• 1.Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari evolyutsiyasi.
  • Mavzu: Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining tasniflanishi




    Download 14.09 Kb.
    bet1/3
    Sana05.12.2022
    Hajmi14.09 Kb.
    #33182
      1   2   3
    Bog'liq
    Lgʻiilh
    biznes kompaniyalarning rivojlanishi


    Mavzu:Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining tasniflanishi.
    Reja:

    1. Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari evolyutsiyasi.

    2. Kommunikatsiya tizimining rivojlanishi.

    3. Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish tendensiyasi.

    XULOSA

    1.Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari evolyutsiyasi.
    XIX asrning ikkinchi yarimigacha axborot texnologiyasining asosini pero, siyohdon va buxgalteriya daftari tashkil etgan. Kommunikatsiya (aloqa) paket (rasmiy hujjatlar solingan konvert) yuborish orqali amalga oshirilar edi. Axborotlarni qayta ishlash mahsuldorligi o’ta past bo’lib, har bir xat alohida, qo’lda ko’chirib olingan.Qaror qabul qilish uchun bir ‒ biriga qo’shiladigan hisob ‒ kitobdan boshqa axborot ham bo’lmagan. «Qo’l» axborot texnologiyasi o’rniga XIX asr oxirida «mexaniq» texnologiya kirib keldi. Yozuv mashinasi, telefon, diktafonning kashf etilishi, jamoa pochtasi tizimining takomillashuvi – bularning bari avvaliga axborotni qayta ishlash texnologiyasida, so’ng ish mahsuldorligida sezilarli o’zgarishlar yuz berishiga zamin bo’ldi. Mohiyatan, mexaniq texnologiya mavjud muassasalarda tashkiliy tarkibining shakllanishiga yo’l ochib berdi. XX asrning 40 ‒ 60 yillarida «elektr» texnologiyasi paydo bo’lib, u echib almashtiriladigan elementlarga ega elektr yozuv mashinkalari, oddiy qog’ozdan foydalanuvchi nusxa ko’chirish mashinasi, portativ diktafonlardan iborat edi. Aynan shu vositalar hujjatlarni qayta ishlash sifati, soni va tezligini oshirish hisobiga boshqarish faoliyati yaxshilandi.Ko’pgina zamonaviy muassasalar «elektr» texnologiyasiga asoslangan.Ma’lumki,boshqaruvning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari axborotlarni qayta ishlash bo’yicha eng kamida quyidagi muhim uchta tarkibiy qismga ega bo’lishi lozim: hisobga olish, tahlil va qaror qabul qilish. Bularni kompyuterlarda amalga oshirish tobora murakkablashib bormoqda.Chunki, o’zida sanoqsiz ma’lumotlarni jamlagan «qog’ozlar dengizi» tobora kengayib bormoqda.
    Axborotlarni taqdim etish tizimining rivojlanishi.Aytish mumkinki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bir necha million yillar avval odamzod o’rtasida ilk bor o’zaro muloqatga kirishish usullari (turli tovushlar chiqarish, imo-ishora, hatti-harakatlar qilish) paydo bo’lishi bilan birga yuzaga kelgan deb aytish mumkin. Bunda axborot almashinuvi faqat yakka shaxslar o’rtasidagina amalga oshirilgan. Nutq paydo bo’lishi bilan birga (taxminan 100 ming yil oldin) odamlar miyasida axborot to’planishi imkoniyati yuzaga keldi.Keyingi bosqichda, ya’ni yozuvning paydo bo’lishi (5 ‒ 6 ming yil avval) insoniyatning umumiy, jamoa xotirasining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.Aynan yozuvning paydo bo’lishi axborotlarni to’plash, uzatish, qayta ishlash, saqlash va etkazish kabi to’liq jarayonni amalga oshirishga imkoniyat yaratib berdi. Bu imkoniyat tufayli axborotlarni moddiy taShuvchilarda qayd etila boshlandi.Axborot tizimi va texnologiyasining keyingi taraqqiyoti asosan kommunikatsiya vositalari bilan bog’liq.

    Download 14.09 Kb.
      1   2   3




    Download 14.09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining tasniflanishi

    Download 14.09 Kb.