Mavzu. Kompyuter testlar yordamida o’quvchilar bilimini nazorat qilishni loyihalashtirish




Download 38.28 Kb.
bet1/9
Sana09.03.2023
Hajmi38.28 Kb.
#44698
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu. Kompyuter testlar yordamida o’quvchilar bilimini nazorat
Farm inj 2 semestr 1 oraliq

Mavzu. Kompyuter testlar yordamida o’quvchilar bilimini nazorat qilishni loyihalashtirish


Asosiy savollar:

  1. Test va uning turlari.

  2. Test darajalari va ularni aniqlash ko’rsarkichlari.

  3. Kompyuterli testlar va ulardan foydalanish. Kompyuterli testlarni dasturiy vositalar yordamida yaratishni loyihalashtirish.



Respublika Davlat Test markazining faoliyat ko’rsatayotganligi mamlakatimizda testshunoslikning davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masala darajasiga ko’tarilganligining yaqqol dalilidir. Pedagogik testlar AQSH, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa ko’pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo’nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta amerikalik psixolog E. Torndayk tomonidan yaratilgan. Psixologiya va pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi matematik uslublar ham qo’llashni taqozo qildi. Bunday uslublar o’z navbatida testlarni ishlab chiqishga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o’quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi.
Mustaqil O’zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib, 1993 yildan testshunoslikdan foydalanishga keng yo’l ochib berildi. Pedagogik testlar keng miqyosda, dastlab o’rta ma’lumot yakunida, oliy o’quv yurtiga kiruvchilarni qabul qilishda qo’llanila boshlandi. Pedagogik testlarning zamonaviy nazariyasi pedagogika, psixologiya, mantiq, o’lchovlar nazariyasi, matematik statistika, matematika, axborot nazariyasi; kibernetika va bir qator fanlarning tutash chegaralarida rivojlanmoqda. SHuningdek, testlar ilmiy asoslangan, eng ishonchli pedagogik o’lchovlar quroli sifatida etirof etilmoqda. Pedagogik testlar insoniyat tafakkuri erishgan muvaffaqiyatlardan biri bo’lib, ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi. SHuning uchun ham kelajak avlod psixologik, pedagogik va kasbiy testlar me’yor bo’lib qolgan davrda yashab, faoliyat ko’rsatadilar.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 - yil 5 - fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlari uchun o’quvchilarni test usulida qabul qilish to’g’risida»gi Qarori O’zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib testshunoslikdan foydalanishga keng yo’l ochib berdi. Jahon pedagogikasi va psixologiyasida mustahkam o’rin olgan test usuli mamlakatimiz ta’lim tizimida jadallik bilan tatbiq qilinmoqda. Respublika Davlat Test markazining faoliyat ko’rsatayotganligi mamlakatimizda testshunoslikning davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masala darajasiga ko’tarilganligining yaqqol dalilidir. Pedagogik testlar AQSH, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa ko’pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. Ushbu ro’yxatga asosan turmush darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar kirganligi tasodif emas. Bunda quyidagi zanjirli bog’lanish mavjud:


  • testlarni qo’llash ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi;

  • ta’lim sifati esa boshqaruv sifati bilan bog’liq;

  • oqilona boshqaruv esa aholi turmush darajasini oshirish uchun zamin yaratadi.

Testshunoslik batafsil bayon etilishi zarur bo’lgan alohida soha ekanligi va shu bilan birga test topshiriqlari pedagogik texnologiya bo’yicha loyihalangan tashhislanuvchi o’quv jarayonini amalga oshirishning muhim vositasi ekanligini ham e’tiborga olib, bu bo’limda testshunoslik tarixi (J. Fisher, F. Gamelton, CH. Grim, CH. Rassel), test usulining afzalliklari, test shakllari va ularni tuzishga oid didaktik talablar haqida ixcham ma’lumot beriladi. 



Download 38.28 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 38.28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu. Kompyuter testlar yordamida o’quvchilar bilimini nazorat qilishni loyihalashtirish

Download 38.28 Kb.