Mavzu: Biologiya fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari. Biologiya fanidan ishlab chiqilayotgan darsliklar va ularning tahlili Reja




Download 454.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana12.08.2022
Hajmi454.37 Kb.
#25196
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1MnWh6imzeA6xOxrwMVsfILg0ahG5Voj0bQEUpK3
1. Bir bitli xotira elementi deganda nima tushuniladi , 2 5204164640807847008, Homo cultures и современное общество, vektorlarning-skalyar-ko-paytmasi, 309, Мои планы на будуще, TARMOQ TEXNOLOGIYALARI. INTERNET BAYONNOMALARI, YUSUF JALG`ASHEV, БМИ Низоми - для слияния, 5 1.7 Способы кодирования информации1, 4-MAVZU пул маблаглари (1), Gomotetiya va o’xshashlik, Йул варакаси боллар


Mavzu: Biologiya fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat 
ta’lim standartlari. Biologiya fanidan ishlab chiqilayotgan darsliklar va 
ularning tahlili 
Reja: 
1. Biologiya fanidan Davlat ta’lim standartlari va biologiya fanidan o‘quv dasturi 
sharhi. 
2. Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish. 
 
Biologiya fanidan Davlat ta’lim standartlari va biologiya fanidan o‘quv 
dasturi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va 
o‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash 
to‘g‘risida” 2017-yil 6-apreldagi 187-son Qarori bilan kompetensiyaviy 
yondashuvga asoslangan Davlat ta’lim standartlari qabul qilindi. Davlat ta’lim 
standartlari 2017-2018–o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy 
etilishi belgilangan.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti 1-ilovaga muvofiq; o‘rta 
maxsus, kasb–hunar ta’limining davlat ta’lim standarti 2-ilovaga muvofiq; umumiy 
o‘rta va o‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka 
talablari 3-ilovaga muvofiq; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalari uchun umumta’lim fanlaridan o‘quv–metodik majmualarning yangi 
avlodini ishlab chiqishga qo‘yiladigan umumiy talablar 5-ilovaga muvofiq 
tasdiqlangan. 
Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti 6 ta bob, 22 banddan iborat:
1–bob. Asosiy qoidalar;
2–bob.Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining maqsad va 
vazifalari;
3–bob.Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy prinsiplari; 
4–bob.Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining tarkibiy qismlari;
5–bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini joriy etish tartibi;
6–bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti talablariga rioya 
etilishini nazorat qilish. 
“Standart”so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, “nusxa, o‘lcham, me’yor” degan 
ma’nolarni anglatadi. Davlat ta’lim standarti umumiy о‘rta ta’lim, kasb-hunar 
ta’limi hamda oliy ta’lim uchun alohida-alohida ishlab chiqarildi. 
Umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti о‘quvchilar umumta’lim 
tayyorgarligi saviyasiga qо‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. 
О‘z navbatida kasb-hunar ta’limi, davlat ta’lim standarti о‘quvchilar kasb-hunar 
tayyorgarligiga, saviyasiga qо‘yadigan (oliy ta’lim DTS talablar mutaxassislik 
tayyorgarligiga, saviyasiga qо‘yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi. 
DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va 
ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining о‘zagi 
hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat kо‘rsatayotgan turli 
ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini 
ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS о‘z mohiyatiga kо‘ra о‘quv dasturlari, 


darsliklar, qо‘llanmalar, nizomlar о‘quv rejasi va boshqa meyoriy hujjatlarni 
yaratish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. 
Ta’limni standartlashtirish dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, 
mukammal ravishda о‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ta’limning 
ma’lum darajasini belgilash bilan amalga oshiriladi. Ammo “standart” termini о‘zi 
ta’limga nisbatan yaqin davrlardan qо‘llanila boshlangan. Davlat ta’lim standartlari 
ta’lim sifatini oshirishga imkon beradi. Ular ta’lim mazmuni minimal hajmini qayd 
etish va ta’lim darajasining quyi chegarasini belgilab beradi. 
Ta’lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar mavjud emas 
edi. О‘zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yо‘qligi XX asrning 80-
yillarida kо‘pchilik bitiruvchilarining haqiqiy bilim darajalari juda past bо‘lishiga 
olib keldi. 
Davlat ta’lim standartlarini yaratish bо‘yicha ishlar О‘zbekiston 
Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni (1992-yil) qabul qilingandan 
keyin boshlandi.Mazkur hujjatning 6-bandida jahon ta’limi amaliyoti meyorlariga 
mos keluvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish zarurligi ta’kidlab о‘tiladi. 
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997-yil) О‘zbekiston 
Respublikasining yangi tahriridagi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni qabul 
qilingandan sо‘ng ta’lim dasturlari yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi 
asosida yaratilgan ta’lim standartlari har bir fan bо‘yicha о‘zlashtirilishi zarur 
bо‘lgan bilimlarning minimal darajasini belgilashga imkon berdi. 
Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga kо‘ra quyidagilardan iboratdir: 
Ta’limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning о‘rganish 
obyektlari va asosiy mazmunli yо‘nalishlari kо‘zda tutiladigan о‘quv fanining 
umumiy ta’rifi. 
О‘quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasini tasvirlash. 
Ta’limning majburiy natijalarini ifodalash, ya’ni о‘quvchilarning Bilim, 
kо‘nikma va malakalarga qо‘yiluvchi talablar, bu ularning majburiy 
tayyorgarliklari darajasining “о‘lchamidir”, ya’ni, tekshirish ishlari, testlar va 
alohida topshiriqlarni bajarishlariga qarab о‘quvchilar tomonidan talablarning 
majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bо‘ladi. 
Davlat ta’lim standartining maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim tizimini 
mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy 
mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm–fan va zamonaviy axborot–
kommunikasiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy 
barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. 
Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:
–umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; 
–milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni 
tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; 
–o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikasiya 
texnologiyalarini joriy etish; 
–umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining 
malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;


–kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab 
chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
–ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini 
egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek, ta’lim-tarbiya 
faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
–davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga 
qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash. 
Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: 
–o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi; 
–umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
–davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, 
shaxs ehtiyojiga mosligi;
–umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan 
uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
–umumiy o‘rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda 
birligi va yaxlitligi;
–umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda 
innovatsiya texnologiyalariga asoslanganligi;
–o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun 
tayanch 
va 
fanlarga 
oid 
umumiy 
kompetensiyalarni 
rivojlantirishning 
ta’minlanganligi; 
–rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash 
tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish. 
Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
–umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi;
–umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi;
–umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari; 
–baholash tizimi. 
Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi umumiy o‘rta ta’lim 
muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv yuklamasining minimal 
hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi. 
Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini ishlab 
chiqish uchun asos hisoblanadi. Tayanch o‘quv reja umumta’lim fanlari bo‘yicha 
belgilangan ta’lim mazmunini o‘quvchiga etkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlari 
(davlat ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi. 
Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi yetarli bo‘lgan 
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi 
vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi 
boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik 
kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar 
hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida 
15%gacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi. 
Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv 
fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi 
va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi. 


O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 
ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 
Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo‘yicha 
ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv 
yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u 
quyidagilardan tashkil topadi: 

Download 454.37 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 454.37 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Biologiya fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari. Biologiya fanidan ishlab chiqilayotgan darsliklar va ularning tahlili Reja

Download 454.37 Kb.
Pdf ko'rish