Matn muharriri




Download 25,56 Kb.
Sana05.02.2024
Hajmi25,56 Kb.
#151459
Bog'liq
Matn muharriri


Matn muharriri
Axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g'orlar devorlaridagi rasm va yozuvlar buning yaqqol isbotidir. Yozuv texnologiyasi asrlar davomida deyarli o'zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Avval toshlarga o'yib yozilgan bo'lsa, keyinchalik turli bo'yoqlar yordamida yozildi. Xayvon terilariga ishlov berish natijasida toshlarga emas, teriga yozish yo'lga qo'yildi. Qog'oz ishlab chiqarilishi bilan yozish yanada qulaylashdi. Shu bilan birga yozuv quroli xam takomillashib bordi. Yozish uchun toshlar, turli mo'yqalam, qamish-perolar, g'oz patlaridan foydalanildi. Patlar o'rnini peroli ruchkalar, ularni avtoruchkalar, avtoruchkalar o'rnini esa yozuv mashinkalari egalladi. Lekin asosiy jarayon - matnga o'zgartirish kerak bo'lsa uni qaytadan yozish zarurligi o'zgarmadi. Bu juda ko'p kuch va mehnat talab qiladi.

Kompyuterlar matn yozish texnologiyasini tubdan o'zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog'ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo'ljallangan ko'plab dasturlar yaratildi. Bu dasturlar asosan ikki turga bo'linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlari. Ularning asosiy farqi kompyuterga kiritilgan matnning ko'rinishiga bog'liq.


Matn muharriri kompyuterda eng ko'p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kiradi. Ixtiyoriy rusumli kompyuterlar uchun matn muharrirlari yaratilgan. Xatto bir rusumli kompyuter uchun yaratilgan o'nlab matn muharrirlarini ko'rsatish mumkin. Masalan, Pravets kompyuterlarida "RED", "Volna", "Punktir", IBM kompyuterlarida "WD", "Foton", "Leksikon" va xokazo.


Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asasiy vazifalarni bajaradi:


· ma'lumotlarni kiritish;


· xatolarni tuzatish;


· belgilar , so`zlar, satrlar, abzatslar o`rnini almashtirish yoki o`chirib tashlash;


· matnni biror "qolipga solish", ya'ni chap va o`ng tomonlarini to'g'rilash,


satrlar orasidagi masofani o`zgartirish;


· matnni diskda saqlash;


· matnni diskdan o'qish;


· chop etish.


Matn muharrirlarida asosan matnning mazmuniga etibor beriladi. Ularda matnning ekrandagi va qog'ozdagi ko'rinishi (bezagi) unchalik ahamiyatga ega bo'lmaydi.


Matn muharrirlari yordamida matn fayllari xosil qilinadi. Unda faqat kiritilgan matn belgilarining kodlari saqlanadi. Shuning uchun bir matn muharririda xosil qilingan matnni boshqa matn muharririda qiyinchiliksiz qayta ishlash mumkin bo'ladi.


Matn protsessorlari matnning faqat mazmuni emas, balki tashqi ko'rinishi xam katta axamiyatga ega bo'lganda qo'llaniladi. Matn protsessorlari matnning tashqi ko'rinishiga ta`sir etish imkoniyatiga ega. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning o'lchami, rangi va ko'rinishlarini o'zgartirish va xokazo.
Matn protsessorlari odatda rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko'p qo'llaniladi. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi.
Matn protsessori yordamida xosil qilingan hujjat faqatgina matn emas, balki uning tashqi ko'rinishi xaqidagi (shrift turi, o'lchami, rangi va xokazo) axborotni xam o'zida saqlaydi. Bu-lar maxsus kodlar bo'lib, ekranda ham, qog'ozda ham ko'rinmaydi.
Turli matn portsessorlarida matnni bezatish uchun turli kodlar qo'llaniladi. Bunday hollarda hujjatlar xar xil formatga ega deyiladi. Shu sababli formatlangan matnli hujjatlarni bir matn protsessoridan boshqasiga olib o'tishga xar doim ham erishib bo'lmaydi.
Matn muharrirlarining nomi, tashqi ko'rinishi turlicha bo'lgani bilan, ularda ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi. Shuning uchun biror matn muharririda ishlashni mukammal o'rganib olsangiz boshqa matn muharrirlarida ishlashni ham qiyinchiliksiz o'zlashtirib olasiz.

Matn muharrirlarining asosiy elementlari: ishchi maydoni, yurgich va menyu.


Ishchi maydoni. Matn muharriri kompyuter ekranida "ishchi maydoni" deb ataladigan maxsus joy ajratadi. Ishchi maydoni matn yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. Kiritilayotgan matn ishchi maydonida aks ettirilib boradi.
Yurgich. Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ishchi maydonining qaerida aks etishini ko'rsatib turadi. Odatda gorizontal yoki vertikal chiziqcha ko'rinishida bo'ladi.
Menyu. Maxsus buyruqlar va amallar majmuyi menyu deb ataladi. Ular yordamida asosan matnlarni diskdan o'qish, diskka yozish, chop etish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Yurgich va ishchi maydonining ko'rinishi matn muharriri ishiga aytarlik ta`sir ko'rsatmaydi. Ular turli matn muharrirlarida bir oz farq qilishi mumkin.
Matn muharrirlari asosan menyusi bilan bir-biridan farqlanadi. Menyudagi buyruq va amallar matn muharrirlarining imkoniyatlarini belgilaydi. Ular qanchalik ko'p bo'lsa, matn muharrirlarining imkoniyatlari shuncha yuqori bo'ladi. Turli matn muharrirlarining mos buyruqlari bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Ular bir oz farqlansada, ma`nosini tushunib olish qiyinchilik tug'dirmaydi. Masalan, matnni diskka yozish buyrug'i ba`zi matn muharrirlari menyusida "yozish" deb nomlangan bo'lsa, boshqalarida "saqlash" deb nomlangan. Shu kabi matnni diskdan o'qish buyrug'i turli matn muharrirlarida "o'qish", "yuklash" yoki "ochish" deb nomlanishi mumkin. Mazkur buyruqlar nomlari turlicha bo'lsa xam, deyarli bir xil ma`noni va aynan bir xil vazifani bajaradi
MS Office 2010 dasturi va uni o'rnatish bo'yicha boshlang'ich ma'lumotlarni shakllantirish Hozirgi kunda axborot bilan ishlash, uni qabul qilish, yaratish, qayta ishlash ko‘p vaqt talab
qilmoqda. Shuning uchun 1995-yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan axborotlarni kirituvchi, uni taxrir qiluvchi, ularni jadval usulida tartiblovchi, hattoki matematik amallarni bajaruvchi MICROSOFT OFFICE pakti dasturini ishlab chiqdi.
Bu dastur kundan kunga ko‘pgina kerakli dasturlarni o‘z ichiga olmoqda. Masalan ular ichida eng ko‘p foydalanadiganimiz Microsoft Word, Microsoft Office, Microsoft Power Point va h.k.
Microsoft Office paketiga murojaat etish uchun Pusk ^ Programmi ^ Microsoft Office dasturiga sichqonchani olib kelishimiz kifoya. Shunda ekranimizda qo‘shimcha muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Bu oynada:

Microsoft Office Access - ma‘lumotlar ombori bilan ishlovchi dastur;


Microsoft Office Excel – jadvallar yaratish, formulalar hosil qilish uchun
mo‘ljallangan dastur;
Microsoft Office InfoPath – anketalarni joylashtirish (kadrlar bo‘limi) uchun
yaratilgan dastur;
Microsoft Office Outloo – internet tizimi orqali kiruvchi xatlarni o‘qish imkoniyatiga va xat yuborish imkoniyatiga ega dastur;
Microsoft Office PowerPoint – sladlar yaratish, ularga chiqish animatsiyalarini qo‘yish imkonini beruvchi dastur;
Microsoft Office Publisher! – har xil turdagi taklifnoma (otkro'tka)lar yaratish imkonini beruvchi dastur;
Microsoft Office Word – ma‘lumotlar bilan ishlashda, ularni kiritishda, chop etganimizda eng ko‘p foydalanadigan dasturimiz.
Microsoft Office dasturi ilk bor Windows 95 operatsion tizimi uchun 1995-yilda Microsoft firmasi tomonidan yaratilgan. Microsoft Office 95 paketida asosan Excel, Word, Publishr dasturlari joy olgan edi. Keyinchalik 1998-yilda Microsoft yangi Office dasturini Microsoft Office 98 deb nomlanuvchi paketni ishlab chiqdi. Bu paketga qo‘shimcha qilib,
Outlook va Power Point dasturlari kiritildi. 2000, 2003, 2013, 2010 va 2013 yilda yaratilgan Office paketidagi dasturlar soni yil sayin ko‘payib takomillashib kelmoqda. Hozirgi kunda eng ko‘p foydalaniladigan turi bu Microsoft Office 2003 dasturidir. Bu dastur nafaqat mutahasislar balki yangi ishlovchilar uchun ham bir muncha qulay.
Microsoft Office versiyasi Tarkibidagi dasturlar Ishlab chiqarilgan yili
soni
Microsoft Office 95 3 1995
Microsoft Office 97 4 1997
Microsoft Office 2000 5 2000
Microsoft Office XP 5 2001
Microsoft Office 2003 7 2003
Microsoft Office 2013 9 2006
Microsoft Office 2010 9 2009
Microsoft Office 2013 12 2012

Microsoft Office paketi Microsoft Office 2003 gacha imkoniyatlari ortib, tarkibiga yangi dasturlar qo‘shilib borsada o‘z ko‘rinishini o‘zgartirmagan edi. Ammo 2006-yil sotuvga chiqarilgan Microsoft Office 2013 paketi o‘zidan avvalgi avlodlarning barcha buyruqlari va imkoniyatlarini saqlab qolgan bo‘lsada, ko‘rinishi oldingi versiyalardan tubdan farq qilar edi. Bu farqni quyidagi 10- rasmdan sezish mumkin.


WORD muharriri Microsoft firmasining mahsulidir. Hozirgi kunda WORD muharririning versiyalari keng tarqalgan va ushbu muharrirlar faqatgina Windows dasturi muhitida ishlaydi. Bu muharrir yordamida yangi matnni kiritish, matnni tayyor shakl asosida kiritish, xatlarni qo‘yilgan talablarga asosan tayyorlash, manzillarga jo‘natish, rasm, grafik, jadval va diagrammalardan foydalanish: matnni chop etishdan avval ekranda ko‘zdan kechirish, matnni kiritishda imlosini tekshirish va boshqa bir qator amallarni bajarish mumkin.


WORD muharririda ba‘zi bir tushunchalar mavjud. Bu tushunchalarning tavsifi
quyidagicha:
Avtomatn - matn kiritilayotganda ayrim so‘z, ibora va jumlalarni bir necha bor
yozishga to‘g‘ri keladi. Ularni qayta yozish zarur emas. Avtomatn buyrug‘i
ularni qayta yozadi.
• Avtomuharrir - matnni kiritish jarayonida ayrim xatolar tez-tez takrorlanadi. Bu xatolarni matn kiritilayotganda avtomatik ravishda to‘g‘irlash mumkin. Bu amal avtotahrir qilish deb ataladi va uni avtomuharrir bajaradi.
• Asboblar paneli - tugmalar majmuidan iborat bo‘lgan panel. Bunda tugmani bosish natijasida biror buyruq bajariadi. Har bir tugma aniq vazifa va nomga ega.
• Formatlash - bu hujjat shaklini o‘zgartirishdir. Bunda shriftlarni tanlashingiz, ta‘kidlanishi zarur bo‘lgan so‘z va iboralarni ajratish, abzats chegaralarni tekislash, satrlar orasidagi masofalarni o‘zgartirish mumkin.
• Avtoformat - mavjud shakllar asosida matnni formatlash.
• Kolontitul - har bir sahifaning yoqori yoki quyi qismida yoziladigan biror bir ma‘lumot. Masalan, hujjatning nomi, hujjat avtori, mos sahifa raqami, sana va vaqt va hakozo bo‘lishi mumkin.
• Konteks menyusi - ―sichqoncha‖ ning o‘ng tugmasi yordamida hosil qilinadigan menyu. Tanlangan ob‘ektga mos ravishda menyu ham o‘zgarib turadi.
• “Sichqoncha” - hozirgi zamon komp‘yuterlarining ajralmas qismi bo‘lib, odatda, 2 yoki 3 tugmali bo‘ladi.
WORD muharriri quyidagi imkoniyatlarga ega:
• Matnlarni kiritish va tahrir qilish;
• Matnni chop etishda avval ekranda uning shaklini ko‘zdan kechirish;
• Hujjatlarning tayyor shakllari bilan ishlash ;
• Formatlash usullaridan foydalanish ;
• Xatlarni amaldagi qoidalar asosida tayyorlash;
• Blankalarni tayyorlash ;
• Jadvallar bilan ishlash;
• Zarur holda yordamchi ko‘rsatma berish;
• Formulalar yozish;
• Imloni tekshirish;
• So‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish;
• WINDOWS ilovalari ma‘lumotlaridan foydalanish;
• WORD Art yordamida reklamali matnlar tayyorlash;
• Diagrammalar va grafiklar, rasmlar va hokazolar chizish.
Muharrir (lotin tilida-tartibga keltirilgan)-kompyuter ob‘ektlari (matn,jadval,grafik, dastur) bilan ishlashni amalga oshiruvchi dasturiy ta‘minot tizimidir. Matnli hujjat tayyorlaydigan dasturiy guruhni asosan ikkiga ajratish mumkin. Matn muharriri va matn protsessori. Matn muharriri deb asosan matnli fayllarni formatlash elementlarini ishlatmasdan tayyorlaydigan dasturga aytiladi. Formatlash elementlari deganda matn qismlarini har xil shriftlar bilan ajratib ko‘rsatilmaganligi tushuniladi.
Bunday muharrirlar asosan kompyuter dasturlari matnini yaratishda ishlatiladi.
Matn protsessori matnni formatlash, hujjatga grafika va boshqa ob‘ektlar joylashtirish imkonini beradigan dasturlardir. Bunday turdagi muharrirlarga
Word matn muharririni keltirish mumkin.
Microsoft Word – MS Office paketi tarkibiga kiruvchi universal matn muharriri bo‘lib, unda matnlarni kiritish, ular bilan ishlash uchun qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Bu matn muharririda o‘zidan oldingi matn
muharrirlarida yaratilgan matnlarni import qilish imkoni berilishi bilan bir qatorda o‘zida yaratilgan mantlarni MS Office dasturiy mahsulotining boshqa muharrirlariga, Web sahifa ko‘rinishida va boshqa ko‘rinishlarda eksport qilish imkoni mavjud.
Matnlarni tayyorlashda qulayliklari juda katta bo‘lgan zamonaviy dasturlardan biri - Microsoft Wordda tayyorlanadigan matnda rasm, formula, grafiklar, ovoz yozilgan fayllar, video-klipplarni joylashtirish imkoni mavjud.
Word 2013 dasturi ishga tushgach ekranda ishchi soha hosil bo‘ladi. Microsoft Word 2013 Menyu satri quyida aks ettirilgan.

Microsoft Word 2003 dasturi menyu bo‘limi:


Microsoft Word 2007 dasturi menyu bo‘limi:


Microsoft Word 2010 dasturi menyu bo‘limi:


Microsoft Word 2013 Asosiy menyu qatoriga quyidagilar kiradi:


Fayl, Glavna, Vstavka, Dizayn, Razmetka Stronisiy, Vid, Vstavka, Ss‟lki, RaSs‟lki, Ritsenzirovaniye
Fayl menyusida hujjat bilan ishlash buyruqlari mujassamlashgan bo‘lib ular orqali hujjat yaratish, saqlangan hujjatni ochish , joriy hujjatni yopish , hujjatni saqlash, boshqa nom bilan saqlash , Internet sahifasi shaklida saqlash , hujjatlarni mazmuni bo‘yicha qidirish , bir faylning o‘zida bir nechta hujjatni (o‘zgartirish kiritilish vaqtiga ko‘ra) saqlash va ochish, Internetda hujjatning qanday ko‘rinishini ko‘rib o‘tish, hujjatni (qog‘oz turini, hoshiyani) o‘zgartirish, printerdan chop etishdan oldin ko‘rish , chop etish, boshqa dasturlarga (electron pochtaga
) hujjatni yuborish, hujjat haqida ma‘lumot olish, oldin ochilgan hujjatlarni ro‘yxati va dasturdan chiqish kabi menyu punktlari bor. Windows 8 OT
da fayl bo‘limi boshqa operatsion sistemalardan farqli ravishda quydagicha bo‘ladi.
Microsoft Word 2013 dasturida oldingi dasturlardan farqli ravishda pravka bo‘limi
mavjud emas.
Glavnaя menyusda Word dasturida bajariladigan asosiy amallar ketma-ketligi joylashgan bo‘lib, bu menyuga foydalanuvchi eng ko‘p murojaat qiladi.Glavnaя menyu yordamidafoydalanuvchi matndan nusha olish, nushalangan
matnni xosil qilish, belgilangan joyni kesish, yozuv shrif tini o‘zgartirish,
ungs ang berish, matinni quyuq rangda yozish
, qo‘lyozma shaklida yozish, ostiga chizib yozish, satirlar orasidagi masofani tanlash, va malum matinga joylashuv o‘zgarishlarini kiritish mumkin.
Vid menyusidan hujjatni ko‘rinishini, jumladan oddiy ko‘rinishda, web shaklda, sahifa shaklida, bo‘limlarni ko‘rish va tahrirlash shaklida , instrumentlar panelidan panellarni (Standartnaya) tanlash, chizg‘IchnI xosil qilish yoki berkitish (Lineyka), hujjatni sxematik shaklda ko‘rish, hujjat kolontitullarini tahrirlash, hujjatni butun ekran bo‘yicha tahrirlash, hujjatni masshtablash kabi punktlar mavjud.
Vstavka menyusidan hujjatga ob‘ektlarni yoki sahifalarni qo‘yish, hujjatni betlash, joriy vaqt va kunni qo‘yish, avto matn, klaviaturada yo‘q belgilarni, mundarija va ko‘rsatkichlarni, rasmlarni, diagrammalarni, yozuvli ramka, matnli faylni, boshqa dasturlardagi fayllarni yaratish yoki qo‘yish punktlaridan foydalanish mumkin.
Tablitsa menyusi jadvallar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bulardan jadvalni chizish, jadval, ustun va satrlarni qo‘yish, yoki aksincha o‘chirish va ajratish, kataklarni birlashtirish yoki bo‘lish, jadval chetlarini avtotekislash, matnni jadvalga yoki aksincha jadvalni matnga aylantirish, jadvaldagi ma‘lumotlarni saralash, formulalar ishlatish, jadval xususiyatlarini o‘zgartirish singari vazifalar mujassamlashgan.
Razmetka stranits menyusida joriy ishlanayotgan hujjatga o‘zgartirishlar
kiritish mumkin.
Bular quyidagilar: varaqning farmatini ―ориентация‖ bo‘limi
yordamida albomnaya holatiga o‘tkazish yoki aksincha, knijnaya holatini tanlash, matinni kolonkalarga ajratish, varaqlar orasidagi masofani tanlash va o‘zgartirish, matnni interval va hoshiya bilan jihozlash mumkin.
Dizayn matnning dizaynini unga turli
o‘zgartirishlar kiritishni, joriy holatini va unga turli qo‘shimcha eskizni kiritish va matinni turli shrift va ranglarda tasvirlash imkonini beradi. Bu menyu yordamida foydalanuvchi yaratadigan xujjatni chiroyli va ko‘rkam qilish imkoniyatiga ega.
Ko‘rinib turibdiki, har bir menyu ma‘lum vazifani o‘zida mujassamlashtirgan.

Microsoft Word yaratilishida “Xerox PARC” taqdqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan Bravo – original grafik interfeysga ega matn protsessori katta oʻrin tutadi. Bravo asoschisi Charlz Simoni PARCni 1981-yil tark etgan. Wordning MS-DOS uchun taqdimoti 1983-yil oxirida boʻlib oʻtdi. Bu tovar bozorda yomon kutib olindi.


Biroq 1985-yil Macintosh uchun moʻljallangan versiyasi qoʻlma-qoʻl boʻlib keng tarqala boshladi. Ikki yildan soʻng Macintosh uchun Word 3.01 versiyasi ishlab chiqildi. Macintosh uchun moʻljallangan boshqa dasturiy taʼminotlar kabi Word ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi (“what you see is what you get” tamoyili – “nima koʻrsam, shuni olaman”).
MS-DOS grafik qobiqdan mahrum matn operatsion tizimi boʻlsada, DOS uchun moʻljallangan Word dasturi IBM PC ning tahrir vaqtida yarim qora yoki yotiq matn kabi matn belgilarini koʻrsatib bera oluvchi matn protsessori edi. Biroq u hali ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi. WordStar va WordPerfect kabi matn muharrirlari oddiy matn ekranini belgi kodlari bilan ishlatishar edi, baʼzan matn rangli ham boʻlardi. Ammo koʻp holda DOS dasturiy taʼminotidagi dasturlarda har bir buyruq uchun shaxsiy qiyin kombinatsiyalar qoʻllanilishi (DOS Wordda hujjat saqlashda ESC-T-S kombinatsiyasi ishlatilgan) va koʻp kotiblar faqat WordPerfectni ishlata olishi shu dasturni ishlatuvchi kompaniyalar ozroq ustunlikka ega yangi dasturga juda sekinlik bilan oʻtishgan.

1990-1995-yillar


1989-yil Windows uchun ishlab chiqilgan Wordning ilk versiyasi $500 ga sotilgan. Windows 3.0 ishlab chiqarilishidan soʻng savdo oʻsa boshladi va uning asosiy raqobatchisi WordPerfect ustunlikni ushlay olmadi.
Keyingi versiyalarda matn muharriri doirasidan chetga chiqadigan imkoniyatlar qoʻshila boshladi. Chizish asboblari hujjatga grafika qoʻshish kabi juda oddiy amalarni bajara olardi, lekin bu maxsus dasturlar kabi emasdi. Obyektlarni qoʻshilishi, hujjat versiyalarini taqqoslash, koʻp tilli yordam va boshqa imkoniyatlar kelgusi yillarda amalga oshirildi.
Hozirgi ahvoli
Microsoft Word hozirda keng qoʻllaniluvchi eng ommabop matn muharriri hisoblanadi. IBM OC platformasidagi “.doc” kengaytmasi Word 97-2000 ikkilamchi formatining sinonimiga aylandi. Bu formatga eksport va import qiluvchi filtrlar koʻpchilik matn muharrirlarida mavjuddir. Hujjat formati Wordning turli versiyalarida oʻzgarishlarga uchradi. Formatlash amallari dasturning eski versiyalarida uchramasligi mumkin. MS Word 2007 XML, - Microsoft Office Open XML ga asoslangan “ehtimoliy tanlangan” formatni ishlatadi. Word 97-2007 formatlarining tasnifi 2008-yilda Microsoftda eʼlon qilingan.
Microsoft Officening boshqa dasturlari kabi Word oʻz imkoniyatlarini oʻziga oʻrnatilgan makrotil vositachiligida kengaytirishi mumkin (oldiniga WordBasic, Word 97 versiyasidan soʻng VBA – Visual Basic qoʻllanilgan). Biroq bu virus xavfini oshiadi. Yaqqol misol Melissa chuvalchanggi epidemiyasi boʻloladi. Shu sababdan antivirus dasturiy taʼminotidan foydalanish ortiqchalik qilmaydi. Microsoft Word hujjatlarini zararlagan ilk virus 1994-yil dekabrda J. Mak-Namarning makroviruslar yaratish imkoniyatlarini namoyishiga moʻljallangan DMV boʻlgan. “Yovvoyi tabiatga” tushgan va dunyodagi ilk makroviruslar epidemiyasini chaqirgan ilk virus esa Concept hisoblanadi (1995-yil iyun-avgust).
2009-yil 12-avgustda Texas shtati sudi Microsoft patenti Kanada i4i kompaniyasiga tegishli boʻlgan XML-fayllarni oʻqish uslubini noqonuniy foydalanishida ayblab, AQSh hududida Word dasturlarini sotishni taqiqladi.

Dasturning rivojlanishi


MS Word soʻnggi yillarda oʻz imkoniyatlarini kengaytirdi. Word 2003 versiyasidagi dastur asosiy ramzi Word 2007 versiyasida qisman oʻzgartirildi. Planshet, smartfon va boshqa qurilmalar uchun dastur sinxronlashtirildi. Dastur tarkibiga yangi shriftlar, turli format usullari, har bir obyekt uchun alohida sozlamalar qoʻshildi, dasturning internet orqali yangilanishi va qayta aloqa qilish tizimi takomillashtirildi. Mobil qurilmalar, planshetlar uchun Word dasturini Play Market, AppStory va boshqa internet doʻkonlardan yuklab olish mumkin.

Ctrl + N - Yangi dokumеntni yaratish

Ctrl + O, yoki Ctrl + F12, yoki Alt+Ctrl+F2 - Mavjud boʻlgan (ilgari yaratilgan) dokumеntni koʻrish yoki oʻzgartirish uchun ochish


Ctrl + W - Ekranda ochiq boʻlgan dokumеntni bеrkitish.


Ctrl + S, yoki Shift+F12, yoki Alt+Shift+F2 - Ekranda ochiq boʻlgan dokumеntni saqlash


Ctrl + P, yoki Ctrl+Shift+F12 - Ekranda ochiq boʻlgan dokumеntni bosmaga chiqarish


Ctrl + Z, yoki Alt + Backspace - Oxirgi bajarilgan xarakatni bеkor qilish (orqaga kaytish)


Ctrl + Y, yoki F4, yoki Alt + Enter - Bеkor qilingan xarkatni qaytarish (oldinga qaytarish)


Ctrl + X, yoki Shift +Delete - Tanlab olingan matn qismi nusxasini xotiraga koʻchirib (qirqib) olish.


Ctrl + C, yoki Ctrl + Insert, yoki Ctrl + Num0 - Tanlab olingan matn qismi nusxasini xotiraga olish


Ctrl + V, yoki Shift + Insert, yoki Shift+Num0 - Xotirada joylashgan matn qismini chiqarib kursor turgan joyiga qoʻyish


Ctrl + A, yoki Ctrl + Num5 - Butun matnni tanlash


Ctrl + F - Butun matnda biror bir soʻz yoki jumlani izlash


Ctrl + H - Butun matnda biror bir suz yoki jumlani topib uning oʻrniga boshqa soʻz yoki jumla bilan almashtirish


Delete - Tanlab olingan matn qismi yoki kursordan ung tomonda joylashgan bеlgilarni oʻchirish


F7 - Butun matnning imlo xatolarini tеkshirish
Shift + F7 - Tanlangan soʻzning sinonimlarini topish
F12 - Ekranda ochiq bulgan faylni qayta nomlash
Alt + Ctrl + I - Bosmaga tayyorlangan xujjatni saxifaga joylashishini oldindan koʻrish.
Ctrl + E - Matnni (kursor turgan abzasni) markaz boʻyicha tеkislash
Ctrl + L - Matnnni (kursor turgan abzasni) chap chеgara boʻyicha tеkislash
Ctrl + R - Matnnni (kursor turgan abzasni) oʻng chеgara boʻyicha tеkislash
Ctrl + J - Matnni (kursor turgan abzasni) ikala chеgara boʻyicha tеkislash
Shift + F3 - Harflar koʻrinishini oʻzgartirish (rеgistr)
Ctrl + B, yoki Ctrl + Shift + B - Qalin harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish
Ctrl + I, yoki Ctrl + Shift + I - Kursiv (yotik) harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish
Ctrl + Shift + D - Ikkita chiziqli harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish
Ctrl + U - Chiziqli harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish
Ctrl + Shift + F - Harflar shaklini (shriftini) oʻzgartirish
Ctrl + Shift + P - Harflar kattaligini oʻzgartirish
Ctrl + D - "Format shrifta" ga tеgishli mеnyu boʻlimini ochish
Ctrl + Shift + S - Matnni stilini uzgartirish
Ctrl + q - Pastki harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish
Ctrl + Q - Ustki harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish
Ctrl + F6, yoki Alt + F6 - Boshqa aktiv dokumеnt oynasiga oʻtish
Ctrl + Shift + F6 - Xamma aktiv dokumеnt oynalarini koʻrish
Shift + strеlka - Guruxga olish (bеlgilarga tеgishli)
Ctrl + Shift + strеlka - Guruxga olish (suzlarga tеgishli)
Shift + Home yoki End - Satr boshigacha yoki oxirigacha guruxga olish
Ctrl + Shift + Home yoki End - Dokumеtnt boshigacha yoki oxirigacha guruxga olish
Ba'zi bir amallar
Matnlarni kiritish uchun klaviaturada mavjud boʻlgan xarf va belgilardan foydalaniladi. Belgilar kiritilishi bilan ekrandagi kursor deb nomlanuvchi vertikal chiziq oʻng tomonga suriladi. Satrning oʻng chegarasiga etilgandan soʻng matn avtomatik ravishda keyingi satrga oʻtadi. Bosh xarflarni yozish uchun Caps Lock yoki Shift tugmasidan foydalanamiz. Klaviatura tugmalari bilan quyidagi amallar ham mavjud:

Home — sаtr bоshigа оlib kеlаdi


End — sаtr охirigа оlib kеlаdi
Ctrl+Home — hujjаt bоshigа
Ctrl+End — hujjаt охirigа
PgUp — bir sахifа yuқоrigа
PgDown — bir sахifа pаstgа
Ctrl + — bittа soʻz оldingа
Ctrl + — bittа soʻz оrқаgа
Ctrl + — bir аbzаts оldingа
Ctrl + — bir аbzаts оrқаgа
Backspase — Matnni oxirgi harfidan boshlab oʻchiradi
Delete — Matnni birinchi harfidan boshlab oʻchiradi
Insert — bu tugma yordamida qoldirib ketilgan belgilarni oʻrniga qoʻyish yoki ularni boshqa belgilar bilan almashtirish mumkin
Funksiоnаl klаvishlаr
Word dasturida funksional tugmalar mavjud boʻlib, ular quyidagi vazifalarni bajaradi: F1 funktsiоnаl tugmаsi — bоsilsа, yordаmchi yoki mаʻlumоt оynаsi оchilаdi.
F2 funktsiоnаl tugmаsi — mаtn yoki rаsmlаrni bir jоydаn ikkinchi jоygа koʻchirish uchun qoʻllаnilаdi.
F3 funktsiоnаl tugmаsi — Автотекст elеmеntini jоylаshtirаdi.
F4 funktsiоnаl tugmаsi — охirgi аmаlni tаkrоrlаydi.
F5 funktsiоnаl tugmаsi — Oʻtish (Правка mеnyusi) dаrchаsini chаqirаdi.
F6 funktsiоnаl tugmаsi — kеyingi sоhаgа oʻtishni tаʻminlаydi.
F7 funktsiоnаl tugmаsi — Toʻgʻri yozishgа chаqirаdi. Хаtо yozilgаn mаtnni qizil rаng bilаn аjrаtib koʻrsаtаdi. (Сервис mеnyusi)
F8 funktsiоnаl tugmаsi — bоsilgаndа bеlgilаsh (blоkgа оlish) kеngаyadi. Bu tugmа yanа bir bоr bоsilgаndа bеlgilаnish chеgаrаsi kеngаyadi
F9 funktsiоnаl tugmаsi — bеlgilаngаn mаydоn хоlаtini yangilаydi.
F10 funktsiоnаl tugmаsi — mеnyu sаtrini fаоllаshtirаdi.
F11 funktsiоnаl tugmаsi — kеyingi mаydоngа oʻtishni tаʻminlаydi.
F12 funktsiоnаl tugmаsi — Fаyl mеnyusidаgi Хujjаtni qаndаy sаqlаsh mulоqоt dаrchаsini chаqirаdi.

Funksional tugmalar majmui


SHIFT+:

F1 – Kоntеkst mаʻlumоt dаrchаsini chаqirаdi


F2 – Mаtn nusхаsi оlinаdi
F3 – Hаrf rеgistri аlmаshinаdi
F4 – Qidirish yoki kеyingisigа oʻtishni tаʻminlаydi
F5 – Аvvаlgi toʻgʻrilаshgа qаytаdi
F6 – Оynаning аvvаlgi sоhаsigа oʻtilаdi
F7 - Tеzаurus ( «Сервис» mеnyusi)
F8 – Bеlgilаshni (blоkgа оlish) kichrаytirаdi. F8-tugmаsigа tеskаri аmаlni bаjаrаdi.
F9 – Mаydоn qiymаtini yoki kоdini koʻrsаtаdi
F10 – Kоntеkst mеnyuni chаqirаdi.
F11 – Аvvаlgi mаydоngа oʻtish
F12 – Sаqlаsh buyrugʻini bеrаdi («Fаyl» mеnyusi)
ALT+:

F1 – Kеyingi mаydоngа oʻtish


F3 – Аvtоtеkst elеmеntini yarаtish
F4 – Word dаn chiqish
F5 – Оynа oʻlchаmi аvvаlgi hоlаtigа qаytаdi
F7 – Kеyingi хаtоlik
F8 – Mаkrоsni ishgа tushirish
F9 – Bаrchа mаydоnlаr qiymаtini yoki kоdini koʻrsаtаdi
F10 – Оynа oʻlchаmini yoyish
F11 - VISUAL BASIC kоdini nаmоyon qilish. Office Visual basic dasturini ishga tushiradi.
CTRL+:

F2 – Оldindаn (chоp etishdаn аvvаlgi) хоlаtni koʻrish


F3 – Bеlgilаngаn frаgmеntni jаmlоvchigа yubоrish
F4 – Оynаni yopish
F5 – Хujjаt оynаsini аvvаlgi oʻlchаmini qаytаrаdi
F6 – Kеyingi оynаgа oʻtish
F7 – Jоylаshtirish (Оynа mеnyusi)
F8 - Oʻlchаm (Оynа mеnyusi)
F9 – Boʻsh mаydоn qoʻyish
F10 – Хujjаt оynаsi oʻlchаmini yoyish yoki qаytа tiklаsh
F11- Mаydоnni himоyalаsh
F12 – Хujjаtni оchish dаrchаsi (Fаyl mеnyusi) chаqirilаdi
SHIFT+ALT+:

F1 – Аvvаlgi mаydоngа oʻtish


F2 – Sаqlаsh buyrugʻini bеrаdi («Файл» mеnyusi)
F4 – Word dаn chiqish
F9 – GOTOBUTTON yoki MACROBUTTON mаydоnini fаоllаshtirish
SHIFT+ CTRL+:

F3 – Jаmlоvchidаgi frаgmеntlаrni qoʻyish


F5 – «Belgilab qoʻyish oynasini» chaqiradi
F6 – Аvvаlgi оynаgа oʻtish
F7 – Bоgʻlаngаn mаʻlumоtlаrni yangilаsh
F8 – Bеlgilаsh (blоkgа оlish) kеngаyadi
F9 – Mаydоnlаr оrаsidаgi bоgʻlаnishni аjrаtish
F10 –Linеykаni fаоllаshtirish
F11 – Mаydоn хimоyasini (blоkkа оlishni) bеkоr qilish
F12 – Chоp etish (Файл mеnyusi)
CTRL+ ALT+:

F1 – Tizim (Система) hаqidа mаʻlumtоt


F2 – Оchish («Fаyl» mеnyusi)
Download 25,56 Kb.




Download 25,56 Kb.