Mavzu: kompyuterning turlari va tashkiliy qismlari, kompyuterlarning




Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.11.2022
Hajmi0.81 Mb.
#31415
  1   2   3
Bog'liq
3maruza.pptx
1-amaliy mashg\'ulot, Рефарат, UCHQUDUK KONI A.TOXIROV, 01.04.05 - Оптика, Qidiruv lahimlari Mavzu №2 ( ), 1EFS0DhiWcj36eadQx6hQvTIy4lc4SUkAOvl0A7i, Customs and traditions of Uzbekistan, New Документ Microsoft Word (2), New Документ Microsoft Word (3), New Документ Microsoft Word, kampyutertaqmoqlari mustaqilish, hisobot, Ontogenezda psixikani rivojlanishi, 1 Амалиёт 2 (1)


3-MA’RUZA
MAVZU: KOMPYUTERNING TURLARI VA 
TASHKILIY QISMLARI, KOMPYUTERLARNING 
ASOSIY KO’RSATKICHLARI VA XUSUSIYATLARI
R.A. YUSUPOV


Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi davomida juda ko‘p 
turli xil kompyuterlar ishlab chiqildi.
Ularning ichida hozirda unitilib ketganlari bilan birga, kompyuter 
arxitekturasiga oid zamonaviy g‘oya va ishlanmalarga o‘zining katta 
ta’sirini ko‘rsatgan kompyuterlar ham bor.
Kompyuter arxitekturasini oldingi ma’ruzada keltirilgan rivojlanish 
bosqichlarini taxlil qilish bilan, zamonaviy kompyuterlarning qanday 
qurilganligi va qanday ishlashi haqidagi bilimlarni yanada 
kengaytirish, hamda ushbu kompyuterlarda ishlash malakasini yanada 
oshirish mumkin bo‘ladi.


Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarning qurilish asoslarini o‘zida mujassam 
etgan dastlabki kompyuterlardan biri, bu 1952 yili Jon Fon Neyman tomonidan ishlab 
chiqilgan va birinchi avlod kompyuterlariga mansub bo‘lgan - IAS (
Immediate Address 
Storage
) «to‘g‘ridan-to‘g‘ri adreslanuvchi xotira» degan nomga ega kompyuterdir. Bu 
kompyuterning arxitekturasini 1-rasmda keltirilgan chizma asosida tushuntirish mumkin.
Fon Neyman kompyuteri beshta asosiy qismlardan iborat: 
xotira

arifmetik-mantiqiy 
qurilma

boshqarish qurilmasi
va 
ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari
. Ushbu 
kompyuterning xotirasi, har biri 40 bit uzunlikdagi 4096-ta so‘zlardan iborat. Bu 4096 x 5 bayt 
(40 bit = 5 x 8 bit) = 20480 bayt = 20 Kbayt xajmga ega tezkor xotiradir. 40 bitli har bir so‘z 
20 bitli ikkita buyruqdan yoki 40 bit uzunlikdagi ishorali butun sondan iborat bo‘lishi mumkin 
edi. 20 bit uzunlikdagi har bir buyruqning 8 biti buyruqning turini – ya’ni qo‘shish (ADD), 
ayirish (SUB), ko‘paytirish (MUL), ko‘chirib yozish (MOV) kabi buyruqlardan birini ko‘rsatsa, 
buyruqning qolgan 12 biti esa xotiradagi 4096 so‘zdan birini adreslash uchun xizmat qilgan.


1-rasm. fon Neyman hisoblash 
mashinasi
AMQ – arifmetik-mantiqiy qurilma 
(АЛУ, 
арифметико-логическое 
устройство), BQ – Boshqarish 
qurilamsi 
(УУ, 
устройство 
управления), 
PQ 
– 
periferik 
qurilma 
(ПУ, 
периферийное 
устройство)


Arifmetik-mantiqiy qurilma tarkibida 40 bit uzunlikka ega – 
akkumulyator deb nomlangan maxsus ichki registr bo‘lgan.

asosan 
kompyuterning 
buyruqlari, 
hozirgi 
kompyuterlarning buyruqlariga o‘xshab, tezkor xotiradan 
olingan ma’lumotlarni akkumulyatorga yozish, unda kerakli 
amallarni bajarish, so‘ngra esa natijalarni tezkor xotiraga qaytib 
yozish amallarini bajargan.
Bu kompyuter nuqtasi qo‘zg‘aluvchan sonlar ustida amallar 
bajara olmagan.


Kompyuterlar tarkibida asosiy tashkil etuvchilardan biri bo‘lgan displey, 
1960 yili DEC firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan, ikkinchi avlod 
kompyuterlariga mansub PDP-1 kompyuterida birinchi bor qo‘llanilgan. Bu 
displey 512x512 piksel o‘lchamga ega bo‘lib, unda nuqtalar yordamida 
chizmalarni chizish mumkin edi.
1965 yili ishlab chiqarilgan birinchi mini-kompyuter hisoblangan PDP-8 
kompyuterida, hozirgi kompyuterlar arxitekturasida muhim o‘rin tutgan, 
kompyuter tarkibiga kirgan qurilmalarni o‘zaro ulovchi parallel o‘tkazgichlardan 
iborat - umumiy shinadan foydalanilgan. DEC firmasi PDP-8 kompyuteridan 
50000 donasini sotgan va bu bilan, mini-kompyuterlar bozorida yetakchi 
kompaniyaga aylandi. PDP-8 kompyuterining soddalashtirilgan chizmasi 
2-rasmda keltirilgan.


2-rasm. PDP-8 kompyuterining soddalashtirilgan chizmasi.


Hozirgi kompyuterlarda keng qo‘llanib kelayotgan – bir vaqtning 
o‘zida, bir nechta dasturlarni ishlashini amalga oshirish mexanizmi – 
multidasturlash, IBM firmasining IBM 360 kompyuterlari oilasiga mansub 
bo‘lgan modellarda yo‘lga qo‘yilgan edi.
1981 yilda IBM kompaniyasi tomonidan shaxsiy kompyuterlarning 
dastlabkilari hisoblangan, o‘ta katta integral sxemalar asosida to‘rtinchi 
avlod kompyuterlariga mansub bo‘lgan IBM PC (Personal Computer) 
kompyuterlari ishlab chiqarila boshlandi. Ushbu kompyuterlarda Microsoft 
korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan MS-DOS operatsion tizimi 
o‘rnatilgan edi.


1985 yili so‘z uzunligi 32 bitli Intel 386 protsessori o‘rnatilgan shaxsiy 
kompyuterlar ishlab chiqarila boshladi. Bu kompyuterlarda esa, MS-DOS operatsion 
tizimi asosida ishlaydigan, Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 
Windows qobiq dasturi ham o‘rnatilgan edi.
1980 yillarning o‘rtalariga kelib 
qisqartirilgan buyruqlar to‘plamiga ega 
bo‘lgan - RISC (Reduced Instruction Set Computer) 
kompyuterlar ishlab chiqarila 
boshlandi. Ushbu kompyuterlarning buyruqlari, ulardan avval ishlab chiqarilgan - 
to‘liq buyruqlar to‘plamiga ega bo‘lgan - CISC (Complex Instruction Set 
Computer)
kompyuterlarning buyruqlariga nisbatan ancha sodda va tez bajarilar edi.
RISC kompyuterlari asosida keyinchalik ko‘p sonli buyruqlarni bir vaqtda
bajara oladigan - 
superskalyar
kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi.


4 avlod kompyuterlarining element bazasi hisoblangan - o‘ta katta integral 
mikrosxemalar tarkibiga bir necha o‘n ming, bir necha yuz ming va nihoyat bir necha o‘n 
millionlab tranzistorlarni joylashtirish imkoniyatlarining paydo bo‘lishi, ishlab 
chiqarilayotgan kompyuterlar o‘lchamlarini tez suratlar bilan kichrayishiga olib keldi.
1993 yili Apple kompaniyasi tomonidan beshinchi avlod kompyuteri hisoblangan, 
Apple Newton nomli cho‘ntak kompyuteri ishlab chiqildi. Mana shu avlod 
kompyuterlariga mansub deb hisoblangan, kompyuter texnologiyasi sohasida keskin 
burilish yasagan – «
ko‘rinmas kompyuterlar
» deb nom olgan kompyuterlar ham ishlab 
chiqarila boshladi.
«
Ko‘rinmas kompyuterlar
» hozirda – maishiy texnika qurilmalari, soatlar, bank 
kartochkalari va boshqa-boshqa ko‘pgina qurilmalar tarkibida ishlatilmoqda. Bu 
kompyuterlar, jahon ishlab chiqarishining rivojlanishiga, kuchli ta’sir ko‘rsatdi.



Download 0.81 Mb.
  1   2   3




Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: kompyuterning turlari va tashkiliy qismlari, kompyuterlarning

Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish