• Kirish 6-10 1. Umumiy qism
  • Xulosa va takliflar 85 7.
  • Diplom loyihasi qismlari bo’yicha maslahatchilar




    Download 5.23 Mb.
    bet5/60
    Sana24.04.2021
    Hajmi5.23 Mb.
    #14245
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
    5. Diplom loyihasi qismlari bo’yicha maslahatchilar:



    Diplom loyihasi qismlari bo’yicha maslahatchilar

    Boshla-nish muddati

    Tugalla-nish muddati

    Imzo

    Maslahatchilarning familiyasi

    1

    Asosiy qism

    27.01.2017

    25.02.2017




    N. Ashurov

    2

    Konstruktiv yoki texnologik qism

    27.02.2017

    25.03.2017




    N. Ashurov

    3

    Hayot faoliyati xavfsizligi

    27.03.2017

    11.04.2017




    N.J. Qobulova

    4

    Iqtisodiy qism

    12.04.2017

    28.04.2017




    Z. Umurzaqova

    Topshiriq berilgan sana: 16.01.2017-yil


    Tugallangan diplom loyihasini topshirish sanasi: 01.06.2017-yil
    Diplom loyihasi rahbari: _________ N. Ashurov

    (imzo
    Topshiriq bajarish uchun qabul qilindi: _________ A. Mamasharipov

    (imzo
    Kafedra mudiri: _________ N.J. Qobulova

    (imzo


    MUNDARIJA




    Kirish

    6-10

    1.

    Umumiy qism




    1.1

    Qoziqli baraban haqida umumiy ma’lumot. Konstruksiyaning shakli, o’lchamlari, materiali, unga qo’yilgan talablar

    11-21

    1.2

    Qoziqli baraban korpusini payvandlash usulini aniqlash

    21-27

    2.

    Tehnologik qism

    28

    2.1.

    Qoziqli baraban korpusini yig’ish va payvandlash texnologik jarayoni tuzish

    28-30

    2.2.

    Payvandlash materiallarini tanlash va ularni asoslash

    30-37

    2.3.

    Payvandlash jihozlarini tanlash va asoslash

    37-44

    2.4.

    Payvandlash rejimlarini hisoblash

    45-49

    2.5.

    Payvand konstruksiyaning sifat nazorati

    49-54

    2.6.

    Yig’ish va payvandlash ishlarini normalash

    54-55

    3.

    Konstruktorlik qismi

    56

    3.1.

    Konstruksiyani yig’ish va payvandlash moslamasini loyihalash

    56-57

    3.2.

    Konstruksiyani yig’ish va payvandlash uchastkasini loyihalash

    57-63

    4.

    Iqtisodiy qism

    64-72

    5.

    Xayot faoliyati xavfsizligi

    73-84

    6.

    Xulosa va takliflar

    85

    7.

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

    86-87



    Kirish

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida ma’ruza bilan chiqish qildi. Ma’ruza matnini O‘zA e’lon qildi. O‘z nutqi chog‘ida Prezident kechiktirib bo‘lmaydigan bir qator o‘ta muhim vazifalar borligini, ular orasida Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimini tubdan qayta tashkil etish, shaharsozlikning eskirgan metodologiya va normativlari, kapital qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf etish, shuningdek, loyiha institutlarining samarasiz faoliyatini qayta ko‘rib chiqish masalalari borligini aytdi.Bu sohadagi ayrim faktlarni keltirib o‘tar ekan, Mirziyoyev shaharsozlikni takomillashtirish bo‘yicha bir qator hujjatlar qabul qilingan bo‘lsa-da, ularning ko‘pchiligi nazoratsiz qolgani, 2012—2015-yillarda ishlab chiqilgan 18 ta shahar va posyolkaning bosh rejalari haligacha tasdiqlanmaganini qayd etdi.“Ochiq tan olishimiz kerak, bizning eng jiddiy kamchiliklarimizdan biri – zamonaviy talablarga javob beradigan loyiha institutlarining yo‘qligidir. Ularning moddiy-texnik bazasi o‘tgan asrning 80-yillari darajasida qolib ketgan. Ular tomonidan axborot texnologiyalarini, zamonaviy ilm-fan, arxitektura va dizayn yutuqlarini qo‘llash darajasi haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

    Shu sababli hayotning o‘zi har bir viloyatda bir-ikkita zamonaviy loyiha institutini tashkil etishni talab etmoqda”, — dedi Prezident Mirziyoyev sohadagi rahbar shaxslarga butun tizimni tubdan qayta tashkil etish bo‘yicha 20 kun muddatda aniq takliflarni kiritishni yukladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Sergeli tumanida bunyod etiladigan «Toshkent metallurgiya zavodi» xorijiy korxonasi qurilish loyihasi bilan tanishdi. Loyiha qiymati 278 million yevroni tashkil etgan mazkur korxonaning ta’sischisi Buyuk Britaniyaning "Quality Trade Supplies L.P." kompaniyasi hisoblanadi. Umumiy yer maydoni 100 gektardan iborat bo‘lgan korxonaning qurilish ishlarini yigirma to‘rt oyda yakunlash rejalashtirilgan. Zavodga Italiya, Germaniya, Avstriya kabi davlatlarda ishlab chiqarilgan ilg‘or va zamonaviy uskunalar keltiriladi. Korxonada avtomobillarga kuzov ishlab chiqarish uchun metall listlar, qurilishda ishlatiladigan turli metall cherepitsalar, profnastil hamda maishiy texnikalar uchun metall listlar tayyorlanadi. Korxona to‘liq quvvatda ishga tushirilgach, 1000 dan ziyod ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Prezidentimiz ushbu korxona qurilishi boshlanishi bilan tanishdi. Mazkur metallurgiya zavodining mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojidagi o‘rniga to‘xtalib, bu yerda ishlaydigan mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Pudratchi va quruvchilar bilan suhbatlashdi, ushbu mas’uliyatli ishda ularga muvaffaqiyatlar tiladi.[1]

    Joriy yilning 16-17-oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan IX xalqaro O’zbekiston paxta va to’qimachilik yarmarkasining ochilish marosimida O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so’zlab, ishtirokchilarni qutladi.[2]

    Shavkat Mirziyoyev o’z nutqida paxta tolasini yetishtirish va eksport qilishda yetakchi mamlakatlardan biri sifatida kelajakdagi seleksiya metodologiyasi va g’o’zani yangi navlarini yaratish, tolani qayta ishlash, saqlash va mahsulotimizning xalqaro bozordagi raqobatbardosh o’rnini mustahkamlash O’zbekiston uchun muhim ahamiyatga egligini ta’kidladi.

    Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar zamirida inson omili, aynan malakali o’zbek olimlari va ekspertlarining xizmatlari, ularning eng yangi va zamonaviy yuqori texnologiyalar asosida yaratgan ilmiy ishlanmalari turibdi.

    Bunday muvaffaqiyatli ishlarning natijasi sifatida taniqli o’zbek olimi, professor Ibrohim Abdurahmonovga paxta bo’yicha Xalqaro konsultativ qo’mitasi tomonidan “2012-yilning ilmiy tadqiqotchisi” unvoni berildi.Yarmarkada paxta xomashyosini terishni mexanizatsiyalashtirish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Joriy yilda paxta terimida Toshkent traktor zavodida Janubiy Koreya va Italiya kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan 1000 dan ortiq paxta terish mashinalaridan foydalanildi. Kelgusi yilda esa mazkur zavod tomonidan 3000 ta paxta terish mashinalari ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligi uchun yetkazib berish ko’zda tutilmoqda.

    Shu bilan birgalikda, paxta terish mashinalarini takomillashtirish ustida ham ish olib borilib, eng yangi texnik yechimlar tadbiq etilgan olti turdagi model sinovdan o’tkazilmoqda. Mamlakatdagi 98 ta paxta tozalash zavodlarining barchasi to’liq modernizatsiya yoki rekonstruksiya qilingan. Ayni paytda birinchi va ikkinchi navli oily va yaxshi darajali paxtaning ulushi 90foizdan ortiqroq. Bundan tashqari paxta zavodlarini modernizatsiya qilish hisobiga ishlab chiqarishdagi harajatlar kamayadi.

    O’zbekiston paxta va to’qimachilik yarmarkasida ishtirokchilar ikki kun davomida jahon paxta va to’qimachilik bozorining keying rivojlannish istiqbollarini muhokama etish va ushbu sohada fikr almashish imkoniga ega bo’lishdi.

    O’zbekiston jahon paxta bozoridagi yetakchi mamlakatlardan biridir . Paxtachilik va paxtani qayta ishlash sanoati iqtisodiyotimizda muhim o’rin tutadi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli iqtisodiy islohotlar , xususan, tarmoqlarni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash borasidagi tub o’zgarishlar natijasida paxta yetishtirish , qayta ishlash va undan eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan tola ishlab chiqarish jarayonlari takomilashtirildi.

    Mamlakatimiz birinchi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan o’tkazib kelinayotgan an’anviy o’zbek paxta yarmarkasi yurtimizning ushbu sohadagi hamkorligini hamda xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ishtirokini yanada kengaytirishga xizmat qilayotir. Xalqaro o’zbek paxta yarmarkasida har yili ko’plab mamlakatlardan yirik paxta iste’molchilari, xaridorlar yig’iladi. E’tiborli jihati, mazkur yarmarka ishtirokchilari jo’g’rofiyasi tobora kengayib, dunyoning yangi-yangi mintaqalarini qamrab bormoqda. Birgina misol , 2005-yilda tashkil etilgan birinchi yarmarkada 30 mamlakatdan treyder va to’qimachilik kompaniyalarining 170 nafardan ortiq vakili qatnashgan bo’lsa , 2009- yilda 34 mamlakatdan 515 tadbirkor ishtirok etdi.

    Bugungi kunda paxtamiz Xitoy, Rossiya, Eron, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Janubiy Koreya, Singapur, Vyetnam, turkiya singari ko’plab davlatlarga eksport qilinmoqda. Paxta biznesi bo’yicha hamkorlarimiz orasida to’qimachilik sanoati jadal rivojlanayotgan Janubi- Sharqiy Osiyo mamlakatlari kompaniyalari ko’pchilikni tashkil etmoqda. Ushbu mamlakatlar bilan savdo-sotiq ko’rsatkichlari, tuzilgan shartnomalar soni ham yildan-yilga ko’paymoqda. Mamlakatimizning paxta eksporti bilan shug’ullanadigan tashqi savdo kompaniyalari zamonaviy va samarali sotish uslublarini qo’llagan holda, o’z marketing strategiyasini mustaqil shakllantirmo qda. Yarmarkada qatnashadigan chet el treyder firmalari va to’qimachilik kompaniyalari o’zlari tanlagan tolani sotib olish bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzish bilan bir qatorda , uni transportirovka qilish to’g’risida kelishib olish imkoniyati beriladi. Iste’molchilarni ushbu xizmatlar bilan ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Mamlakatimizda paxta terminallari, transport infratuzilmasi va keng tarmoqli logistika tizimi yo’lga qo’yilgan.

    O’zbekiston Respublikasi Liverpul (Angliya), Beremen (Germaniya) va Gdansk (Polsha) birjalari kabi xalqaro tashkilotlarning hamda paxta bo’yicha Xalqaro Konsultativ Qo’mitaning to’la huquqli a’zosi hisoblanadi. Shuning uchun paxta tozalash korxonlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan paxta mahsulotlarining sifat ko’rsatkichlari yuqori bo’lib, dunyo andozalari talablariga javob berishi, ularning jahon bozorida xaridorgir bo’lishining asosiy omili hisoblanadi.

    Sifatli paxta tolasini olish uchun paxtaga ishlov berish jarayonlarini takomillashtirib borish zarur. Bu borada paxtaga dastlabki ishlov berish uskunalari, ya’ni paxtani yirik va mayda iflosliklardan tozalash uskunalarining o’rni alohida hisoblanadi.





    Download 5.23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




    Download 5.23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Diplom loyihasi qismlari bo’yicha maslahatchilar

    Download 5.23 Mb.