Mavzu: Ish hujjatlarini ko‘rgazmalilik va infografik shaklda tayyorlash Reja




Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana30.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#47713
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Andijon Axborot Texnologiyalari Texnikumi, Respublikamizga o\'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish b’yicha qilinayotgan ishlar, 2-dars, 2 talik mayda


Mavzu: Ish hujjatlarini ko‘rgazmalilik va infografik shaklda tayyorlash 
Reja: 
1. Infografika - bu ma'lumotlarni taqdim etishning ajoyib usuli 
2. Infografikaning turlari 
3. Edraw Max, Crossword Forge va MindMapleLite dasturi imkoniyatlari hamda 
undan o‘quv jarayonida foydalanish 
Hozirgi texnika rivojlangan asrda hayotimizni axborot texnologiyalarisiz 
tasavvur etish qiyin. Axborot texnologiyalari rivojlangan davrda kompyuter 
texnologiyalari yordamida darslarni o‘tkazish o‘quvchilarni darsda befarq 
bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi, kompyuter 
savodxonligini oshirish hamda o‘zi tanlagan kasbga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish 
bugungi kunning dalzarb masalasidandir. Kun sayin hayotimizning har bir sohasiga 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
joriy 
etilib, 
kasbiy 
faoliyatimiz 
samaradorligini oshirmoqda. Bugungi kundalik hayotimizni nafaqat televizor, radio, 
balki mobil telefonlari, kompyuter, planshet kabi zamonaviy qurilmalarsiz o‘tkaza 
olmay qoldik, ulardan foydalanib, turmushimiz mazmunini boyitamiz, ish va ta’lim 
olishdagi vazifalarimizni yengillashtiramiz. Hozirgi davrda barcha boshqa sohalar 
qatorida ta’lim tizimida ham turli fanlarni o‘qitishda AKT imkoniyatlarini joriy etish 
dolzarb masala hisoblanadi.
AKT nafaqat o‘quvchilarda bilim va malakalarini shakllantirishga, balki 
ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga oid qiziqishlarini oshirishga 
ham xizmat qiladi. Keyingi davrlarda ko‘plab psixologik va ilg‘or pedagogik sohalarda 
chop etilayotgan maqolalarda, AKT o‘quvchilarning bilimi, ijodiy tafakkurini 
rivojlantirishi haqidagi fikrlar ta’kidlanayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz.
AKT imkoniyatlaridan foydalanish ta’lim jara¬yonida beriladigan axborotlar 
doirasini boyitish va o‘quvchilar tomonidan qiziqish bilan o‘zlashtirilishiga yordam
beradi. Ta’lim jarayoniga AKTning joriy etilishi bilan zamonaviy axborot muhitiga 
xos bo‘lgan ta’limga yangicha yondashuv shakllana boshladi. Shu sababli ham ta’lim 


jarayonining qiziqarliligi va samarasini yanada oshirish zarurati yuzaga keladi va 
bunda mazkur jarayonga AKTni joriy etish katta ahamiyat kasb etadi. 
Umumiy ma’noda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi salohiyati 
tushunchasida insonning AKT savodxonligi, ya’ni kundalik hayotida ham, kasbiy 
faoliyatida ham undan to‘g‘ri foydalana olish qobiliyati nazarda tutiladi. 
AKT dan ta`lim jarayonida foydalanish, ta`lim samaradorligini oshirish chun 
katta imkoniyat hisoblanadi. 
Infografika (lotin. Informatio – xabardor qilish, aniqlik kiritish, ta’riflash) – bu 
murakkab va katta hajmdagi ma’lumotlarni tez va aniq taqdim qilishga mo‘ljallangan 
ma’lumotlarning grafik interpretatsiyasi (shakli), “ma’lumot beruvchi grafik dizayn” 
hisoblanadi. 

Download 0.66 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Ish hujjatlarini ko‘rgazmalilik va infografik shaklda tayyorlash Reja

Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish