Mavzu: Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tuhsunchalar




Download 475,39 Kb.
Sana18.01.2024
Hajmi475,39 Kb.
#140641
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari
Nargiza 8, 1404299508 52575, Kirish dàsturning màqsàdi, 5 талик Иш режа 2024, Mavzu Blokcheyn texnologiyasi va undan foydalanish yo’llari, 5-sinf Sinf soati, amaliyot tavfsifnoma, Amriddinova M, Mustaqil talim, odinaxon, matn-vositasida-bilim-va-ko-nikmalarni-shakllantirish (2), ona-tili-ta-limida-mumtoz-matnlar-ustida-ishlash, Slayd Ideal o\'qituvchi, 24 Толстый-и-тонкий-вопрос

8-sinf .16.02.2024 yil
Mavzu:Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tuhsunchalar.
Mavzu: Kompyuter tarmoqlari Reja: 1. Asosiy tushunchalar 2. Kompyuter tarmoqlarining texnik ta`minoti 3. Kompyuter tarmoqlarining dasturiy va axborot ta`minoti

1. Asosiy tushunchalar Kompyuter tarmog’i (Computer Net. Work, net–tarmoq, va work– ish) – bu kompyuterlar o’rtasida axborotlar almashinuvi tizimidir. Yoki boshqacha qilib aytsak: Kompyuter tarmog`i– bu ikkita yoki undan ko‘proq kompyuterlarning va boshqa qurilmalarning biriga kabellar bilan ulanishidan hosil bo‘ladigan tarmoqdir. Kompyuter (hisoblash) tarmog'i– aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to'plami bo'lib, u ko'p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir. Kompyuter tarmog'i "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’ladi. Tarmoq abonenti tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni istemol qiluvchi ob`ektdir. Stansiya– axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq vazifalarni bajaruvchi ob`ektdir.

Alohida kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo'lishlari mumkin va xar bir abonent stansiyaga ulanadi. Abonent va stansiya birgalikda "abonent tizimi“ deb ataladi. Abonentlarning o'zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo'lishi kerak. Fizik uzatish muhiti– elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma`lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmalaridir. Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o'rtasida axborot uzatishni ta`minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday komppyuter tarmog'ini abonent tizimlari va kommunikasion tarmok yig'indisi sifatida ko'rish imkonini beradi.

Kompyuter tarmoqlari quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi: ÿ ÿ ÿ Geografik (xududiy) joylashuvi bo’yicha; Ishlab chiqarish bo’limlarining miqyosi bo’yicha; Boshqarish usuli bo’yicha; Axborotni uzatish tezligi bo’yicha; Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzulishi bo’yicha.

Abonent tizimlarining xududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy turkumga ajratish mumkin: Lokal tarmoqlar- (LAN– Local Area Network); Mintaqaviy tarmoqlar- (MAN– Metropolitan Area Network); Global tarmoqlar- (WAN– Wide Area Network);

Lokal kompyuter tarmog'i uncha katta bo'lmagan xudud chegarasida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Masalan, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, banklar, ofislar miqyosidagi komppyuterlarni o'zaro birlashtiruvchi tarmoqlar lokal kompyuter tarmog'i turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmoqlari abonentlarining xududiy joylashuvi bo'yicha qat`iy cheklashlar yo‘q. Mintaqaviy kompyuter tarmog'i bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan komppyuterlarni va lokal kompyuter tarmoqlarini o'zaro bog'laydi. U katta shaxar, iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonentlarni o'z ichiga olishi mumkin. Odatda, mintaqaviy hisoblash tarmog'i abonentlari o'rtasida masofa o'nlab, yuzlab kilometrni tashkil etadi. Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlar yoki kit`alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Mazkur tarmoq abonentlar o'rtasidagi aloqa telefon, radio aloqa va kosmos aloqa tizimi negizida amalga oshiriladi.

Tarmoq miqyosi (o’ljami) Masofa (Дистанция) Joyi Turi (Место) (Тип) 1 м Plata Kompyuter 10 м Xona (Комната) LAN 100 м Bino (Здание) LAN 1000 м Qo’shni binolar (Кампус) LAN 100000 м Shahar (Город) MAN 1000000 м Qit`a (Континент) MAN Планета WAN 10000000 м
Download 475,39 Kb.




Download 475,39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tuhsunchalar

Download 475,39 Kb.