Jixozlar tozaligini aniqlashda qo‘llaniladigan analitik usullar




Download 164.74 Kb.
bet7/10
Sana27.07.2021
Hajmi164.74 Kb.
#16184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Jixozlar tozaligini aniqlashda qo‘llaniladigan analitik usullar

Jixozlar tozaligini aniqlashda qo‘llaniladigan analitik usullar xususiy va xususiy bo‘lmagan turlarga bo‘linadi (jadval).

Xususiy bo‘lmagan usullar jixozlarda qolgan qoldiqlarni aniqlashda va validatsiya jarayoni o‘tkazilgandan so‘ng qo‘llaniladi. Xususiy usullar esabitta komponentga sezgir bo‘lib, boshqa moddalarni aniqlashga imkon bermaydi. Masalan, reaktorlardagi ta’sir etuvchi modda, bufer eritmalar, detergentlar, erituvchilar va b. Mazkur usullar ta’sir etuvchi moddalarni nazorat qilishda, xususiy bo‘lmagan usullar esa – substansiyalar, tayyor dori vositalarini olishning dastlabki jarayonlari va monitoringida ishlatiladi.

Odatda, xususiy bo‘lmagan usullar kombinirlangan xolda ishlatiladi, jumladan rN, elektr o‘tkazuvchanlik va umumiy organik uglerodning (TOC) miqdorini aniqlash usullarining kombinatsiyasi. Bunda rN ni aniqlash – kislotali va ishqoriy qoldqlarini (in’eksion suvning da rN 5,0-7,0), elektr o‘tkazuvchanlik – anion va kation qoldiqlarini, umumiy organik uglerod – organik qoldiqlarni aniqlaydi, ushbu usul sezgir, tez bajariladi va foydalanishga qulay.



TOC – uglerod va uglerod oksidini katalitik oksidlashga asoslangan, ya’ni barcha qoldiqlar ta’sir etuvchi moddaga tegishli deb xisoblanadi. Xuddi eng yomon fursat (naixudo‘iy sluchay) tamoiliga o‘xshab yoki zaharli moddaga nisbatan xisoblanadi. Agar olingan natijalar qo‘yilgan chegaradan past bo‘lsa, boshqa xususiy usul bilan aniqlash talab etilmaydi (eng yomon fursatdan foydalanilganda), agar yuqori bo‘lsa - xususiy usul bilan aniqlash talab etiladi, ya’ni aniqlangan qoldiq ta’sir etuvchi modda yoki yordamchi modda yoxud detergentmi degan savol tug‘iladi.

Elektr o‘tkazuvchanlikni aniqlash usuli albatta boshqa xususiy usul bilan kombinatsiya xolida ishlatiladi. Dastlabki va oxrigi yuvishlar orasidagi o‘lchashlar in’eksiya uchun suvga elektr o‘tkazuvchanlik bo‘yicha qo‘yilgan farmakopeyaviy talablarga < mos kelishi kerak. Ishchi diapazon .

Sirt tarangligini aniqlash usuli sirt faol moddalarni aniqlashda foydalaniladi. Ushbu usulni qo‘llashda jixozlar yuzasi yog‘sizlantirilishi kerak. sirt tarangligini yo‘qligini ko‘rsatadi, 1 ppm dan to 10 ppm gacha sirt faol moddalarning miqdorini emas balki faqat borligini ko‘rsatadi.

Fermentli tahlil – alohida xususiy tampondan foydalaniladi, ATR va lutsiferon/lutsiferaza orasida ketadigan kimyoviy jarayon bo‘lib, reaksiya natijasida biolyuminissent modda hosil bo‘ladi, keyinchalik ushbu modda maxsus asboblarda aniqlanadi.

Xromatografik usullar – yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YUSSX), xromatomass - suyuqlik xromatografiyasi, gaz xromatografiyasi va xromatomass - gaz xromatografiyasi. Mazkur usullar yuqori sezgirlikga ega va eng kichik miqdorni aniqlash imkonini beradi. Ba’zi birikmalar bir necha xil usullar yordamida deteksiya qilinishi mumkin.

YUpqa qatlam xromatografiya usuli – sezgrligi boshqa usullarga qaraganda nisbatan past, moddalar ajralgandan so‘ng albatta UB nurdan foydalanish kerak bo‘ladi.

Ion xromatografiyasi – tez, ammo qimmat, ionlanish tabiatiga ega bo‘lmagan moddalarni aniqlash mumkin emas, tarkibida xromofor guruhlarni saqlovchi birikmalarni aniqlash mumkin.





Download 164.74 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 164.74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jixozlar tozaligini aniqlashda qo‘llaniladigan analitik usullar

Download 164.74 Kb.