|
Ma'lumotlarni saralash algoritmlari. Tad kafedrasi
|
bet | 1/7 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 20.41 Kb. | | #101203 |
Bog'liq Ma\'lumotlarni saralash algoritmlari. Saralash tushunchasi va uni-kompy.info HamdamovAyyubxon, ma\'lumotlar tuzulmasi va algaridimlar amaliy ish - 1, Ma\'lumotlar bazasi mustaqil ish -3, Mashinali o\'qitishga kirish 21-ma\'ruza Nosirov Kh, sun-iy-neyron-tarmoqlarni-umumiy-tasnifi, Mashinali o\'qitishga kirish 1-ma\'ruza Nosirov Kh (1), Asosnoma Quraqov S.A., Haydarqulov Shohzod, OR-5.51.02.02-Elektr atansiyalari tarmoqlari va tizimlari, lab5power point, Kompyuter tarmoqlari va adminstratorlash fanidan test savollari , 8-sinf mavzulashtirilgan testlar, menejment tex
Ma'lumotlarni saralash algoritmlari. Saralash tushunchasi va uning vazifasi. Saralashning qat’iy usullari va ularning samaradorligi
Ma'lumotlarni saralash algoritmlari. TAD kafedrasi
Ma'lumotlarni saralash algoritmlari.
Saralash tushunchasi va uning vazifasi.
Saralashning qat’iy usullari va ularning samaradorligi.
1. Saralash tushunchasi va uning vazifasi.
Saralash – bu berilgan to‘plam elementlarini biror bir tartibda (o‘sish yoki kamayish) joylashtirish jarayonidir.
Saralash (inglizcha sorting - tasniflash, tartiblash) - tanlangan mezonga qarab biror narsani ketma-ket joylashtirish yoki guruhlarga bo'lish.
Saralash– bu massiv elementlarini tartiblash (o’sish, kamayish, oxirgi raqami, bo’luvchilari bo’yicha, …)
Saralash deb, berilgan obyektlar ketma-ketligini ma`lum mantiqiy tartibda qayta joylashtirish jarayoniga aytiladi. Saralash bir necha ko`rsatkichlarga bog`liq bo`lishi mumkin.
Ma'lumotlarni saralash - uni qandaydir atributga ko'ra tartibga solishdir.
Saralashdagi qiyinchiliklar quyidagi hollarda mavjud bo’ladi:
❌ ma'lumotlar massivlari katta bo’lganda - minglab, o'nlab va yuz minglab elementlar;
❌ ma'lumotlarga murojaat qilish qiyin bo'lishi mumkin (masalan, ular ma’lumotlar oqimi bo’lganda);
❌ kompyuterning imkoniyatlari yetarli emas va dasturlash tiliga kiritilganidan ko'ra tejamkorroq algoritmlar kerak.
Bunday hollarda saralashning ixtisoslashtirilgan algoritmlarini tanlash kerak, zarurat bo’lsa ularni masalaga qarab optimallashtirish mumkin.
Saralashdan maqsad - tartiblangan to‘plamda kerakli elementni topishni osonlashtirishdan iborat.
dasturlarni translyasiya qilishda;
ma’lumotlar majmuasini tashqi xotirada tashkil qilishda;
kutubxonalar, kataloglar, ma’lumotlar bazasini yaratishda va boshq.
|
| |