• III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH
  • Mavzu: Innovatsion soxada kadrlarni boshqarish tizimi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism




    Download 67.33 Kb.
    bet1/12
    Sana16.02.2022
    Hajmi67.33 Kb.
    #17661
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Mavzu kadrlar tizimidagi innovatsiyalarni boshqarish. Reja I.
    Документ Microsoft Word, 2, 55, 4-вариант111, IV, Topshiriq TARMOQ, Glossariy, 3-ma\'ruza

    MAVZU: Innovatsion soxada kadrlarni boshqarish tizimi


    Reja:
    I. Kirish
    II. Asosiy qism
    2.1. Xodimlarni boshqarish tizimining nazariyasi.
    2.2. Kadrlar tizimida innovatsiya
    2.3. Kadrlar yangilashlarining mohiyati va tasniflanishi
    III. Xulosa
    IV. Foydalanilgan adabiyotlar


    KIRISH

    O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar bozor munosabatlarini shakllantirar ekan tashkilotlarning mavqesini ham tubdan o‘zgartirmoqda. Turli xil mulk, hajmi va faoliyati har xil bo‘lgan korxonalarning mavjud bo‘lishi yangi iqtisodiy, va huquqiy munosabatlar shakllanishiga olib kelmoqda.


    Bu holat insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham o‘zini ta‘sirini ko‘rsatmokda, ularning mulkka, olinayotgan natija va uning samaradorligiga bo‘lgan qarashi tubdan o‘zgarib bormoqda. Menejmentning asosiy ob‘ekti xodimlar bo‘lganligi sababli, zamonaviy tashkilotni boshqaruv jarayonida asosiy, e‘tibor xodimlar faoliyati, ularning o‘zaro munosabatlari, manfaatlari, maqsadga intilish yo‘llari muhim o‘rin egallaydi.
    Respublikamizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish strategiyasini qabul qilinishi aholining, shu jumladan, korxonalar xodimlarining hayotini yaxshilash, yashash va ishlash sharoitini yuqori saviyaga ko‘tarishni asosiy maqsadlardan biri qilib belgiladi. Korxona miqyosida, mulkning shakli va unga bo‘lgan munosabatdan qat‘iy nazar, xodimlar samarali faoliyat ko‘rsatishi va ularning jismoniy va aqliy salohiyatidan to‘laroq foydalanish hamda har bir tashkilot oldiga qo‘ygan maqsadga erishish uchun xodimlarning boshqaruv tizimini oqilona tashkil etish muhimdir.
    O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy xo‘jalik tizimiga chambarchas bog‘lanayotganligi va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tayotganligi natijasida xalq xo‘jaligi miqyosida yangi mulk shaklidagi korxonalar, kompaniyalar, firmalar, jamiyatlar shakllanayotganligi munosabati bilan boshqarishning mazmunan yangi turi bo‘lgan menejmentni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda.
    O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I. A. Karimov ta‘kidlaganidek ― "Bugungi kunning eng muhim vazifasi hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvda, respublika miqyosida, viloyat, shahar, tuman, qishloq va mahallalarni boshqarishda, tarmoq bo‘g‘inlarini idora etishda, yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda ma‘suliyatni o‘z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, iymoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iboratdir »1 degan so‘zlari bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
    Darhaqiqat, hozirgi kunda yuqori malakali yuksak kasbiy mahoratga ega
    bo‘lgan boshqaruvchilargina mamlakatimiz taraqqiyotini jahonning eng rivojlangan davlatlari qatoriga iqtisodiy bo‘hronlarsiz olib chiqishi mumkin.
    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi Harakatlar startegiyasi barcha sohalarni deyarli qamrab olgan bo‘lib, buning natijasida ko‘pgina istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda.
    Jumladan 2018-yil ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili‖ Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Dastur loyihasi 237 banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojatnomasida keltirilgan asosiy g‘oya va takliflar hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi.Buning natijasida xususiy sektorda mablag‘lardan samarali foydalanilmoqda.
    Tarmoqlarda yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishni ta‘minlashga bo‘lgan qiziqish va intilish ancha kuchli bo‘lib, ishlab chiqarish tufayli imkon qadar ko‘p daromad olish kabi pirovard moliyaviy natijalarga erishilayotganini ta‘kidlash joiz. Shuni yana alohida ta‘kidlab o‘tish joizki, Bu Harakatlar strategiyasi bo‘yicha davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari natijalari tahlili va kelib tushgan takliflar asosida yanada takomillashtirildi.
    Bularning barchasi bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan xususiy korxonalarning asosiy maqsadidir.

    Download 67.33 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 67.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Innovatsion soxada kadrlarni boshqarish tizimi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism

    Download 67.33 Kb.