• KIRISH ………………………………………………………….… 5
  • TEXNOLOGIK QISMI…………………………………………... 34
  • IQTISODIY QISMI……………………………………………..... 44
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI…………… 55
  • “Har bir raxbar, xalq bilan muloqot qilishi va xar birini rozi qilishi kerak”
  • ) Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati




    Download 3.53 Mb.
    bet3/14
    Sana04.07.2021
    Hajmi3.53 Mb.
    #15410
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    7) Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati: Mavzuni bajarish davomida foydalanilgan adabiyotlar va internetdagi veb saytlarning ro`yxati keltiriladi;

    8) Ilovalar: Mavzu bo`yicha maxsus jadvallar, rasmlar va internetdan olingan ma`lumotlar ilova qilinadi;
    4. Diplom loyixasining chizmalari ro`yhati:

    1) Yengil avtomobil moylash tizimi sxemasi.

    2) Matiz avtomobilining moy tozalash tizimi sxemasi.

    3) Moy filtirining tuzilishi sxemasi.

    4) Moy filtiri qismlarini ajratish sxemasi.

    5) Moy filtiri qismlarini biriktirish sxemasi



    6) Matiz avtomobili moy filtridan olingan iqtisodiy samaradorlik jadvali.
    5. Diplom loyixasi qismlari bo`yicha maslahatchilar:



    Diplom loyixasining qismlari

    Boshlanish muddati

    Tugallanish muddati

    Imzo

    Maslahatchi-ning familiyasi

    1

    Kirish

    01.12.2016y

    03.01.2017y




    S.Ortiqov

    2

    Asosiy qism.

    01.03.2017y

    01.04.2017y




    S.Ortiqov

    3

    Texnologik qism.

    01.04.2017y

    03.05.2017y




    S.Ortiqov

    4

    Hayot faoliyat xavfsizligi qismi

    10.05.2017y

    20.05.2017y




    Raximov A.

    5

    Iqtisodiy qism

    20.05.2017y

    25.05.2017y




    M.Jo`raxonov

    6

    Xulosa va takliflar

    25.05.2017y

    30.05.2017y




    S.Ortiqov

    7

    Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati

    30.05.2017y

    01.06.2017y




    S.Ortiqov

    8

    Ilovalar

    01.03.2017y

    01.04.2017y




    S.Ortiqov

    6. Topshiriq berilgan sana: 01.12.2016y.

    7. Tugallangan diplom loyixasini topshirish sanasi: 10.06.2017 y.

    Diplom loyixasi rahbari: Ortiqov S.

    Topshiriq bajarish uchun qabul qildi: Teshaboyev D.

    Kafedra mudiri: Ikromov N.


    MUNDARIJA



    KIRISH ………………………………………………………….…

    5



    ASOSIY QISM…………………………………………………….

    13



    TEXNOLOGIK QISMI…………………………………………...

    34



    HAYOTIY FAOLIYATI XAVFSIZLIGI………………………..

    40



    IQTISODIY QISMI…………………………………………….....

    44



    XULOSA VA TAKLIFLAR………………………………………

    52



    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI……………

    55



    ILOVALAR ……………………………………………………….

    58


    КИРИШ

    Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev aytganidek “Har bir raxbar, xalq bilan muloqot qilishi va xar birini rozi qilishi kerak” degan fikrlari hozirgi kun talabidir.

    2017-yil 14-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017-yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo`nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag`ishlangan kengaytirilgan majlisida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma`ruza qildi.

    Ma`ruzada O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o`zbek modeli”ni va mamlakatni o`rta muddatli istiqbolda yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va modernizatsiya qilish Dasturini izchil amalga oshirishni davom ettirish 2016-yilda iqtisodiy o`sishning barqaror va yuqori sur`atlarini saqlab qolishni va makroiqtisodiy muvozanatni, aholi hayot darajasi va sifati oshishini ta`minlaganligi qayd etib o`tildi [1].

    O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng qisqa davr o`tishiga qaramay Respublika aholisini avtomobil transporti bilan ta`minlash jadal suratlar bilan amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Respublikamizda bir qator avtomobil kompaniyalari barpo qilinib, ularning ishga tushirilishi O`zbekiston xalqining muhim yutuqlaridan biridir. Andijon viloyatining Asaka shahrida “GM-Uzbekistan” AJ kompaniyasi; Samarqandda “Sam KOCH avto” avtomobil zavodlarida yengil, yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtotransportlarning ishlab chiqarila boshlashi O`zbekiston aholisining transport mustaqilligiga erishishiga olib kelibgina qolmay, Respublikamizni avtomobil ishlab chiqaruvchi yetakchi davlatlar bilan bir qatorda turishiga imkon yaratdi. Yaqin kelajakda aholini avtomobil bilan ta`minlanganlik darajasi Respublikamizda avtomobil ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishi ko`rsatkichlari bilan belgilanib, aholisi avtomobil bilan yuqori darajada ta`minlangan yetakchi davlatlar miqyosiga ko`tarilish istiqboli yaratilmoqda [2].

    Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilash-eng muhim ustuvor vazifa sifatida. Investitsiyalar salmoqli qismining sanoatni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirishga yo`naltirilishi. Yirik ishlab chiqarish korxonalarini qurishni yakunlash va foydalanishga topshirish. Barcha yirik korxona va ishlab chiqarish quvvatlarida jahon tajribasida sinovdan o`tgan zamonaviy texnologiyalar bilan almashtirilishi lozim bo`lgan uskuna va texnologiyalarning ro`yxatini aniqlash uchun texnik audit o`tkazish zarurligi.

    Chet el investitsiyalarini keng jalb qilish, xorijiy investorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish–muhim ustuvor yo`nalish. O`zbekistonda investorlar uchun beqiyos, o`ta qulay investitsion muhit, imtiyoz va preferentsiyalar tizimi yaratilganligi. Xorijiy sheriklar bilan o`zaro hamkorlikni chuqurlashtirish, mamlakatimizda yanada qulay investitsiya muhitini shakllantirishdagi mavjud imkoniyatlarni ishga solishda ishonchli kafolatlarni yaratish, xorijiy investorlarning ishonchini qozonish va mustahkamlash zarurligi. Tiklanish va taraqqiyot fondining rolini, uning xorijiy sheriklar bilan birgalikda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish borasidagi samarali hamkorligini kuchaytirish.

    Infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini kompleks va jadal ravishda rivojlantirish–ustuvor yo`nalish. Infratuzilma, transport va kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishning 2015 yilgacha bo`lgan davrga mo`ljallangan dasturini izchil amalga oshirish. O`zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan avtomobil yo`llarini qurish va rekonstruktsiya qilish, mamlakatimizning barcha hududlarini o`zaro ishonchli bo`ladigan yagona milliy avtomobil transport tizimini tashkil etish loyihalariga birinchi darajali ahamiyat qaratish. Temir yo`l tarmoqlarini elektrlashtirish, yo`lovchi tashish lokomotivlari parkini yangilash, yuk tashish lokomotivlari hamda vagonlarini modernizatsiya qilish va qayta tiklash, temir yo`llarni modernizatsiya qilish bo`yicha loyixalarni amalga oshirishni jadallashtirish. O`zbekiston hududida yuklarning ichki va xalqaro tranzitini ishonchli ravishda ta`minlaydigan transport va logistika tizimlarini takomillashtirish. Zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya tizimlari hamda texnologiyalarini yanada rivojlantirish. O`quv jarayoniga keng formatli kommunikatsiya tarmoqlari va internet texnologiyalarini joriy qilish. 2015 yilgacha mamlakatimizning barcha hududlarida raqamli televideniyaga o`tishni ta`minlash [3].

    Amalga oshirilayotgan islohotlar va tadbirlarning natijasida mamlakatimiz jadal rivojlanib bormoqda. Buni respublikamiz hayotida ro`y berayotgan ijtimoiy va iqtisodiy, ma`naviy va ma`rifiy o`zgarishlarda ko`rish mumkin.

    Iqtisodiyotni turg`un rivojlanib borishida ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyalar bilan jihozlanganligi yetakchi hisoblanadi.Shu maqsadda respublikamizda yangi va zamonaviy mashina va mexanizmlar ishlab chiqarish tobora keng yo`lga qo`yilmoqda. Misol tariqasida avtomobilsozlikni ko`rish mumkin [4].

    Yuk va yo`lovchilarga namunaviy va sifatli xizmat etish uchun avtomobillardan foydalanishga kamroq mablag` sarflagan holda, ularning texnik tayyorligini yuqori darajada ta`minlab turish zarur. Buning uchun avtomobillarga muntazam ravishda texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash (TXK va T) ishlarini bajarish, ularni ishdan bo`sh vaqtida saqlab turish, ehtiyot qism va avtoekspluatatsion materiallar bilan ta`minlash va boshqa xizmatlar majmuini amalga oshirish lozim.

    Hozirda foydalanilayotgan harakatdagi tarkibning ko`payib borishi bilan, ularga TXK va T bilan bog`liq bo`lgan sarf-harajatlar yanada oshadi. Shu bilan birga avtomobil transportiga ko`p miqdorda ehtiyot qismlar va materiallar zarur hamda TXK va T uchun turli xildagi texnologik jihozlar, moslamalar ishlatilishi kerak.

    Ba`zi bir avtotransport korxonalarining ishlab chiqarish texnika negizi (ICHTN) texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash vositalari va TXK va T uchun turli xildagi texnologik jihozlar, moslamalar bilan yetarli darajada ta`minlanmagan bo`lib, avtomobillarni texnik tayyor holatda ushlab turishga salbiy ta`sir ko`rsatadi hamda ishchilarning mehnat unumdarligini va ish sifatini pasaytiradi [6].

    Hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida avtomobillardan samarali va tejamkorona foydalanishni taqozo etyapti. Sрu jumladan, avtomobillarni moylash tizimida bir qancha nosozliklar uchraydi. Hozirgi kunda O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yuqori ko`rsatkichli avtomobillarning deyarli 70-80 % o`zimizning aholimiz tomonidan sevib ishlatilmoqda. Bunday avtomobillarni ishlab chiqarish bilan aholining zamonaviy, tejamkor va eksplatatsiya muddati uzoq bo`lgan ehtiyojlari qondirilib kelmoqda. Nafaqat ichki bozorga zamon talabidagi avtomobil yetkazish, bu avtomobillarni qo`shni va Rossiya davlatlarga eksport qilish ishlari ham juda namunali yo`lga qo`yilgan.

    “GM-Uzbekiston” AJning ajoyib mahsuloti bo`lgan “Matiz” avtomobili moylash tizimi va asosan moy tozalash qismlarini kostruktsiyasini mazkur diplom loyixa ishimda ko`rib chiqdim. Har bir talaba o`z oldiga eng yuksak maqsad – Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo`shishni va hayotda o`zining munosib o`rnini topishni istaydi.

    Men ham shu qatorda moy tozalash tizimini takomillashtirib avtomobilsozlikda moy tozalash filьtridan samarali foydalanish yo`llarini kiritmoqchiman. Diplom loyixa ishim nihoyasida o`z izlanishlarim va malakaviy mutaxassislardan hamda maslahatchi rahbarlarimdan olgan ma`lumotlarga asoslanib, bu maqsadimga erishaman. Shu yo`l bilan Mustaqil O`zbekistonimizga oz bo`lsa ham avtomobilsozlikning taraqqiyoti uchun muhim hissamni qo`shmoqchiman.





    Download 3.53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 3.53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ) Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati

    Download 3.53 Mb.