• Mehnat ta’limining maqsadi
  • Mehnat ta’limining vazifalari
  • BMIning tuzilishi va hajmi




    Download 2.46 Mb.
    bet8/33
    Sana01.07.2021
    Hajmi2.46 Mb.
    #15324
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
    BMIning tuzilishi va hajmi: Bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 bob, 4 bo’lim, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, 10 ta rasm, 4 ta jadval, 4 ta chizmani o’z ichiga olgan va hajmi 60 sahifani tashkil etadi.

    I BOB. “MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI” BO’LIMINI O’QITISHNING NAZARIY ASOSLARI

      1. 7-sinf “Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi” bo’limi mazmuni


    Mehnat ta’limining maqsadi: o’quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko’nikmalari va malakalarini, mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ularning ahamiyatini tushunishga o’rgatish, ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash orqali kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirish hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurlarini rivojlantirishdan iborat.

    Mehnat ta’limining vazifalari: turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga taalluqli dastlabki ma’lumotlarni o’rgatish, o’lchash, tekshirish asboblaridan, ma’lumot manbalaridan foydalana olish, mehnat amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarni belgilangan talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o’rgatish; xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlatiladigan texnika va texnologiyalar to’g’risida bilimlar berish, inson faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratish; mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni, texnologik bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi, xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena qoidalari asoslarini; o’quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, raqobatbardosh iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish vositalarini o’rgatish, ish boshqaruv (menejerlik) unsurlari, homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirib borish; o’quvchilarni bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat kishisiga nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash; xalq hunarmandchiligi kasblarini o’rgatish orqali xalqning milliy ruhini, yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish.





    Download 2.46 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




    Download 2.46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BMIning tuzilishi va hajmi

    Download 2.46 Mb.