• Ustma-ust birikmalar (
  • Burchak hosil qilgan birikmalar (
  • Tavraviy birikmalar (2
  • Mavzu: Payvand birikmalar va choklarning asosiy turlari




    Download 0.86 Mb.
    bet3/4
    Sana24.04.2021
    Hajmi0.86 Mb.
    1   2   3   4
    Uchma-uch birikmalar (1-

    2-rasm. Payvand birikmalarning asosiy turlari:
    Uchma-uch birikmalar (2-rasm: a). Bunday birikmalarda asosiy hamda suyuqlantirib qo’shiladigan metall kam sarflanishi, payvandlash vaqtining tejalishi va asosiy metalldek puxta chok olinishi sababli bular sanoatda ko’proq tarqalgan. Lekin, uchma-uch biriktirishda payvandlash uchun listlarni yaxshilab tayyorlash va bir-biriga aniq to’g’rilamoq zarur.
    Ustma-ust birikmalar (2-rasm: b). Bunday biriktirish usuli asosan, qalinligi ko’pi bilan 10-12 mm bo’lgan po’latdan ishlangan qurilish konstruksyalarini yoy yordamida payvandlashda qo’llaniladi.

    Ustma-ust birikmalar olish uchun payvandlashda uchma-uch payvandlashdagi singari payvandlanadigan joylarni qo’shimcha ravishda kertib unga ishlov berish talab etilmaydi.



    Burchak hosil qilgan birikmalar (2-rasm: v). Bunday birikmalardan bir-biriga nisbatan to’g’ri yoki boshqa burchak ostida joylashgan listlarni chetlari bo’yicha payvandlab biriktirishda foydalaniladi. Bunday birikmalar, asosan, gaz yoki suyuqlikning unchalik katta bo’lmagan ichki bosimi ta’sirida bo’ladigan idishlarda hosil qilinadi. Bunday birikmalarni olishda metallning chetlari kertilmaydi (faqat muhim birikmalar olishdagina kertiladi).

    Tavraviy birikmalar (2-rasm:g). Bunday birikmalarda payvandlanuvchi metall elementlari bir-biriga 900 li burchak ostida payvandlanadi. Payvandlanuvchi element qirrasining shakliga ko’ra qirrasi kertilmay, bir yog’i kertilib yoki ikki yog’i kertilgan bo’lishi mumkin.

    Yuqorida bayon etilgan asosiy birikmalar po’latni yoy yordamida dastaki payvandlash uchun tipaviy birikmalar hisoblanadi.





    Download 0.86 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0.86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Payvand birikmalar va choklarning asosiy turlari

    Download 0.86 Mb.