• Darsning borishi
  • Yangi mavzu bayoni
  • Psixomotor, funksional hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion kompetensiya




    Download 182.22 Kb.
    bet2/3
    Sana02.08.2022
    Hajmi182.22 Kb.
    #25073
    1   2   3
    Bog'liq
    Mavzu1

    Psixomotor, funksional hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion kompetensiya: A2
    o‘quv-amaliy topshiriqlarni tizimli, tartib-intizom asosida bajara oladi.
    To‘g‘ri va ongli kasb tanlash, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyasi: A2
    kasblarda mehnat turlarini ta’riflay oladi
    Darsda jihozi: metallga ishlov berish ustaxonasi, metal namunalari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    1. Salomlashish

    2. Davomatni aniqlash

    3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

    4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

    1. Uyga vazifani so‘rash:

    1. Savol – javob o‘tkazish

    2. Topshiriqlarni tekshirish

    3. Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

    1. Yangi mavzu bayoni:

    Eshik qulflari o‘yma (83-rasm) va yopishtirma (84-rasm) bo‘ladi. Qulflar xonadon eshigini ishonchli berkitishga mo‘ljallangan. Ularning uzoq vaqt ishlashi va mustahkamligi o‘z joyiga yaxshi o‘rnatilishiga, to‘g‘ri ishlatilishiga va vaqti-vaqtida qarab turilishiga bog‘liqdir. Odatda, har bir
    eshik qulfi bilan birga uning eng kamida uchta kaliti bo‘lishi kerak. Qulflarning tuzilishi har xil: oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy qulflar arzon, lekin ishonchsizroq bo‘ladi.
    Quyida o‘yma eshik qulfining tuzilishi va ishlash prinsipini ko‘rib chiqamiz. Qulf shtreben – 1 (teshiklar ochilgan va eshik kesakisiga mahkamlanadigan burchakli qoplagich), plastina – 2 (uning
    teshigidan surma zulfin – 3 va lo‘kidon – 9 o‘tadi), uzatuvchi richag – 4, vtulka – 5, boshqaruvchi tutqich – 7, surma mexanizmning prujinasi – 6, plastinka – 8, plastinka va prujinalar to‘plami – 10 dan
    tuzilgan. Sizlar qulfning tuzilishini yaxshi bilib olgach, undan to‘g‘ri foydalanishdan tashqari, qulfning ayrim nuqsonlarini o‘zingiz bartaraf eta oladigan bo‘lasiz. Ko‘pincha qulf zulfin prujinalarining yoki qulf teshigi plastinalarining tushib yoki surilib ketishi natijasida buziladi. Bunday hollarda zulfin ham, lo‘kidon ham ishlamaydi. Shuning uchun o‘yma yoki yopishtirma eshik qulfining
    qopqog‘ini chiqarib olib, prujinalarni o‘z joyiga o‘rnatish, ularni tegishli cheklagichlar bilan ta’minlash va ularni solidol bilan moylab, qopqoqni yopish kerak. Ularni kalit solib tekshirilganda ishlasa, demak, qulf tuzatilgan bo‘ladi.
    Eshikning qulf uchun ochiladigan teshigini rejalashda qulfning bo‘yi va eni 1–2 mm qo‘yim bilan belgilanadi. Shunda qulf uyaga bemalol joylashadi. Shundan so‘ng qulf uyasi o‘yiladi, rejalanadi, parmalab kalit uchun teshik ochiladi. Qulfni uyaga kiritib, uning to‘g‘ri turishi tekshiriladi, qulfning
    tayanch plastinasi uchun o‘yiq belgilanadi. Shundan so‘ng qulfni chiqarib olib, plastina uchun belgilangan o‘yiq o‘yiladi va qulfni uyaga kiritib, burama mixlar bilan mahkamlanadi.
    Eshik tutqichlarini o‘rnatishda qulf plastinalarining o‘rnini ham belgilash, tutqich va kalit uchun ochiladigan teshiklarni ham hisobga olish zarur. Qulf plastinalari to‘g‘ri o‘rnashgach, burama mixlar bilan mahkamlanadi. Eshik tutqichlarini o‘rnatishda tashqari tutqichni vtulka – 5 ning uyasiga
    kiritiladi, kvadrat sterjenning bo‘sh uchiga esa ichki tutqichni tegishli holatda kiydiriladi va shtift bilan mustahkamlanadi. Eshikni yopib va kalitni qulfga solib, zulfin hamda lo‘kidonni bir necha marta u yoq-bu yoqqa surib, ular uchun eshik kesakisining qayerlaridan uya ochish kerakligi belgilanadi. Keyin ularni lo‘kidon va surma zulfinga moslab, 3–5 mm qo‘shib o‘yiladi. Shundan so‘ng uyalar ustigaqoplagich o‘rnatiladi va qulfni ochib-yopib bajarilgan ish tekshirib ko‘riladi. Qulflar ishlamasligining yana boshqa sabablari ham bo‘ladi. Bular eshiklarning qiyshayib yoki tob tashlab qolishidir. Bunday paytlarda eshiklarni dastlabki holatiga qaytariladi. Bu ishlar tegishli tuzatishlar orqali amalga oshiriladi va eshikning oshiq-moshiqlarini boshqatdan mustahkamlab o‘rnatiladi. Agar bu usul yordam bermasa, uyani egov bilan kengaytirish va zulfinni bemalol uyaga kira oladigan qilish lozim (85-rasm).


    Download 182.22 Kb.
    1   2   3




    Download 182.22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Psixomotor, funksional hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion kompetensiya

    Download 182.22 Kb.