Maruza №7 Sharli va sterjenli tegirmonlarning tuzilishi va ishlash printsipi




Download 14.05 Kb.
bet1/2
Sana15.01.2024
Hajmi14.05 Kb.
#137802
  1   2
Bog'liq
Maruza №7 Sharli va sterjenli tegirmonlarning tuzilishi va ishla-fayllar.org
tabiiy fan, Электрон хукумат модул, 1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchas, diagnostik test, 945 29.03.2013, 10-t mavzu pedagogika, 8 t mavzu pedagogikar (1), Raqamli ishchi yangi100soat, 1-2-sinflarda “Tabiiy fanlar” faninig maqsad va vazifalari., 897135, 0110, ANALITIK KIMYO22, AKAA222, Abdug`ulomov Sardor, Paragraph building in thesis paper

Maruza №7 Sharli va sterjenli tegirmonlarning tuzilishi va ishlash printsipi



MARUZA №7 

Sharli va sterjenli tegirmonlarning 

tuzilishi va ishlash printsipi 
Bo’shatuvchi panjarali sharli tegirmon yonbosh tomondan yopiladigan 

qopqoqli 2 baraban 1 dan va podshipnik 3 va 15 larga tayanuvchi yuklovchi 4 va


bo’shatuvchi 14 sapfadan iborat. Baraban elektrodvigateldan uzatuvchi val 19 ga 
o’rnatilgan kichik shesternya va barabanga mahkamlangan tishli jig’a 11 orqali
aylanadi.( 17- rasm) 
Katta o’lchamli tegirmonlarda sekin harakatlanuvchi elektrodvigatel uzatuvchi
valga elastik mufta yordamida, kichk o’lchamdagi tegirmonlarda esa reduktor 
orqali bog’lanadi.
Dastlabki mahsulot tegirmonga markaziy tuynuk 6 orqali ta’minlagich 5 dan, 
klassifikator qumi esa chig’anoqsimon cho’mich yordamida yuklanadi. Baraban va
yonbosh qopqoqlar ishdan chiqmasligi uchun boltlar yordamida mahkamlanuvchi 
plitalar bilan, kovak sapfalarning ichi esa almashtiriladigan voronkalar bilan
qoplanadi. Tegirmonning bo’shatilish tomonida panjara 10 o’rnatilgan, bu panjara 
va yonbosh qopqoq 16 orasidagi bo’shliq radial to’siqlar – lifterlar 12 yordamida
sektorli kameralarga bo’lingan bo’lib, ular sapfa 14 ga ochiladi. Panjara va 
sektorlik kamera yanchilgan mahsulotni tegirmondan majburiy chiqarishga va
bo’tana sathini past ushlab turishga imkon beradi. Tegirmon aylanganda lifter 12 
lar bo’tanani bo’shatish sapfasi 14 ning sathigacha ko’tarib beradi va tegirmondan
chiqarib olinadi. 
Tegirmonga uning xajmining taxminan yarmisigacha turli o’lchamdagi (40 mm
dan to 150 mm gacha) po’lat yoki chuyan sharlar solinadi. 
Baraban aylanayotgan vaqtda sharlar dumalab, sirg’anib, bir-biriga urilib
foydali qazilma zarrachalarini yanchiydi. Edirilgan sharlarni chiqarib olishga, 
tegirmonning ichiga qoplamani kiritish va uni kuzatib turish uchun lyuk xizmat
qiladi. Bushatuvchi sapfaning bo’yni kattaroq diametrga ega, shu tufayli 
bo’tananing bo’shatish tomonga harakatlanishi sodir bo’ladi.
Tegirmonning naminal o’lchamlari barabanning ichki diametri D va qoplama 
qalinligini hisobga olmagan holda uning uzunligi L bilan aniqlanadi. Panjarali
bo’shatuvchi tegirmon qisqacha MSHR-DxL deb belgilanadi.


Panjarali sharli tegirmon


1-baraban; 2,16-yonbosh qopqoqlar; 3,15-podshipniklar; 4-yuklovchi tspfa; 
5-ta’minlagich; 6-markaziy tuynuk; 7-cho’mich; 8-plita; 9-boltlar; 10-panjara;
12-to’siq-lifterlar; 13-bo’yin; 14-bo’shatuvchi tsapfa; 17-lyuk; 18-shesternya; 
19-uzatma val.
Tegirmon barabani po’lat patnosdan payvandlab tayyorlanadi, yonbosh 
qopqoqlar esa cho’yandan yoki po’latdan quyiladi. Ular bir-biri bilan boltlar
yordamida ulanadi. Qoplamaning qalinligi h D ga bog’liq holda qabul qilinadi: 
D,mm

900
1200-2100 


2700-3600
4000-4500 
h, mm
70

100
120

140
Yanchuvchi vositaning xarakterli hususiyati (ko’tarilish balandligi, qoplamaning 

sirg’anish koeffitsienti), tegirmon barabanining ishchi hajmi, koplamaning


emirilishi, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi, elektrenergiyasining sarfi, 
va h.k.lar baraban qoplama plitalarining qalinligi va profili (yon tomondan
ko’rinishi) ga bog’liq. 
Markaziy bo’shatiluvchi sharli tegirmon tuzilish jihatdan panjara orqali
bo’shatiluvchi tegirmon MShR ga o’xshaydi. U yonbosh tomondan qopqoqli (2 va 
4), ichi bo’sh tsapfa 3 va 13 ga ega tsilindrik baraban 1 dan iborat bo’lib, shu
tsapfalar orqali baraban podshipnik6 va 11 larga tayanadi. 

Markaziy bushatiluvchi sharli tegirmon.


1-baraban; 2,4-qopqoqlar; 3,13-ichi bo’sh tsapfalar; 5-jamlashgan 
ta’minlagich;6,11-podshipniklar; 7,15-lyuklar; 8,10-qoplama plitalar; 9-shesternya;
12,14-bo’shatuvchi varonka; 16-etakchi shesternya; 17-val; 
Barabanning va qopqoqlarning ichki devori qoplama plitalar 8va10 bilan
qoplangan. Barabanning aylanishi elektrodvigateldan barabanga mahkamlangan va 
17 ga o’rnatilgan etakchi shesternya 16 orqali amalga oshiriladi. Yuklovchi ichi
g’ovak tsapfaga jamlashgan ta’minlagich o’rnatilgan. Ichi g’ovak tsapfalar 
almashtiriluvchi yuklovchi 4va bo’shatuvchi 12 voronkalar bilan ta’minlangan.


Uncha katta bo’lmagan o’lchamdagi tegirmonlar barabanning ichiga qoplamani


kiritish uchun lyuk 7 va 15 larga ega. Katta o’lchamdagi tegirmonlarda bu 
operatsiya bo’shatuvchi tsapfa orqali bajariladi. Barabanga po’lat yoki chuyan
sharlar solinadi. 
Bushatuvchi tsapfa biroz kattaroq diametrga ega, buning natijasida tegirmonda
bo’tananing nishabi hosil qilinadi. 
Dastlabki mahsulot tegirmonga ta’minlagich orqali yuklovchi tsapfadan beriladi,
yanchilgan mahsulot bo’shatuvchi tsapfa orqali tushuriladi. Markaziy 
bo’shatiluvchi tegirmonlar qisqacha MShTs deb belgilanadi. Markaziy
bo’shatiluvchi tegirmonlarning texnik xarakteris tikasi ilovada berilgan. MShTs 
tegirmonlar barabandagi bo’tana sathining balandligi bilan xarakterlanadi, bu
bo’ylama yo’nalishidagi harakat tezligining kichik bo’lishini va mahsulotning 
nisbatan mayin tuyulishini belgilaydi.
Bo’shatuvchi bo’g’iz unga tasodifan tushib qolgan sharlarni tegirmonga 
qaytaruvchi spiralga ega. Sharli tegirmonlar ruda va boshqa mahsulotlarni
yanchishda keng qo’llaniladi. 
Panjara orqali bo’shatiluvchi sharli tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligi
yuqoriroq (10-15 % ga) va ularda yanchilgan mahsulot markaziy bo’shatiluvchi 
tegirmonlarda yanchilgan maxsulotga nisbatan shlami kamroq mahsulot beradi,
lekin tuzilishi ancha murakkab. Markaziy bo’shatiluvchi sharli tegirmonlar oraliq 
mahsulotni qaytadan tuyush uchun ishlatiladi.
Odatda MSHR tegirmonlar yanchishning birinchi bosqichida, MSHTs esa 
mahsulotni mayin tuyush uchun yanchishning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida
ishlatiladi. 

Markaziy bushatiluvchi sterjenli tegirmon.


1-tsilindirik baraban; 2-ta’minlagich; 3-yuklovchi tsapfa; 4-qoplama;
5-uzatish mexanizmi; 6-bo’shatuvchi tsapfa.
Sterjenli tegirmonlar tuzilish jihatidan markaziy bo’shatiluvchi sharli 
tegirmonlar (21-rasm)ga o’xshaydi. U gorizontal holdagi tsilindrik baraban 1 dan,
jamlashgan ta’minlagich ko’rinishidagi yuklovchi moslama 2 dan, va uzatish 
mexanizmi 5 dan iborat. Mahsulotni sterjenli tegirmondan o’tish tezligini oshirish
uchun uning yuklovchi va bo’shatuvchi tsapfalarining diametrini shunday 
diametrga ega sharli tegirmonlar tsapfalarinikiga nisbatan kattaroq qilib


tayyorlanadi. Sterjenli tegirmonlarda yon tomondan to’lqinsimon yoki pog’onali


ko’rinishga ega qoplamalar o’rnatiladi. Sterjenli tegirmonlar qisqacha MSTs deb 
belgilanadi. Sterjenli tegirmonlar sharli tegirmonlardan oldin maxsulotni dag’al
tuyush uchun, shuningdek rudani gravitatsiya va magnit usullarida boyitish uchun 
tayyorlashda ishlatiladi. Sterjenli tegirmonlarning texnik xarakteristikasi ilovada
keltirilgan. 

Download 14.05 Kb.
  1   2




Download 14.05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maruza №7 Sharli va sterjenli tegirmonlarning tuzilishi va ishlash printsipi

Download 14.05 Kb.