Mavzu : Sanoat binolari devorlarini loyihalash




Download 3.73 Mb.
Sana17.05.2023
Hajmi3.73 Mb.
#60962
Bog'liq
BI-2 Nodirabegim
Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq

Mavzu : Sanoat binolari devorlarini loyihalash

BI -2 guruh talabasi

Maksudova Nodirabegim

Reja 1. SANOAT BINOLARINING DEVORLARI; 2. YIRIK BETON BLOKLARDAN TERILGAN DEVORLAR; 3. PANELLI DEVORLAR; 4. ASBOTSEMENTLI MATERIALLARDAN ISHLANGAN DEVORLAR.

  • Tashqi va ichki devorlar ularni to’ldirib turuvchi konstruktiv elementlar (deraza, eshik va darvozalar) bilan birgalikda sanoat binolarining vertikal to’siqlari hisoblanadi.
  • Ishlab chiqarish binolari devor konstruktsiyalarini tanlashda quyidagi sharoitlar hisobga olinadi:
  • ichki muhit (ish rejimi);
  • tashqi muhit-qurilish rayoni muhiti;
  • to’suvchi devor ashyosi va konstruktsiyasi;
  •  bino arxitekturasi qurilishi (kompozitsiyasi);
  • texnik iqtisodiy samaradorligi.
  • Isitiladigan binolar tashqi devorlarining qalinligi uni ashyosiga qarab 200mm dan 500mm gacha qabul qilinadi.
  • Konstruktiv talablarga ko’ra sanoat binolari devorlarini yuk ko’taruvchi, o’zini o’zi ko’taruvchi va yuk ko’tarmaydigan (ilingan) devor turlariga ajratiladi.
  • Yuk ko’tarmaydigan (ilingan) devorlar asosan to’siq vazifasini bajarib, o’z og’irligini sinch ustiga to’liq o’tkazib turadi.
  • O’zini ko’taruvchi devorlar esa xususiy og’irligini bino balandligi bo’yicha o’zi ko’tarib va uni poydevor to’singa uzatadi.
  • Ko’taruvchi devorlar karkassiz (sinchsiz) binolarda va nim karkasli binolarda g’isht va bloklardan teriladi. Ular bir yo’lda ham to’suvchi, ham yuk ko’taruvchi devor vazifasini o’taydi. Ular o’z xususiy og’irligini, qavatlararo yopma og’irligini, shamol ta’sir kuchini va transport yuklarini ko’tarib turuvchi elementdir.
  • Ishlab chiqarish binolarida to’suvchi devorlar sifatida yengil betonlarda ishlangan devor panellari keng ko’lamda qo’llaniladi. G’ishtin bloklardan, mahalliy tabiiy tosh hamda boshqa turdagi ashyolardan ishlangan devorlar nisbatan kamroq qo’llaniladi.
  • G’ISHT VA MAYDA BLOKLARDAN TERILGAN DEVORLAR
  •  
  • Bunday devorlarni turar joy binolari devorlariga aynan o’xshash qilib teriladi. G’ishtin bloklar nisbatan kam qo’llanilgan bilan, g’ishtlarga nisbatan ancha qulayliklarga ega bo’ladi.
  • Sanoat binolarida ishlatiladigan bloklarning uzunliklari 3,0m gacha (500mm farqli bilan), balandligi esa 585 va 1185mm va qalinligini esa 250mmdan 640mmgacha qilib tayyorlanadi.
  • Ko’p oraliqli ishlab chiqarish binolarining devorlari qiymati bino umumiy narxining 8-10% ni tashkil etadi, bu ko’rsatkich bir va ikki oraliqli binolarda yana ham katta bo’lishi mumkin.
  • Panel devorlarni keng ko’lamda qo’llash bino narxini tushirish va uni qurishga ketgan vaqtini kamaytirishga olib keladi. Ustun qadamlari 6,0m bo’lgan binolarda uzunligi 6,0m, ustun qadami 12m bo’lgan joylarda esa uzunligi 12m li devor panellari keng ko’lamda ishlatilmoqda. Binoda joylashgan o’rniga ko’ra panellarni qator paneli, deraza oralg’i paneli, ravoq paneli kabi turlarga ajratiladi.
  • Hozirgi kunlarda devor panellarini oddiy va yengil betonlardan tayyorlanadi va ularni bir necha seriyalari mavjud bo’lib - 1,432_5: 1,432_6 va hokazo kabi belgilanadi.
  • Isitilgan bino devori panelining qalinliklari 160, 200, 240 va 300 mm bo’lib, bu yerda 160mm qalinlikdagi panel faqat ilingan devorlarda bo’ladi. Panel balandligini odatda 1200, 1800mm, tomidan atmosfera suvlarini bino tashqarisidan tushirib yuboriladigan binolarda esa panel balandligini 900 va 1500 mm qilib olinadi.
  • Parapet panellari balandligi 900 va 1800mm ga teng bo’ladi.
  • Isitilmagan binolarda qovurg’ali hamda serqovurg’ali yig’ma temirbeton panellari qo’llaniladi. Ularni uzunligi 5980 va 11970mm, balandligi 1185 va 1785mm, qovurg’alari balandligini ustunlar qadami 6,0 bo’lganda 120mm va ustunlar qadami 12m bo’lganda esa 300mm qilib olinadi.
  • Panellar sinfi V25 va V30 bo’lgan betonlardan tayyorlanadi.
  • Asbotsement ashyolaridan tayyorlangan devorlar isitilmaydigan devorlarda ortiqcha issiqlik ajratilishi hamda portlash havfi bor bo’lgan sanoat jihozlari joylashtirilgan ishlab chiqarish binolarida qo’llaniladi.
  • Sanoat binolari devorlarida to’lqinsimon listlarni bir necha turi ishlatiladi. misol uchun listlarni “VU” turi uzunligi 1750mm dan 2800mm gacha, eni 994mm hamda “UV-7,5” – uzunligi 1750mm dan 3300mm gacha, eni 1125mm bo’lgan va shularga o’xshash boshqa turdagi listlar ishlatiladi. Bunday listlarni ustunlarga payvandlangan rigellarga mahsus qotirgichlar yordamida (PK – 1 va PK - 3) mahkamlanadi. Rigel ashyolari temir betondan yoki po’latdan ishlangan bo’lishi mumkin.

Download 3.73 Mb.




Download 3.73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu : Sanoat binolari devorlarini loyihalash

Download 3.73 Mb.