• F.I.SH.
  • Mavzu. Kreditning taminoti va uning shakllari reja: Kirish Kreditning taminoti va uning shakllari




    Download 59.8 Kb.
    bet1/6
    Sana31.03.2022
    Hajmi59.8 Kb.
    #19171
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Toshpolatov Avazbek.Bannk ishi.
    183 Шавкат Мирзиёев Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик миллий, Programma BMI0, 1 Modul. Bola nutqi ilmiy tadqiqot predmeti sifatida Fanning pre

    MAVZU.KREDITNING TAMINOTI VA UNING SHAKLLARI
    REJA:
    1.Kirish
    2.Kreditning taminoti va uning shakllari
    3.Kreditning taminoti
    4.Kreditning shakllari
    5.Xulosa
    6.Foydalanilgan adabiyotlar

    Termiz Davlat Universiteti
    Yo’nalish.Moliya va moliyaviy texnologiyalar 2-Kurs 220-Gurux
    F.I.SH.Toshpo’latov Avazbek Zafar O’g’li


    1.Kirish
    Ma‟lumki, kredit deganda vaqtincha o„z egalari qo„lida bo„sh turgan pul mablag„larini boshqalar tomonidan ma‟lum muddatga haq to„lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan munosabatlar tushuniladi. Bu munosabat ikki subyekt o„rtasida yuzaga keladi: biri pul egasi, ya‟ni qarz beruvchi; ikkinchisi pulga muhtoj, ya‟ni qarz oluvchi. Ayni bir subyekt bir vaqtning o„zida ham qarz beruvchi, ham boshqalardan qarz oluvchi bo„lishi mumkin. Masalan, bank aslida pul egasi bilan qarz oluvchi o„rtasida vositachi, ayni vaqtda uning o„zi bo„sh pulni qarzga oladi, so„ngra uni boshqalarga qarzga beradi. Bankning kredit siyosati – bu kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir ko„rsatmalar bilan ta‟minlovchi hujjatdir. Boshqacha qilib aytganda, kredit siyosati – bank kredit resurslarini joylashtirish sohasidagi qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi qoida va cheklanishlar majmuyi hisoblanadi. Bank kredit portfelining tarkibi bankning kredit siyosatini yaqqol namoyon qiladi. Agar bankning kredit portfelida noaniqliklar mavjud bo„lsa, bank rahbari bu kredit portfelini qayta ko„rib chiqishi yoki umuman man etishi mumkin. Tijorat banklarining kredit siyosati alohida hujjat sifatida ishlab chiqiladi va bank kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Har bir bank o„z kredit siyosatini ishlab chiqadi va amalda joriy etadi. Bu siyosatni ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank kengashi va boshqaruvi a‟zolari, bankning boshqa mansabdor shaxslariga yuklatiladi. Kredit siyosatining xarakteri bank kredit portfelining tarkibiga, bank o„z faoliyatini amalga oshirayotgan hududning iqtisodiyotiga qarab aniqlanadi. Bankning kredit siyosati uning joriy bank strategiyasi va iqtisodiy holatiga muvofiqligini ta‟minlash uchun bank kengashi tomonidan yiliga kamida bir marta tegishli yilning 1 – fevraligacha bo„lgan muddatda qayta ko„rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Shunday qilib, bankning kredit siyosatini ishlab chiqish bank faoliyatini tartibga solib turuvchi organlar tomonidan belgilangan 295 andozalar (standart)ga amal qilish va foyda keltiruvchi kreditlar berishni ta‟minlovchi mexanizmlardan biridir. Bu siyosat quyidagi masalalarni qamrab oladi:  kredit portfelini tuzishdan maqsad, kredit turlari va sifati, ularni qaytarib olish (to„lash);  kredit berishga, uning eng yuqori bahosi va turini aniqlab, tasdiqlovchi vakolatli bank xodimi haqida axborot;  kredit boshqarmasi doirasida qaror qabul qilish va ma‟lumotlar berish majburiyati;  mijozlar tomonidan kredit olish uchun berilgan arizalarni qabul qilish tajribasi;  har bir kredit arizasiga ilova qilinishi, shuningdek, kredit ishida saqlanishi lozim bo„lgan zarur hujjatlar (moliyaviy hisobot, garov va kafillik shartnomalari va boshq.)  kredit bo„yicha hujjatlar to„plamining saqlanishi va tekshirilishi uchun mas‟ul shaxslarning huquqlari;  kredit ta‟minotini (garovni) qabul qilish, baholash va sotishning asosiy qoidalari;  kredit siyosati kreditlarga o„rnatadigan foiz stavkalari va haqlari, ularni to„lash shartlarining (bayoni);  barcha kreditlarga qo„llaniladigan sifat andozalarining ta‟rifi;  kredit qo„yilmalarining eng yuqori miqdori;  bank kredit qo„yilmalarining asosiy qismi yo„naltirilgan hudud yoki tarmoq ta‟rifi;  muammoli kreditlar bilan bog„liq bo„lgan holatlarni aniqlash, tahlil qilish va ularni yo„qotish tajribalari ta‟rifi. Bank kredit siyosatining talqini ushbu bank uchun juda muhimdir. Chunki unda bank xodimi bajarishi lozim bo„lgan vazifalar o„z aksini to„liq topadi. Bu siyosat yordamida kredit mutaxassisi ko„zlagan bir qator maqsadlariga, ya‟ni daromadlilikni ta‟minlash, xatar darajasini nazorat qilib pasaytirish choralarini ko„rish, bank faoliyatini nazorat qilib tartibga solib turuvchi organlar talablarini qondirishga erishadi. . Kredit siyosati kreditlashning turli ko„rsatkichlari (kredit turlari, iqtisodiyot tarmoqlari, jug„rofiy hududlar va boshq.bo„yicha kreditlarning to„planishi darajasini aniqlash va uni monitoring qilish to„g„risidagi talablarni o„z ichiga oladi. Kredit siyosati muntazam ravishda rahbariyatga topshiriladigan tegishli hisobotlarni tayyorlashga doir talablarni belgilab beradi. Kreditni to„lash muddati uni to„lashning birlamchi va ikkilamchi manbalarini sinchiklab baholash asosida belgilanadi. Bu siyosat rahbariyat nuqtayi nazaridan har xil toifa va turdagi kreditlarni to„lashning maqbul dasturlaridan iborat bo„ladi. Kredit siyosati kreditlar berishning maksimal muddatlarini belgilaydi. Bundan tashqari, ushbu siyosat:  kreditning asosiy summasini kredit to„lash muddatining so„ngida va kredit to„lashning boshlang„ich muddati uzaytirilayotganda qaytariladigan kredit turlarini berish tartibini;  to„lovlarni o„z vaqtida to„lanishni ta‟minlash, mablag„larning qaytarilishi va berilgan kreditlar bo„yicha qarzni undirib olish bo„yicha chora-tadbirlarni;  kredit berish bosqichida ham, keyingi monitoring bosqichida ham jismoniy va yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlariga nisbatan qo„yiladigan talablarni o„z ichiga oladi. Shuni ham qayd etish lozimki, moliyaviy hisobotlarni auditorlik tekshiruvlaridan o„tkazish, naqd pul oqimi va boshqa ma‟lumotlar bo„yicha hisobotlarni taqdim etish yuzasidan qo„yiladigan talablar bank kredit siyosatida aniq ifodalanishi, banklar talab qiladigan ma‟lumotlar esa milliy buxgalterlik hisobi standartlariga (MBHS) muvofiq taqdim etilishi kerak. Kredit siyosatida potensial qarzdorlarning kredit qobiliyatini (likvidlik, qoplanish, muxtorlik koeffitsiyentlari, kapitallashtirish darajasi, garov ta‟minoti ekspertizasi va b.) aniqlash uchun ularning moliyaviy ahvolini tahlil qilish tadbirlari batafsil yoritiladi. Shu nuqtayi nazardan tijorat banki qarzdorlarning kredit qobiliyati mezonlari va ularni baholash uslubini aniq belgilab olishi zarur. . Kredit siyosatida garov ta‟minotiga nisbatan quyidagi talablar qo„yiladi:  eng avvalo, muayyan turdagi qimmatliklar (ko„chmas mulk, avtomobillar va b.) garovi asosida beriladigan ssudalarning maksimal miqdori limitlarini o„z ichiga olishi hamda ta‟minlangan ssudalarning har bir turi uchun kredit hujjatlari to„plamini rasmiylashtirish tadbirlarini belgilashi;  bu siyosatda garov kreditlashning uni berish vaqtidayoq kreditni to„lash manbasi (naqd pul yoki davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (xazina veksellari) bilan ta‟minlangan kreditlar bundan mustasno) hisoblangan yagona asosi bo„lmasligi belgilab qo„yilishi;  garovga olingan mulk turiga qarab garov mavzuiga nisbatan qo„yiladigan talablar va kreditning garov qiymatiga nisbatini o„z ichiga olishi;  garov mavzui sinchiklab baholanishi va uning bozor qiymati uni sotish lozim bo„lgan paytda yuzaga kelishi mumkin bo„lgan zarar o„rnini qoplashi lozimligining aniq yoritilishi;  turli garov toifalarini baholash uslublari batafsil aks ettirilishi lozim. Bulardan tashqari, kredit siyosati ko„chmas mulk, ishlab chiqarish jihozlari va iste‟mol kreditlarini moliyalash uchun beriladigan kreditlarni to„lash hisobiga qarzdor tomonidan bo„nak to„lovlarini kiritishga doir muayyan talablarni o„z ichiga olishi zarur. Kredit siyosatida kredit monitoringiga nisbatan quyidagi talablar qo„yiladi:  kreditlarni tasniflash tizimining aniq ifodalanishi;  kredit xodimlarining kredit portfelidagi barcha ma‟lum bo„lgan salbiy o„zgarishlar to„g„risida rahbariyatga xabar berishlari;  kreditlarning barcha toifalari bo„yicha «to„lovsizlik» tushunchasining aniq ifodalanishi;  foizlarni o„stirmaslik mezonlari; shuningdek, bank boshqaruvi va kengashining tegishli hisobotlariga nisbatan talablarni o„z ichiga olishi lozim. Bulardan tashqari, hisobotlarda ahvolning yomonlashishi, yashirin zararlar sabablari va sog„lomlashtirish rejalari batafsil bayon etilishi kerak. Bu siyosat qarzlarni qaytarishga doir izchil, bosqichma-bosqich chora-tadbirlar ko„rilishini talab qilish kerak. Rahbariyat Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan chiqarish tadbirlarini ishlab chiqish lozim. [180]. Kredit siyosatida bank kredit portfelini vaqti-vaqti bilan baholashga javobgar bo„lgan mansabdor kreditlar ro„yxatini belgilash hamda kredit portfeli sifatini aniqlash va tuzatishlar yuzaga keluvchi minimal yo„qotishlar bilan kiritilishi uchun muammoli kreditlarni aniqlash uchun zarur bo„lgan ichki bank kredit tahlili maqsadlarini belgilab qo„yishi lozim. Tahlil maqsadlari kredit sifatini aniqlash bilan bir qatorda kreditlash jarayonini boshqarish sifatini baholash, jumladan:  tasdiqlangan kredit siyosati muvofiqligini ta‟minlash va kredit hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi;  moliyaviy tahlil;  garovni rasmiylashtirish va baholash;  kreditlashga doir vakolatlarni taqsimlash;  qonunchilik me‟yorlariga rioya qilish kabi baholashlarni ham o„z ichiga oladi. Bulardan tashqari, kredit siyosati bank xizmatlari va bo„linmalari tomonidan bank boshqaruvi va kengashiga kreditlashning turli jihatlari bo„yicha topshiriladigan kredit portfeli sifati va kredit portfelini boshqarish bilan bog„liq bo„lgan boshqa ma‟-lumotlarni o„z ichiga olgan hisobotlar turi va davriyligini belgilaydi.



    Download 59.8 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 59.8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu. Kreditning taminoti va uning shakllari reja: Kirish Kreditning taminoti va uning shakllari

    Download 59.8 Kb.