• U.K.Sultonov
  • Markaziy bankning asosiy maqsadlaridan biri Respublika bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek to'lov tizimini beto'xtov va samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlashdan iborat




    Download 7.67 Kb.
    Sana08.05.2021
    Hajmi7.67 Kb.

    O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan «O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlarining axborot xavfsizligi Kontseptsiyasi» ishlab chiqilib, 2011 yilning 31 dekabrida Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlandi.

    Mazkur Kontseptsiya «O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida», «Axborotlashtirish to'g'risida», «Elektron raqamli imzo to'g'risida», «Elektron to'lovlar to'g'risida», «Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to'g'risida», «Bank siri to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonunlari, shuningdek «O'zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligi Kontseptsiyasi» asosida ishlab chiqildi.

    Mazkur Kontseptsiyada ilgari surilayotgan tartib-qoidalar O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari va ularning filiallari hamda minibanklari, kredit tashkilotlarida, shuningdek chet el banklari vakolatxonalari hamda nobank kredit tashkilotlarida axborot xavfsizligini ta'minlashning asosiy vazifalari va amalda qo'llash chora-tadbirlari majmuasi strategiyasini ishlab chiqishda yagona umumlashgan asosiy yo'nalishni belgilab beradi.

    Markaziy bankning asosiy maqsadlaridan biri Respublika bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek to'lov tizimini beto'xtov va samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlashdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirishning muhim shartlaridan biri bo'lib, O'zbekiston Respublikasi bank tizimi tashkilotlarida axborot xavfsizligini etarli va lozim darajada ta'minlash hisoblanadi, ya'ni aksariyat hollarda avtomatlashtirilgan bank tizimining (ABT), bank texnologik jarayonlarining (to'lov, ma'lumotlari va boshqalar) axborot xavfsizligi darajasini aniqlashdan iboratdir.

    Bank tizimining o'ziga xos xusususiyati shundan iboratki, alohida tashkilotlarning ish faoliyatidagi negativ holatlar yuzaga kelishi oqibatlari to'lov tizimida tizim inqirozini tez rivojlanishiga olib keladi, mijozlar va mulkdorlar daromadlariga ta'sir qiladi. Axborot xavfsizligida intsident holatlarining yuzaga kelishi bank tizimi tashkilotlariga sezilarli darajada ziyon etish imkoniyatlarini oshiradi. Shuning uchun bank tizimi tashkilotlarining axborotlar aktivlariga tahdid, ya'ni axborot xavfsizligiga xavf tashkilotga ko'rsatiladigan real xavfni  ifoda qiladi.

    Bunday tahdidlarga qarshi turish va axborot xavfsizligida noxush holatlarni  bartaraf etishning samarali chora-tadbirlarini ta'minlash uchun bank tizimi tashkilotlarida axborot xavfsizligi etarli darajada ta'minlanishi, shuningdek bu holatni uzoq vaqt mobaynida saqlab turilishi lozimdir. Ushbu sabablarga ko'ra bank tizimi tashkilotlarida axborot xavfsizligi masalalari ularning faoliyatida eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi.

    Mazkur Kontseptsiya kelgusida bank tizimida axborot xavfsizligi darajasini yanada ko'tarishga hamda aholini bank tizimiga bo'lgan ishonchini oshishiga xizmat qiladi deb hisoblaymiz.

     

    U.K.Sultonov


    Xavfsizlik va axborotni muhofaza
     qilish departamenti boshqarma boshlig'i

    Download 7.67 Kb.




    Download 7.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Markaziy bankning asosiy maqsadlaridan biri Respublika bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek to'lov tizimini beto'xtov va samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlashdan iborat

    Download 7.67 Kb.