Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




Download 9.82 Mb.
bet1/142
Sana26.08.2022
Hajmi9.82 Mb.
#25409
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
GAT
1-laboratoriya ishi, Mustaqil ish mavzularining taqsimlanishi (6), 5-sinflar uchun, 10. Qatorning absolyut va shartli yaqinlashuvchiligi, Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika fanidan, 5-ma\'ruza, MB 1-ma\'ruza, SOAT BAY XUJJAT (4), 2 amaliy signal, 3 amaliy signal, Studbooks 268463.rtf, Anvarov Abror korxona jixozlari 2023, 12-lab, 1111


KIRISH


Geografik axborot tizimi (GAT) geofazoviy ma’lumotlarni toʻplash, boshqarish va tasvirlashga moʻljallangan kompyuter tizimi boʻlib, unda mazkur ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin. Geoaxborot tizimining boshqacha koʻrinishi boʻlgan geoinformatika deganda geoaxborot tizimining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan ilmiy-texnik va amaliy fanlar majmuasi tushuniladi. Bu majmua geografiya, informatika va informatsion texnologiyalar nazariyasi, kartografiya va hisoblash texnikasiga yangicha yondashishlar oʻrtasidagi bogʻliqlikdan kelib chiqadi.
Hozirgi kunda axborot tizimining ushbu boʻlimi jadal sur’atlar bilan oʻsib borishi natijasida u nafaqat texnik sohalarda, balki hayotimizning turli ijtimoiy sohalarida ham qoʻllanilib kelmoqda. GATning qoʻllanilish sohalari keng boʻlib, u turli holatlarda, jumladan sogʻliqni saqlashda yangi klinika va shifoxonalarni geografik jihatdan mos va aholiga qulay qilib joylashtirish jarayonida, yuk tashish bilan shugʻullanadigan korxonalar uchun yoʻl marshrutlari va jadvallarini tuzish hamda aniqlashda, avtomobil yoʻllarini quruvchi korxonalarga yangi trassa va yoʻllarni loyihalashda eng maqbul variantni tanlash paytida, shuningdek, davlat fondidagi yerlarni toʻgʻri va oqilona hisoblashda, fermerlar uchun yangi yerlarni oʻzlashtirishda, yerlarninig holatini aniqlash va ular toʻgʻrisida yetarli ma’lumot olishda juda qoʻl keladi.
Bugungi kunga kelib geoaxborot tizimlari haydovchilarga, piyodalarga sun’iy yoʻldoshlar bilan aloqa qilgan holda geofazoviy ma’lumotlar oʻrni toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni qayta ishlash orqali turli marshrutlarni navigatsiya qilishda, eng yaqin, eng qulay yoʻllarni izlab topishda qulaylik tugʻdirmoqda. Bir qarashda oddiy uyali telefonimiz orqali bunday ma’lumotlarni kartada bemalol olishimiz oson koʻrinadi, ammo bu qulaylik ortida geoaxborot tizimi qonun- qoidalarini toʻgʻri qoʻllash kabi ishlar koʻlami yotadi. Agar geoaxborot tizimini bundan 10 yillar oldin faqatgina aniq bir mutaxassislar guruhigina ishlatishi


mumkin, degan qoidalar mavjud boʻlgan boʻlsa, bugungi kunga kelib internet tarmogʻidagi veb-portallar, turli navigatsiya tizimlari, uyali telefonlardagi dasturlarning ishlab chiqilishi oddiy fuqaroning ham ushbu sohani bilishiga asos yaratdi. Geoaxborot tizimi kartografiya va masofadan zondlash, fotogrammetriya va topografiya bilan chambarchas bogʻliq hamda matematik, kartografik, masofadan zondlashda qoʻllaniladigan usullar bilan bir qatorda yer qatlami geologiyasi, tuproqshunoslik, oʻrmonchilik, geografiya, iqtisodiyot, biologiya kabi fanlarni oʻzaro birlashtiradi.
Ushbu oʻquv qoʻllanma mualliflari kitobni yozishda yordam bergan Yevropa Ittifoqidagi hamkor institutlar, jumladan Vengriyaning Gʻarbiy Vengriya universiteti, Angliyaning Grinvich universiteti, Avstriyaning Zalsburg universiteti, Shvetsiyaning Qirollik texnologiya institutidagi geodeziya, kartografiya, geoaxborot tizimi sohalaridagi professor-oʻqituvchilarga oʻz minnatdorchiliklarini bildiradilar.

Download 9.82 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Download 9.82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

Download 9.82 Mb.