Yonilg`i ta’minot tizimidagi nosozliklar




Download 1.7 Mb.
bet11/35
Sana15.06.2021
Hajmi1.7 Mb.
#15047
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
Yonilg`i ta’minot tizimidagi nosozliklar
Olimlarning olib borgan izlanishlari shuni ko`rsatmoqdaki mashina va mexanizmlarning ishlash qobiliyatini yo`qotish sabablarining 80-90 % ishqalanish hisobiga sodir bo`lar ekan. Ishqalanish deganda bir-biriga nisbatan xarakatda bo`lgan yuzalarning tutash sirtlaridagi sodir bo`ladigan fizik - mexanik - kimyoviy xarakatlar yig`indisi tushuniladi. Yeyilish esa ishqalanish hisobiga xosil bo`ladigan fizik-maxanik va geometrik o`zgarishlar natijasida ishqalanuvchi jismlarning shakli va o`lchamlarini o`zgarish jarayonidir.

Transport vositalari detallarining yeyilishiga chidamliligi bir xil emas, shuning uchun ham ulardan foydalanish muddati tez yeyiladigan qismlarning resursiga bog`liq. Xar qanday mashina va mexanizmlar to`liq xizmat mobaynida bir necha marta ta`mirlanadi odatda ta`mirlangan transport detallarining ta`minlasharo xizmat muddati yangilarnikidan kamroq bo`ladi va ular eskirib borgan sari bu muddat qisqarib boradi. Transport fositalari detallarining yoyilish qonunlarini bilish asosan ta`mirlash, sifatini yaxshilash texnikaning ishlash qobiliyatini va xizmat muddatini ancha oshirish imkonini beradi.

Uzoq vaqt mobaynida yeyilish va ishqalanish kuchini kamaytirishning oldini olish maqsadida mashina detallari ishqalanuvchi sirtlarining qattiqligini oshirib kelindi. Bu holda bir sirtning boshqa sirtga botib kirishi kamayadi, plastik deformatsiya va oksidlovchi jarayonlar, shuningdek obrazivning ta’siri kamayadi. Xozirgacha detallar qattiqligini shirishning sionlash, sirtni toblash, qattiq materiallarning eritib qoplash kabi juda ko`p usullar ishlab chiqilgan. Ko`p yillik tajriba, bu usullar ishqalanuvchi detalьlarning ishonchligi va chidamliligini oshirish imkonini berganligini ko`rsatadi.

Neksiya avtomobilining yonilg`i ta’minot tizimidagi ayrim qismlarda elektron benzrnasos va injektorlarda ishqalanish va yeyilish kuzatilmoqda. Elektronbenzonasosdagi ishqalanish va yeyilish asosan elektronbenzonasosning elektrodvigateli yaqoridagi o`q ustiga qoplangan miss bilan elektrobenzonasos chyotkalari (grafit) ning bir biri bilan o`zaro ishqalanishi hisobiga elektrobenzonasosning elektrodvigateli ishga tushiriladi. Elektrobenzonasosning yaqoridagi mis va chyotkalari ishqalanish hisobiga yeyilmoqda.

Mashinasozlik sanoati rivojlangan sari avtomobilga bo`lgan talab va uning sifati katta rol o`ynaydi, lekin avtomobillar aytib o`tgan ishqalanish va yeyilish natijasida ko`p buzuqliklar paydo bo`lib, ularning oldini olish borasida olimlar qilayotgan izlanishlar o`z samarasini bermoqda. Ishqalanish yeyilishni oldini olish uchun ko`proq ishqalanuvchi juftlarning materiallarga katta e`tibor berish lozim. Neksiya avtomobilining tok o`tish qismlarida va elektrobenzonasosning elektrodvigatelida ham mis materialidan keng qo`lamda foydalaniladi.

Mis qotishmalaridan eng muhimi latun va bronzalardir. Ayniqsa, tompak latunlari va maxsus bronzalar - mel-xlorlar, reyzilberlar, kuniallar, kopellar muhim ahamiyatga ega. Latun va bronzalar korroziyabardoshliligi yuqori bo`lgan mashina vositalari hamda ishqalanish juftlarini tayyorlashda muhim mashinasozlik materiali hisoblanadi.

Mis yaxshi korroziyabardosh material hisoblanadi, havo, oqar suv va dengiz suvlari hamda shunga o`xshash tajovuzkor muxitlar ta’siriga barqaror, lekin ammiak va oltingugurt gazlari ta’sirida korroziyaga qarshiligi yo`qdir.

Quyma misning mexanik xossalari uncha yuqori emas: abq 220...240 MPa, a0,2q70...95 MPa, dq45...50%. Plastik deformatsiya natijasida misning mustahkamligi oshadi: ab≤400 MPa, a0,2≤340 MPa, d<45%. Sovuq holda plastik deformatsiyalash va so`ngra rekristallash kabi bir necha marta termik ishlovni takrorlash usuli bilan (masalan, sim olishda) mustahkamlikni (ab) 450 MPa ga yetkazish mumkin, lekin bunda plastiklik kamayadi (d<8%).

Misni legirlash usuli bilan uning mustahkamligini, texnologik xossalarini, antifriktsion va boshqa maxsus xususiyatlarini boshqarish mumkin. SHu maqsadlarda rux, qalay, alyuminiy, kremniy, berilliy, marganets, nikelь kabi elementlar ko`proq qo`llaniladi.

Mashinasozlikda keng qo`llanilayotgan mis qotishmalari jez (latun) va bronzalar hamda mis-nikelь qotishmalari muhim ahamiyatga ega. Ularni texnologik xususiyatlari bo`yicha quyma va deformatsiyalanadigan qotishmalar, termik ishlash natijasida mustaxkamligi oshadigan va oshmaydigan qotishmalarga ajratish mumkin.

Asosiy ta’sir qiluvchi legirlovchi elementga qarab bronzalar shartli ravishda quyidagi turlarga bo`linadi: qalayli, alyuminiyli, berilliyli, qo`rg`oshinli va hokazo bronzalar. Lekin ularni ikki asosiy sinfga, ya`ni qalayli va maxsus (qalaysiz) bronzalarga bo`lish ancha qulaylikka ega.

Qalayli bronzalar juda yaxshi antifriktsion xususiyatga ega, ishqalanish natijasida qizib ketmaydi, sovuqqa ham yaxshi chidaydi. Quyma zagotovkalarning kristallanishida g`ovaklar, mayda teshikchalarning xosil bo`lishi bronzalarning muhim kamchiligi hisoblanadi. Ularning suyuq xoldagi oquvchanligi ham yaxshi emas, likvidus va solidus chiziqlarining harorat oraligi juda kichik bo`lgani uchun suyuq massa tezda qotib qolada.

Maxsus bronzalar mashinasozlik materiallari sifatida ishlatiladi. Bunday bronzalarning tarkibida alyuminiy, nikel, kremniy, temir, berilliy, xrom, qo`rg`oshin va boshqa elementlar bo`ladi, ya`ni ular murakkab tarkibga ega. Bronzalarda qaysi element muxim legirlovchi element bo`lsa, bronza shu element nomi bilan ataladi. Bunday bronzalar ichida alyuminiyli bronzalar (BrAJ9-4, BrAJN 10-4-4 va hokazo) eng ko`p tarqalgan bo`lib, yuqori mexanik xossalarga ega, ularning antifikrtsion va korroziyabardoshlilik xossalari ham yaxshi.

Qo`rgoshinli bronzalar ko`proq ishqalanish juftlarini tayyorlashda ishlatiladi (BrSZO). Yuqorida aytganimizdek, qo`rg`oshin misda erimaydi. Shuning uchun struktura mis va qo`rg`oshin kristallaridan iborat bo`ladi. Bunday struktura esa yuqori antifriktsion xususiyatlarga ega bo`lib, issiqlikni yaxshi tarqatadi. SHuning uchun bunday bronzalardan yuqori tezlikda katta kuch ta’sirida ishqalanib ishlaydigan mashina vositalari tayyorlanadi. Masalan, BrSZO dan tayyorlangan ishqalanish juftining qalayli bronza BrOTSS4-4-2,5 ga qaraganda issiqlik o`tkazuvchanligi 4 barobar katta. Bunday qotishmalarning mexanik xossalari va korroziyabardoshliligini oshirish maqsadida ular nikel va qalay bilan qo`shimcha legirlanadi.





Download 1.7 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Download 1.7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yonilg`i ta’minot tizimidagi nosozliklar

Download 1.7 Mb.