Mavzu: Darslik va o`quv qo`llanmaning bir biridan farqi Reja




Download 20.75 Kb.
bet1/2
Sana09.03.2022
Hajmi20.75 Kb.
#18453
  1   2
Bog'liq
ilmiy talim 1
kahoot (wecompress.com)

Mavzu: Darslik va o`quv qo`llanmaning bir biridan farqi

Reja:

  1. Darslikning vazifalari ta’lim vositasi asosi muvofiqlashtirish vazifasi.

  2. Axborot manbai, fan bo‘yicha bilimlar tizimi, o‘quvchilar bilim va malakalarini integratsilash, majburiy o‘quv materiali yig‘indilari, nazorat vazifasi,

  3. Darslikning asosiy tarkibiy qismlari: mavzuga oid matn, (asosiy, qo‘shimcha, . izohlovchi), qo'shimcha komponentlar (illyustrativ, metodik, asosiy shartli belgilar).

  4. O‘quvchilaming darslik matni va illyustratsiyalar bilan ishlash usullari.

Milliy mustaqilikka erishganimiz munosabati bilan nafaqat akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida, balki umumta'lim maktablari va oliy o‘quv yurtlarida darsdan tashqari mashg‘ulotlarni kadrlar tayyorlash jarayonida tinmay takomillashtirib borish mamlakatimizda Davlat siyosati darajasida olib borilmoqda. Jumladan, bu borada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da masala shunday qo‘yiladi:“Maktabdan tashqari ta'limni rivojlantirish, uning tuzilmasi va mazmun darajasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:


- ta'lim berish va kamol toptirishga yo‘naltirilgan xizmatlar ko‘rsatuvchi muassasalar tarmog‘ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini ko‘paytirish;
- milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilg‘or tajribani inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish;
- o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini tiklash hamda, amaliyotga joiy etish” lozimligi alohida qayd etib o‘tilgan.
Hukumatimiz tomonidan yosh avlodni ta'lim-tarbiya bobida darsdan tashqari vaqtlarini, ularning zamonaviy komil insonlar etib tarbiyalashda respublikamiz ilg‘or pedagoglar ahli oldiga qo‘ygan bunday murakkab vazifalarini amalga oshirish, ushbu kamtarona tadqiqotning asl motivatsiyasi hisoblanadi.
Xo‘sh, ta'lim-tarbiya jarayonida muhim rol o‘ynaydigan bu muammo bugungi kunda respublikamiz ta'limi tizimida qay darajada rivojlanib bormoqda?
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2005 yil 5 iyuldagi «Maktabdan tashqari ta'lim samaradorligini oshirish o‘quv yili yakunlari va rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida »gi buyrug‘ida qayd etilishicha o‘quvchilarni maktabdan tashqari ta'lim muassasalariga faol jalb etishda muayyan ishlar qilinganligi qayd etilgan. Shuningdek, maktabdan tashqari ta'lim muassasalari huquq targ‘ibot organlari bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm, terrorizm va giyohvandlik – hayot kushandasi”, “Terrorizm va giyohvandlik – XXI asr vabosi”, “O‘z huquqingni o‘zing bilasanmi?”, “Terrorizmning mudhish oqibatlari” mavzularida uchrashuvlar, mahalla faollari, ota-onalar ishtirokida davra suhbatlar o‘tkazilgan.
Maktabdan tashqari muassasalarda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha 121 ta muzey tashkil etilgan.
Mazkur buyruqda maktabdan tashqari ta'lim bobida katta nazariy va amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramasdan kamchiliklar ham alohida qayd etilgan. Jumladan, Respublika bo‘yicha maktabdan tashqari ta'lim muassasalariga o‘quvchilarni jalb etish 8,7 % ni tashkil etgan holda, bu ko‘rsatkich Toshkent viloyatida 6,3 % ni tashkil etganligi, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida to‘garak mashg‘ulotlarida bolalar davomatining pastligi, sun'iy ravishda o‘quvchilar davomatini oshirib ko‘rsatish holatlari, Respublika maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish hamda joylarda ilmiy-metodik yordam ko‘rsatishda sustkashliklarga yo‘l qo‘yganligi qayd etilgan.
Shuni alohida qayd etish lozimki, «Maktabdan tashqari ta'lim» tushunchasi bilan birga, «darsdan tashqari ishlar» tushunchasi mavjud. Umumta'lim maktablari sistemasida mavjud bo‘lgan «Maktabdan tashqari ta'lim muassasalari» o‘zida qator mustaqil ta'lim-tarbiyaga bevosita aloqador bo‘lgan muassasalarni o‘z ichiga oladi. Chunonchi, Respublika o‘quvchilar saroyi, Respublika yosh sayyohlar va o‘lkashunoslar markazi, Respublika o‘quvchilar texnik-ijodiyot markazi, Respublika ta'lim markazi va uning qoshidagi Ilmiy-metodik kengashi, Respublika «Bio ekosan» o‘quv-uslubiy majmui muassasalarida Respublika miqyosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tasarrufida faoliyat olib boradi.
Mazkur ta'lim muassasalarining talabalar bilimini takomillashuvi va ayniqsa ongli kasb-hunar egallashlaridagi o‘rni va rolini naqadar ulkan ekanligiga gap yo‘q. Biroq, shunga qaramasdan o‘quvchilarimiz ko‘p hollarda umumta'lim maktabining 9-sinfini tamomlab,O‘MKH ta'limi tizimiga o‘qishga kirganlaridan keyin ularning maktabdan tashqari muassasalar bilan aloqalari deyarli uziladi. Bu degan so‘z 9-sinfni tamomlab, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga o‘qishga kirgan talaba bir tomondan go‘yo ta'limning uzluksizligini sharaf bilan bajo keltirdi. Xo‘sh, darsdan keyingi mashg‘ulotlardagi uzluksizlik qaerda qoldi? Holbuki, yuqorida ko‘rsatganimizdek , Respublika o‘quvchilar saroyi, Respublika yosh sayyohlar va o‘lkashunoslar markazi, Respublika “Bio ekosan” o‘quv-uslubiy majmuasi, Respublika o‘quvchilar texnik-ijodiyot markazi, O‘MKHT akademik litseylar ongli kasb tanlashlari va uning davr talabi darajasida yana takomillashtirib – egallab borishlarida benihoyat katta ahamiyat kasb etardi. Fikrimizcha, bu borada Respublikamizning Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan Xalq ta'limi vazirliklarining soha mutaxassislari orasida integratsion hamkorlik yanada takomillashtirilsa komil insonni tarbiyalab, voyaga yetkazish yo‘lidagi umummilliy maqsadimizni amalga oshirishda benazir imkoniyatlar chratgan bo‘lur edilar.
Shunday ekan, pedagoglar birinchi galda ta'lim-tarbiya jarayonini tom ma'noda demokratlashtirib borib, Islom Karimov iborasi bilan aytadigan bo‘lsak, Davlat va jamiyatni boshqarishni erkinlashtirib borib, mazkur o‘rinda alohida olingan muammo – milliy g‘oya fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda birgina ma'lum bir doiradagi mualliflar jamoasiga maqbul bo‘lgan «Dastur» va «O‘quv qo‘llanma» larga dogmatik munosabatda bo‘lib, ulargagina yopishib qolmasdan, aksincha ularga ijodiy yondashib, variativ munosabatda yondashishi bugungi davr talabi ekanligini shuningdek, o‘quv jarayonini demokratlashtirish bilan uning ijodiy rivojlantirib borish uzluksiz jarayon ekanligi ta'lim-tarbiyaning bizni o‘rab turgan jo‘shqin jarayon ekanligini aslo unutmasligi kerak.
Mazkur o‘rinda yoshlarimizda milliy g‘oyani samarali shakllantirib borishda, ta'limning yoshlarimizni o‘rab turgan ijtimoiy hayot bilan bevosita bog‘lab borish, uzoq o‘tmishimizdan buyon ota-bobolarimizdan bizga o‘tgan meros bo‘lib kelayotgan benazir tarixiy yodgorliklarimizni kuzatilgan maqsadimizga muvofiq mukammal o‘rganib borishimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya – «Tarixiy xotirasiz – kelajak yo‘q »ligiga og‘ishmay amal qilish ayni muddaodir.
Shuni alohida qayd etmoq lozimki, o‘zbek xalqi tomonidan asrlar davomida yaratilgnan va milliy boyligimiz bo‘lgan noyob tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta'mirlash ma'naviy dasturimizning ajralmas qismi bo‘lib qolgan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, madaniy yodgorliklarni qo‘riqlash ishi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bugungi kunda respublikamizda 7000 dan ortiq tarixiy yodgorliklar, shu jumladan 2500 ta arxitektura yodgorliklari, 2700 dan ziyod arxeologiya va 1000 dan ortiq mahobatli san'at yodgorliklari davlat himoyasiga olingan. Eng ko‘p tarixiy yodgorliklar to‘plangan O‘zbekistonning 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro‘yhatiga kiritilgan. Ular orasida Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent, Qo‘qon va boshqalar bor. Xiva, Buxoro, Samarqandning tarixan shakllangan shahar markazlari tarixiy arxitektura qo‘riqxonalari deb e'lon qilindi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston xalqaro YuNeSKO tashkilotining teng huquqli a'zosi bo‘ldi. Xivadagi «Ichan qal'a» qo‘riqxonasida (1991), Buxoro tarixiy markazida joylashgan yodgorliklar (1993), Shahrisabz shahridagi Temur va Temuriylar davri me'moriy yodgorliklari (2001), Samarqand shahri markazidagi tarixiy yodgorliklar (2002) Xalqaro Jahon Madaniy Merosi ro‘yhatiga kiritilgan.
So‘nggi 10 yillikda Madaniy va Tarixiy yodgorliklarni qayta ro‘yhatga olish ishlari natijasida XX asrning 90 yillari oxirida ularning 7612 tasi hisobga olingan bo‘lsa, shulardan 1595 tasini Me'moriy yodgorliklar, 3106 tasini mahobatli san'at asarlari, 2115 tasini arxeologiya yodgorliklari tashkil etadi. Ulardan 1831 tasi Respublika miqyosida davlat muhofazasiga olingan bo‘lib, 513 tasi me'moriy obidalar, 98 tasi mahobatli san'at asarlari, 1213 tasi arxeologik va 27 tasi tarixiy yodgorliklardir.
Bu ma'lumotlar mamlakatimizning butun hududi qadimiy madaniyat va sivilizatsiya o‘chog‘i bo‘lganligidan dalolat beradi. Bunday yodgorliklar ayniqsa Samarqand (997), Buxoro (804), Qashqadaryo (592), Toshkent (562), Farg‘ona (512) viloyatlarida ko‘p.
Endigi vazifamiz yosh avlodga «Milliy g‘oya» fani asoslaridan ta'lim-tarbiya berish jarayonida, ayniqsa sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish va boshqarishdaota-bobolarimizning qoldirgan tarixiy meroslaridan ularda milliy g‘oyani shakllantirish va o‘quvchilarning bu fandan olgan nazariy bilimlarini ularning kundalik amaliy faoliyatlarida qo‘llay bilishlariga, qolaversa ularda “O‘zbek xalqi hyech qachon, hyech kimga qaram bo‘lmaslik” g‘oyalarini mustahkam shakllantirib borishda ayni muddaodir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan har oyning oxirgi juma kuni «Ma'naviyat kuni» deb e'lon qilinganligi, «Milliy g‘oya» fanidan dars beradigan o‘qituvchilarni ham o‘zlarining pedagogik faoliyatlarida mazkur qarorni turmushga tadbiq etishda o‘z hissalarini qo‘shishlari shart ekanligini taqozo etadi. Jumladan, o‘qituvchilar o‘z pedagogik faoliyatida «Milliy g‘oya»ni o‘qitishga taalluqli ilmiy-metodik va didaktik tadbirlarni ishlab chiqish, takomillashtirib borishda «Darsdan tashqari» mashg‘ulotlar masalasiga kelganda oyda bir marta juma kunlari o‘tkaziladigan «Ma'naviyat kuni»da o‘quvchilarni respublikamizda mavjud bo‘lgan, ayniqsa mustaqillik yillarida bunyod etilgan ko‘pgina tarixiy yodgorliklar bilan tanishtirib borib, ularda milliy g‘oya va mafkurasining Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot kechirish ruhini kamolga yetkazishda katta ahamiyacht kasb etadigan, Vatan manfaatini o‘z manfaati deb anglaydigan yoshlar etib tarbiyalash uchun ularning dars jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda tarixiy ekskursiyalardavomida aniq tarixiy manbalar va ashyolar vositalarida amaliyotda isbot-dalillar bilan boyitishga harakat qiladilar. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yildagi “Muzeylar faoliyatini yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonida alohida qayd etilganidek, muzeylar xalqimizning ma'naviy-axloqiy g‘urur va iftixorini, milliy istiqlol g‘oyalari va mafkuralariga sadoqat, shuningdek ona Vatanga mehr-muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otish va kamol toptirishda zarur vosita ekanligi biz pedagoglarni, ayniqsa milliy g‘oya fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlar olib borish jarayonida Respublikamizda mavjud bo‘lgan turli muzeylar, eksponatlardan maqsadga muvofiq foydalanishga da'vat etadi.
Endi quyida “Milliy g‘oya” fanidan o‘quvchilarga Vatanimizning boy madaniy merosi, obidalari, ayniqsa milliy mustaqilligimiz yillarida bunyod etilgan ayrim tarixiy yodgorliklar majmui bilan tanishish maqsadida olib borilgan amaliy ishlardan namunalar keltiriladi.
Birinchi galda o‘quv yili boshida “M illiy g‘oya” fanidan dars soatlari taqsimotini ishlab chiqish jarayonida, mazkur fanni o‘qitish, samaradorligini oshirish va takomillashtirish, yoshlarda milliy g‘oya va mafkurasini shakllantirishni davr talabi darajasiga ko‘tarish maqsadida “Ta'limdan tashqari ishlarni tizimli ravishda amalga oshirishni takomillashtirish ”ning quyidagi rejasi tuzib chiqiladi.
1. “Milliy g‘oya” fanining asoschisi Islom Karimovning asarlari, nutqlari, ommaviy axborot vositalari xodimlariga bergan intervyularini atroflicha o‘rganish, ularda ilgari surilgan ilmiy-nazariy tamoyillarni har bir o‘quvchi ongiga operativ ravishda yetkazish maqsadida “Yosh siyosiy sharhlovchilar” to‘garagini tuzish samarali natijalar beradi. Mazkur to‘garakda, shuningdek ommaviy axborot vositalarida ko‘tarilgan ayrim muhim masalalar ham atroflicha tahlil etilib, o‘quvchilarning keng ommasi muhokamasiga tavsiya etildi. Lozim topilsa Xalqaro maydonda sodir bo‘lgan masalalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlarda mavzuga bag‘ishlangan referatlar ham tayyorlanadi va himoya qilinadi.
2. Har bir o‘quvchiga “O‘zbek modeli”ning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lmish “Qonun ustuvorligi”, mustaqil O‘zbekistonimizda “Qonuniy demokratik jamiyat qurish” asoslari sistemali ravishda singdirib borish maqsadida “Yosh huquqshunoslar” to‘garagini tashkil etish. To‘garak faoliyatiga mas'ullik ijtimoiy fanlar kafedrasida huquqshunoslik fanlaridan dars beradigan pedagogga yuklanadi.
3. Darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilarni mamlakatimizdagi tarixiy yodgorliklar, ma'rifiy-madaniy maskanlar, san'at koshonalari, ayniqsa mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshootlar bilan atroflicha tanishtirish maqsadida tarixiy ekskursiyalar uyushtiradi.
4. “Yosh o‘lkashunoslar”, “Yosh vatanparvarlar” to‘garaklarini tashkil etish.
5. O‘quvchilarga o‘z mahallalari, qishloqlari, tumanlari tarixi mavzusida referat yozishni topshiradi.
6. Mahalla faollari, oqsoqollari ishtirokida “Mahallamiz tarixidan” mavzusida davra suhbati o‘tkazadi.
7. “Diniy ekstremizm nima?” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi , viloyat, tuman IIB rahbar-vakillari ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazib boradi.
8. O‘quv yurti kutubxonasida tarixiy sanalarni nishonlashga bag‘ishlangan kitobxonlar konferensiyasini o‘tkazadi.
9. “Ogohmi biz?” mavzusida suhbat. Bu tadbir ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri va a'zolari tomonidan olib borilishi talabga muvofiq bo‘ladi.
10. Tarixchi-arxeolog olimlar bilan “Vatanimizning o‘tmishi va bugungi istiqbollari” mavzusida suhbat o‘tkazish.
11. Respublikamiz qurolli kuchlari, IIB, Davlat xavfsizligi ko‘mitasi xodimlari, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Vatanni sevmoq iymondandir!” mavzusida davra suhbati o‘tkazish.
12. “2005 yil nima uchun Sihat-salomatlik yili deb e'lon qilindi?” mavzusida tuman, “Kamolot”, YoIX tashkilotlari rahbariyati ishtirokida davra suhbatini o‘tkazish.
13. 2006 yilning “Shifokorlar va homiylar yili”, 2007 yilning “Ijtimoiy himoya yili”, 2008 yilning “Yoshlar yili” deb belgilanishi munosabati bilan suhbatlar, uchrashuvlar, kechalar uyushtirish.
Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlri, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san'at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta'sir ko‘rsatadi.

Download 20.75 Kb.
  1   2




Download 20.75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Darslik va o`quv qo`llanmaning bir biridan farqi Reja

Download 20.75 Kb.