Tajribalar metodikasi va dasturi




Download 1.7 Mb.
bet26/35
Sana15.06.2021
Hajmi1.7 Mb.
#15047
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
3.5. Tajribalar metodikasi va dasturi

Injektorning detallarini qayta tiklashning murakkabligi shundan iboratki, bu detallarning konstruktiv o`lchamlari, materiallari va yuklanish- harakatlanish rejimlarining o`ziga xosligidir. Ularni zavodda dastlabki chiqarilganidek o`lcham, sirt tozaligi va kattiqliklariga olib kelishning deyarli imkoni yo`q, bo`lsa ham serxarajatdir. Ushbu harajatlarni kamaytirish uchun avvalo ta’mirlanayogan injektorlarining detalarini yuqori darajada tozalash va to`g`ri yig`ish kerak. Viloyatimizda esa bunday tenologiyalar va uskunalar yo`q.

“GM-Uzbekistan” AJ da ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga (“Damas”dan tashqari) o`rnatilayotgan injektor quyidagi detalь va birikmalardan tashkil topgan: injektorning uch qismi, klapani (ignasi), injektorning pastki qismi, filtri, oraliq ushlagichi va prujinalari

Injektorning uch qismi eng ko`p ishdan chiqayotgan birikma bo`lib, uning vazifasi yonilg`ini tsilindrning ichiga kiritish uchun 0,085 mm li teshiklardan bug` holida o`tkazadi (8- rasm). Chizmadan ko`rinib turibdiki uch qismini 2 ta rezina qistirgich, 1- rezina injektorni tsilindrlar bolti bilan birktirilganda ular orasidagi zichlagich vazifasini o`taydi. 2- rezina qismi injektorni uch va pastki qismlari orasidagi zichlagich vazifasini o`taydi. Bu rezinalar yonilg`ining kimyoviy ta’sirida tez xossalarini yo`qotmoqda.



7- rasm. Injektor klapani (ignasi)



8- rasm. Injektorning uch qismi


Yana eng ko`p ishdan chiqayotgan detal injektor klapani (ignasi) hisoblanadi (7-rasm). Injektor klapanining vazifasi- injektorning uch qismidagi yonilg`ini purkalish teshiklarini berkitishga mo`ljallangan. Chizmadan ko`rinib turibdiki, klapanni 2 xil shtrixlangan qismlari bor. 1- qismni qattiqligi yuqori bo`lgan detaldan, 2-qismi qattiqligi uncha yuqori bo`lmagan detallardan iborat. Ushbu qattiqligi yuqori bo`lmagan ichki qismi ham yonilg`ining kimyoviy ta’sirida tez yemirilmoqda va ifloslanmoqda.

Injektorning orqa qismi ham ko`p ishdan chiqadigan birikmalardan hisoblanadi (9- rasm). Chizmada injektor orqa qismining ichki qismlari ko`rsatib o`tilgan. Injektor elektromagnit maydon hisobiga ishlaydi. Injektorning sim o`ramlari o`rtasida o`q o`zak mavjud. O`q o`zak o`ramlarga elektr toki berilganda sim o`ramda magnit maydoni xosil bo`ladi. Shu magnitlanish ta’sirida o`q o`zak magnitlanadi. Injektorning orqa qismi misli sim o`ram shtekkeriga ulangan. Ushbu o`q o`zak va vilkasimon shtekker tez oksidlanib elektr ulanish yomonlashib qolmoqda.




9- rasm. Injektorning orqa qismi
Shuningdek, injektorlarning tez ishdan chiqishiga sabab bo`layotgan detallardan filtr hisoblanadi (9- rasm). Filtr 10 mkm li filtrlovchi elementdan iborat bo`lib, yonilg`i injektorga kirishdan oldin shu filtrdan o`tadi. Injektorning filtrlovchi filtr elementi uning yonilg`i kirish bo`g`ziga o`rnatilgan. Injektordan o`tayotgan yonilg`i iflosligi tufayli tez to`lib qolmoqda.

2



10- rasm. Injektorning filtri
Avtomobillarning elektron boshqaruvli yonilg`i purkash tizimida yuzaga kelayotgan buzuqliklar nafaqat yonilg`i, ishqalanish yeyilish va iqlim sharoitlariga, balki avtomobildan foydalanayotgan xaydovchilarning o`ziga ham bog`liq.

Xaydovchilarning avtomobildan foydalanish davomida avtomobilning texnik holatiga e`tiborsizligi sababli nafaqat avtomobilning elektron boshqaruvli yonilg`i purkash tizimlari, balki avtomobilning umumiy tuzilishidagi detal va uzellari ham buzilmoqda. Bunday buzuqliklarning yuzaga kelmasligi uchun xaydovchi o`z vaqtida avtomobilga THK ishlarini o`tkazishi, qo`llanilayotgan yonilg`i sifatiga e`tibor berishi lozim.

Yonilg`ini tashish, saqlash va ishlatishda yong`inga qarshi barcha xavfsizlik choralari ko`rilishi lozim. Benzinni elektr uchquni chiqib (ishqalish ta’sirida yonilg`ining zaryadlanishi tufayli elektr uchquni chiqishi mumkin) alanganlanishdan saqlash uchun, rezervuar, shlanglar va jo`mraklar yerga tutashtirilishi kerak. Metallga metall urilishidan saqlanish uchun idishning qopqg`i va lyukini burab ochishda metall asboblar ishlatish taqiqlanadi. Benzin saqlanadigan joy va benzin tashiydigan avtomobillar yong`inga qarshi inventarlar bilan jihozlanishi lozim.

Yonilg`i sifatining hozirgi kunda davlat standartiga to`la jvaob bermasligi va yonilg`ini saqlash- tashish jarayonlari yomonligi sababli, avtomobilning yonilg`i ta’minot tizimi va dvigatellarning ishonchli ishlashiga salbiy ta’sir ko`rsatmoqda.

Yonilg`ini saqlash jarayonlarida benzokalonkalardagi talab darajasi pastligi, yonilg`i tsisternalarining joylashishi ochiqlikdaligi ularda qo`llanilayotgan filtrlovchi elementlarga e`tibor berilmasligi, tsisternalarni o`z vaqtida xavfsizlik qarovlarini, ularning tozalash jarayonlariga e`tibor berilmayotganligi, yonilg`ini sifatiga ta’sir ko`rsatmoqda. Tsisternalarni o`z vaqtida tozalanmasligi sababli yonilg`idagi mexanik qo`shimchalar, zararli metall zarrachalar, mazutlar to`planib va shu kabilarni yonilg`ida ortib ketayotgani salbiy ta’sir ko`rsatmoqda. Filtrlarga e`tiborsizlik tufayli yonilg`i avtomobilga tsisternada qay xolda bo`lsa, shu xolda xaydab berilmoqda. Avtotsisternalardagi yonilg`i oluvchi nasos quyish jo`mragiga o`rnatilgan filtrlarni tozalash va almashtirish o`z vaqtida bo`lmayotganligi va avtotsisternalarning tsisternalari tozalanmayotganligi sababli yonilg`i sifati yomonlashmoqda.



Download 1.7 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Download 1.7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tajribalar metodikasi va dasturi

Download 1.7 Mb.