

    4. VII sinf mehnat fani “Texnologiya va dizayn” yo’nalishi “Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi” bo’limi mavzularida ta’lim vositalari va texnologiyalaridan foydalanish dars ishlanmalari yordamida ko’rsatib berildi.



    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

    1. Тa’lim to’g’risida O’zbekiston Respublikasining qonuni. // Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.– Тoshkent: Sharq, 1997. – 20-29 b.

    2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. O’zbekiston Respublikasining qonuni.//Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori – Тoshkent: Sharq, 1997. – 32-61 b.

    3. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi Mehnat ta’limi, Tasviriy san’at, Chizmachilik, Musiqa madaniyati, Jismoniy tarbiya (1-9 sinflar). Ta’lim markazi. –T.: 2010, -292 b.

    4. O’zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2012 yil 16 maydagi 160-sonli buyrug’i. O’zbеkiston Rеspublikasi umumiy o’rta ta'lim maktablarining 2012-2013 o’quv yiliga mo’ljallangan tayanch o’quv rеjalarini tasdiqlash to’g’risida. –10 b.

    5. О‘.Q.Tolipov, D.Razzoqov, Q.Bobojonova. Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limidan Davlat ta’lim standartini amaliyotga joriy etish. Metodik qо‘llanma. Toshkent: О‘zPFITI, 2000 y.44 b.

    6. M.Z.Murtozayev, A.A.Kushakov. Texnologiyava dizayn Metallarga ishlov berish texnologiyasi” (Umum o’rta ta’lim maktablarining VI sinflari uchun darslik). “Fan va texnologiya”. Toshkent: 2012 y 122 b.

    7. “Maktab va hayot”. Ilmiy-metodik jurnal. “O’zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi”. 2/2008. – 34 b

    8. O’.O.Tohirov “Mehnat ta’limini bozor munosabatlari talablari asosida modernizatsiyalashning pedagogik shart-sharoitlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiya ishi yuzasidan tajriba – sinov ishlari dasturi. – T., “Fan va texnologiyalar markazi”, 2011. – 34 b.

    9. “Maktab va hayot”. Ilmiy-metodik jurnal. “O’zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi”. 5/2013. – 34 b.

    10. J.G’.Yo’ldoshev, S.A. Usmonov Pedagogik texnologiya asoslari (Xalq ta’limi xodimlari uchun qo’ll.). – Т.: O’qituvchi, 2004. – 101 b.

    11. R.Ishmuhammedov, A.Abduqodirov, A.Pardayev “Tarbiyada innovatsion texnologiyalar” (ta’lim muassasalari pedagog-o’qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). – T.: “Iste’dod” jamg’armasi, 2010. – 142 b.

    12. I.Karimov Mehnat ta’limi o’qitish texnologiyalari. – Тoshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013. – 228 b.

    13. Karimov I., Maxsimova M., Tohirov O’. Mehnat ta’limi darslarini tashkil etish. – T.: RTM, 2014. – 132 .

    14. I.P.Po’latov, S.S.Isamitdinov. S.A.Odilov Ta’limda innovatsiya – Тoshkent: Fan, 2007. – 170 b

    15. O’.Q.Tolipov, M.Usmonboyeva Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. – Т.: Fan, 2006. – 228 b.

    16. Sh.S.Shodmonova va boshq. Pedagogik texnologiyalar – Т.: Fan va texnologiya, 2011. – 148 b.

    17. Muslimov N.A., Sharipov SH.S., Qo’ysinov O.A. Mehnat ta’limi metodikasi, kasb tanlashga yo’llash. Darslik. –Toshkent. 2014. – 456 b.

    18. Sharipov Sh. va boshqalar. Mehnat ta’limi 5-sinf. –T. Sharq, 2012. –250 b.

    19. http://www.mehnatdarsi.uz

    20. http://pedagog.uz

    21. http://www.uzedu.uz

    22. http://www.ZiyoNet.uz



    BITIRUV MALAKAVIY ISHI BO’YICHA

    TOPSHIRIQ SHAKLI
    Buxoro davlat universiteti

    Pedagogika fakul’teti


    Ta’lim yo’nalishi: 5112100 “Mehnat ta’limi”
    Kafedra: Mehnat ta’limi
    Bitiruv malakaviy ish bo’yicha

    TOPSHIRIQ VARAQASI
    1. Ijrochi: RAJABOVA NAZOKAT HAYOT QIZI

    2. Mavzu: «Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi» bo’limi mavzularini o’qitish metodikasi (7-sinf “Texnologiya va dizayn” yo’nalishi mavzulari misolida) mavzu universitet Kengashining «_____» _______20____ yildagi _____ sonli qarori va universitet rektorining «_____» __________20_ yildagi _____ sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan.

    3. Mavzuning dolzarbligi, nazariy va amaliy (iqtisodiy, ekologik, ilmiy-texnik, mehnat muhofazasi, hayot xavfsizligi va h.k.) ahamiyati Mehnat darslarida o’quvchilarning metall va yog’ochga ishlov berish bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishga doir bilim, ko’nikma, malakalarini shakllantirishga oid innovatsion yechimlarni ishlab chiqish nafaqat mehnat ta’limi fanini, balki shu bilan birgalikda butun jamiyatimizni ham ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Yuqoridagilarni nazarda tutgan holda, bitiruv malakaviy ish mavzusini “Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi» bo’limi mavzularini o’qitish metodikasi (7-sinf “Texnologiya va dizayn” yo’nalishi mavzulari misolida)” deb nomlanishiga asos bo’ldi.

    4. Malakaviy ishni bajarish uchun tavsiya qilinadigan ilmiy, o’quv-uslubiy va boshqa axborot manbalari (darslik, o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matni, monogragiya, ilmiy maqolalar va h.k)

    1. Таълим тўғрисида. Ўзбекистон Республикасининг қонуни. //Баркамол авлод-Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. –Тошкент: Шарқ, 1997. – 20-29 б.



    2. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi Mehnat ta’limi, Tasviriy san’at, Chizmachilik, Musiqa madaniyati, Jismoniy tarbiya (1-9 sinflar). Ta’lim markazi.T-2010. -292 b.

    3. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2012 yil 16 maydagi 160-sonli buyrug’i. O’zbekiston Respublikasi umumiy o’rta ta'lim maktablarining 2012-2013 o’quv yiliga mo’ljallangan tayanch o’quv rejalarini tasdiqlash to’g’risida. -10 b.

    4. Muslimov N.A., Sharipov SH.S., Qo’ysinov O.A. Mehnat ta’limi metodikasi, kasb tanlashga yo’llash. Darslik. –Toshkent. 2014. – 456 b.

    5. Bitiruv malakaviy ishi bo’yicha ma’lumotlar to’plash hamda tadqiqot ishlari olib boorish manbalari va joylari (o’quv zali va xonalari, ilmiy kutubxona, laboratriya, tashkilot, korxona, ilmiy yoki ta’lim muassasasi)

    1. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat markaziy kutubxonasi

    2. Buxoro davlat universiteti axborot resurs markazi

    3. http://www.ziyonet.uz

    4. http://www.uzedu.uz


    6. Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash bo’yicha amalgam oshirilgan ishlar rejasi:




    Ishning mazmuni

    Taxminiy hajmi (bet)

    Ijro muddati

    Izoh

    1.

    Masalaning qo’yilishi. Mavzuning dolzarbligi, yechilishi yoki o’rganilishi lozim bo’lgan masalaning mohiyati va maqsadini yoritib berish, ilimiy yangiligi (kirish qismi).










    2.

    Mavzu bo’yicha ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish (yordamchi mulohazalar va faktlar)










    3.

    Olib borilgan tajribalar, tadqiqot ishlari, natijalarni tahlil qilish va tartibga solish (bob, ragraf, bo’lim yoki qismlar bo’yicha).










    4.

    Olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati bo’yicha xulosalar berish hamda tadbiq sohalari va usullariga oid takliflar tayyorlash










    5.

    BMIni rasmiylashtirish va uning himoyasi uchun zaruriy ko’rgazmali vositalarni (kompak disk, slaydlar, jadvallar, rasmlar, grafiklar, diagrammalar, maket, stend, h.k)










    6.

    Dastlabki himoyaga tayyorgarlik ko’rish va himoyaga chiqish matnini tayyorlash










    7. Ilmiy maslahatchilar:

    Maslahatchi

    Bo’limlar

    Topshiqir

    Izoh
























    Ilmiy rahbar: p.f.n., dots. H.O.Jo’rayev


    Kafedra mudiri . p.f.n., dots. Sh.H.Quliyeva
    Topshiriqni bajarishga oldim Rajabova Nazokat Hayot qizi
    «______» _______________ 20__ y.



    Download 2.46 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




    Download 2.46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - rasm. Misgarlikda ishlatiladigan o’yma va so’qma asboblar

    Download 2.46 Mb.