Mavzu: Gaz tazyiqi rejimida neft uyumini ishlash




Download 21.49 Kb.
Sana08.06.2023
Hajmi21.49 Kb.
#70963
Bog'liq
Mavzu; valiqulovdan mustaqil ish
1-mavzu. Radioaloqa liniyasi, Dekart koordinatalar sistemasini almashtirish. II tartibli tengl, 2 5429163000894336892, 3Xizmat yozishmalari. Xatlar, 5-курс 5-йиллик амалиёт дафтари-1 (2), 2Ma‘lumot-axborot hujjatlari. Ishonchnoma. Tilxat., 2Xizmat yozishmalari. Xatlar, “O‘zbekinvest” eksport-import aksiyadorlik jamiyati sug\'urta kompaniyasi, Вейн А.М., Память человека, 2351

Mavzu: Gaz tazyiqi rejimida neft uyumini ishlash
Reja:
Kirish



  1. Gaz tazyiqi rejimining asosiy shartlari




  1. Gaz tazyiqi rejimi va gaz do’ppisi orasidagi bog’liqlik

3.. Quduq tubi atrofiga issiqlik usulida ta’sir ko’rsatish


4. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Gaz neft qatlami rejimi deb tabiiy geologik-fizik sharoitlaga va uni ishlash va ishlatish davomida o’tkaziladigan tadbirlarga bog’liq bo’lgan , uni harakatlatiruvchi kuchlarni namoyon bo’lish xususiyatiga aytildi.


Gaz tazyiqi rejimining asosiy sharti qatlamni ishlatilayotgan qismida bosimni tushishi hisoblanadi. Bu bosim tushishi gaz doppisi ga o‘tadi va uni kengayishiga olib keladi.
Gaz doppisi ni quduqqa yaqinlashishi gaz yorib o‘tishi bilan kuzatiladi. Bunda gaz keskin oshadi va quduq toza gaz bera boshlaydi.
Gaz tazyiqi rejimida biz qatlamdagi yani gazdagi va neft uyumlaridagi suv va shunga yaqin kompanentlarni borligini va uarning qatlamdagi haratini joylashuvini tasir etish jarayonlarini o’rganishimiz mumkin.
Gaz tazyiqi rejimi do‘ppisidagi (GD) gaz tazyiqi rejimi bilan ko‘proq bog’liq va tashqi ko‘rinishdan GD chegarsining harakati bilan namoyon bo‘ladi.
Gaz tazyiqi rejimining asosiy sharti qatlamni ishlatilayotgan qismida bosimni tushishi hisoblanadi. Bu bosim tushishi GD ga o‘tadi va uni kengayishiga olib keladi.
GD ni quduqqa yaqinlashishi gaz yorib o‘tishi bilan kuzatiladi. Bunda G keskin oshadi va quduq toza gaz bera boshlaydi.
Qatlamning pastki qismlarida, GD dan uzoqda joylashgan quduqlarda G ishlatish davri davomida pasayib boradi. Bu pasayish qatlamda bosim tushishi bilan erigan gazning bir qismini erkin holatga o‘tishi va bu gazni quduqlarga emas, qatlamning yuqori qismidagi GD ga ko‘chishi bilan bog’liq. Shuning uchun G GD da uzoqda joylashgan quduqlarda, qatlam bosimining ma’lum kattaliklarida, neftda erigan gaz miqdoriga mos keladi.
2 G ning kamayishi bilan asta-sekin yo‘ldosh gazning tarkibi o‘zgaradi. Yengilroq uglevodorodlar (metan va etan) neftdan ajralib GD ga ko‘chadi, yo‘ldosh gaz esa og’irroq uglevodorodlar bilan boyiydi. Neftning qovushqoqligi ortadi – neft beraolishlik kamayadi.
Erigan gaz rejimi asosan Pq tushishi bilan erigan holatdan erkin holatga o‘tgan gazning harakati bilan bog’liq. Gazning ajralgan pufakchalari kengaya boradi va neftni yaqindagi quduqlar tubiga suradi. Bu rejim uchun quyidagilar xususiyatli:
- qatlam bosimini keskin tushishi;
- quduqlar mahsuldorligini tezda kamayishi;
- har bir quduq atrofida depressiya voronkasi hosil bo‘lishi;
- G qandaydir maksimal ko‘rsatgichgacha tezda o‘sadi, undan keyin esa pasayadi.



Gravitatsion rejim qatlamda neftni harakatlantiruvchi boshqa kuchlar bo‘lmaganda, yoki ularning energiyasi sarflanib bo‘lgan holatlarda namoyon bo‘la boshlaydi. Gravitatsion rejimda harakat mexanizmi neftning og’irlik kuchlari ta’sirida pastga harakatlanishidan iborat.







  1. Quduq tubi atrofiga issiqlik usulida ta’sir ko’rsatish

Og‘ir qovushqoq, parafin va asfaltosmolali (5–6% dan yuqori) neftni qazib olishda quduq tubi atrofiga issiqlik ta’sir usulini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Quduq tubi atrofiga issiqlik usulida ta’sir etish davriy olib borilib quduq uncha chuqur bo‘lmasligi kerak (1300 m gacha), quduqdan qizdirgich olingandan keyin suyuqlik yetarli issiqlikda qazib olinishini ta’minlashi shart.
Parafin va asfoltasmolali moddalarning quduq tubi atrofiga qotib qolishi bosimning tez o’zgaradigan, ya’ni quduq devoridan 2,5 metr masofagacha kuzatiladi. Bu sizishga qarshilikning juda ortishiga va quduq debitining pasayishiga olib keladi.
Quduq tubi atrofi ikki usulda qizdiriladi: issiqlik tashuvchini (to‘yingan yoki qizdirilgan bug‘, eritma, issiq suv yoki neft) qatlamga ma’lum chuqurlikka haydash orqali;
Quduq tubiga qizdiruvchi moslamani elektropech yoki maxsus chuqurlik gaz gorelkalarini tushirib ishlov berish.
Ikkinchi usul arzon va sodda. Bundan tashqari tog‘ jinsining issiqlik o‘tkazuvchanligi pastligida elektroqizdirish usuli qatlamga issiqlik tashuvchilarni –suv yoki bug’, kondensat haydash bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Elektroqizdirish orqali ishlov berishda qatlamning issiqlik o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan holatda 40oC gacha harorat o‘zgarishi 1m gacha bo‘ladi.
Issiqlik tashuvchilarni haydashda qizdirish radiusi 10–20 metrgacha yetadi buning uchun statsionar qozonxona qurilmasi–bug’generatori kerak bo‘ladi. Quduq tubi atrofiga elektroqizdirgichlar bilan davriy ishlov berishda quvvati bir necha o‘n kVt bo‘lgan elektroqizdirgichlar maxsus kabel–tros bilan kerakli chuqurlikka tushiriladi. Elektroqizdirgichning quvvatni oshirish, u o‘rnatilgan joyda neftdan koks hosil bo‘lishini ta’minlovchi haroratga 180–200 оС gacha oshiradi.
Quduq tubi atrofini davriy qizdirish uchun ZIL–157Е avtomashinasiga o’rnatilgan o’zi yurar SUEPS–1200 markali elektroqizdirgichlardan foydalaniladi. Avtomabil dvigateli bilan harakatlanadigan baraban korataj lebedkasi bilan mashinada joylashtirilgan. Barabanga uzunligi 1200 m, diametri 18 mm bo’lgan

КТNG–10 kabel – kanat o’ralgan. Kabel – kanat uchta tok o’tkazuvchi ko’ndalang kesimi 4 mm2 simdan va uchta ko’ndalang kesimi 0,56 mm2 bo’lgan simdan tashkil topgan bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati




  1. Агзамов А.А., Бобожонов Т.П. –“Сейсмик қидирув фанидан ўқув амалиѐтини ўтказиш учун услубий қўлланма” Тошкент “Университет”. 1995 йил.

  2. Горбунова Л.М, Захаров В.П и др.-«Геофизические методы поисков и разведки». Л.Недра, 1982г.

  3. Кузмина Э.Н, Никитин В.Н, Огильви А,А Хмелевской В.К-«Практикум по геофизическим методам исследований» МГУ. 1970г.

  4. Атобоев Д.Х-«Сейсморазведка» Тошкент. «Университет», 1998йил.

  5. В.К.Хмелевской-«Геофизические методы исследования». М.Недра.1988г.

  6. Шарма П.-«Геофизические методы в региональной геологии»

Download 21.49 Kb.




Download 21.49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Gaz tazyiqi rejimida neft uyumini ishlash

Download 21.49 Kb.