Payvandlash usulini aniqlash




Download 6.06 Mb.
bet14/60
Sana24.04.2021
Hajmi6.06 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60
1.2. Payvandlash usulini aniqlash

Qoziqli barabanlarni yig‘ish davomida uning qoziqchalari korpusga ichki tomondan payvandlash yo’li bilan mahkamlanadi. Shuning uchun ham qoziqli baraban korpusi qismlarga ajraladigan qilib tayyorlanadi. Qoziqchalarni payvandlash uchun dastlab, korpus qismlarida qoziqchalarni o’rnatish uchun teshiklar ochilishi kerak.. Payvandlashni korpusning faqat ichki tomonidan amalga oshirish kerak , chunki agar qoziqchalarni payvandlash tashqi tomondan olib borilsa, payvand chokka qo’shimch ishlov berish kerak. Ya’ni chokni paxta tolasi ilashib qolmaydigan darajada silliqlash kerak. Payvandlashni korpusning ichki tomonidan amalga oshirilgani bois qoziqchalar avval korpus qismlariga payvandlanadi va undan keyin korpus qismlari bir- biriga bolt-gaykalar yordamida birlashtiriladi. Konstruksiyani ishlab chiqarishda va yig’ish jarayonida payvandlash usulining eng qulay va muqobil usulini tanlash birinchidan, konstruksiya sifatiga, ikkinchidan uning tannarxiga, uchinchidan konstruksiyani yig’ish jarayonining optimallashuviga ijobiy ta’sir ko’satadi.

Po’latlarni payvandlashda payvandlanuvchanlik muhim ahamiyatga ega. Pаyvаndlаnuvchаnlik dеgаndа po‘lаtni birоn usuldа pаyvаndlаgаndа dаrz kеtmаsdаn, g‘оvаklаshmаsdаn vа bоshqа nuqsоnlаrsiz yuqоri sifаtli pаyvаnd birikmа hоsil qilа оlishi tushunilаdi.

Po‘lаtning pаyvаndlаnuvchаnligigа po‘lаt tаrkibidаgi uglеrоd vа lеgirlаngаn qo‘shilmаlаr miqdоri kаttа tа‘sir qilаdi. Mа‘lum kimyoviy tаrkibd аgi po’lаtning pаyvаndlаnuvchаnligini аniqlаsh uchun uglеrоdning ekvivаlеnt tаrkibi (Сekv) quyidаgi fоrmulа bo’yichа аniqlаnаdi:

Cekv=C+

Payvandlanuvchanlik alomatiga qarab po`latlarning hammasini shartli ravishda 4 guruxga bo`linishi mumkin:

1. Ekvivalent uglerod miqdori (Cekv) 0,25 dan oshmaydigan yaxshi payvandlanadigan po`latlar; bunday po`latlar oddiy usulda payvandlanganda darz ketmaydi.

2. Cekv 0,25—0,35 atrofida bo`lgan, qoniqarli payvandlanadigan po`latlar. Bunday po`latlar normal ishlab chiqarish sharoitlaridagina, ya’ni atrofdagi harorat0°C dan ortiq, shamol esmayotgan va boshqa hollarda darz ketmasdan payvandlanadi.

3. Cekv 0,35—0,45 atrofida bo`lgan va payvandlanuvchanligi cheklangan po`latlar. Bunday po`latlarni odatdagi sharoitlarda payvandlaganda ular darz ketishi mumkin. Ularni payvandlash uchun darz ketishiga yo`l qo`ymaslik choralarini ko`rish kerak. Bu choralar jumlasiga oldindan yoki ish davomida qizdirish, payvandlashdan oldin yoki undan keyin termik ishlash, chetlarini maxsus ishlab tayyorlash, maxsus usul yoki tartibda payvandlash va boshqalar kiradi.

4. Yomon payvandlanadigan po`latlar. Bunday po`latlarning Cekv 0,45 dan ortik bo`ladi. Bunday po`latlarni payvandlashda ular darz ketishi mumkin. Odatda ularni mavjud po`lat xili uchun ishlab chiqilgan va ishlatiladigan maxsus usullar bilangina payvandlash mumkin.





Download 6.06 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60




Download 6.06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Payvandlash usulini aniqlash

Download 6.06 Mb.