Ma’ruza 6: Loyihani tegishli organlar bilan kelishish, ekspertiza, tasdiqlash
tartibi, mualliflik nazorati.
Avtomatik tizimda loyihalash haqida umumiy ma’lumotlar.
Reja:
1. Loyihani tegishli organlar bilan kelishish, ekspertiza, tasdiqlash tartibi,
mualliflik nazorati.
2. Avtomatik tizimda loyihalash haqida umumiy ma‟lumotlar.
1. Konchilik korxonasini loyihalashni bir bosqichda yoki ikki bosqichda
loyihalash tartibi buyurtmachini qaroriga muvofiq ijro etiladi. Bu masala ham
loyihalashga topshiriq tuzilganida buyurtmachi tomonidan topshiriqga shu shartlar
kiritiladi.
Bosh loyihachi, har bir loyihalanadigan obekt uchun loyihani bosh
muhandisini tayinlaydi, u loyihalash bilan bog„liq bo„lgan barcha ishlarni
muvofiqlashtirib, loyihani sifatiga, konchilik korxonasi qurilishiga sarflanadigan
mablag„i, ya‟ni smeta narxi qiymatiga javobgardir.
Bosh loyihachi, loyihani sifatiga smeta hujjatlarini to„g„ri tuzilishiga,
ularning bo„laklarini birini–ikkinchisi bilan muvofiqlashtirilganligini va loyiha
ishlarini muddatida bajarishga javobgardir. Loyihalash ishiga tortilgan maxsus
loyihalovchi tashkilotlar ham loyihani bir qismini bajarishga yoki loyiha qidiruv
ishlarini shartnoma asosida bajaradigan bo„lganligi uchun bosh loyihachi oldida
javobgardir.
Loyihalashga topshiriq olgandan so„ng loyihalash tashkiloti aniq bir obektni
loyihasini ishlab chiqarishga kirishadi. Loyihani buyurtmachi qabul qilguniga
qadar ekspertizadan o„tkaziladi. Ekspertizadan yoki ekspertiza komissiyasidan
ijobiy xulosa olinsa u loyihani yoqlash va tasdiqlashga taqdim etishi mumkin
bo„ladi.
Loyihalovchi tashkilot, tuzilgan loyihaga olingan ekspertiza xulosasi ijobiy
bo„lib tasdiqlangan bo„lsa ham, buyurtmachiga topshirilgandan so„ng ham loyiha
va smeta hujjatlarida yo„l qo„yilgan xato va kamchiliklarini tuzatishga javobgardir.
Tasdiqlashga taqdim etilayotgan loyiha materiallari (ishchi loyiha)
loyihalash instituti rahbarlari tomonidan imzolanadi:
loyihani tushuntirish tekstini (titul varog„ini) institut direktori, bosh
muxandisi, loyihani bosh muxandisi va yana loyihani bosh rejasini bosh
muxandisi va yana loyihani bosh rejasini smetasi bo„lim boshlig„i va ijrochi
shaxslar tomonidan ham imzolanadi;
boshqa materiallarni loyihani bosh muxandisi, bo„lim boshlig„i,
me‟yorlarga rioya qilish ishlarini nazoratchisi va loyihani ishlab chiqargan shaxs
imzolaydi; smeta hujjatlari belgilangan shaklga muvofiq mansabdor shaxslar
tomonidan imzolandi.
Loyiha (ishchi loyiha) va ishchi hujjatlar bosh loyihalovchi institut
tomonidan buyurtmachiga asosan 4 nusxada, subpudratchi loyihalovchi bosh
institutga 5 nusxada topshiradi. Obekt va lokal smetallar buyurtmachiga
belgilangan sonida bir nusxa ortiq beradi.
Rudnikni qurish uchun tuzilgan loyiha – smeta hujjatlari amaldagi me‟yoriy
hujjatga, qoidalarga, yo„riqnomalarga va davlat standartiga mos tuzilgan bo„lsa,
davlat nazorat organlari bilan kelishish shart emas shu jumladan loyiha
kompleksiga kiruvchi ishchi chizmalar ham.
YUqorida keltirilgan hujjatlardan chekingan holda tuzilgan loyiha hujjatlari
tegishli nazorat organlari bilan kelishgan bo„lishi shart. Bunday kelishish ishlari
nazorat organlariga loyiha-smeta hujjatlari taqdim etilgandan so„ng 15 kun
muddatida, alohida holatda 30 kun ichida ko„rib chiqib, loyiha hujjatlari
asoslangan bo„lsa, kelishilganligi haqida hujjat rasmiylashtiriladi.
Buyurtmachi loyihani “Qurilishni tashkil etish” bo„limini va ishchi
chizmalar asosida tuzilgan smeta hisoblarini bosh pudratchiga ko„rib chiqib
kelishilganligini rasmiylashtirish uchun topshiradi.
Bosh pudratchi loyiha smeta va ishchi chizmalarni ko„rib chiqib 45 kun
ichida belgilangan tartibda loyiha-smetadagi kamchiliklar va ularni tuzatish
zarurligi ko„rsatilgan hujjatni buyurtmachiga topshirilmasa, loyiha-smeta hujjatlar
kelishilgan hisoblaniladi va buyurtmachi tomonidan tasdiqlanishi mumkin, agar
kamchiliklar ko„rsatilsa, buyurtmachi bosh loyihachiga ko„rsatilgan kamchiliklarni
bir oy muddatda tuzatishni so„rab talabnoma yuboradi.
Konchilik korxonalarining loyihasi albatta davlat ekspertizatsiyasidan
o„tgandan keyingina tasdiqlashga taqdim etiladi.
Loyiha (ishchi loyiha) korxona buyrug„i, vazirlik, Respublika hukumati
qarori bilan tasdiqlanishi mumkin, agar loyihalangan korxonani quyidagi
ma‟lumotlari keltirilgan bo„lsa:
1) Korxona (rudnik) ning nomi, uning joylashgan o„rni;
2) Qurilish xarakteri (yangi rudnik, kengaytirilayotgan texnikaviy jixatidan qayta
uskunalanayotgan);
3) Rudnikni yillik ruda qazib chiqarish quvvati, t/yil va yillik ishlab
chiqariladigan tovar mahsulotini natural o„lchamini million so„m yoki
dollardagi qiymati;
4) Qurilishni umumiy smeta qiymati shu jumladan:
a) qurilish-jamlash ishlarining smeta qiymati;
b) ishlab chiqarishga mo„ljallangan obektlar;
v) uy joy qurilish obektlari;
g) sog„liqni saqlashga xizmat qiluvchi, madaniy–maishiy va ta‟lim–tarbiya
obektlari;
d) qurilish sanoati obektlari;
5) Asosiy fondlar qiymati, shu jumladan ishga tushiriladigan, ishlab chiqarishga
mo„ljallangan barcha obektlar va qurilish jarayonida ishdan chiqadigan
obektlar qiymati;
6) Yillik qazib chiqariladigan mahsulot birligiga to„g„ri keladigan solishtirma
kapital-qo„yilmalar miqdori;
7) Ishlovchilar soni;
8) Ishlab chiqarishdagi mehnat unumdorligi ming so„m/yil yoki doll/yil;
9) Ishlab chiqarishga mo„ljallangan obektlar bo„yicha 1 so„m yoki shunga to„g„ri
keladigan 1 dollarli asosiy fonddan olingan mahsulot, fondni qaytarilishi so„m
yoki doll. bilan o„lchanadi;
10) ekspluatatsiya harajatlari, so„m/yil yoki doll/yil;
11) Foyda miqdori, so„m/yil yoki doll/yil;
12) Ishlab chiqarishni rentabelligi;
13) Kapital qo„yilmalarni o„z-o„zini qoplash muddati;
14) Qurilishning davomiyligi;
Rudnikni qurilishini boshlashni rejalash va uni moliyaviy ta‟minoti
echimining asosi tasdiqlangan loyiha bo„lib, asosiy uskunalarga buyurtma berish,
kapital qurilishni boshlashga, shartnoma tuzishga imkon yaratadi.
2. Kon korxonalarini loyihalashda hal qilinadigan asosiy masalalar to„rt
turga: texnik, kon-geometrik, iqtisodiy va texnik-iqtisodiy turlarga bo„linadi.
EHM hal qilinadigan, ochiq usulda qazib olish masalalari
Kon geometrik
Texnik
Texnik-iqtisodiy
Iqtisodiy
Boshqarish
Loyihalash
Rejalash
Taxminiy va aniq
B
¢
lu
v
ch
i
Te
x
no
lo
g
ik
B
¢
lu
v
ch
i
K
o
n
-ge
o
lo
g
ik
Te
x
n
o
lo
g
ik
Te
x
no
lo
g
ik
Te
x
no
lo
g
ik
K
o
n
-ge
o
lo
g
ik
B
¢
lu
v
ch
i
Te
x
no
lo
g
ik
K
o
n
-ge
o
lo
g
ik
Rayon
Tarmoq
Kombinat
Karyer
Uchastka
Anamitik
Turg„un
Dinamik
Sonli
Variantlarni iqtisodiy baholashni shart emasligi, masalalarni bir xilda
echilishi texnikaviy masalalarning ajralib turuvchi o„ziga xos xususiyatlari
hisoblanadi. Texnikaviy masalalar odatda klassik usulda hal etiladi. Ular dam-
badam standart, matematik usulda echiladi. Kon ishlab chiqarishida bu turdagi
masalalarga kon bosimini bort va pog„ona qiyaligining ustuvorligi, quritish, ish
mashinalarining
parametrlarini
aniqlash
masalalari,
kavjoy
elementlari,
mashinalarning unumdorligi, qurilish, santexnika, issiqlik texnikasi v.b. masalalar
kiradi.
Kon geometrik masalalarga kon bo„yicha ruda turlari va sortlariga bo„lingan
foydali va qoplama jinslarining yuzasini, hajmini aniqlash masalalari,
gidrogeologik ma‟lumotlar asosida aniqlanganlik toifasi, skvajinalarga asosiy
gorizontlar bo„yicha planlarni qurish masalalari, ko„ndalang kesimlarni gorizontal
planlarga o„zgartirish, karer maydonlarini geometrik tahlili, kon ishlari rejimi
jadvallarini tuzish kiradi.
Iqtisodiy masalalarga harajatni va daromadni, mahsulotning tannarxini,
qurilishning smeta narxini, mehnat sig„imini, foyda va rentabellikni aniqlash
kiradi.
Texnik-iqtisodiy masalalarga optimal qarorlarni tanlash masalalari
kiradi.Texnik va texnologik talablarga javob beradigan, lekin texnik-iqtisodiy
ko„rsatkichlarning natijalari bilan farqlanadigan qarorlarning ko„pligi ularning
ajralib turuvchi o„ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. SHu tufayli berilgan
me‟zonga ko„proq darajada javob beruvchi variantlarni iqtisodiy baholash va
optimal qarorlarni tanlash zaruriyati tug„iladi. Texnik-iqtisodiy masalalar turli
xildadir. Ular karerni loyihalash paytida karerni asosiy ko„rsatkichlarini optimal
variantlari, texnologiya va mexanizatsiya kabi bosh prinsipial masalalarni,
shuningdek texnologiya va mexanizatsiyalashtirish bo„limlarining optimal
variantlari bo„lgan ikkinchi darajali masalalarni ham o„z ichiga oladi. Ular texnik-
iqtisodiy tahlilning turli usullari bilan hal etiladi.
Hisoblash aniqligi bo„yicha masalaning toifasi dastlabki ma‟lumotlardagi
ijozatli xatoliklarga bo„lgan talabni, hal etish usulini, hisoblash aniqligini, mehnat
sig„imini va masalani hal etish davomiyligini aniqlaydi. Konditsiyani asoslash
bosqichida, balans zahiralarni belgilashda, loyihalashga topshiriqni ishlab
chiqishda va ayrim hollarda TIA tuzishda masalalar taxminan hal etiladi.
Loyihalash obektining masshtabi bo„yicha loyihalash masalalari besh
guruhga bo„linadi:
Tarmoqni loyihalash masalalari, obekti kon sanoati tarmog„i hisoblanadi;
tuman-tarmoqni (tumanni) loyihalash masalalari, obekti iqtisodiy-geografik
tuman yoki havza hisoblanadi;
bir necha korxonalarni, karerlarni, boyitish fabrikalarini o„z ichiga olgan
yirik sanoat birlashmalari va kon-boyitish kombinatlarini loyihalash masalalari;
karer yoki uchastkani loyihalash masalalari, obekti alohida kon korxonalari
hisoblanadi;
uchastkani loyihalash masalalari, obekti alohida uchastka yoki karer
parametri, texnologiya, taraqqiyotning bo„g„ini yoki elementi hisoblanadi.
Turli xil masalalar uchun baholash me‟zonlari, baholanadigan variantlar
soni, hal qilish usullari, hal qilishda ijozatli xatolik, dastlabki ma‟lumotlarni
topshirish shakli turli xil bo„ladi. Tarmoq yoki tuman masalalari odatda kompleks
loyihalash, TIA yoki havza, tumanni rivojlantirishning istiqbolli rejasi predmeti
hisoblanadi. Uchastka masalalari odatda mahalliy loyiha va korxonaning joriy
rejalari predmeti hisoblanadi.
|