MA’RUZA - 15
MAVZU. YO’L HARAKATINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY
USLUBIY
YO’NALISHLARI
Tayanch so’zlar va iboralar:
tezliklar bo’yicha ajratish; tasmalar bo’yicha ajratish;
ixtisoslashtirilgan transport; qo’shimcha tasma; tormozlanish; tezlashish; og’ir yo’l sharoiti;
avtomobilь-traktor oqimi; to’xtab turish; harakatni boshqarish; avtomatik boshqarish;
boshqarish tasnifi; mexanik kontaktli; induktiv magnitli; impulьslab zondlash; nurlash;
fotoelektrik; televizion; maxsus avtomobilь laboratoriya; tishlashish koeffitsienti; mustaxkamlik;
ravonlik; g’adir-budirlik; yo’l qoplamasi.
REJA:
1. Yo’l harakatini tashkil etishning asosiy uslubiy yo’nalishlari.
2. Yo’l harakatini operativ tashkil etish va ularga kerakli ma’lumotlarni to’plash.
Harakatni tashkil etishning ikkita asosiy usuli mavjud bo’lib, ular
transport oqimini
tezliklar bo’yicha polosalarga va yo’nalishlarga ajratishdir.
Transport oqimini tezliklar bo’yicha polosalarga ajratishda quyidagi ishlar bajariladi:
1. Ko’p polosalik yo’llarda sekin yuruvchi avtomobillar,
avtobuslar, trolleybuslar,
mahalliy transport vositalari, tranzit transportlar va velosiped harakati uchun
maxsus
ixtisoslashtirilgan polosalar ko’zda tutiladi.
2. Yo’lning tik ko’tarilish uchastkalarida sekin harakatlanuvchi
avtomobillar uchun
qo’shimcha polosa quriladi.
3. Murakkab chorrahalarda
tormozlanish va
tezlashish uchun polosalar qilinadi.
4. Yo’lda harakatlanayotgan transport vositalari, piyodalar va yo’lovchilar uchun xizmat
ko’rsatadigan yo’l inshootlari oldida
to’xtash, turish uchun
polosalar va
maydonchalar nazarda
tutiladi.
5. Jamoat transportlari to’xtaydigan bekatlarda tormozlanish va tezlashish polosalari bilan
birgalikda avtobuslar to’xtab turishi uchun «cho’ntak» quriladi.
Transport oqimini yo’nalishlar bo’yicha ajratishda quyidagi ishlar rejalashtiriladi:
1.
Ajratuvchi polosa yordamida alohida yo’nalishlar bo’yicha yo’l qatnov qismini bitta
yaxlit yo’l
poyida joylashtirish, masalan, Toshkent-Termiz yo’lining Jizzaxgacha bo’lgan
bo’lagida, TAHY, Kiev-Barispolь, Moskva-Domodedova va h.k.
2. Yo’nalishlar bo’yicha qatnov qismini
alohida yo’l poyida joylashtirish, masalan,
Toshkent-CHimkent yo’lida va ko’pchilik chet el yo’llarida.
3. Ko’rinishi tahminlanmagan radiusi kichik egriliklarda yo’nalishlar bo’yicha
ajratuvchi
xavfsizlik orolchalarini o’rnatish (Toshkent-Dushanba yo’lining Sirdaryogacha bo’lgan egri
uchastkalarida Toshkent-Qo’qon, Kushka-Xirot yo’llarida).
4. Aholi yashaydigan joydagi parallel ko’chalarda
bir tomonlama harakatni tashkil
qilish.
5. CHorrahada kesishadigan
yo’llarni har xil sathda joylashtirish.
6. Bir sathda joylashgan chorrahalarda chapga buriladigan avtomobillar kutib turishi
uchun xavfsizlik orolchalari (yo’l belgi chiziqi orqali) yordamida
kutish polosalarini ajratish.
Harakatni tashkil qilish uchun qaysi bir usuldan foydalanishdan qa’tiy nazar, yo’l belgilari,
yo’l belgi chiziqlari, yo’l to’siqlari va avtomatik boshqarish texnika vositalaridan foydalanish
lozim bo’ladi. Ko’rsatilgan usullardan va texnik vositalaridan foydalanib, u yoki bu yo’l
uchastkasida harakatni tashkil qilish natijasida harakat tezligini, o’tkazish qobiliyatini oshirish
va xavfsizlikni ta’minlash mumkin.
Harakatni tashkil qilishda bajariladigan ishlar quyidagi talablarni qondirishi kerak:
a) harakat tezligining yo’l uchastkalari bo’ylab asta-sekin o’zgarishi;
b) haydovchiga sutkaning har qanday vaqtida harakatlanishi uchun yo’lning
oldingi
uchastkalari yo’nalishi aniq va ravshan bo’lishi;
v) transport vositalarining tez va xavfsiz harakatlanishi;
g) transport vositalarini maksimal darajada o’tkazish;
d) ekologik jihatidan qulay bo’lishi;
e) piyodalarning qulay va xavfsiz harakatlanishi;
j) iqtisodiy jihatdan tejamkor bo’lishi.
Og’ir yo’l sharoitiga quyidagi yo’l bo’laklari kiradi:
- chorraha va yo’lning to’xtash joylari;
- rejadagi kichik radiusli egriliklar;
- tikka ko’tarilish va tushish joylari;
- ko’rinish tahminlanmagan uchastkalar;
- aholi yashaydigan joylar;
- avtomobil-traktor harakati kuzatiladigan uchastkalar;
- tor ko’priklar, yo’l o’tkazgichlar, estakadalar mavjud joylar.
Bunday og’ir yo’l sharoitlarida quyidagi tamoyillarga asosan harakat tashkil qilinadi:
1. Yo’l sharoitiga va transport vositalarining harakat rejimiga asosan yo’l belgilarini, yo’l
belgi chiziqlarini, yo’l to’siqlarini va yo’naltiruvchi qurilmalarni o’rnatish.
2. Planirovkani o’zgartirish.
3. Avtomatlashtirilgan boshqarishga o’tish (yashil to’lqin bilan boshqariladigan svetofor
ob’ektlarini o’rnatish, boshqarishni muvofiqlashtirish va boshqalar).
4. Ba’zi bir uchastkalarda tig’iz soatlarda harakat miqdorini kamaytirish.
5. Bir tomonlama harakatni tashkil qilish.
6. Jamoat va yuk tashuvchi avtomobillarning optimal marshrutini tuzish.
7. Haydovchilar yo’lning oldingi uchastkalarini ko’rishlarini yaxshilash.
8. Qo’shimcha polosa belgilash.
9. Ba’zi bir transport vositalarining o’tishini tahqiqlash.
10. Transport vositalarini ularning tezliklariga qarab polosalarga bo’lish.
11. Transport vositalarini yo’nalishlariga qarab bo’lish.
12. Tormozlanish va tezlashish polosalarini qurish.
13. Yer usti, osti va yo’l ustidan piyodalar o’tish joyini belgilash.
14. Xavfsizlik orolchalarini qurish.
15. Piyodalar uchun yo’lakchalar qurish.
16. O’zgaruvchan sxema bo’yicha harakatni boshqarish.