Mavzu: Guruxli elektr yuritmalar taxlili




Download 19.77 Kb.
Sana22.05.2023
Hajmi19.77 Kb.
#62916
Bog'liq
Elektr yuritma mustaqil ish
3- mustaqil ish11111, 1543468284 68431, 02-03 03-58, zjcfbshdgfysv, 2012yil variant yechimlari, Kirish, Adabiyotlar, Amalyot kundaligi, Жуманазарова Г.Тафаккур зиёси, ПЕД-РИЯ ГАПФФОРОВА , Badalov 1, Yuksak ma\'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O\'rta Osiyo allomala, O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliy-fayllar.org, 3-Amaliy ish

Mavzu: Guruxli elektr yuritmalar taxlili

Re’ja:


  1. Kirish




  1. Elektr yuritmalar



  1. Guruhli elektr yuritmalar



  1. Xulosa

1. Elektr yuritmalari Sanoat, qishloq xo‘jaligi, kommunal va boshqa tarmoqlaming barcha sohalarida, turli mashina va mexanizmlar hamda qurilmalardan keng foydalaniladi. Har qanday mexanik jarayonni amalga oshirish uchun mexanizm va mashinaning ish organini harakatga keltirish darkor. Bu esa yuritma vositasida amalga oshiriladi, xususan, elektr energiya mexanik energiyaga aylantiriladi. Yuritma energiyani ma’lum yo‘naltirilgan maqsadda o‘zgartirishi kerak. Shuning uchun uning tarkibiga bu funksiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalar va boshqaruv vositalari kiritilishi darkor. Bu maqsadga elektr yuritma yordamida avtomatik boshqaruv asosida erishiladi. Elektr yuritma deb mashinalaming ish organlarini harakatga keltiradigan hamda bu jarayonlami maqsadga muvofiq boshqaradigan, hamda elektr dvigatel, kuchli o‘zgartgich, boshqarish, axborot hamda uzatish qurilmalaridan tashkil topgan murakkab elektromexanik tizimga aytiladi. Yuritmaning «chiqish» koordinatlariga ish mashinasi organlarining mc’yorda ishlashi uchun zarur bo‘lgan elektromagnit moment M yoki kuch F va harakat koordinatlari: burchak tezlik oj yoki chiziqli tezlik v hamda ularga mos harakat yo‘nalishi bolaklari kiradi.


Yuritma elementlari quyidagilardan iborat. Uzatish qurilmasi harakat shakllarini o‘zgartirish va mexanik energiyani dvigatel qurilmasidan mashinaning ish organlariga uzatish uchun moljallangan.

Dvigatel qurilmasi elektromexanik o‘zgartgich bo‘lib, elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi va uzatish qurilmasi bilan birgalikda ish organining berilgan harakat turlarini shakllantiradi.


2. Kuchli o‘zgartgich qurilmasi elektr yuritma tizimini elektr manbayi bilan bog‘lash uchun (masalan, sanoat elektr tarmog‘i bilan) elektr energiyani bir turdan ikkinchi turga o‘zgartirish uchun (masalan, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirish) xizmat qiladi. Kuchli o‘zgartgich qurilmasining asosiy vazifasi jarayon davomida boshqariladigan energiya oqimini shakllantirishdan iborat. Elektr yuritma tizimlarida ish mashinalari, mexanizmlar va ish jarayonlarida «energiyani tejaydigan» texnologiyalarni qo‘llash, tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish kuchli o‘zgartgich, dvigatel va uzatish qurilmalarining xususiyatlariga bog‘liq. Boshqarish va axborot qurilmalari energiya oqimi W va mashinalaming ishchi organlari harakatlarini boshqarishning berilgan qonuniyatlar bo‘yicha shakllantirish uchun moijallangan.


Avtomatlashtirilgan elektr yuritmani avtomatik boshqariluvchi elektromexanik tizimning (ABT) keng qo‘llaniladigan turi deb qarash mumkin.

Elektr yuritmalaming asosiy turlari va ularning vazifalari. Barcha elektr yuritmalami funksional vazifalari, energiyaning boMinishi, ish mashinasi chiqish o‘qining harakat shakli, iste’mol qilayotgan tok turi, o‘zgartgich, dvigatel, uzatish va boshqarish qurilmalarining o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa holatlari bo‘yicha bir nechta turlarga bo‘lish mumkin. Funksional vazifalari bo‘yicha elektr yuritmalar bosh va yordamchi elektr yuritmalarga bo‘linadi. Bosh elektr yuritma jarayonning asosiy operatsiyasini yoki ish mashinasining ijrochi organini harakatga keltiradi. Yordamchi elektr yuritma esa, mashinaning yordamchi organlarining harakatini ta’minlaydi. Masalan, tokarlik dastgohi bosh elektr yuritmasi ishlov berilayotgan detalni aylanma harakatga keltiradi, yordamchi elektr yuritma esa kesish asbobini detaining bo‘ylamasi bo‘yicha ilgarilama harakatga keltiradi. Energiyaning bo‘linishi bo‘yicha elektr yuritmalar guruhli, individual, о ‘zaro


bog ‘langan va ко‘p dvigatellilarga bolinadi.

3. Guruhli elektr yuritma sanoatda XIX asr oxirida qo‘llanila boshlandi. Bu yuritmada bug‘ dvigateli elektr dvigatel M bilan almashtirilgan, bir nechta ish mashinalariga {IMm) harakat uzatadigan uzatish qurilmalari UQm holida saqlanib qolgan.


Muayyan afzalliklarga ega bolgan yuritmaning bu turi mashinani maqsadga muvofiq tarzda boshqarib bo‘lmasligi, uzatish / qurilmalarida energiyani ko‘p isrof bo‘Iishi kabi kamchiliklarga ega. Bundan tashqari bu qurilmalar ko‘p sonli uzatish tasmalari va transmissiyalardan tashkil topganligi uchun, ular ishlatish chog‘ida ishchilar hayotiga xavf tug‘diradi. ) Individual elektr yuritma ish mashinasining bitta ijrochi organining harakatini ta’minlaydi (3-rasm). Shuning uchun, bitta mashina uchun bir necha individual yuritmalar ishlatiladi. Masalan, tokarlik dastgohida individual bosh va ikkita yordamchi yuritmalar ishlatiladi. Individual elektr yuritma tizimida energiya elektr zanjirlarida bo‘linadi. Bu yuritma uzatish qurilmalari va ish mashinasi kinematikasini soddalashtirish imkoniyatini beradi. Aksariyat hollarda ish mexanizmining ijrochi organining o‘qi dvigatel rotori (yakor) bilan umumiy o‘q hosil qiladi. Individual elektr yuritmaning asosiy afzalliklari bu energiyani boMinishidagi isrofning kamayishi, UQ va IM kinematikasini soddalashtirish hisobiga metall sarflni kamaytirish, elektrlashtirilgan agregat ishonchliligini oshirish, ijrochi organlami boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni soddalashtirish imkonining mavjudligidadir


Xulosa

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 60% dan ortiqrog‘i ish mexanizmini harakatga keltiruvchi avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar tomonidan iste’mol qilinmoqda. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, kommunal va boshqa tarmoqlaming barcha sohalarida, turli mashina va mexanizmlar hamda qurilmalardan keng foydalaniladi. Har qanday mexanik jarayonni amalga oshirish uchun mexanizm va mashinaning ish organini harakatga keltirish darkor. Bu esa yuritma vositasida amalga oshiriladi, xususan, elektr energiya mexanik energiyaga aylantiriladi. Yuritma energiyani ma’lum yo‘naltirilgan maqsadda o‘zgartirishi kerak. Shuning uchun uning tarkibiga bu funksiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalar va boshqaruv vositalari kiritilishi darkor. Bu maqsadga elektr yuritma yordamida avtomatik boshqaruv asosida erishiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Ibragimov U. Elektr mashinalari. Kasb-hunar kollejlari uchun. - Т.: « 0 ‘qituvchi». 2001.


2. Ковчин С. А., Сабинин Ю. А. Теория электропривода. «Энергоатомиздат». СПб., 2000.
3. Ключев В. И. Теория электропривода. -М.: «Энергоатомиздат», 2000.
Download 19.77 Kb.




Download 19.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Guruxli elektr yuritmalar taxlili

Download 19.77 Kb.