Mavzu : XX asrning 80-90- yillarda aqsh




Download 106 Kb.
Sana26.05.2022
Hajmi106 Kb.
#22035
Bog'liq
AQSH 80-90 yil
Ahamoniylar, Matematik savodxonlik, MAVZU, Hamidov Begzod Abdiboqi o`g`li, 13, Бино ва иншоотларнинг номи, Сурхондарё вилояти Қўриқлаш бошқармаси бошлиғининг 2023 йил 07 январ кунидаги 2, 1489738009 65863, SANOATDA FOYDALI QAZILMALARNI VA ASOSIY MINERALLARNI QO`LLANILISHI., 111, «Zarbulmasal», Mektepki shekemgi jastaǵı balalarǵa huqıqiy tálim beriw, 16-mavzu, Документ Microsoft Office Word (2)

Mavzu : XX asrning 80-90- yillarda AQSH
REJA :
1. Ronald Reygan davridagi inqiroz
2. Katta Jorj Bushning prezidentlik davri
3. Bill Klintonning “ New Liberalism “ siyosati. Barak Obama davri

KIRISH. AQSH davlati O‘zbekiston Respublikasi bilan davlatlararo aloqalarni mustaqillikning dastlabki yillaridayoq yo‘lga qo‘ydi. 1992 yil 15–16 fevral kunlari AQSH davlat kotibi Jeyms Beyker O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi va ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda birinchi bo‘lib AQSHning elchixonasi ochildi. 1993-yil 14 sentabrda AQSH Davlat departamentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Strob Talbot O‘zbekistonga kelib, O‘zbekiston Prezidenti bilan hamkorlik qilish masalalarida suhbatlashdi. 1993 yil 6 aprelda AQSH Mudofaa vaziri Uilyam Persi yurtimizga keldi, O‘zbekistonning NATO “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” Dasturida ishtiroki muhokama qilindi. AQSH Armiyasi o‘quv-mashq markazida bo‘lib o‘tgan tinchlikni ta’minlash maqsadidagi harbiy mashqlarda O‘zbekiston Qurolli
Kuchlari vzvodi ishtirok etdi. O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasida sarmoyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish, ikki yoqlama soliq olmaslik to‘g‘risida Shartnomalar tuzildi. Toshkent–Nyu-York o‘rtasida bevosita havo yo‘li ochildi.
O‘zbekistonda 1996 yil boshlarigacha amerikalik sarmoyadorlar ishtirokida 200 ta O‘zbek–Amerika qo‘shma korxonalari tashkil topdi va faoliyat ko‘rsatdi. Bular orasida Navoiy viloyati Zarafshon vodiysidagi Muruntovda AQSHning “Nyumont Mayning” korporatsiyasi bilan hamkorlikda tog‘ jinslaridan oltin va kumush ajratib oluvchi “Zarafshon–Nyumon” qo‘shma korxonasi bor. Amerikaning 28 ta kompaniya, firma va banki Toshkentda o‘z vakolatxonalarini ochdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov boshliq davlat delegatsiyasining 1996 yil 23–28 iyun kunlari AQSHda bo‘lishi O‘zbekiston va AQSH munosabatlarini yangi pog‘onaga ko‘tardi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish, tomonlar manfaatiga daxldor bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik masalalari muhokama etildi. 1996 yil 25 iyun kuni O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov 2002 yil 11–14 mart kunlari AQSHga rasmiy tashrif bilan bordi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida O‘zbekiston rahbariga ko‘rsatilgan e’tibor, alohida hurmat Prezident Jorj Bush bilan muloqotdan boshlandi. AQSH davlat rahbari bu uchrashuvga ulkan ahamiyat berishini namoyish etgan holda, suhbatga AQSHning oliy darajadagi
rahbarlari, ministrlarni ham taklif qildi va uchrashuv g‘oyatda samimiy, do‘stona vaziyatda o‘tdi. Prezident J. Bushning: “Hamma bilib qo‘ysin, biz O‘zbekiston bilan endi strategik sherikmiz”, deb aytgan so‘zlari, shunchaki, lutf emas, balki ko‘p yillik sinovlardan o‘tgan, bugun shartnomaviy hujjatlar bo‘lib muhrlangan munosabatlarning ifodasi edi.1


Amerikaning mustaqil davlat sifatida yuksaklikka intilish omillarini o‘rganish foydadan xoli emas. Amerikaning ham ijtimoiy, ham iqtisodiy jabhalarda shunchalik yuksaklikka erishgani tasodifiy emas. Buning ob’ektiv – inson irodasiga bog‘liq bo‘lmagan, sub’ektiv – inson irodasiga bog‘liq bo‘lgan omillari bor. Birinchi guruh omillar haqida gap borganda, AQSH hududining kattaligi – maydoni 9,3200 kvadrat kilometr bo‘lib, Yevropa qit’asiga teng, jug‘rofiy sharoiti qulay (Tinch va Atlantika okeanlari ikki tomondan o‘rab olgan), iqlim sharoiti mo‘’tadilligi, xususan, yog‘in-sochinning yetarli miqdorda ekanligi, qazilma boyliklar, daryo, ko‘l, o‘rmonlar mavjudligi, yerlarining serhosilligi va boshqalarni aytish mumkin. Rossiya bilan qiyoslangudek bo‘lsa, AQSH shimoliy qismining tabiiy sharoiti Qora dengiz bo‘yinikiga muvofiq keladi, Rossiya sharoitining 30 foiziginasi AQSHnikiga o‘xshash. Bu yerda g‘o‘za maydonlarining asosiy qismida sug‘orilmay paxta yetishtiriladi, binobarin, sarf-xarajat ozligi tufayli samaradorlik yuqori. AQSH iqtisodiyoti ildam rivojlanishining eng muhim jihatlari ikkinchi guruh omillarga tegishli bo‘lib, uning ravnaqini, avvalo, Yevropadan ko‘chib kelganlarning zakovati, ilmi, mehnati ta’minladi. Amerikadagi mavjud qulay imkoniyatlar ishchi kuchiga muhtoj edi, shu tufayli nisbatan yuqori ish haqi to‘landi va mashina-mexanizmlarga alohida e’tibor berildi. Xorijdan bu yerga ko‘chib keluvchilar tobora ko‘payib bordi. Agar XIX asrda Yevropa aholisi 2 marta o‘sgan bo‘lsa, AQSH aholisi 14 baravar ortganligi fikrimiz dalilidir. Hozir ham Amerikaga yiliga o‘rtacha 700 ming aholi ko‘chib keladi. 1782 yili fransuz agronomi va sayyohi Gekteor Sen Jen de Krevekor “Amerikalik kim o‘zi?” degan savolga shunday javob keltirgan: “U yo yevropalik, yoki yevropalikning avlod-ajdodi bo‘lib, turli qonlarning g‘aroyib qorishmasidirki, bunday holatni boshqa biron mamlakatda uchratmaysiz... Men shunday oilani misol sifatida keltirishim mumkinki, unda buva – ingliz, buvi – golland, o‘g‘li fransuz ayolga uylangan, nevaralari esa boshqa millat vakillariga uylangan yoki turmushga chiqishgan. Ko‘chib keladiganlar, asosan, Yevropadan bo‘lib, ularning aksariyati sog‘lom, bilimli, ishbilarmon, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ygan, qiyinchiliklarni yengishga qodir bo‘lgan turli millat yoshlaridir. Demak, amerikaliklar turli millat va xalqlarning qorishmasidan iborat. Ammo ular yagona ingliz tili asosida yagona davlat, – Vatan tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan g‘oya uchun kurash olib borib, shu tufayli katta yutuqqa erishdilar”. Erkin bozor munosabatlariga asoslangan demokratik o‘zgarishlarning amalga oshirilishi shu yutuqlarning muhim omili bo‘ldi. Erkin, demokratik xususiy tadbirkorlik kayfiyati doimo ustun bo‘lgan. Yutuq har bir shaxsning harakati o‘laroq yuzaga kelgan, shu sababli shaxsiy rag‘bat har vaqt birinchi o‘rinda bo‘lgan. Xalq xo‘jaligi rivojlandi, ayniqsa transport, temir yo‘llar rivoji taraqqiyot asosi bo‘ldi, mamlakatning Atlantika okeani bilan Tinch okean oralig‘ini bog‘lovchi temiryo‘li barpo etildi. Mamlakat iqtisodiyotida ichki yonish dvigateliga asoslangan avtomobil sanoati alohida o‘rinni egallaydi. Genri Ford 1913-yili bu sohada konveyer usulini ilk bor amalda qo‘lladi, natijada mehnat taqsimoti takomillashdi, bu esa mehnat unumdorligi oshishini miqdor va sifat jihatdan yaxshilanishini ta’minladi; yuqori ish haqi belgilandiki, bunda ishchilar o‘zlari ishlab chiqargan mashinani xarid etishga qodir bo‘ldi. Yirik ishbilarmonlar Guld, Morgan, Endryu Karnegi, Rokfeller, Ford va boshqalar barchaga o‘rnak bo‘ladigan usulda ish yuritishdi. Iqtisodiyotning bunday rivoji nihoyatda to‘g‘ri olib borilgan ichki va tashqi siyosat mahsuli ekanligini alohida aytib o‘tish joiz, zero, rivojlanish doimo ilgarilab, ravon bormagan. Iqtisodiy inqirozlar Amerikani ham chetlab o‘tmadi. Ayniqsa 1929–1934 yillardagi buyuk inqiroz mavjud siyosatni o‘zgartirishni taqozo etdi. Agar ilgari, asosan, erkin xususiy ish yuritilgan va mamlakat yalpi mahsulotining aksariyat qismi xususiy mulkka tegishli bo‘lsa, F. D. Ruzvelt Prezidentlik qilgan yillarda (1933–1945) muhim ijobiy o‘zgarishlar, iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Xususan, yo‘l qurilishi, qishloq xo‘jaligi, bank, ijtimoiy muhofaza va xalq farovonligiga alohida e’tibor berildi, davlat bu sohalarga ko‘proq sarmoya ajratdi. Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari davrida Amerikada olib borilgan siyosat yaxshi natija berdi, harbiy soha rivoji mo‘may daromad manbaiga aylandi: Yevropa oltin zaxirasi Amerikaga “yo‘l oldi”. Amerikaliklarning boshqalardan muhim farqi shundaki, ularda sharoit taqozosi tufayli zaruriy o‘zgarishlar, islohotlar, sharoitga moslashuv tez amalga oshiriladi. Masalan, yuqorida aytib o‘tilgan buyuk inqiroz davrida ishsizlar 17320 million kishini tashkil etdi, mamlakat iqtisodiyotining 50 foizi inqirozga uchradi. Shunda aholini ijtimoiy himoya qilish zarurati keskinlashib, bu ish darhol amalga oshirildi. Shuningdek, 70- yillarda neft inqirozi ro‘y berib, federal hukumat o‘tkazgan siyosat talabga javob bermay qoldi. Bunday tanglikni bartaraf etish uchun 1980 yili Ronald Reygan bir qancha soliqlarni qisqartirib, xususiy tadbirkorlikka keng imtiyozlar berdi. Shundan buyon yillik inflyatsiya 5 foizdan past darajada saqlab kelinmoqda. XX asr o‘rtalarigacha sanoat, xususan, og‘ir sanoat, keyingi davrlarda esa xizmat ko‘rsatish sohasi (savdo-sotiq, transport, aloqa, informatika, turizm va boshqalar) yetakchi bo‘lib qoldi. Ayniqsa, kompyuterlashtirish, kosmanavtika, eksport sanoati muntazam rivojlanmoqda. Umuman, XXI asr informatika asri bo‘lishiga shakshubha yo‘q. Bu yerda fermerchilikka asoslangan qishloq xo‘jaligida aholining oz qismi band bo‘lsa-da, ammo unumdorlik va samaradorlik nihoyatda yuqoriligi tufayli mamlakat qishloq xo‘jaligi mahsuloti bilan to‘la ta’minlangan va xorijga ham ko‘plab chiqariladi. Masalan, Amerikada paxtachilik yuqori darajada rivojlangan bo‘lib, unga jahon paxta tolasi eksportining 30 foizi, O‘zbekistonga esa 20 foizi to‘g‘ri keladi. Nufusi dunyo aholisining atigi 5 foizini tashkil etgan Amerika jahon bo‘yicha yetishtirilayotgan mahsulotning salkam to‘rtdan bir qismini ishlab chiqarmoqda. Amerikada “Har bir inson – ishbilarmon” degan shior bor. Ma’lumotlarga qaraganda, bu yerda 20 millionga yaqin firma bo‘lib, jumladan, 13,5 millioni ijaraga olingan yakka mulkdorchilik, 1,8 millioni sherikchilik asosida va 4,2 millioni korporatsiya tariqasida ish yuritadi. Firmalarning aksariyati kichik bo‘lib, yiliga 100 ming dollardan kamroq biznes kirimiga ega. Kichik va o‘rta biznes muhim o‘rin egallaydi, chunki bu sohada ishlovchilar soni katta biznesdagilarga deyarli teng. So‘nggi davrda vujudga kelgan yangi ish joylarining 60 foizi kichik biznes korxonalaridadir. XX asrning 80- yillarida AQSHda kichik biznes korxonalari 7 millionga ko‘paydi. Ayniqsa, amerika ayollarining yakka mulkchilik asosidagi biznes korxonalari yil sayin ko‘paymoqda: 1977 yili ular soni 1,9 million bo‘lsa, 2002 yilda 4,4 millionga yetdi. Yakka mulkchilik bir shaxs egaligida boshqariladigan firma bo‘lib, uning ravnaqi yoki inqirozi butkul o‘sha shaxsning o‘ziga bog‘liq. Buning afzal tomoni shundaki, mulk sohibi birov bilan kelishmay, tezkor va qat’iy qaror qilishi mumkin. Korporatsiyaga nisbatan kamroq soliq to‘laydi. Darvoqe, kichik biznes, odatda, yangi mahsulot yoki xizmat turi yaratilishining boshlang‘ich nuqtasidir. Aytaylik, shaxs biror g‘oyani amalda tatbiq etishga urinadi. Agar ishi baroridan kelsa, biznesi rivoj topadi yoki mahsulotni kattaroq firma sotib olishi mumkin. Kichik biznes kishining tajribasini orttiradiki, bu hol keyinchalik kattaroq miqyosda qo‘l kelishi, ixtisoslashgan mahalliy ehtiyojlarni qondirishga yaxshi moslashishi mumkin. Ommaviy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar didiga ma’qul kelmagan iste’molchilarga hunarmandlar o‘zlari tayyorlagan mahsulotlarni, xizmat turlarini taklif etishlari mumkin. Aksari kichik biznes katta biznes miqyosiga yetib, davlatning iqtisodiy qudrati ortirishiga hissa qo‘shadi. Amerikada joriy etilgan texnik yangiliklarning 55 foizi kichik va o‘rta biznes sohalariga mansubdir. Darhaqiqat, kichik tadbirkorlik mamlakat iqtisodiyotiga kuch bag‘ishlab, ijodkorlik va raqobat muhitining muhim qismi sanaladi.

R. Reygan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda davlat rolini oshirish, xususiy tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag‘batlantirish dasturini ilgari surdi. U, shu bilan birga, kambag‘allarga yordam ko‘rsatish ishlariga ajratiladigan davlat mablag‘larini keskin qisqartirish, kasaba uyushmalari faoliyatini cheklab qo‘yish, Sovet Ittifoqiga nisbatan qattiqqo‘llik bilan siyosat yuritishni maqsad qilib oldi. Reyganning bu qadami omma ko‘pchiligi ko‘zi o‘ngida mamlakat boshqaruv doiralari strategiyasida o‘ng tomonga burilish ro‘y berganidan dalolat berardi. Bu ichki siyosatda o‘ngga qarab yoki konservativ burilish ellik yildan ortiqroq davom etayotgan juda katta va ko‘pincha o‘zini oqlamagan xarajatlarga majbur qiluvchi eski davlat boshqaruv tizimidan amerikaliklarning norozi ekanliklarini ko‘rsatdi. Shuning uchun ham Reyganning tobora chuqurlashayotgan inflyatsiya va ishsizlik muammolarini, “davlat yukini xalq yelkasidan olib tashlash” va davlat boshqaruvidagi byurokratik usulni tugatish haqidagi va’dasi alohida ahamiyat kasb etdi. Reyganning ijtimoiyiqtisodiy dasturi “reyganomika” nomi bilan mashhur bo‘ldi. Reygan ma’muriyati o‘zining asosiy maqsadlari qilib 80- yillar boshida iqtisodiyot uchun asosiy to‘siq bo‘lgan inflyatsiyani jilovlashni, AQSHning ilmiy-texnik salohiyatini oshirishni, iqtisodiyot tuzilmasini qayta qurishni, dunyo bozoridagi raqobatchilik mavqeini kuchaytirishni ko‘zda tutdi. Bu maqsadlarga erishishning quyidagi yo‘llari taklif qilindi: davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash va bozor iqtisodiyoti asoslarini har tomonlama rag‘batlantirish; keyinchalik iqtisodiyotga sarmoya kiritish uchun aholi jamg‘armalarini oshirish; ijtimoiy harakatlar, ya’ni ishsizlar va nogironlar nafaqalarini, tibbiy yordam va boshqalarni kamaytirish orqali federal hukumat xarajatlarini cheklash; federal budjet tanqisligini kamaytirish. Reygan o‘zidan oldingi Prezident Karter davridayoq boshlangan iqtisodiy tushkunlikni bartaraf etishga, inflyatsiya va ishsizlikni qisqartirishga, daromad solig‘ini pasaytirishga, iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirishga, norozilik harakatlarini jilovlashga erishdi. Bu va ba’zi boshqa omillar unga 1984 yildagi Prezident saylovlarida ikkinchi marta g‘alaba qozonishga imkon berdi. Reygan tashqi siyosatni ham ustakorlik bilan olib bordi.


Yaqinlashayotgan sovet tahdidi haqidagi tashviqotdan vahimaga tushgan ko‘pchilik amerikalik saylovchilar uchun Reyganning hokimiyat tepasida qolishi ayni muddao bo‘lgan edi. Go‘yoki AQSHning raketayadro sohasida SSSRdan orqada qolayotganligi haqidagi shov-shuvlar Reygan ma’muriyatiga qo‘l keldi. Reyganning bu boradagi zaiflikka chek qo‘yish to‘g‘risidagi shiori alohida jozibadorlik kasb etdi. Sovet Ittifoqini “Yovuzlik imperiyasi” deb atagani holda, Reygan uni holsizlantirish va to‘xtovsiz davom etayotgan qurollanish poygasiga jalb qilib, iqtisodiy jihatdan zaiflashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganini e’lon qildi. Reyganning hokimiyat tepasiga kelishi bilan, Sovet–Amerika
munosabatlarining yanada keskinlashuvi kuzatildi, qurollanish poygasi yangi yuksakroq darajaga ko‘tarildi. Harbiy xarajatlar 1979–1980 moliyaviy yilda 134 mlrd dollardan Reygan Prezidentligining oxiriga kelib 291 mlrd dollarga ko‘tarildi. Uning davrida “Yulduzli janglar” deb nomlangan “strategik mudofaa tashabbusi” o‘ta qimmat tadqiqot dasturi sifatida amalga oshirila boshlandi. Unda fazoviy joylashish elementlariga ega bo‘lgan keng miqyosdagi raketaga qarshi mudofaa (RQM) tizimini yaratish ko‘zda tutilgan edi. Uni amalga oshirish uchun milliardla dollar ajratildi. Ammo keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bu dasturning ko‘pgina
qismlari yetarlicha hisoblab chiqilmaganligi va shuning uchun uni amalga oshirish amrimahol ekanligi ayon bo‘ldi. Reygan Prezidentligining ikkinchi davrida AQSH boshqaruv doiralarining tashqi siyosiy strategiyasida navbatdagi realizmga yuz tutish va SSSR bilan munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan burilish kuzatildi.
Bunga bir qator omillar, eng avvalo, SSSRda 1985 yildan boshlab AQSH bilan munosabatlarni yaxshilashga, “yangicha fikrlash”ga asoslangan M. S. Gorbachev boshchiligida yangi rahbariyatning hokimiyatga kelishi sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, AQSH boshqaruv doiralari tomonidan qurollanish poygasini kuchaytirish strategiyasining istiqboli yo‘qligini, yadro urushida g‘oliblarning bo‘lmasligini
tushunib yetishlari ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1986-yil oktabrda Reykyavikdagi SSSR va AQSH davlat boshliqlarining uchrashuvi Sovet–Amerika munosabatlaridagi keskinlikni yumshatish yo‘lidagi muhim voqea bo‘ldi. Barcha hayotiy muhim masalalardagi kelishmovchiliklarning mavjudligiga qaramasdan, ikkala tomon strategik qurollar hamda o‘rta masofadagi raketalar borasida kelishib oldilar. Bu kelishuvlar o‘zaro javobgarlikka asoslangan shartnomalar darajasiga ko‘tarilmagan bo‘lsada, Reykyavikdagi uchrashuv yadro qurollarini qisqartirish uchun kurashni yangi bosqichga olib chiqdi va sifat jihatdan yangi xalqaro
vaziyatni yuzaga keltirdi. Sovet–Amerika munosabatlarining yaxshilanishida eng muhim va ko‘zga ko‘ringan voqea M. S. Gorbachevning 1987 yil dekabrida AQSHga tashrifi bo‘ldi. Tashrif davomida ikki mamlakat rahbarlari “O‘rta va qisqa masofaga uchiriladigan yadro raketalarini tugatish to‘g‘risida”gi Shartnomani imzolashdi. Shartnomada AQSHning G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida va, o‘z navbatida, SSSRning g‘arbiy mintaqalarida joylashtirilgan bu turdagi barcha raketalarni tugatish ko‘zda tutilgan edi.R. Reygan ma’muriyati siyosatidagi ijobiy siljishlar Respublikachilar partiyasiga 1988-yilda navbatdagi Prezident saylovlarida osongina g‘alabani qo‘lga kiritishga imkon berdi. Amaldagi Prezident omma orasida katta obro‘ga ega edi, faqatgina AQSH Konstitutsiyasi mezonlari uning uchinchi muddatga saylanish imkonini bermasdi. Shuning uchun 1988 yilgi Prezident saylovlarida Amerikaning urushdan keyingi davrdagi tarixida birinchi marta Vitse-Prezidentlikdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Prezidentlikka Katta J. Bush saylandi. U AQSHning 41- Prezidenti edi. U AQSHning Ikkinchi jahon urushida qatnashgan oxirgi Prezidenti edi. U o‘zining uzoq muddatli siyosiy faoliyatida katta tajriba ortirgan edi. Bush AQSHning BMTdagi vakili, Xitoydagi elchisi va MRB (SRU) direktori lavozimida ishlagan edi. Bushning Oq uyga dastlab Vitse-Prezident, keyinchalik mamlakat rahbari sifatida kelishi Qo‘shma Shtatlar yuqori doiralarining siyosatiga katta ta’sir ko‘rsatgan dunyodagi ulkan voqealar davriga to‘g‘ri keldi. Gap “sovuq urush”ning tugashi, yadro urushi xavfining kamayishi, SSSR va sotsialistik hamdo‘stlikning barham topishi, Germaniyaning qo‘shilishi, Isroilning arab mamlakatlari bilan ochiq muzokaralar olib borishining boshlanishi, hozirgi dunyo siyosiy xaritasidagi o‘zgarishlar haqida boryapti. Sovet Ittifoqiday harbiy-siyosiy jihatdan eng qudratli raqibning dunyo siyosiy sahnasini tark etishi AQSH rahbarlari uchun ulkan voqea edi. Endi ularning fikricha, AQSH yagona va umume’tirof etilgan dunyoviy yo‘lboshchiga aylanadi va AQSH boshchiligida yagona qutbli dunyoviy tuzum vujudga keladi, degan xomxayollar chulg‘ab olgan edi. Mamlakatda iqtisodiy qiyinchiliklar va budjet tanqisligining kuchayib borishi davrida respublikachilar ma’muriyati oldida vujudga kelgan yangi tashqi siyosiy imkoniyatlar istiqbolli edi. J. Bush o‘zining keng siyosiy tajribasiga tayangan holda, AQSHning mudofaasini kuchaytirish va dunyo sahnasida ochilgan yangi imkoniyatlardan samarali foydalanishni o‘z oldiga maqsad qilganini e’lon qildi. J.Bush Prezidentligi ichki siyosatining boshlanishi mamlakatda kredit tizimidagi inqirozning boshlanishi bilan bir davrga to‘g‘ri keldi. Bush ma’muriyatining bir qator jamg‘arma muassasalarini tugatish va 1989 yilda moliyaviy institutlarni isloh qilish to‘g‘risida qabul qilingan qonunga tayanishga bo‘lgan urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Federal depozitlarni sug‘urta qilish zarurati natijasida budjet xarajatlarining keskin oshi. 1991-yilda boshlangan iqtisodiy pasayish keyinchalik budjet tanqisligining oshishiga olib keldi va Prezident Reyganning konservativ moliyaviy dasturini davom ettirish haqidagi saylovoldi va’dasidan voz kechishga majbur qildi. Katta J. Bush ma’muriyati tezda soliqlarni oshirish, ijtimoiy ehtiyojlarga ajratilgan mablag‘ va qisman harbiy xarajatlarni kamaytirishga majbur bo‘ldi. Soliq siyosati tubdan qayta ko‘rib chiqildi, katta daromadli shaxslardan soliq olishdagi bir qator cheklashlar bekor qilindi. Shu bilan bir vaqtda, kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ma’muriyat ixtiyoridagi soliq vositalari, eng avvalo, soliq imtiyozlarining egiluvchan tizimi kabi davlat tomonidan tartibga solish turi orqali erkin savdoni ta’minlash dasturi ishlab chiqila boshlandi. Prezident bu dasturni amalga oshirishga erisholmadi. U davlat xarajatlarining yangi moddalarini joriy qilishning iloji yo‘qligi sababli qiyin vaziyatga tushib qoldi. Shundan keyin u homiylikni rag‘batlantirish va kengaytirish bo‘yicha katta ishlarni boshladi. Shu sababli uning ma’muriyati bir qator zarur bo‘lgan mablag‘larni homiy tashkilotlar va shaxslardan olib, tabiatni muhofaza qilish va boshqa shu kabi sohalarga sarfladi. Respublikachilarning tashqi siyosati ancha muvaffaqiyatliroq edi. Bush ma’muriyatining Amerika qit’asidagi faoliyati AQSHda ma’qullandi va qo‘llab-quvvatlandi. 1989 yil dekabrda generalM. A. Norchegi rejimini ag‘darish va saylangan hukumatni qo‘llabquvvatlash maqsadida AQSH qo‘shinlari Panamaga kiritildi. G‘arbiy yarim shar mamlakatlarining iqtisodiy hamkorligi rivojlandi. 1990 yilda “Umumamerika tashabbusi” – qarzlarni o‘zaro hisoblash va kelishuv qatnashchilari o‘rtasida bojxona to‘lovlarini bekor qilish yo‘li bilan Amerika davlatlari iqtisodiyotiga investitsiya (sarmoya) kiritish va savdoni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘zining amaliy bosqichiga o‘tdi. AQSH, Kanada, Meksika o‘rtasida erkin savdo munosabatlari to‘g‘risida Shimoliy Atlantik kelishuvini qabul qilish to‘g‘risidagi muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tdi. J.Bush xalqaro keskinlikni yumshatish va “sovuq urush” asoratlarini bartaraf etish siyosatini olib bordi. Uning SSSR rahbari M. Gorbachev bilan birinchi uchrashuvi 1989 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tdi. AQSH tomonidan taklif qilingan va 21 banddan iborat bo‘lgan Sovet–Amerika munosabatlarini rivojlantirish dasturi deyarli to‘la qabul qilindi. Keyinchalik, SSSR parchalanib ketgach, Rossiya Federatsiyasi rahbarlari bilan bo‘lgan bir qator uchrashuvlarda ikkala mamlakat munosabatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan bir qator bahs-munozarali masalalar AQSH foydasiga hal qilindi. AQSH tomoni SSSRning jahon iqtisodiyotiga to‘liq qo‘shilishiga yordam berajagini va’da qildi. Ayni paytda, G‘arbiy Yevropadan sovet va Amerika qo‘shinlarini qisman chiqarish, qurollanishni nazorat qilish va Yevropada xavfsizlikning yangi tizimini yaratishda YEXHK (1975 y.) rolini oshirish haqida muzokaralar olib borildi. AQSH ma’muriyatining faol ishtiroki ostida Sharqiy va G‘arbiy Germaniyaning qo‘shilishi masalasi muhokama qilindi. Ko‘p tomonlama olib borilgan muzokaralar natijasida 1990 yil 12 sentabrda Moskva shahrida Shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, SSSR NATOning to‘la huquqli a’zosi sifatida yagona Germaniyani tuzishga rozilik bildirdi. 1990–1991 yillardagi muzokaralar natijasidaYevropadagi Qurolli Kuchlarni hamda oddiy va strategik hujumga mo‘ljallangan qurollarni keng miqyosda qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomalar tuzildi. 1991 yil 11 sentabrda AQSHning 41- Prezidenti o‘zining “Yangi dunyo tartibi” mavzuidagi nutqini Amerika xalqi e’tiboriga havola qildi. Bu nutqida insoniyat kommunizm va u tug‘dirgan dahshatli xavf – yadro urushi tahdididan qutulgani, ana endi tom ma’nodagi “yangi dunyo”ni barpo etish imkoniyati tug‘ulgani to‘g‘risida gapirdi. Bushning fikricha, odamlar oxir-oqibat demokratiya eng ma’qul boshqaruv usuli ekanini tushunib yetishdi. AQSH hukumati 1990 yilda Quvaytga hujum uyushtirgan Iroqqa qarshi G‘arb davlatlari koalitsiyasini tuzdi va uning ustidan yengil g‘alaba qozondi. SSSRning tugatilishi va MDHning tashkil topishi jahon siyosiy xaritalarini o‘zgartirib yubordi. AQSHda yangi sharoitda yagona “qudratli davlat” ekanliklarini uqtirish boshlandi. Bu okean ortida siyosat borasida istalgan fikrni olg‘a surish kayfiyatini keltirib chiqardi. Bu tendensiya ko‘proq AQSHning Iroqqa qarshi davlatlar koalitsiyasida bosh harbiy kuch sifatida maydonga tushib, oz talofat bilan Fors ko‘rfazidagi 1991 yilgi jangda g‘olib chiqanligiga asoslanardi. Ma’lumki, Xitoyda 1989-yildagi talaba yoshlarning tinchlik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ularga qarshi hukumat shafqatsizlik bilan choralar ko‘rdi, ko‘plab kishilar halok bo‘ldi, turmalarga tashlandi. J.Bush hukumati Xitoy voqealariga aralashmadi. Inson huquqlarining buzilishga qarshi choralar, ya’ni iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llamadi. O‘z navbatida, bu J.Bush ma’muriyatiga nisbatan AQSHda keng jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi. 1992 yilda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlarida respublikachilar mag‘lubiyatga uchradi. Demokratlar respublikachilarning qiyinchiliklaridan ustalik bilan foydalana oldi va Demokratlar
partiyasi vakili Uilyam Jefferson Klinton Oq uy xo‘jayiniga aylandi. Uning g‘alabasini ta’minlagan eng muhim omillardan biri shu ediki, u demokratik partiyaning qiyofasini tubdan o‘zgartirdi, mamlakatda tub demokratik islohotlarni o‘tkazishni va’da qildi. “Reyganomika”ning mafkuraviylashgan prinsiplaridan voz kechgan Klinton o‘z partiyasining an’anaviy shiorlaridan uzoqlashishni afzal ko‘rdi. Klinton respublikachilarning bir qator mashhur shiorlari, jumladan, federal budjetni muvozanatga keltirish majburiyatini o‘zlashtirib oldi. Markazlashgan siyosatga tayangan holda, demokratlar, umuman olganda, mamlakat ijtimoiy va iqtisodiy hayotida davlat aralashuvi tizimi asoslarini yaratgan Ruzvelt-Kennedi an’analariga sodiq qoldi. Klinton yangi “iqtisodiy falsafa” yo‘lini e’lon qildi. Bunda davlatning sotsial funksiyasi to‘la saqlanadi, ammo u taqchilliksiz moliyalash yo‘li bilan amalga oshirilishi kerak edi. Ayni paytda, Klinton va uning tarafdorlari fuqarolarning shaxsiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, bozor prinsiplarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va shunga o‘xshash sohalarni isloh qilish to‘g‘risida va’dalar bilan chiqdi. Klintonning eng muhim shiorlaridan biri AQSHning dunyo miqyosidagi peshqadamligini ta’minlash uchun iqtisodiyotning gullab-yashnashi va ichki barqarorlikka erishishga da’vat qilishdan iborat edi. Bu vazifani amalga oshirishda asosiy rol davlatga topshirildi, davlat esa bozorni to‘ldiradi, erkin raqobat qoidalarini belgilaydi. Klinton ma’muriyatining iqtisodiy strategiyasi byudjet taqchilligini kamaytirish, odamlarga sarmoya orttirish, xorijiy bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan edi. Klinton ma’muriyati avval iqtisodiyotni barqarorlashtirishga, keyin uni barqaror rivojlantirishga erishdi, bu esa, o‘z navbatida, ish o‘rinlarining keskin oshishiga, inflyatsiyaning qisqarishiga,
aholining xaridorlik qobiliyatining yaxshilanishiga olib keldi. Bu va bir qator boshqa omillar Klintonga 1996-yildagi saylovlarda yana g‘alaba qilishga imkon berdi. Klintonnning ikkinchi muddatdagi Prezidentlik davrida bir qator shov-shuvli gaplar tarqaldi va sal bo‘lmasa, uni impichmentga, ya’ni sud aralashuvi bilan Prezidentlik lavozimidan chetlatishga olib kelish xavfini tug‘dirdi. Ikki Prezidentlik muddatida B. Klinton harbiy xarajatlarni ancha qisqartirdi hamda bir qator ijtimoiy dasturlarning samaradorligini oshirishga erishdi. Shu yo‘l bilan sotsial ta’minotga qaratilgan xarajatlarni isloh qilish yo‘lini tutdi. Hukumat
tepasida demokratlar turgan vaqtda, AQSHda 20 million yangi ish o‘rinlari yaratildi. 1998 yildan boshlab Qo‘shma Shtatlar ijobiy (musbat) budjet saldosiga erishdi. Bir necha o‘n yilliklar davomida ilk bor federal hukumat daromadlari xarajatlardan osha boshladi. B. Klinton 2000 yil 27 yanvardagi mamlakatdagi vaziyat to‘g‘risida Konressga yo‘llagan maktubida sarmoyalarni yaqin o‘n besh
yil davomida milliy qarzlarni to‘lashga sarflashni taklif qildi. Klinton ma’muriyatining iqtisodiyotdagi muhim yutug‘i pulning qadrsizlanish jarayonini ikki baravarga sekinlashtirishga erishigani bo‘ldi, bu amerikaliklarning yuqori darajadagi turmush tarzini saqlab qolishga imkon berdi. Budjet taqchilligini harbiy xarajatlarni qisqartirish yo‘li bilan bartaraf etishga erishildi. Harbiy maqsadlar uchun mablag‘ ajratish 1998 yilda federal budjetning 16% ini tashkil etdi. Natijada hukumatning ijtimoiy xarajatlari harbiy xarajatlarga qaraganda uch baravar ko‘p bo‘ldi. Hukumat dasturlarida uzluksiz texnalogik inqilobni boshdan kechirayotgan iqtisodiyot sharoitida ishchi kuchlarining yuqori malakaviy darajasini ta’minlaydigan muhim omil – ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratildi. Klinton davrida federal budjet fan sohasidagi barcha xarajatlarning uchdan bir qismini (bu miqdorning yarmini esa fundamental tadqiqotlar uchun) o‘z zimmasiga olgandi. Klinton ma’muriyatining tashqi siyosiy strategiyasi iqtisodiy salohiyatga, samarali harbiy texnika yangiliklariga, televediniye, kino, Internet orqali erishilgan madaniy-axborot sohalaridagi muvaffaqiyatlarga tayangan holda olib borildi va AQSHning “dunyo yo‘lboshchisi” sifatidagi rolini saqlashga asoslandi. 1993 yildan boshlab Shimoliy Amerika mamlakatlari Erkin Savdo Mintaqasi (NAFTA)ni tuzish to‘g‘risidagi kelishuv kuchga kirdi. 1994 yilda AQSH Prezidenti tashabbusi bilan “Amerika qit’asi Erkin Savdo Mintaqasi” (TAFTA)ni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. AQSH Osiyo-Tinch okean iqtisodiy hamjamiyatida faol ishtirok etdi. Yangi “Yevroatlantik bozor”ni yaratish rejalari ishlab chiqildi. Shu bilan birgalikda, harbiy kuchga tayanish AQSH tashqi siyosatining asosiy vositalaridan biri bo‘lib qoldi. 90- yillar boshida Raketaga qarshi mudofaa (RQM – DAR) choralarini rivojlantirish dasturiga e’tibor qaratib, Strategik mudofaa tashabbusi (SMT – SDI)dan voz kechdi. Ammo 1998 yilda Hindiston va Pokistonda yadro quroli, Eron va Shimoliy Koreyada o‘rtacha uzoqlikdagi raketalar sinovining o‘tkazilishi Prezidentning Raketaga Qarshi Mudofaa choralariga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishga majbur qildi. 1999 yilda Klinton harbiy xarajatlarning oshirilishi va harbiy qurollarning yangi turlarini yaratish xaqida gapirdi. 1991-yilning noyabrida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Prezidenti Bill Klinton olmon xalqini va Germaniyani ikkiga bo‘lib turgan “Berlin devori” o‘rtadan olib tashlanganligining 10 yilligi munosabati bilan bir vaqtlar o‘zi ta’lim olgan Jorjtaun universitetida (Kolumbiya okrugi) nutq so‘zladi. Ma’ruza “sovuq urush” siyosatidan keyingi dunyo, Berlin devorining qulashi bois yuz bergan o‘zgarishlar, yangi asr arafasidagi xalqaro umumiy vaziyat hamda Qo‘shma Shtatlarning uchinchi ming yillikdagi eng muhim vazifalariga bag‘ishlandi. Notiq Amerika Qo‘shma Shtatlari manfaatlaridan hamda an’anaviy amerikacha qadriyatlardan kelib chiqqanholda, “yaxlit, barqaror, demokratik Yevropani yuzaga keltirish” borasidagi sa’y-harakatlarni keng sharhladi, amerikalik talabalarga Berlin devoriga o‘xshash temir panjaraga o‘ralib olgan kommunistik dunyodagi haqiqiy ahvolni tushuntirib berishga harakat qildi. Uning fikricha, Amerika yangi asrda ham o‘zining “an’anaviy liderlik maqomini” saqlab qolishi va dunyo ishlariga shu maqomda boshchilik qilishi kerak. Biroq Klintonning tashqi siyosiy faoliyati tanqidiy fikrlarni ham keltirib chiqardi. Uning Rossiya, BMT, Yaqin Sharq mamlakatlari bilan munosabati, AQSH Qurolli Kuchlarining xorijdagi to‘qnashuvlarda qatnashganligi tanqid ostiga olindi. Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) mutaxassislarining fikricha, XX asr oxirida AQSH iqtisodiyotida zo‘riqish alomatlari sezila boshlandi va iqtisodiy inqirozning muqararligi ko‘zga tashlandi.
AQSHda 2000-yildagi Prezidentlik saylovlari fojiali xarakterga ega bo‘ldi. Demokratlar hukmronligi davrida ko‘zga tashlangan iqtisodiy muvaffaqiyatlar ularning nomzodi, Vitse-Prezident Albert Gorning g‘alabasiga umid uyg‘otdi. Respublikachilar ham g‘alaba ishtiyoqida edilar. Ular jamiyatning an’anaviy qadriyatlarini himoya qilish shiori ostida saylovchilarni o‘zlari tomon og‘dirish
uchun hamma imkoniyatlarni ishga soldilar. O‘zlarining saylovoldi dasturlarida respublikachilar B.Klinton qo‘llagan tajribani ishga soldilar. Bunda ular demokratlarning ba’zi shiorlarini o‘zlashtirib va markazlashgan yondashuvga tayanib, demokratlar mavqeiga yaqin mavqeda turishdi. Mamlakatning gullab-yashnashi, iqtisodiyotni ravnaq toptirish to‘g‘risidagi an’anaviy va’dalar
saylovchilar kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatdi. Natijada saylovoldi muhokamalarda an’anaviy bo‘lgan iqtisodiy muammolar 2000 yilga kelib ikkinchi darajali muammolarga aylanib, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot masalalari hamda din, jamiyatning oilaviy va ma’naviy qadriyatlariga bog‘liq masalalar birinchi o‘ringa chiqdi. Bu masalalarda respublikachilar mavqei aholining
ko‘pchilik qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Saylov natijalari inkor etib bo‘lmas xarakterga ega edi. Albert Gor J.Bushga qaraganda 542 mingdan ko‘proq saylovchilar ovozini to‘plaganiga qaramasdan, saylov kollegiyasi (hay’ati)da ozgina farq bilan respublikachilar tarafdorlari ustunlik qildi. Bunaqa holatga AQSH saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari sababchidir. Ma’lumki, Amerikada saylov taqdirini umumxalq ovoz berishida qatnashadigan saylovchilar emas, balki saylovchilar hay’ati hal qiladi. Demak, AQSHdagi Prezidentlik saylovi jarayonlarini tushunib olish uchun, avvalo, mamlakat Kongressi, ya’ni Parlamentning o‘ziga xos xususiyatlarini bilib olishga to‘g‘ri keladi. Kongress ikki palatali. Yuqori palata Senat bo‘lib, unga har bir shtatdan ikki nafardan vakil saylanadi. Amerika 50 ta shtatdan tashkil topganini nazarda tutsak, yuqori palata 100 nafar deputatdan iborat ekanligi ma’lum bo‘ladi. Quyi palata – Vakillar palatasida deputatlar soni har bir shtat aholisining soniga qarab taqsimlangan. Vakillar palatasidagi deputatlar soni, odatda, 435 kishidan iborat bo‘ladi. Har ikki palatani qo‘shganda esa, 535 deputat hosil bo‘ladi. Endi Prezident saylash tartibiga o‘taylik. Yuqorida Prezidentni hay’at saylaydi, deb aytdik. Bu hay’atga barcha shtat vakillari kiradi. A’zolar soni Kongressning tegishli shtatdan saylangan
har ikki palatadagi deputatlar soniga teng. Saylovchilar hay’atida ham 535 vakil bor. Prezidentlikka saylanish uchun nomzodga hay’at a’zolarining kamida 270 nafari ovoz berishi kerak. Odatda, Meyn va Nebraskadan tashqari barcha shtatlarda saylovchilarning ko‘pchilik ovozini olgan nomzod o‘sha shtat hay’atlarining barcha ovozlarini oladi. Bir nomzod raqibiga qaraganda oz ovoz olib, saylovda yutib chiqqan holatlar kamdan-kam ro‘y bergan. Ayni shu voqea 100 yildan beri ilk bor 2000 yilgi Prezidentlik saylovida sodir bo‘lgandi. Jorj Bush Floridada raqibidan kam ovoz olganiga qaramay, hay’at a’zolari qo‘lloviga erishib, kichik farq bilan bo‘lsa-da, Albert Gor ustidan g‘alaba qozondi.
Saylovchilar hay’ati qoidalari kichik shtatlar uchun bir muncha foydalidir. Masalan, har bir shtat aholisining sonidan qat’I nazar, Senatda bir xil, ya’ni 2 nafar a’zoga ega. Vakillar palatasidagi deputatlar esa aholi soniga qarab taqsimlanadi. Masalan, AQSH umumiy aholisining 12 foizini tashkil etgani holda, Kaliforniya hay’atda va quyi palatada 55 tadan ovoz (10 foiz)ga ega. Vaholanki, Vayoming kichik shtati esa umumiy aholining 0,18 foizini tashkil etsa-da, hay’atda 3 ta o‘rin (0,56 foiz) oldi. Saylov natijasini belgilashda respublikachilarning Florida shtatida
saylov varaqalarini qayta sanashga yo‘l qo‘ymaganliklari ularning g‘alabasini ta’minladi. Florida shtatidagi saylov natijalari demokratlarning bir qancha noroziliklariga sabab bo‘lgandi. Saylovda kim g‘alaba qozonganligi masalasini AQSH Oliy sudi ko‘rib chiqdi. Natijada AQSH Oliy sudi qaroriga ko‘ra AQSHning 43- Prezidenti etib kichik J. Bush e’lon qilindi. Kichik Jorj Bush Prezidentlik kursisiga o‘tirishi bilan, mamlakat bir qator ichki va tashqi muammolarga duch keldi. 2001 yil 11 sentabrda Nyu-York shahrida bo‘lgan terroristik harakat tufayli 3000 ga yaqin kishining halok bo‘lishi, 2001 yilning oxirlarida313 AQSHda boshlangan iqtisodiy inqiroz, tashqi siyosatda terrorizmga
qarshi kurash, AQSHning tashqi siyosatdagi g‘olibona yurishini ta’minlash, xususan, Afg‘oniston va Iroqdagi antidemokratik rejimlarni ag‘darib tashlash bahonasida u joylarda AQSHning pozitsiyasini mustahkamlash kabi muammolar yechimini topish kerak edi. Ikki yildan beri davom etayotgan iqtisodiy inqirozdan 2003 yil oxirlariga kelib qutila boshlandi. AQSH Federal zaxira tizimi (FZT)
ning ma’lumotiga qaraganda, 2003 yilning oxiriga kelib, FZTning 12 ta okrugidan 10 tasida iqtisodiy o‘sishga erishildi. Sanoat ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yildi, chakana savdo hajmlari oshdi, ko‘chmas mulk bozorida jonlanish ro‘y berdi. 2004 yilda Yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 4,4 foizga o‘sdi. Ushbu ko‘rsatkich 1999 yildan beri eng yuqori natija edi. Bu esa jahon YAIM ko‘rsatkichlaridan atigi 0,4
foizga ko‘p bo‘ldi, xolos. Bu ko‘rsatkich AQSH iqtisodiyotining zaif bo‘g‘ini hali ham ortiqcha ishlab chiqqarish quvvatlarining mavjudligidan, korxonalar foydasining pastligidan darak berardi. Shu bilan birga, iqtisodiyotdagi jiddiy muammo taqchillikning tez o‘sib borayotganligi bo‘lib, 2004 yilda eng yuqori ko‘rsatkichga – 550 mlrd dollarga yetdi. Bunday taqchillik tashqi savdoning holatini aks ettirdi va import hamda eksport qilinadigan mahsulotlar va xizmatlar qiymati o‘rtasidagi farqni kuchaytirdi. Buning ustiga, chet el investitsiyalari (sarmoyalari) kirib kelishi pasaydi. AQSH Hukumati tashqi defitsit (tanqislik)ni qoplash uchun qimmatli qog‘ozlar chiqarishni ko‘paytirishga majbur bo‘ldi. Mazkur qog‘ozlar chet eldagi Markaziy Banklar orqali sotildi. Bu hol shundoq ham juda katta miqdor, ya’ni 1 trln 347 mlrd AQSH dollariga yetgan davlat qarzining yanada o‘sishiga olib keldi. Shu narsa diqqatga sazovorki, mazkur qarzning 41,9 foizi Yaponiya va Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi. Buning ustiga, harbiy xarajatlar oshirib borildi. Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressining Vakillar palatasi 2003 yilning 8 iyulida Mudofaa vazirligining 2003 yilning 1 oktabridan boshlanadigan kelgusi 2004 moliya yili uchun 369 mlrd dollar miqdoridagi harbiy budjetini qabul qildi. Quyi palata aksariyat ko‘pchilik ovoz – 399 tarafdor, 19 qarshi ovoz bilan Jorj Bush ma’muriyatining mudofaa ehtiyojlari uchun asosiy so‘rovini amalda ortiqcha bahs-munozaralarsiz tasdiqladi.
Ajratilgan mablag‘ hisobidan armiyaning texnik jihatdan qurollanishini jiddiy ravishda yangilash rejalashtirildi. “Bradley” zirhli avtomobillari va “Abram” tanklarini yangilash, shuningdek, har biri 2 mlrd dollar turadigan “Virjiniya” tipidagi 5 ta atom suvosti kemasini qurishni mo‘ljalladi. Tashqi siyosatda kichik Jorj Bush Afg‘onistondagi tolibonlar hukumatini va terrorchilik harakatining yo‘lboshchisi Ben Ladenni yo‘q qilish bahonasida ittifoqchilari bilan 2001 yilning oxirida hujum boshladi, tolibonlar hukumati ag‘darildi va Hamid Karzay boshchiligida afg‘onlar hukumati tuzildi. AQSH Afg‘onistonda mustahkam
o‘rnashib oldi va kichik J. Bush otasi boshlab bergan Iroq urushini 2003 yil nihoyasiga yetkazdi. Iroqda ommaviy qirg‘in qurollari bor, Saddam Husayn “Al-Qoida” terroristik harakati bilan aloqador degan bahonalar bilan AQSH ma’muriyati o‘zining azaliy niyati bo‘lgan Iroq neftiga xo‘jayinlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Ikkinchidan, Isroil davlatiga nisbatan Iroq tomonidan tug‘ilayotgan xavfni ham bartaraf qildi. 2004 yil 2 noyabrda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlari kichik Jorj Bushning g‘alabasini ta’minladi va o‘z Prezidentligining ikkinchi muddatida oldingi 4 yilda bajarolmay qolgan ishlarini bajarishni maqsad qilib qo‘ydi. 2005 yil 20 yanvar kuni Bush qasamyod qabul qildi. Bushning ikkinchi Prezidentlik davri AQSH iqtisodiyotining o‘sish davriga to‘g‘ri keldi. XXI asrning boshida dunyo miqyosida yaratilgan zamonaviy texnika va texnologiyalarning
35,8% i AQSH hissasiga to‘g‘ri keldi (bu ko‘rsatkich Yaponiyada 17,6%, Germaniyada 6,6%, Buyuk Britaniyada 5,7%, Fransiyada 5,1%, Xitoyda 1,6% ni tashkil etdi). Tabiiyki, bunday qudratga ega mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamda madaniy globallashuv jarayonining asosiy harakatlantiruvchi kuchi va yetakchi omiliga aylandi. Amerikalik futurolog X. Makrey bundan buyon Amerikaning barcha sohalardagi intellektual ustunligi saqlanib qolishi, uning
madaniyati, g‘oyalari va tili butun dunyo bo‘ylab targ‘ib etilishiga hech qanday to‘siq yo‘qligini ta’kidlaydi. Biroq kichik Jorj Bush Prezidentligining oxirgi yili – 2008 yilning yozida AQSHda iqtisodiy inqiroz boshlandi. AQSH jahon iqtisodiy inqirozining o‘chog‘i bo‘lib qoldi. Dunyo ma’nan ikkinchi depressiyaga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Haqiqatan ham, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng jahon
iqtisodida bunday pasayish ro‘y bermagan edi. Xalqaro Valyuta Fondi ma’lumotlariga qaraganda, jahonda iqtisodiy o‘sish so‘nggi 60 yil ichida birinchi marta 2009 yilda 1,06 foizga qisqardi, ya’ni o‘sish to‘xtab, chegara chizig‘idan pastga tushdi. Taqqoslash uchun aytib o‘tish lozimki, dunyo iqtisodi og‘ir bo‘hronni boshidan kechirgan 1982 yilda ham Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 0,9 foizga o‘sgan edi. Ma’lumki, iqtisodiyotda tovar yoki xizmatga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasida muvozanat buzilsa, moliyaviy inqiroz yuz beradi. U, asosan, banklar likvidligi (to‘lov qobiliyati)ning zaifligi bilan bog‘liq muammolarning keskinlashuvi, kredit bozorida yuz bergan tanglik va mablag‘ (pul)ning yetishmasligi tufayli kelib chiqadi. Bugun dunyo bo‘ylab “qanot” yozayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham, aslida, shu asosda ildiz otdi. Yuzaga kelgan mazkur vaziyatdan qanday chiqish yo‘llari qidirildi. 2008 yili Vashingtonda 20 ta yirik davlatning iqtisodchilari Sammitida ayni shu yo‘l izlandi. Chunki ular bu global inqiroz ekanini, oldin erishilgan marralarga qayta chiqib bo‘lmasligini anglashdi. Holbuki, jahon bo‘yicha yalpi mahsulotning 85 foizini mana shu 20 ta yirik davlat ishlab chiqargan, lekin bugun moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlari barqarorlikni yo‘qotdi, himoya mexanizmi zaiflashdi, banklarning to‘lov qobiliyati susayib, kredit berish jarayonida tanglik yuz berdi. Oxir-oqibat tovarlar, xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif muvozanatida buzilish sodir bo‘ldi. Pul yetishmaganidan, ish o‘rinlarini qisqartish, katta-katta bank tizimlarini bankrot deb e’lon qilish, korxona ishchi-xizmatchilarining maosh miqdorini kamaytirish, ishlab chiqarish hajmini pasaytirish kabi bir-biriga bog‘liq juda noxush holatlar yuzaga keldi. Ish tashlashlar, norozilik namoyishlari boshlandi. Darhaqiqat, keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda surunkali budjet taqchilligi va salbiy tashqi savdo saldosining kuzatilayotganligi jahon moliyaviy inqirozining vujudga kelishining asosiy omillaridan biri bo‘ldi. Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlar, ayniqsa, AQSH davlat tashqi qarzi miqdori va uning YAIMga nisbatan salmog‘I o‘sganligi inqiroz kuchayishining asosiy omillaridan biri bo‘ldi.
Xususan, 2008 yilda AQSH tashqi qarzining Yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘i qariyb 90 foizni tashkil etdi, ya’ni 10 trln dollardan oshib ketdi. 2009 yilgi davlat budjetidagi defitsit 1,8 trillion dollarni tashkil etdi. Tashqi qarz esa 2011 yil yanvar oyiga kelib juda katta astronomik raqam – 14 trln dollarga yetdi.
Hozirda, ma’lumotlarga qaraganda, dunyo bozorida aylanayotgan valyuta zaxiralarining salkam 74 foizi dollar bo‘lsa, 24 foizi yevrodir. Qolgan ikki foizdan sal ko‘proqni Buyuk Britaniya va Yaponiya pullari: funt-sterling hamda iyena tashkil etadi.Shu o‘rinda, zaxira valyuta nima ekaniga aniqlik kiritib olsak. Zaxira valyuta deb davlatlarning banklari tomonidan yig‘iladigan va xalqaro hisob-kitoblarda foydalanadigan xalqaro pulga aytiladi. Avvallari zaxira valyuta rolini funt-sterling bajarib kelgan. 1944 yilda Breton-Vudsda bo‘lib o‘tgan konferensiyada dollar ikkinchi zaxira valyuta sifatida qabul qilingan. Shundan so‘ng AQSH puli tezlik bilan barcha bozorlarni egallay boshladi va birinchi
valyutaga aylandi. AQSH dollarining dunyo bozorida aylanishi mamlakat iqtisodining tez va jadal rivojlanishiga katta turtki berdi. Amerika Qo‘shma Shtatlari qog‘ozga pul bosib boyib ketdi. Chunki XX asrning 50–60- yillarida dollarga dunyo bozoridagi hamma narsani sotib olish imkoni tug‘ildi. Natijada Amerika pul stanoklari to‘xtamasdan ishladi va dunyodagi eng yangi texnologiyalarni sotib ola boshladi. Bundan tashqari, eng aqlli odamlarni ham AQSHga taklif qilish imkoni paydo bo‘ldi. Bugun dunyo bozorida qancha dollar
borligini hech kim bilmaydi. Xalqaro ekspertlarning e’tirof etishlaricha, AQSH jahon Yalpi ichki mahsulotining asosiy iste’molchisi ekanligi jahon moliyaviy inqirozining kelib chiqishiga faol ta’sir ko‘rsatgan. Ma’lumotlarga qaraganda, AQSHning jahon Yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 23 foizni tashkil qilsa-da, uning iste’moldagi hissasi qariyb 40 foizga teng. Xo‘sh, qolgan 17 foiz iste’mol tovarlarini AQSH qayerdan oladi? Albatta, ularni boshqa mamlakatlar hisobidan, tovar bilan ta’minlanmagan qog‘oz pullar (AQSH dollari)ni keragidan ortiq bosib chiqarish hisobiga sotib oladi. Shu yo‘l bilan dunyo milliy boyligini taqsimlashda, aytish mumkinki, qaroqchilik yo‘lini tutadi. Tashqi siyosatda Iroq, Eron, Liviya, Sudan, Suriya kabi davlatlarda demokratik jarayonlarni qo‘llab-quvvatlashni AQSH o‘zining ustuvor yo‘nalashi sifatida belgiladi. Iroqdagi “qonli urush”
davom ettirildi; mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Iroqdagi harbiy amaliyotlar uchun AQSH bir oyda 12,5 mlrd dollar sarflangan. AQSHning Iroqda urush harakatlarini boshlangandan beri sarflangan xarajatlari 850 mlrd dollardan oshib ketdi. 2005-yildan boshlab AQSHning Eron Islom Respublikasi bilan munosabatlari yanada keskinlashdi. 2008 yilgi Prezidentlikka saylovlarda demokratlar partiyasining nomzodi Husayn Barak Obama g‘alaba qildi. Uning Prezidentlik kursisiga o‘tirishi AQSHda moliyaviy va iqtisodiy inqirozning avj olayotgan pallasiga to‘g‘ri keldi. Buni qarangki, iqtisodiy tanazzuldan zarar ko‘rmagan korxonalar ham bo‘ldi. Istambuldagi “Baydan Shoss” (“Baydan Shoes”) kopaniyasi inqiroz tufayli katta daromad qildi. Iroq poytaxti Bog‘doddagi
matbuot anjumanida AQSH Prezidenti Jorj Bushga otilgan tufli aynan o‘zlarida ishlab chiqarilganini bayon qilgan mazkur poyabzal shirkati haddan ziyod buyurtmani qondirish uchun yana 100 kishini ishga oldi. Kompaniya boshqaruvchilarining aytishlaricha, keyingi kunlarda “Bushning tuflisi” deb atalayotgan 271- rusumdagi erkaklar tuflisiga bo‘lgan talab to‘rt baravar ortgan. Tufliga bo‘lgan 10 minglab buyurtmalar AQSH va Iroqdan kelib tushgan. 2008 yilning 14- dekabrida Prezident J. Bush va Iroq Bosh Vaziri Nur al-Malikiyning Bog‘doddagi matbuot anjumani chog‘ida 28 yashar mahalliy telejurnalist Muntadar Zaidiy aynan shu maqsadda sotib olgan tuflisini Amerika rahbariga qarata otgandi. 2011 yil boshlanibdiki, biroq 2008 yil yozida boshlangan iqtisodiy inqirozning qachon tugashini hech kim ayta olmayapti. Barak Obama tashqi siyosatda ijobiy siljishlar tomon qadam tashladi. 2010 yilda Iroqdan AQSH qo‘shinlarining asosiy qismi olib chiqildi. Qolgan harbiy qismlarning ham 2011 yilda olib chiqilishini ma’lum qildi. B. Obama J. Bushning Afg‘onistonda
tinchlik o‘rnatish uchun qo‘shinlar sonini ko‘paytirish rejasini ma’qulladi. AQSH ma’muriyati Eron Islom Respublikasiga munosabat masalasida ham o‘zidan oldingi Prezidentlarning yo‘lini tutmoqda. Jahon iqtisodiy inqirozining boshlanishi xalqaro siyosatning ayrim hodisalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, 2008 yil avgustda Kavkazdagi urushdan keyin G‘arb va Rossiya o‘rtasida boshlanishi mumkin bo‘lgan navbatdagi “sovuq urush” xavfining yo‘qolishida, Fors ko‘rfazida Eron ishtirokida urush kelib chiqishining oldi olinishida namoyon bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlari yaxshilandi. 2010 yilning dekabrida AQSH
Kongressi strategik qurollarni cheklash bo‘yicha Uchinchi Shartnomani (“SQCH–3”) ko‘rib chiqdi va ko‘pchilik ovoz bilan uni qabul qildi. 2011 yilning fevralida Rossiya davlat Dumasi ham mazkur shartnomani muhokama qilib qabul qildi. Shunday qilib, uzoq muzokaralardan so‘ng “SQCH–3” Shartnomasi fevral oyida ratifikatsiya qilindi. Dunyo davlatlari orasida iqtisodiy qudrati jihatidan Amerika Qo‘shma Shtatlari birinchi o‘rinda turadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Birinchi president I. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.:


O‘zbekiston, 1997

2. R.Nuriddinov, H. Kichkilov. Eng yangi tarix (1989–2008). – T.,


2010.

3. Sh.Ergashev “ Jahon tarixi “ ( 1945-2000 ).


4. Internet materiallari : www.fayllar.org.uz , www.hozir.uz.



1 Hamza Kichkilov “ Eng yangi tarixi “ ( 1945-2010 ). 322-bet

Download 106 Kb.




Download 106 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu : XX asrning 80-90- yillarda aqsh

Download 106 Kb.