Mavzu: Ertak matni tahlili




Download 36.95 Kb.
bet1/3
Sana27.04.2022
Hajmi36.95 Kb.
#20363
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu Ertak matni tahlili


Mavzu: Ertak matni tahlili.
Ertak – xalq og‘zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; to‘qima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishik xarakterdagi epic badiiy asar. Asosan, nashr shaklida yaratilgan. M.Koshg‘ariyning “Devoni lug‘oti turk” asarida yetuk shaklida uchraydi va biror voqeani og‘zaki tarzida hikoya qilish ma’nosini bildiradi. Ertak Surxondaryo, Samarqand, Farg‘ona o‘zbeklari matal, Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda ushuk, Xorazmda varsaqi, Toshkent shahri va uning atrofida cho‘pchak deb ataladi. Ertak hayot haqiqatining xayoliy va hayotiy uydirmala asosida tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea va harakatlarning ajoyib-g‘aroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning g‘ayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. Ertaklarda uydirma muhim mezon bo‘lib, syujet voqealarining asosini tashkil etadi, syujet chizig‘idagi dinamik harakatning konflikt yechimini ta’minlaydi. Uydirmalarning turli xil namunalari ta’limiy estetik funksiyani bajaradi, janr komponenti sifatida o‘ziga xos badiiy tasvir vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Uydirmalar voqea va hodisalarni hayotda bo‘lishi mumkin bo‘lmagan yoki mavjud bo‘lgan hodisalar tarzida tasvirlaydi. Xayoliy va hayotiy uydirmalarning ishtiroki, syujet chizig‘ida tutgan o‘rni va vazifasiga ko‘ra ertakni 2 guruhga – xayoliy uydirmalar asos bo‘lgan ertak, hayotiy uydirmalar asos bo‘lgan ertaklarga bo‘lish mumkin. Xayoliy uydirmalar asosidagi ertak syujeti mo‘jizali, sehrli; hayotiy uydirmalarga asoslangan ertak syujeti esa hayotiy tarzda bo‘lib, unda real voqea-hodisalar tasvirlanadi. Ertakda, asosan, uch maqsad hikoya qilinadi. Birinchisida ideal qahramonning jasorati, yovuz kuchlarga qarshi chiqib, xalq manfaatini himoya qilishi, ikkinchisida, asosan, bosh qahramonning o‘zga yurt malikalariga yoki parzodlariga oshiq bo‘lib uylanishi, kasalga dori topishi, ajdar va devlar olib qochgan kishilarni ozod qilishi, uchinchisida esa adolatsizlikka, zulmga qarshi chiqishi kabi maqsadlar bayon qilinadi. Birinchi maqsad pahlavonning faol harakati va g‘ayritabiiy kuch-qudrati bilan amalga oshsa, ikkinchi maqsad passiv qahramonga yordam beruvchi tilsim vostalari yordamida, uchinchi maqsad esa bosh qahramonning aql-idroki, tadbirkorligi bilan amalga oshadi.

Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko‘pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo’shilib ketadi.


Ertakning o‘tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g‘oyaviy yo‘nalishi, unda ezgulik kuchining – yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni o‘ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so’z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko‘pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo‘lgan yovuz, baxil, ochko‘z obrazlar bo‘ladi. Ertakning pedagogic qiymati shundan iboratki, o‘quvchilar unda to‘g‘rilik, halollik g‘alaba qilganidan, kambag‘al kishilar qiyinchilikdan qutilgandan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro‘yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo’lishini istaydilar. Masalan, “Halollik” ertagida(3-sinf) asosi fikr kambag‘allarga yordam ko‘rsatish, o’z mehnati bilan hayot kechirish bo‘lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g‘oyasi ilgari surilgan bo‘lsa, “Hiylagarning jazosi” ertagida (4-sinf) soddadilning to‘g‘riligi hiylagarning makri ustidan g‘olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g’oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to‘g‘riso‘zlikning g‘alabasi bilan yakunlanadi.
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o’qishgagina emas, balki uni aytib berishga o‘rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og‘zaki nutqni o‘stiradi, bolalar nutqini yangi so‘z va iboralar bilan boyitadi.
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo‘li bilan bog‘lanishli nutqini o‘stirish, nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim. Masalan, “Rostgo‘y bola” (1-sinf) ertagida bola o‘z rostgo‘yligi bilan podshoga ma’qul bo‘lganligi hikoya qilingan. Ertak g‘oyasiga mos xulosa esa “Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘ri gapir” maqoli bilan ifodalangan. O‘quvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o‘zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin.
Ertakni o’qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o’quvchilardan shaylanib, ro‘parasida, sharbat, xayrli ish, xivchin, muhayyo so‘zlarining ma’nosi so‘raladi. Javoblar to‘ldiriladi, umumlashtiriladi.
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo‘llagan badiiy vositalar: jonlantirish, metafora, mubolag‘alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o’rganish darslarining qurilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  1. Ertak bilan tanishtirish:

  1. o‘quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;

  2. o‘qituvchining ertakni ifodali o‘qishi, yod aytib berishi b)h ok.

  1. Ertakni o‘quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o‘tkazish;

  2. Ertakni qismlarga bo‘lib o‘qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar, ma’nodosh so‘zlarni topish, lug‘at ishi (ayrim so‘zlar ma’nosini tushuntirish);

  3. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichida o‘qish); hikoyani o‘qish metodikasi; hikoya kichik hajmli badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi.

“Hikoya ko‘pincha kishi hayotida bo‘lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmunini ertakdagidan ortiqroq hayotidir”

  1. Hikoya mazmunan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi ko‘rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalari haqidagi hikoyalar ko‘proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalarni badiiy asar turi bo‘lgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog‘lab olib boriladi.

Boshlang‘ich sinflarda hikoyani o‘qishga bag‘ishlangan izohli o‘qish darslarida o‘qilgan hikoya mazmunini ochish, lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So‘roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqash va umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Hikoyani o‘qish darsida o‘quvchilar tushunmaydigan so‘z va iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar.
Hikoyani o‘qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o‘quvchilar nutqini o‘stirish markaziy o‘rin egallaydi. Hikoya o‘qib bo‘lingach, o‘quvchilar o‘ylashi, o‘z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O‘qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmasligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etganini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya syujeti, voqeaning yo‘nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g‘oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi.
Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni to‘liq tushuntirishga berilib ketib, qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
Ertak janriga xos matnlar jozibadorligi bilan bolani o‘ziga tortadi. Lekin, hikoya janri ham hayotiyligi bilan o‘ziga xos. Hikoyada voqealar tez rivojlanib boradi. Unda inson hayoti, u bilan bog‘liq hayotiy lavhalar bayon etiladi. O‘quvchilar qahramonlarning xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar. Masalan, 3-sinf “O‘qish kitobi”dagi “Dadam qurgan dengiz” (Hakim Nazir), “Olma” (Malik Murodov), “Ilmli ming yashar” (Nurmat Maqsudiy), “Xazonchinak” (O‘. Hoshimov), “Qo‘shterak” (A. Isroilov), “Mehnatkash qiz” (Oybek) va boshqalar qiziqarli hikoyalar berilgan. Ular mavzu jihatdan xilma-xil bo‘lib, qahramonlarning xarakter-xususiyatlari bilan ham farq qiladi.
Xalqning turmush tarjibalari, kundalik kuzatishlari natijasida yuzaga kelib, o‘z isbotini topgan maqollar, naqllarni hayot maktabi darsligi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko‘pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo‘shilib ketadi. Ertakning o‘tkir, maroqli sujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g‘oyaviy yo‘nalishi, unda ezgulik kuchining yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni o‘ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so‘z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko‘pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo‘lgan yovuz, baxil, ochko‘z kishilar timsoli bo‘ladi. Ertakning pedagogic qiyati shundaki, o‘quvchilar unda to‘g‘rilik, halollik g‘alaba qilganidan, kambag‘al kishilar qiyinchilikdan qutulganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro‘yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo‘lishini istaydilar. Masalan, “Halollik” ertagida asosiy fikr kambag‘allarga yordam ko‘rsatish, o‘z mehnati bilan hayot kechirish bo‘lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g‘oyasi ilgari surilgan bo‘lsa, “Hiylagarning jazosi” ertagida esa soddadilning to‘g‘riligi hiylagarning makri ustidan g‘olib keishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g‘oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to‘g‘riso‘zlikning g‘alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g‘alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan. Boshlang‘ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko‘proq o‘qitiladi. “Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak”(A.Obidjon), “Ko‘zacha bilan tulki” kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o‘qitiladi va tahlil qilinadi.
Ertak matni ustida ishlashda tanlab o‘qish, savollarga javob berish, o‘quvchilarning o‘zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi. Maktab tajribasidan ma’lumki, kichik yoshdagi o‘quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o‘qib tahlil qilganda, barcha ishlar matnning mazmunini yaxshi idrok etishga, sujet rivojini, qatnashvchi personajlarining xatti-harakati, o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri tasavvur etishga yo‘naltiriladi. Bunda tanlab o‘qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta. Masalan, “Odobli bo‘lish osonmi?”(A. Obidjon) ertagining mazmunini o‘zlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:

  1. Sichqonchaning onasi bilan qilgan suhbatini o‘qing. Sichqonchaning “Odobli bo‘lish uchun nimalar qilish kerak degan?” savoliga onasi qanday javob qaytarganligini so‘zlab bering.

  2. Sichqonchaning mushuk bilan uchrashgan holati aks ettirilgan o‘rinni topib o‘qing. Nima uchun “Shum Baroq ko‘zidagi yovuzlik birdaniga so‘nadi”.

  3. Echki nima uchun Sichqonchani “Kam bo‘la” deb duo qiladi, shu o‘rinni topib o‘qing. Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichida “Ertakning sizga yoqqan joyi”ni topib o‘qing. Nima uchun aynan shu joyi yoqqanini ayting. “Hayotingizda ertakdagi voqealarga o‘xshash voqealar bo‘lganmi?” kabi savol-topshiriqlar yordamida o‘quvchilarning ertak xulosasini tushunishlariga erishiladi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari, “Davlat”(4-s.49-b), “Ilm afzal”(4-s.44-b), “hiylagarning jazosi”(4-s.57-b), “Hunarsiz kishi olimga yaqin”(4-s.61-b) kabi maishiy ertaklarni ham o‘qiydilar. Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar o‘qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq-atvori, ayrim hatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo‘lib o‘qiydilar. “Davlat” ertagi oddiy turmushga tegishli hodisalarni tasvirlovchi ertakdir. Ertakni o‘qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofimizdagi tabiatni, borliqni qanday tasavvur etishlari haqida suhbat o‘tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o‘zaro munosabatlarini, xulq-atvorlari, xarakterlarini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. “Davlat” ertagi matni ustida ishlash jarayonida o‘quvchilar “Dehqonning xonadoni qanday hayot kechirar ekan?”, “Nima uchun Davlat dehqonning xonadonidan ketishni istamaydi?” kabi savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar. Ahil va inoq bo‘lib, halol mehnat qilish lozim degan xulosaga keladilar.
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o‘qishgagina emas, balki uni aytib berushga o‘rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og‘zaki nutqni o‘stiradi, bolalar nutqini yangi so‘z va iboralar bilan boyitadi. o‘quvchilarni 1-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o‘rgatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni o‘qituvchi aytib berishi mumkin. O‘quvchi ertak mazmunini o‘zlashtirib olgandan so‘ng, uning tili ustida ishlashga alohida ahamiyat qaratilishi zarur.
Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni o‘rganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni o‘rganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda, qahramonlarga tavsif berishda o‘quvchilarning o‘z nutqida til vositalaridan o‘rinli foydalanish uchun talab va vaziyat, ehtiyoj yaratish zarur. Ertak tilida shunday so‘z va iboralar borki, ular bolaga o‘zgacha ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, “Yo‘lbars, Tulki va Bo‘ri” ertagida tog‘ echkisi siz ulug‘imizniki bo‘lsin, quyon siz podshohimizning ertalabki nonushtangiz bo‘lsin, kiyik kechqurungi taomingiz, qo‘y kunduzgi xo‘ragingiz bo‘lsin kabi gaplar tarkibidagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga o‘quvchilar diqqati qaratili, ertakni so‘zlab berayotganda ulardan nutqda foydalanishlariga erishish zarur.
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo‘li bilan bog‘lanishli nutqni o‘stirish, nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim.

Savollar:



  1. Ertak janri qanday janr?

  2. 1-sinf o‘qish kitobida berilgan “Sher va sichqon” ertagida sichqon sherni nima uchun qutqaradi?

  3. Qaysi ertakda podshoh o‘zi uchun farzand tanlashda gul o‘stirish shartini tanlagan?

  4. “Qadim zamonlarda bir daraxt va buloq bo‘lgan ekan. Ular yonma-yonma yashar ekanlar…” Ushbu parcha qaysi ertakdan olingan?

  5. Qaysi ertakda ona hakka o‘z bolalarini mustaqil yashashga undaydi?

  6. 1-sinf o‘qish kitobida “Aql va boylik” ertagida cholning qaysi o‘g‘li oila boshlig‘I bo‘ldi?

  7. 3-sinf o‘qish kitobida berilgan “Opa-singil daryolar” ertagidagi opa-singil daryolarning ismlari nima?

  8. 3-sinf o‘qish kitobida berilgan Kavsar Turdiyeva qalamiga mansub “Vaqting ketdi – naqding ketdi” ertagi qahramonlari Qoyilbek va Ziyrakbek Foydaxo‘rga qarshi qanday chora topdilar?

  9. 3-sinf o‘qish kitobida berilgan “Xo‘roz nega uchmaydi?” she’riy ertagida qanotlilar sinfida kim bilimdon?

  10. Qaysi ertakda eshak farmon o‘qiydi?

  11. Suvda suzishni ham, osmonda uchishni ham, bulbulday sayrashni ham uddalay oladigan parranda qaysi?

  12. 3- sinf o‘qish kitobida berilgan “Qish ertagi” ertagida quyonlarga kim yordam beradi?

  13. 3-sinf o‘qish kitobida berilgan “Ahllik – ulug‘ ne’mat” ertagi qaysi xalq ertagi?

  14. 3-sinf o‘qish kitobida berilgan “Uch aka-uka va baxt” ertagida baxt kim bilan qoladi?

  15. 4-sinf o‘qish kitobida berilgan “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin” ertagida shahzoda qaysi hunarni o‘rganadi?

  16. 4-sinf o‘qish kitobida berilgan “Rangin qorlar” ertagida qish faslining nega jahli chiqadi?

  17. Xans Kristian Andersenning “Bolalar gurungi” ertagidagi “shahardagi xazinalarga liq to‘la bir uy” kimga tegishli?

  18. 4-sinf o‘qish kitobida berilgan “Baliqchi va baliq haqida ertak” asarida kim sababli chol va kampir yana asl hollariga qaytib qoladilar?

  19. “Bir xurmacha shavla ” ertagida kampir nima uchun qizchaga xurmacha sovg‘a qiladi?

  20. Qaysi ertakda bo‘ri itga aylanib qolgani haqida aytiladi?

Javoblar:

  1. Ertak – xalq og‘zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; to‘qima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishik xarakterdagi epic badiiy asar.

  2. Chunki sher sichqonga yaxshilik qilgan edi.

  3. 1-sinf o‘qish darsligida berilgan “Rostgo‘y bola” ertagida

  4. 1-sinf o‘qish darsligida berilgan “Buloq va daraxt” ertagi

  5. 1-sinf o‘qish darsida berilgan “Hakka va uning bolalari” ertagi

  6. 3-o‘g‘li

  7. Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon

  8. “Ajoyib g‘aroyib” tanlovni tashkil etadilar.

  9. Xo‘roz

  10. 3-sinf o‘qish darsligida berilgan Anva Obidjon qalamiga mansub “O‘n tilla mukofot haqida ertak”

  11. 3- sinf o‘qish darsligida berilgan Sobit G‘afurovning “G‘oz – hunaring oz”.

  12. Tipratikon va qizilishton

  13. Qirg‘iz xalq ertagi

  14. Kenja o‘g‘il bilan

  15. Gilamdo‘zlikni

  16. Do‘konga kelganda oq rangdan boshqarang qolmagani uchun

  17. Kambag‘al bolaga tegishli

  18. Kampir sababli

  19. Kampirga maymunjon bergani uchun

  20. 4-sinf o‘qish darsligida berilgan “Jimjiloq” asarida

Test javoblari:
1. B 9. B 17. A 25. A
2. A 10. B 18. D
3. B 11. A 19. B
4. B 12. B 20. A
5. D 13. D 21. B
6. B 14. D 22. D
7. B 15. A 23. B
8. D 16. D 24. D
Test
1.‘‘Mukofot” ertagidagi voqealar qayerda bo‘lib o‘tadi?
A)qishloqda B)o‘rmonda C)tog‘da D)shaharda
2.‘‘Ajoyib bahs” ertagi qahramonlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A)yer, quyosh, tog‘ B)ayiq, quyon, olmaxon
C)olma, nok, gilos D)Moshvoy, Qag‘-qag‘, Dik-dik
3.‘‘Keksa kulol va shogird” ertagida shogirdning ishi nima uchun yurishmay qoldi?
A)sabri chidamagani uchun B)hunarni puxta egallamagani uchun
C) yolg‘onchiligi uchun D)idishlari o‘xshamagani uchun
4.‘‘Tipratikan odatdagidek ertalab inidan chiqdi.” Ushbu satrlar qaysi asardan?
A) “Kuz” B) “Barglar nega sarg‘ayadi?”
C)“Mangulikka tatigulik kun” D) “Oltin kuz”
5. “Barglar nega sarg‘ayadi?” ertagining qahramonini toping.
A)ukki B)tulki C)olmaxon D)tipratikan
6. “Kenja o‘g‘il ” ertagida ota o‘g‘illariga nima qilishni buyurdi?
A)do‘st orttirishni B)uy qurishni C)uxlashni D)ekin ekishni
7. “Yaxshilik qil-u suvga ot, suv bilmasa baliq bilur, baliq bilmasa, Xoliq bilur” degan maqoldan qaysi ertakda foydalaniladi?
A)Yangi uy B)Opa-singil daryolar
C) Jimjiloq D)Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi
8. Uch opa-singil daryolarning kenjasi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A)Sirdaryo B)Amudaryo C)Suluvxon D)Zarafshon
9. Uch opa-singil daryolarning o‘rtanchasi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A)Sirdaryo B)Amudaryo C)Suluvxon D)Zarafshon
10. “Qish ertagi” ertagida tulkilarning hiylasini kim eshitib qoladi?
A)Tipratikan B)Qizilishton C)Quyonlarning o‘zi D)Quyonlar
11. Ertak janri qanday janr?
A) epic B)lirik C) dramatic D) she’riy
12. 4-sinf o‘qish kitobida berilgan “Baliqchi va baliq haqida ertak” asarida kim sababli chol va kampir yana asl hollariga qaytib qoladilar?
A) chol sababli B) Kampir sababli C)qayiq sababli D) baliq sababli
13. 3- sinf o‘qishidagi “Uch aka-uka va baxt” ertagida baxt kim bilan qoladi?
A) katta o‘g‘il bilan B) o‘rtancha o‘g‘il bilan
C) hech kim bilan qolmaydi D) kenja o‘g‘il bilan
14. 4- sinf o‘qish kitobida berilgan “Baliqchi va baliq haqida ertak” kimning qalamiga mansub?
A) Lev Tolstoy B)Ivan Krilov C) Ezop D)Pushkin
15. 2- sinf o‘qish darsligida berilgan ertakni toping.
A)Uch o‘g‘il B)Ziyrak uch yigit C) Jimjiloq D)Uch opa-singil
16. 2- sinf o‘qish kitobida berilgan “Barglar nega sarg‘ayadi?”ertagi ertak janrining qayti turiga kiradi?
A) hayotiy ertak B) sehrli-afsonaviy ertak
C)Maishiy ertak D) hayvonlar haqida ertak
17. 4- sinf o‘qish kitobida berilgan “Rangin qorlar” ertagida qaysi fasl hafa bo‘lib qoladi?
A) qish B) bahor C)yoz D) kuz
18. “Qadim zamonlarda bir daraxt va buloq bo‘lgan ekan. Ular yonma-yonma yashar ekanlar…” Ushbu parcha qaysi ertakdan olingan?
A) Uch opa-singil daryolar B) Tabiatning ne’mati ko‘p
C)Sher va sichqon D) Buloq va daraxt
19. Xalq ertaklari xususiyatiga ko‘ra nechchiga bo‘linadi?
A)5 B)4 C) 7 D)8
20. 1- sinf o‘qish darsligida jami nechta ertak janridagi asar bor?
A)5 B)4 C)10 D)8
21. Hayvonlar haqidagi ertakni toping.
A) Halollik B) Tabiatning ne’mati ko‘p C) Kuz D) Jimjiloq
22. 1-sinf o‘qish kitobida “Aql va boylik” ertagida cholning qaysi o‘g‘li oila boshlig‘I bo‘ldi?
A) Katta o‘g‘il B) O‘rtancha o‘g‘il
C)Hech kim bo‘lmadi D) Kenja o‘g‘il
23. Surxondaryo, Samarqand, Farg‘onada ertakni nima deb ataydilar?
A) varsaqi B) matal C) ertak D) ushuk
24. 3-sinf o‘qish kitobida berilgan “Xo‘roz nega uchmaydi?” she’riy ertagida qanotlilar sinfida kim bilimdon?
A) Qo‘ng‘iz B) Mayna C) Burgut D) Xo‘roz
25. 4- sinfda berilgan “Jimjiloq” ertagini kim yozgan?
A) Chimgiz Aytmatov B) Qudrat Hikmat
C) Zafar Diyor D) Xudoyberdi To‘xtaboyev


Download 36.95 Kb.
  1   2   3




Download 36.95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Ertak matni tahlili

Download 36.95 Kb.