• Pedagogning vazifalari
  • Mozaika san’ati haqida
  • Qog‘ozdan mozaika usulida mevalar shaklini yasash texnologiyasi taqdimoti
  • Qog‘ozdan mozaika ishlaridan namunalar
  • Mavzu: Erkin mavzuda mozaika yasash Reja




    Download 0.99 Mb.
    Sana03.05.2023
    Hajmi0.99 Mb.
    #56034
    Bog'liq
    Erkin mavzuda mozaika yasash
    2, 1 Masofaviy ta’lim tushunchasi Masofaviy o`qitish usullari Ma, S3O1 TextileFibers INGLIZ TILI, Ijtimoiy media tahdid va xavf-hatar Tayyorladi Xolboyeva Dilora-azkurs.org, АЕЕТваГЖ 4-лабор, 1-mavzu, Tarmoq iqtisodiyoti fanidan joriy nazorat-fayllar.org, 2-Topshiriq (2), 3-task, CamScanner 2023-10-20 22.54 (2) compressed, 1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditat

    Mavzu: Erkin mavzuda mozaika yasash
    Reja:
    1. Mozaika san’ati haqida ma’lumot berish.
    2. Qog‘ozdan mozaika yasash haqida ma’lumot berish.
    3. Qog‘ozdan mozaika yasash texnologiyasini amaliy ko‘rsatish.
    Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga mozaika sa’nati haqida bilim berish. Mozaika ishining mazmuni haqida tushunchalar hosil qilish. Qog‘ozdan mozaika yasash texnologiyasini o‘rgatish.
    Pedagogning vazifalari:
    • talabalarning mozaika sa’nati haqidagi bilimlarini aniqlash;
    • ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish va texnika xavfsizligi qoydalariga amal qilishni eslatish;
    • qog‘ozdan mozaika ishining bajarilishi haqida tushunchalar berish;
    • mozaika ishlarini yasash texnologiyasini o‘rgatish.
    Ta’lim usullari: “Aqliy hujum” metodi, amaliy ish, ko‘rgazmalilik.
    Ta’lim vositalari: Tayanch matn, metodik qo‘llanmalar, slaydlar, oq qog‘oz, turli rangli qog‘oz, chizg‘ich, qaychi, qalam.
    Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
    1. Mozaika san’ati qanday san’at?
    2. Mozaikaning materiallari nimalardan iborat?
    3. Mozaikani yasashda nimalarga e’tibor berish kerak?
    5. Mozaika qachon paydo bo‘lgan?
    6. Mozaika usulida qanday inshootlar bezatilgan?
    Mozaika san’ati haqida
    Mozaika monumental dekorativ san’at turlaridan biridir. Turli davrlarda va turli mamlakatlarda mozaika qo‘llaniladigan materiallarigako‘ra ham, naqsh va rasmlarga ko‘ra ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. O‘rta Osiyoda madrasalar, machitlar, hukmdorlarning saroylari mozaika usulida bezatilgan.
    Hozirgi kunda mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlari va xalq amaliy san’ati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna, sopol, plitalardan foydalaniladi.
    Mashhur ustalar tomonidan ayrim shaharlarda rangli ko‘zgu parchalaridan ajoyib mozaika asarlari yaratilgan, ular quyoshda bir-biriga qo‘shilib va porlab shodlik kayfiyatini yaratadi.


    Qog‘ozdan mozaika usulida mevalar shaklini yasash texnologiyasi taqdimoti
    1. Rangli qog‘ozni bo‘laklarga bo‘lib olamiz.



    2. Qog‘oz bo‘lagini mayda qilib uchburchak, to‘rtburchak doira shakllarda kesib olamiz


    3. Nokning rasmini chizib olamiz.
    4. Maydalangan qog‘oz bo‘laklarini rasmga yopishtirib chiqamiz.
    O‘qituvchi dars jarayonida partalarni oralab yurib, o‘quvchilarga kerakli ko‘rsatmalarni berib boradi. Yaxshi va yomon bajarilayotgan ishlardan namunalar ko‘rsatib, tegishli amaliy yo‘l-yo‘riqlar beradi.


    Qog‘ozdan mozaika ishlaridan namunalar


    Download 0.99 Mb.




    Download 0.99 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Erkin mavzuda mozaika yasash Reja

    Download 0.99 Mb.