Рисование - Chizish asboblar paneli




Download 1.17 Mb.
bet5/6
Sana04.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#48657
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-Amaliy mashg\'ulot
halol-kasb-hunar-qut-baraka-keltirar[1], FIRE PROTECTION AND FIRE SAFETY, В.И. Бараз, geokniga-dengub-vm-edinicy-velichinslovar-spravochnik, 11-mavzu. Shaxsga yo’naltirilgan axborot psixologik, diniy va madaniy tahdidlar, 6-10, DASTUR LASH ASOSLARI 1-qism, 1-ma\'ruza, 4-Maruza.Shifratorlar va deshifratorlar analog, seminar 1, seminar 3, seminar 4, 1-Amaliy mashg\'ulot, Lobarotoriya ishi-1
Рисование - Chizish asboblar paneli
«Рисование» - Chizish asboblar paneli bevosita chizish, yozish, jadval tuzish kabi ishlarni amalga oshiriladi.
«Отрезоk» - Kesma tugmasi.
«Прямая» - To’g’ri nur o’tkazish tugmasi.
«Полилиния» - Xususiyatli chiziq tugmasi.
«Многоугольник» - Ko’pburchak chizish tugmasi.
«Прямоугольник» - To’g’ri to’rtburchak chizish tugmasi.
«Дуга» - Yoy chizish tugmasi.
«Круг» - Aylana chizish tugmasi.
«Облако» - Bulut chizish tugmasi.
«Сплайн» - Lekalo egri chiziqlar chizish tugmasi.
«Эллипс» - Ellips chizish tugmasi.
«Эллиптическая дуга» - Ellips yoy chizish tugmasi.
«Блок» - Qism tugmasi.
«Создать блок» - Qism yaratish tugmasi.
«Точка» - Nuqta qo’yish tugmasi.
«Штриховка…» - Strixlash tugmasi.
«Переход…» - Rang berish tugmasi.
«Область» - Hudud tanlash tugmasi.
«Таблица…» - Jadvalz… tuzish tugmasi.
«Многострочный…» - Ko’pqatorli… matn yozish tugmasi.
«Отрезок» - Kesma tugmasi.
Tugma bosilganda sichqoncha kursori kesmaning dastlabki nuqtasini, tanlangandan so’ng esa keyingi nuqtani joyini so’raydi. Ikki nuqta tutashtirilib kesma hosil qilinadi.
Bundan tashqari kesmani belgilangan uzunlikda berish ham mumkin. Buning uchun ikkinchi nuqtaninig yo’nalishi ko’rsatilib sichqoncha tugmasi bosilmasdan, klaviaturadan sonli qiymat kiritiladi va “Enter” tugmasi bosiladi. Kesmani yana davom ettirish uchun sichqoncha kursori keyingi nuqtalar vaziyatini kutib turadi. Ushbu buyruqdan chiqish uchun klaviaturadan “Esc” tugmasi bosiladi
«Прямая» - To’g’ri nur o’tkazish tugmasi.
Tugma bosilganda sichqoncha kursori nur o’tkazilishi lozim bo’lgan nuqtani so’raydi. Nuqta tanlangach, ikkinchi yo’naltiruvchi nuqta so’raladi. Ikkinchi nuqta tanlangandan so’ng yo’nalish bo’yicha har ikki tomonga yo’nalgan cheksiz nur o’tkaziladi va sichqoncha kursori birinchi tanlangan nuqtani asos qilib ikkinchi yo’nalish nuqtani vaziyatini so’raydi.Bundan tashqari, nurni bevosita gorizontal, vertikal, burchak kattaligida, bissektrisa, ma’lum uzoqlikda bajarish mumkin. Buning uchun to’g’ri nur buyrug’i tanlanganda klaviaturadagi ↓- ko’rsatkichi bosiladi va ekranda yordamchi menu oynasi chiqariladi. Unda «Гор» - Gorizontal, «Вер» - Vertikal, «Угол» - Burchak, «Биссект» - Bissektrisa va «Отступ»-Ma’lum uzoqlikda bandlari mavjud. Kerakli band sichqoncha yordamida tanlanadi.
«Угол» - Burchak tanlansa, klaviatura yordamida sonli qiymat kiritiladi va “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
«Биссект» - Bissektrisa tanlansa, sichqoncha ko’rsatkichi bissektrisa o’tkaziladigan burchakning uchiga keltirilib bosiladi, so’ng burchakning har ikkala tomoni ketma-ket tanlanadi.
«Отступ» - Ma’lum uzoqlikda nur o’tkazish tanlansa dastlab, klaviaturadan uzoqlashish masofasi sonli qiymatda beriladi va “Enter” tugmasi bosiladi. Keyin to’g’ri chiziqli ob’ekt tanlanadi. Sichqoncha ko’rsatkichi ushbu ob’ektning qaysi tomoni tanlanishini so’raydi (chap yoki o’ng, yuqori yoki pastidan va h.). Tomon sichqoncha yordamida tanlanishi bilan tanlangan ob’ektga parallel va belgilangan masofa uzoqligida cheksiz nur o’tkaziladi. Buyruqdan chiqish uchun klaviaturadan “Esc” tugmasi bosiladi.
Izoh:Tahrirlash panelidan foydalanib nur to’g’ri chizig’ining kerakli qismi saqlanib, keraksiz qismi o’chirilishi mumkin
«Полилиния» - Xususiyatli chiziq tugmasi.
Bu buyruq ancha murakkab xususiyatlarga ega bo’lgan chiziqlarni bajarish uchun qo’llaniladi. Aytaylik, chizqning yoyga o’tib ketishi, chiziqning trapesiyasimon qiymatlarda yo’g’onlashuvi yoki ingichkalashib borishi nazarda tutiladi. Qisqa qilib aytganda murakkab parametrlarga ega bo’lgan xususiyatli chiziqlarni bitta ob’ekt deb qabul qiladi.
Izoh:Keyinchalik tahrirlash panelidan foydalanib xususiyatli chiziqni tahrirlash mumkin. 
Dastlab buyruq tugmasi tanlanganda «Отрезок» - Kesma buyrug’i singari ketma ket to’g’ri chiziqlarni chizish mumkin. Agarda, boshlang’ich nuqta tanlanib, so’ngra klaviaturadagi ↓ - ko’rsatkichi bosilsa ekranga yordamchi menu oynasi chiqariladi. Ushbu yordamchi menudan «Дуга» - Yoy tanlanganda Bevosita turli radiuslarga ega bo’lgan yoylarni bajarish mumkin. Aniq qiymatlarga ega bo’lgan yoylarni bajarish uchun esa yana klaviaturadagi ↓ - ko’rsatkichi bosiladi va yordamchi menu chaqiriladi.
Ushbu yordamchi menu «Угол» - Burchak, «Центр» - Markaz, «Направление» - Yo’nalish, «Полуширина» - Yarim enli, «Линейный» - To’g’ri, «Радиус» - Radius, «Вторая» - Ikkinchi, «Отменить» - Rad etish, «Ширина» - Kengligi kabi buyruqlarga ega-ki ularning har biri bilan bevosita mashg’ulotlar jarayonida tanishib, o’qituvchi yordamida o’rganib boriladi.
Izoh: Mashg’ulotlar davomida axborot menu oynasidagi barcha bandlarni o’rganib chiqish kerak.



Download 1.17 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1.17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Рисование - Chizish asboblar paneli

Download 1.17 Mb.