Mavzu: oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati monitoringini takomillashtirish masalalari




Download 16.89 Kb.
Sana18.01.2024
Hajmi16.89 Kb.
#140015
Bog'liq
MAVZU3 (2)
ШАХСИЙ РЕЖА KITOBCHA, истиқболли режа З.Бозоров, Informatika 7-sinf. 1-Mavzu axborot tushunchasi va bilish haqid, AXBOROT TUSHUNCHASI VA BILISH HAQIDA, 7-sinf, Ta`lim muassasasi menejmenti Reja, Pedagogik mahorat. Mavlonova, Sinfdan tashqari o‘qish uchun mavzular bo‘yicha badiiy asarlar ro‘yxatini tuzish, TUG’ILISH DAVRI INQIROZI, 6277 403 5112000-Жисмоний маданият узбек 2021, “Bir million dasturchi”, 1-mavzu amaliy hemis, 8742dd91-7cd2-429e-adb3-a15c062acb18, 270dc967-8e4e-40e0-8914-aa118f3de539, kerio-control-userguide

MAVZU: OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATI MONITORINGINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni asosida jismonan


sog‘lom, ma’naviy yetuk, yuksak intellektual salohiyat, zamonaviy bilimlarga ega,
mustaqil fikrlaydigan, kelajakka ishonch bilan qaraydigan barkamol avlodni tarbiyalash uchun jahon amaliyotida o‘xshashi bo‘lmagan ta’li mning milliy modeliga
asos solingan. Mazkur model shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasiga
asoslangan bo‘lib, uning markazida ta’lim oluvchining ehtiyojlari, qiziqishlari, iqtidor
va qobiliyatlari turadi.
Intelektual rivojlangan va raqobatbardosh yoshlarni uzviylik va uzluksizlik
tamoyillari asosida tarbiyalash maqsadida barcha ta’lim turlari kabi oliy ta’lim
tizimining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari,
malaka talablari, o‘quv reja, o‘quv fan dasturlari hamda o‘quv adabiyotlarining yangi
avlodi ishlab chiqilib amaliyotga joriy etildi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va
obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Mazkur maqolada oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim sifati monitoringini takomillashtirish masalalari va uning
bugungi kundagi ahamiyati haqida fikrlar tahlil qilindi. Mazkur maqolada
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning asarlari metodoligik manba bo’lib belgilandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR


Ta’lim sifatini baholash, uning monitoringini olib borish, indikatorlarni doimiy
takomillashtirib borish bugungi kundagi eng muhim yo‘nalishlardan biri sanalib,
ta’lim sifatining zaruriy darajasini ta’minlash, ta’lim sifati menejmenti va
kvalimetriyasining samarali metodlarini ishlab chiqishga nisbatan metodologik
yondashuvni shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi.
Ta’lim sifatini baholovchi nisbatan taniqli tizimlar Buyuk Britaniya, AQSh va
Fransiyada qo‘llanilmoqda. Buyuk Britaniyada bu kabi tizimlar
1948 yildan, AQShda 1969 yildan, Fransiyada esa, 1979 yildan buyon mavjud.
Ta’lim sifatini baholash milliy tizimi Chilida 1978 yildan amalda qo‘llanilib
kelinmoqda. Ushbu tizimlarning barchasi muntazam ravishda kerakli axborotlarni yig‘ish imkonini beradi.
Aksariyat MDH mamlakatlarida ta’lim sifatini baholovchi milliy tizimlarni
ishlab chiqish 1990 yildan boshlangan.
Bunday milliy baholovchi tizimlarning maqsadi ushbu tizim doirasidagi ta’lim
oluvchilarning o‘zlashtirish darajalarini aniqlashdan iborat. Buning uchun quyidagilar zarur bo‘ladi:
- ta’lim sohasidagi o‘zlashtirish darajasini aniqlash;
- ta’lim oluvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarning kuchli va zaif tomonlarini
aniqlash;
- ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirishlari bilan bog‘liq mavjud muammolarni aniqlash;
- o‘zlashtirish bilan bog‘liq omillarni aniqlash;
- o‘zlashtirish dinamikasini yuritish.
Mamlakatlar darajasida qaraganda ham ishlab chiqilayotgan tizimlar turli-tuman
bo‘lib, metodikasi, usullari va boshqa xususiyatlari bilan bir- biridan keskin farq qiladi. AQSh ta’limiy jarayonlar sifatini baholash milliy tizimi (NAEP – National Assessment of Educational Progress)ning maqsadi bolalar va o‘smirlarning o‘qish, hisoblash va kommunikatsiya bo‘yicha malakalarini baholashdan iborat. Ushbu baholash dasturlari:
- o‘quv dasturlari bajarilishini ta’minlash;
- o‘zlashtirish darajasini oshirish uchun teskari aloqani ta’minlash;
- ota-onalarni ma’lumot bilan ta’minlash;
o‘quv muassasasidagi o‘zlashtirish darajalari haqida umumlashgan
ma’lumotlarni olish va milliy statistikani shakllantirish uchun o‘tkaziladi.
Fransiya milliy baholash tizimining maqsadi quydagilardan iborat:
- o‘quvchilar tomonidan fanlarni o‘zlashtirish jarayonlarini baholash;
- o‘qituvchilarga chora-tadbirlarni tanlashda ko‘maklashish;
- o‘qituvchilarga pedagogik faoliyatni rejalashtirishda ko‘maklashish;
Buyuk Britaniyada oliy ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash davlat va
jamoatchilik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bugungi kunda ko‘pgina davlatlar tomonidan qiziqish bildirilayotgan ta’lim
sifatini baholashning Buyuk Britaniya tizimi har bir ta’lim muassasasi tomonidan
sifatli ta’limni ta’minlashning samarali ichki monitoringini tashkil etilishi va amalga
oshirilishi, shuningdek, ta’lim muassasasining o‘zida uning kafolatli mexanizmi
amaliyotga kiritilishi bilan tavsiflanadi. Bunda sifat kafolatining ichki mexanizmi
samaradorligini baholash jarayonlarini tashkil etishdagi javobgarlik oliy ta’lim sifatini
ta’minlash Agentligi – Quality Assurance Agency (QAA) zimmasiga yuklatilgan.
Quality Assurance Agency (1997) – nodavlat tashkilot hisoblanib, uning asosiy
vazifasi sifat ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazishdan iborat bo‘lib, tashqi
ekspertiza xulosalariga asoslanib davlat tashkiloti baholash natijalari bo‘yicha tegishli
qarorlar qabul qiladi.
Agentlik tomonidan ta’lim sifatini nazorat qilishda oliy ta’limning akademik
standartlarini qo‘llab-quvvatlash, oliy ta’lim muassasalari tomonidan yuqori
akademik sifatni ta’minlash, oliy ta’lim tizimini uzluksiz va tizimli takomillashtirib
borish, oliy ta’limning hamma uchun maqbul va maqsadlarga muvofiqligini
ta’minlash asosiy vazifalar sifatida belgilanadi. Shuningdek, ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash jarayonida talabalar va kadrlar buyurtmachilarining ishtirokiga alohida ahamiyat beriladi.
Germaniyada ta’lim sifati, xususan, oliy ta’lim sifatini baholashning o‘ziga xos
tizimi mavjud. Hozirgi kunda Germaniyada sifatni baholash bo‘yicha bir necha
agentliklar faoliyat yuritib, ulardan ba’zilari tor doirada texnika, tibbiyot, biznes
sohalarigagina yo‘naltirilgan bo‘lsa, qolgan agentliklar boshqa barcha yo‘nalishlar
bo‘yicha ta’lim dasturlarini baholash, akkreditatsiyadan o‘tkazishga
ixtiscoslashtirilgan. Mazkur davlatda akkreditatsiyalash jarayoni oliy ta’lim
muassasining talabiga binoan amalga oshiriladi va yakuniy xulosa tegishli davlat
organlari tomonidan shakllantiriladi. Germaniyada ta’lim sifatini baholash tizimining
o‘ziga xosligi unda ta’lim sifatini mustaqil baholash tizimining mavjudligida bo‘lib,
ta’lim sifatini baholashda ish beruvchilarni ekspert salohiyatidan to‘laqonli
foydalanilishiga e’tibor qaratilgan.
Oliy ta’lim muassasalarida tizimli ravishda ta’lim sifati va unga ta’sir etgan
omillarni baholash: «Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz
rivojlantirish va takomillashtirish kafili bo‘lishi zarur. Ular yuqori malakali,
raqobatga qodir mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini
uyg‘unlashtirishi lozim»ligi borasidaga o‘ta muhim vazifalar bilan belgilangan [4].
Oliy ta’lim muassasalari tomonidan ta’lim-tarbiya sifatining holati, uning
monitoringi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari imkoniyatlaridan
unumli foydalangan holda xolis baholansa, ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etgan omillar
o‘z vaqtida korreksiyalanib, istiqbolga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilsa,
ta’lim sifatining kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligi
ta’minlanadi.
Germaniyada ta’lim sifati, xususan, oliy ta’lim sifatini baholashning o‘ziga xos
tizimi mavjud. Hozirgi kunda Germaniyada sifatni baholash bo‘yicha bir necha
agentliklar faoliyat yuritib, ulardan ba’zilari tor doirada texnika, tibbiyot, biznes
sohalarigagina yo‘naltirilgan bo‘lsa, qolgan agentliklar boshqa barcha yo‘nalishlar
bo‘yicha ta’lim dasturlarini baholash, akkreditatsiyadan o‘tkazishga
ixticoslashtirilgan. Mazkur davlatda akkreditatsiyalash jarayoni oliy ta’lim
muassasining talabiga binoan amalga oshiriladi va yakuniy xulosa tegishli davlat organlari tomonidan shakllantiriladi. Germaniyada ta’lim sifatini baholash tizimining o‘ziga xosligi unda ta’lim sifatini mustaqil baholash tizimining mavjudligida bo‘lib, ta’lim sifatini baholashda ish beruvchilarni ekspert salohiyatidan to‘laqonli foydalanilishiga e’tibor qaratilgan. Yaponiyada ham ta’lim sifatini baholash va akkreditatsiyalash jarayonlari boshqa rivojlangan davlatlar kabi o‘zini-o‘zi ko‘rikdan o‘tkazish, tashqi ekspertiza va qaror qabul qilishdan iborat bo‘lib, ta’lim muassasasining faoliyatini umumiy
baholash va alohida ta’lim dasturlarini baholash bo‘yicha komissiyalar asosida
amalga oshiriladi.
XULOSA
Umumiy baholash ta’lim muassasasidagi ta’lim sifatini boshqarishning
zamonaviy metodlari va ichki menejment samaradorligi tahlili asosida shakllantiriladi.
Ta’lim mazmunini doimiy ravishda isloh qilish, tayyorlanayotgan kadrlar
sifatining respublikada amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar shuningdek, ta’lim, fan, texnika va texnologiyalar rivojlanishining ilg‘or jahon talablari darajasiga muvofiqligini ta’minlash jamiyatning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Download 16.89 Kb.




Download 16.89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati monitoringini takomillashtirish masalalari

Download 16.89 Kb.