• III. LOYIXA QISMI DHCP-SERVERINI SOZLASH
  • VI. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Mavzu: Kerakli komputer tarmogi uskunalarini tanlash va rejalashtirish mundarija kiri




    Download 0.62 Mb.
    bet1/12
    Sana23.06.2022
    Hajmi0.62 Mb.
    #24289
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    kompyuter tarmoqlari
    Alkenlar izomerlanishi nomlanishi olish usullari., 10-12-amaliy, FISH, 2222, 11 blet, Investitsiya va innovatsiyalar 2-oraliq nazorati (1)

    Mavzu: Kerakli komputer tarmogi uskunalarini tanlash va rejalashtirish
    MUNDARIJA

    1. KIRISH……………………………………………………………………………………...2

    II. ASOSIY QISM

    1. Tarmoqqa qo‘yiladigan talablar.....................................................................................4

    2. Jihozlarni va tarmoqning dasturiy ta’minotini tanlash…………………………..…...10

    3. Tarmoq xizmatlari Оpеrаtsiоn tizimning dasturiy qismini sozlash………………….17

    4. DNS xizmati………………………………………………………………………….22



    III. LOYIXA QISMI DHCP-SERVERINI SOZLASH……………………………………27
    IV. XULOSA…………………………………………………………………………………...34
    V. MEXNAT MUHOFAZASI ……………………………………………………………….36
    VI. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………………..38
    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi.Tarmoqlar yil sayin har bir firma, kompaniya, ishlab chiqarish korxonasi va o‘quv muassasalari uchun zarur, sifatli ish dastgohi bo‘lib bormoqda. Apparat va dasturiy vositalarni rivojlanishi, mukammaligi va shu bilan bir qatorda ko‘rinishidangina soddaligi, ko‘pchilik foydalanuvchilar tarmoqlari o‘z kuchlari bilan o‘rnata oladigan darajaga keltirilgan. Ayniqsa Windows operatsion tizimining oxirgi versiyalarida ancha rivojlangan tarmoq vositalari mavjudligi maxsus tarmoq dasturlarini xaridqilishdan ozod qiladi.
    Oxirgi vaqtda axborotlarni almashish usullari va vositalariniko‘p turlari taklif qilinmoqda: eng oddiyi fayllarni disketalar yordamida kompyuterdan kompyuterga o‘tkazishdan tortib, to butun dunyo kompyuterlarini birlashtira olish imkoniyatini beradigan Internet tarmog‘igacha.
    Ko‘pincha «lokal tarmoqlar» (LAN, Local Area Network) atamasini aynan, katta bo‘lmagan, lokal o‘lchamli, yaqin joylashgan Kompyuterlar ulangan tarmoq, ya’ni, lokal tarmoq deb tushiniladi. Lekin ba’zi lokal tarmoqlarning texnik ko‘rsatkichlariga nazar solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Misol uchun, ba’zi bir lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki bir necha o‘n kilometr masofadan oson aloqani ta’minlay olish imkonini beradi.
    Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash texnikasi paydo bo‘lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish, hamda ko‘pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bo‘ladi.
    Bu hol esa, bir xonaning, bir binoning yoki bir-biriga yaqin joylashgan binolarninggina emas, balki bir shahar doirasidagi o‘lchamdir. Boshqa bir tomondan olib qaraganimizda global tarmoq orqli (WAN, Wide Area Network yoki GAN, Global Area Network) bir xonada joylashgan ikki yonma-yon stoldagi kompyutrlar ham axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir bunday tashkil qilingan tarmoqni hech kim lokal tarmoq deb atamaydi. Ikkita yaqin joylashgan kompyuterlarni interfeys orqali (RS232, Centronics) kabel yordamida bog‘lash mumkin, yoki hatto kabelsiz infraqizil kanal yordamida ham kompyuterlarni bog‘lash mumkin. Lekin bunday bog‘lanish ham lokal tarmoq deb atalmaydi. Balki, lokal tarmoq ta’rifi xuddi kichik tarmoq kabi bo‘lib, ko‘p bo‘lmagan kompyuterlarni bog‘lashdir. Haqiqatdan, lokal tarmoq ko‘p hollarda ikkitadan to bir necha o‘nlab kompyuterlarni o‘z tarkibiga oladi. Lekin, ba’zi bir lokal tarmoqlarning cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori bo‘lib, abonentlarning soni mingtagacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik tarmoq deb atash, balki noto‘g‘ridir.
    Ba’zi mualliflar lokal tarmoqni «ko‘p kompyuterlarni uzviy bog‘lovchi tizim», – deb ta’riflashadi. Bu holda axborot kompyuterlardan Kompyuterlarga vositachisiz va bir turdagi uzatish muhiti orqali amalga oshiriladi deb faraz qilinadi.
    Biroq hozirgi zamon lokal tarmoqlarida bir turdagi uzatish muhiti haqida gap yuritib bo‘lmaydi. Misol uchun, bir tarmoq doirasida har turdagi elektr kabellari va shuningdek, shishatolali kabellar ham ishlatilishi mumkin. Axborot uzatishni «vositachisiz» ta’rifi ham juda aniq emas, chunki hozirgi zamon lokal tarmoqlarida turli konsentrator, kommutator, marshrutizatorlar va ko‘priklardan foydalaniladi. Axborotlarni uzatish jarayonida uzatilayotgan axborotlarga murakkab ishlov beruvchi bu vositalarni vositachi deb qabul qilinadimi yoki yo‘qmi? unchalik tushunarli emas.
    Balki, foydalanuvchilar aloqa mavjudligini his qilmaydigan tarmoqni lokal tarmoq deb qabul qilinishi aniq bo‘lar.
    Lokal tarmoqqa ulangan kompyuterlar bir virtual kompyuter kabidir, ularning resurslari hamma foydalanuvchilar uchun bemalol bo‘lishi kerak bo‘lib, alohida olingan kompyuter resurslaridan foydalanishdan kam qulay bo‘lmasligi lozim. Bu holda qulaylik deb birinchi navbatda aniq yuqori tezlikda resurslarga bog‘lanish, ilovalar orasidagi axborot almashinuvini foydalanuvchi sezmagan holda amalga oshirilishidir. Bunday ta’rifda sekin ishlovchi global tarmoq ham, keskin amalga oshiriladigan ketma-ket yoki parallel portlar ham lokal tarmoq tushunchasiga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday ta’rifdan kelib chiqadiki, keng tarqalgan kompyuterlarning tezligi oshishi bilan, lokal tarmoq orqali uzatiladigan axborot tezligi ham albatta oshishi kerak.
    Agar yaqin o‘tmishda axborot almashinish tezligi 1–10 Mbit/s yetarli deb hisoblangan bo‘lsa, hozirda esa o‘rtacha tezlikdagi tarmoq 100 Mbit/s tezlikda axborot uzata oluvchi tarmoq hisoblanadi.
    1000 Mbit/s va undan ham ortiq tezlikda axborot uzata oluvchi vositalar ustida ham aktiv ish olib borilmoqda. Kam tezlikda aloqa o‘rnatish esa tarmoq shaklida ulangan virtual kompyuterning ishlash tezligini susaytiradi.
    Shunday qilib, lokal tarmoqlarni boshqa har qanday tarmoqdan asosiy farqi – yuqori tezlikda axborot almashinuvidir. Lekin bu birgina farq bo‘lib qolmay, boshqa omillar ham muhim ahamiyatga ega.

    Download 0.62 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kerakli komputer tarmogi uskunalarini tanlash va rejalashtirish mundarija kiri

    Download 0.62 Mb.