Mavzu: a-h-y-p-m tizimida yth va inson omili




Download 79 Kb.
bet1/6
Sana26.06.2023
Hajmi79 Kb.
#75721
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
A-H-Y-P-M tizimida YTH va inson omili
Osi pog’onasi vazifalari asosiy protokollari erkinov d. Tarmoq n-fayllar.org, Davronova 1-mustaqil ish, Algoritm tushunchasi, 1-ma\'ruza

Mavzu: A-H-Y-P-M tizimida YTH va inson omili


Reja:
1. O‘zbekiston respublikasida avtomobillashtirish va yo‘l tarmoqlarining o‘sish ko‘rsatkichlari


2. Harakatni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar


3. Transport va piyodalar harakatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar
Tizimga quyidagi tashkiliy qismlar kiradi: A (avtomobil), H (haydovchi), Y (yo‘l), P (piyoda). Bu tashkiliy qismlar muhitda faoliyat ko‘rsatibgina qolmasdan, atrof-muhit bilan ularning har biri chambarchas bog‘liq bo‘ladi. «Muhit» deb atrof-muhitning yo‘l harakati xavfsizligiga mujassamlashgan ta’siri tushuniladi va u quyidagi faktorlardan tashkil topadi: 1) ob-havo (meteorologik ko‘rinish, yog‘ingarchilik, shamol, temperatura); tabiiy-landshaft (tekislik, qir-adirlik, tog‘lik,yer osti,yer usti suvlari va h.k.z.); mexanik (shovqin, chang, tebranish, gaz chiqindilari bilan ifloslanganlik va h.k.). «A-H-Y-P-M» tizimda mexanik «Avtomobil-Yo‘l (AY)» va biomexanik «Haydovchi-Avtomobil», «Haydovchi-Yo‘l», «Piyoda-Avtomobil» va «Piyoda-Yo‘l», hamda biologik «Haydovchi-Piyoda», tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
«A-H-Y-P-M» tizim optimal faoliyat ko‘rsatishida har bir tashkil etuvchining alohida, hamda ularning birgalikdagi (AH, HY, YP, AP va boshqa) tasniflari katta ahamiyatga ega.
Avtomobil transportining konstruktiv o‘lchamlari (parametrlari) yo‘l harakatining tasnifiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda avtomobilning geometrik o‘lchamlari, tortish va tormozlanish sifati, boshqarilish darajasi, haydovchi ish joyining qulayligi muhim o‘rin egallaydi.
Yo‘l harakati xavfsizligi eng asosan haydovchining ishonchliligiga, uning tayyorgarligiga va ishlash qobiliyatiga bog‘liq. Piyodalar yo‘l harakatida alohida o‘rin egallaydilar. Ular yo‘l harakat qoidalarini mukammal bilishlari va amal qilishlari real yo‘l sharoitlarida harakat xavfsizligini ta’minlashga imkon yaratadi.Umumiy tomonlardan optimal ravishda kelib chiqqan holda, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga birinchi navbatda «A-H-Y-P-M» tizimidagi har bir tashkil etuvchining va birgalikda faoliyat qiluvchilarning tasniflarini optimallashtirish orqali erishish mumkin.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AVTOMOBILLASHTIRISH VA YO‘L TARMOQLARINING O‘SISH KO‘RSATKICHLARI

Butun dunyoda avtomobillar soni kundan-kunga ko‘payishi kuzatilmoqda. Bunday holat birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasiga xosdir. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat iqtisodiyotini kuchaytirish maqsadida avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirib, Andijon viloyatining asaka shahrida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda «O‘ZDEUAVTO» qo‘shma korxonasidayengil avtomobillar ishlab chiqaradigan zavod qurilib, 1996 yildan boshlab Tiko, Neksiya, Damas va 2001 yilning avgust oyidan esa Matiz rusumli avtomobillari ishlab chiqara boshlandi. ayni vaqtda zavod konveyeridan 250 ming avtomobil ishlab chiqarildi, uning 51 minggi eksport qilindi. Faqatgina 2000 yilda zavodda 30,7 ming dona avtomobil ishlab chiqarildi. SHuningdek, 1999 yil avgust oyida Samarqand shahrida Turkiya Respublikasi bilan hamkorlikda «SAMKOCHAVTO» zavodida kichik hajmli avtobus va yuk avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. SHunday qilib O‘zbekiston respublikasi dunyoga avtomobil ishlab chiqaradigan 26-davlat bo‘lib kirdi.


Avtomobillashtirish jamiyatning iqtisodiy yuksalishiga ijobiy ta’sir qilish bilan birga, qator salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqdaki, ularni hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Avtomobillashtirishning salbiy oqibatlari yo‘l-transport hodisalari natijasida ko‘plab kishilarning halok bo‘lishlari (respublikamizda 2000 yili 2128 taga yetdi) yoki tan jarohatlari olishlari (2000 yili 11677 dan oshib ketdi), shuningdek, yo‘l-transport hodisalari natijasidagi ko‘plab yetkazilayotgan moddiy zararlar, shahar ko‘chalari, aholi yashaydigan joylardan o‘tadigan yo‘llar mintaqasidagi yuqori darajadagi shovqin, havo basseynlarining ifloslantirilishi, ko‘chalarni to‘xtab turuvchi avtomobillar tomonidan to‘sib qo‘yilishlari va nihoyat, transportlarning ushlanib qolishlari va harakat tezliklarining keskin tushib ketishidan iboratdir.

Download 79 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: a-h-y-p-m tizimida yth va inson omili

Download 79 Kb.