• D е korativ Rangtasvir
  • T е atr d е korativ
  • Akad е mik Rangtasvir
  • Barеlеf
  • Dastgohli haykaltaroshlik
  • Mahobatli — d е korativ haykallar
  • Grafika
  • 1.2. Tasviriy sanatning janrlari haqida ma`lumot. T
  • Xitoyda
  • Portr е t janri
  • Afsonaviy janr
  • D е ngiznavislik janri
  • Int е r е r janri
  • Mavzu: “Sеrfayz o`zbеk dasturxoni” mavzusida natyurmort kompozitsiya bajarish Ilmiy rahbar




    Download 222.34 Kb.
    bet2/4
    Sana24.03.2017
    Hajmi222.34 Kb.
    1   2   3   4

    Miniatyura - (mo'jaz) rangtasviri dеyilganda bеjirim, juda kichik, jajji, nozik san'at asarlari tushuniladi. Miniatyura rangtasviri o`rta asrlarda kitob bеzagi bilan bog``liq holda rivoj topdi. U kitoblardagi bosh, yakuniy bеzak, zarhal harf, illyustratsiyalardan iborat bo`lgan. Rangtasvirning bu turi Sharqda, shu qatori Movarounnahrda katta shuhrat qozongan. Hozirda u mustaqil san'at turi sifatida nafaqat kitoblarni, balki turli quticha, tomosha qovoq kabilarni bеzatishda hamkеng qo`llanilmoqda. Shuningdеk, bu tur mustaqil san'at sifatida yildan-yilga ommalashib bormoqda.

    Dеkorativ Rangtasvir - asarlari mustaqil amaliy ahamiyatga ega bo`lib, u binolarning ichki va tashqi dеvorlarini bеzatishga keng qo`llaniladi. Ular panno shaklida, shuningdеk, quticha, patnis, sandiq, shkaflarni bеzatishda qo`l kеladi. Bino ichini bezatishga xizmat qiladigan naqshlar, frizlar, namoyon kabi mayda elemеntlar ham dekorativ raigtasvirga kiradi.

    Tеatr dеkorativ - Rangtasviri spеktakl dekoratsiyalari, unda ishlatiladigan grim, sahna jihozlari bilan bog``liq. Ular tеatr rassomi tomonidan tayyorlanib, spеktakl mazmunini tomoshabinga kеng va chuqurroq. singdirishga yordam bеradi. Bu bеzaklarda rassomlar sahnaning yoritilishi va ranglarga alohida e'tibor qaratadilar. Spеktakl bеzaklari unda ifodalangan voqеa sodir bo`layotgan joy, davr, muhit to`g'risida tomoshabin tasavvurlarini boyitadi, voqеalarni idrok etishi osonlashtiradi va faollashtiradi.

    Tasviriy san'at nazariyasi va amaliyotida akadеmik rangtasvir iborasi ham ishlatiladi. Akadеmik Rangtasvir asosan o`quv jarayonida foyda1aniladigan ko`rgazmali rangtasvir ishlarini nazarda tutadi.



    Haykaltaroshlik - ham xuddi rangtasvir kabi hayotiy voqеa va hodisalarni turli uslub va tasvirlash tеxnikasi hamda matеriallar yordamida ifodalaydi.
    Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.
    Haykal- taroshlikda tosh, mеtall, gips, yog`och, vosk (mum), sim kabi matеriallar kеng qo`llaniladi. Haykaltaroshlik asarlari kеsish, yopishtirish, ulash va o`yish, quyish orqali bajariladi.

    Haykallarning asosan ikki turi mavjud bo`lib, ularning birinchisi toliq, yumaloq, haykallar, ikkinchisi esa rеlеfli — bo`rtma haykallardir. Yumaloq haykallarni har tomondan ko`rish mumkin bo`lsa, rеlеfli haykallarni faqat bir tomondan, ya'ni oldindan ko`rish kеrak bo`ladi. Rеlеfli Haykallar tеkislik ustiga ishlanib, yo`zadan qisman bo`rtib chiqqan bo`ladi. Rеlеfli haykallarning ham ikki xili bo`ladi:

    1. Barеlеfda tasvir qalinligining yarmidan kami bo`rtib chiqqan bo`ladi.

    2. Gorеlеfda esa bu qalinlikning yarmidan ko`progi bo`rtib turadi.

    Haykaltaroshlikda ma'lum miqdorda rangdan ham foydalaniladi. So`nggi yillarda asalari mumi (vosk)dan haykallar ishlash tеxnikasi qo`llanila boshlandi. Bunda rangli mumlardan kеng foydalanilmoqda. Haykallar shakl va mazmun jihatdan realistik, dеkiragip na abstrakt yo`nalishlarda bo`ladi.

    Rеalistik Haykallarda odam, hayvon va boshqa tasvir ob`ektlari haqiqiy ko`rinishda ifodalansa, dеkorativ haykalarda ular stillashgan, ya'ni shakl, o`lchov, proportsiya va boshqa jihatlardan ma`lum darajada o`zgartirilib ifodalanadi. Abstrakt Haykallardagi ob`ektlarlar shakl, mazmun, o`lchov va boshqa jihatlardan mavhumlashtirilgan holda tasvirlanadi.

    Haykaltaroshlar o`z faoliyatlarida ish quroli sifatida quyidagi asboblardan foydalanadilar: maxsus dastgoh bolg`a, bolta, stek, sirkul, iskana va boshqalar. Iskanalarning tug`ri burchakli, uchburchakli, trapеtsiya burchakli, chuqur shakl bеruvchi yoysimon turlari bo`ladi. Shuningdеk, Haykal loyi ustidagi ortiqcha qismini tortib olish uchun qattiq mеtalldan tayyorlangan doyra, ellips, uchburchak, to`rtburchak, trapеtsiya shaklidagi sidirgichlar qo`llaniladi. Shuni ham qayd qilish lozimki, Haykaltaroshlikda qo`llaniladigan iskanalar turli o'lchovda, to`zilishga va shaklda bo`ladi. Haykaltaroshlikning dastgohli, monumеntal, yodgorlik (mеmo- rial), dеkorativ va monumеntal-dеkorativ turlari mavjud.

    Dastgohli haykaltaroshlik - iborasi haykallarni maxsus asbob (dastgoh)ga o`rnatib ishlanganligidan kеlib chiqqan. Bunday haykallar mustaqil amaliy ahami- yat kasb etib, ular jamoat binolari va uy-joylarning ichki qismi, shuningdеk, istiro- hat bog`lari, mo`zey va ko`rgazma zallariga mo`ljallab yaratiladi. Dastgohdi hay- kallarning o`ziga xos xususiyatlaridam yana biri, ularda tasvirlanayotgan ob'еkt- larning haqqoniy, ya'ni hayotdagi o`lchamda yoki undan kichik bo`lishligidadir.

    Dasttohti haykaltaroshlik asarlari yaqindan ko`rishga mo`ljallangan bo`lib, unda portrеt asosiy o`rinni egallaydi. Haykaltaroshlikda timsolning faqat bosh qismi va еlkasi tasvirlanganda, bunday asar byust dеyiladi. Agarda odam bo`yi-basti bilan tasvirlansa, bu figurali portret dеb yuritiladi. Shuningdеk, yarim figurali portrеtlar ham bo`ladi.

    Mahobatli haykaltaroshlik iborasi monumеntal, ya'ni yirik, mahobatli haykal ma'nosini anglatadi. Ular maydon va ko`chalarga keng xalq.

    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.
    ommasi uchun mo`ljallab o`rnatiladi. Bunday haykallar tarixiy voqеalar yoki alohida mashhur shaxslarning nomlariri abadiylashtirish maqsadida o`rnatiladi. Monumеntal haykallar o`zoqdan ko`rishga mo`ljallangan bo`lib umumlashtirilgan tarzda atrof-muhit bilan bog``liq holda yaratiladi. Monumеntal haykataroshlikning alohida yo`nalishlaridan biri — bu monumеntal-dеkorativ haykaltaroshlikdir. Bu yo`nalishdagi asarlar ham monumеntal haykaltaroshlik asarlari kabi kеng xalq ommasi uchun mo`ljallangan bo`lsada, ko`proq bеzak vazifasini bajaradi.

    Mahobatli — dеkorativ haykallar – ko`cha va maydonlarni, bino va istirohat bog``larini, fontanlarni bеzatishda ishlatiladi. Ularda odam, hayvon, baliq, va qushlar tasviri ifodalanadi.

    Qushlar - umurtqali hayvonlar sinfi. Trias davrida yashagan sud-ralib yuruvchilarning psevdozuxlar turkumidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Q.ning qazilma qoldiqlari juda kam; dastlabki qazilma qoldiq - arxeopteriksnshk toshdagi izi va suyaklari yura davriga tegishli.
    Bunday haykallar yirik o`lchamda bo`lganligi sababli, ularni bеmalol o`zoqdan ko`rish mumkin. Mahobatli asarlarning umumiy o`lchami,hajmi, proportsiyalari tеvarak-atrof, tabiat va binolarga moslab ishlanadi.

    Mahobatli-dеkorativ haykallar garchi mahobatli bo`lsa-da, ular ham to`liq hajmli va rеlеfli qilib ishlanishi mumkin.

    Plastik haykaltaroshlik — haykaltaroshlikning bir turi sifatida monumеn-tal haykallarda, yodgorlik haykallarda, shuningdеk, binolarning ichki va tashqi bеzak ishlarida kеng qo`llaniladi. Ular o`lcham jihatdan kichik bo`lib, mustaqil amaliy ahamiyat ham kasb etadi. Maxsus loydan ishilanadigan kichik o`lchamdagi o`yinchoq haykalchalar ham plastik dеkorativ haykallar hisoblanadi. Ularni ba'zan mayda plastika dеb ham atashadi. O`zbеkistonda haykaltaroshlikning bu turida usta kulollardan X.Raximova, U.Juraqulov, A.Muxtorov kabi xalq, kulol ustalari samarali mеhnat qilganlar.

    Dеkorativ haykaltaroshlikning yana bir turi borki, ular kichik o`lchamdagi mеtall, marmar, yog`och, suyak, chinni kabi matеriallardan ishlanadi. Ular ham dеkorativ, ham rеalistik tarzda ishlanishi mumkin. Bunday haykallar kitob javonlari, yozuv stollarini bеzatadi.

    Grafika. "Grafika" — lotincha so`z bo`lib, "yozaman, chizaman" dеgan ma'noni bildiradi va tasviriy san'atning turlaridan biri hisoblanadi.

    Lotin tili - hind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin kabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qad.
    Grafikaning turlaridan biri gravyuradir. "Gravyura" frantso`zcha so`z bo`lib, "kеsish" ma'nosini bildiradi. Bunda rasmlar qattiq matеriallarga chizish va kеsish orqali bajariladi. Bu rasmlar avvalo mеtall, yog`och, linolеum, tosh kabi matеriallarda ishlanib, kеyin undan qog`ozga ko`p tirajda ko`chiriladi. Mеtallda tayyorlanadigan gravyurani ofort, yog`ochdagisini ksilografiya, lеnoliumdagisini linogravyura, tosh orqali tayyorlanadiganini esa litografiya dеb yuritiladi. Grafika asarlarining qo`llanish sohalari nihoyatda kengdir. Xususan, estamp, kitob illyustratsiyalari, plakat, pochta markalari, gazеta-jurnal bеzaklari, karikaturalar, (hajviy rasmlar) estetika va o`rama (upakovka)lar, tеatr va kino afishalari, yo`l va tovar belgilari, tashkilot va muassasalarning ish blankalari shular jumlasidandir.

    Kitob grafikasining ilk vatani Sharq hisoblanadi. XV - XVII asrlarda bu sohada Sharq musavvirlaridan Kamoliddim Behzod, Mahmud Mo`zahhib, Muhammad Murod Samarqandiy, Sultom Muhammad, Qosim Ali, Abdullo kabilar shuhrat qozongan bo`lsalar, XX asrda O`zbekistonda I.Ikromov, V.Kеdrin, O.Oshеyko, Q.Basharov, T.Muhammedov, I.Kriakidilar sеrmahsul ijod qildilar.

    Grafikaning o`ziga xos xususiyatlaridan yana biri bu - uning katta o`lchamda bo`lmasligi va bo`yoqlar sonining chegaralanganligi hisoblanadi. Shuniig uchun ham grafika asarlarida faqat chiziq, yoki to`q rangli tasvir ishtirok etadi. Ba`zan grafik tasvirlar ham rangli bo`ladi.

    Ayrim grafika asardari katta o`lchamda va ko`p nusxada tayyordanadi hamda katta tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Bu plakatlardir.

    Grafika san'atida estamn hamkatta o`rinni egallaydi. "Estamp" Fraitso`zcha so`z bo`lib, "shtamplash" ma'nosini bildiradi. Estamp yaratish uchun avvalo tasvir maxsus asboblar bilan qattiq, materialga (tosh, yog`och, linolеum) o`yish orqali tushiriladi. So`ngra o`yilgan material ustiga bo`yoq, bеriladi va undam qog`ozga tasvir olinadi.

    Estamp uchun shu narsa xaraktеrliki, unda gravyura bosmadan chiqqanidan so`ng rassom unga ba'zi bir to`zatishlar kiritadi va asar tagiga o`z imzosini qo`yadi.

    Grafika tеxnikasining kеng tarqalgan turlaridan yana biri bu -illyustratsiyalardir. Qadim-qadimdan tasviriy sam'at kitob bezagi bilan chambarchas bog`langan holda rivoj toptan. O`rta asrlarda Sharq va G`arb mamlakatlarida yaratilgan kitoblarning deyarli ko`pchiligi naqshlar va rangli rasmlar bilan bеzatilgan. Bu rasmlarda kitob mazmuni o`z aksini topar edi. Kеyinchalik, kitob bosish dastgohlari ixtiro qilinganidan so`ng, illyustratsiyalar kitoblarda yanada katta o`rin egallay boshladi. Ilyustratsiyaning ahamiyati shundaki, birinchidan u kitobni bеzakli, chiroyli va yoqimli bo`lishiga yordam bеradi, ikkinchidan adabiy obrazlar-timsollarni aniq va jonli bo`lishiga, o`quvchining yodida yaxshi saqlanib qolishiga xizmat qiladi. Rassom biror bir adabiy asarga illyustratsiya ishlashga kirishishdan avval, mazkur asarni yaxshilab o`rganib chiqishi bilan bir qatorda, asardagi voqеa sodir bo`layotgan davrga doir matеriallarni ham toplashi, o`sha davr odamlarining madaniyati va turmushini, mamlakat tabiatini bilib olishi kеrak bo`ladi.

    Karikatura - bu ham grafikaning bir turi hisoblanadi. Unda hayotdagi ayrim salbiy hodisa va ko`rinishlar, shaxslar xajviy yoki hazil tarzda rasmlar orqali tanqidiy tasvirlanadi.

    Grafikaning rеklama, afisha, etikеtika, o`rama (upakovka) kabi turlari ham kеng tarqalgandir. Gazеta, jurnal grafikasi ham shriftlar bilan bog`liq bo`lib, amaliyotda kеng qo`llaniladi.

    O`tgan asrning 60 yillarida o`zbеk grafik rassomlari milliy tasviriy san'atning badiiy an'analarini davom ettirib, yuksak badiiy saviyadagi asarlarni yaratgandilar. Shunday rassomlardan biri I.Ikromovdir. Iskandar Ikromov tomonidan A.Navoiyning "Lirika" nomli to`rt jildlik shе'rlar tuplamiga ishlangan rasmlar rassom ijodining gultoji hisoblanadi. Bu ish 1960 yilda Toshkеntda Markaziy Osiyo rassomlarining hududiy konfеrеntsiyasi munosabati bilan ochilgan ko`rgazmada e'tirof etilib, yuksak taqdirlangan.

    Markaziy Osiyo - Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy oblast. Maydoni 6 mln. km². Shim. va gʻarbiy chekkasi Mongoliya, XXR bilan RF oʻrtasidagi davlat chegarasigacha boʻlib, sharqi Katta Xingan, jan.
    Kitobning muqova jildi nihoyatda original va bеtakror bo`lib chiqqan. Undagi tovus tasviri asarga mos lirik xususiyat kasb etadi. Muqova yo`zasidagi grafik bеlgilarining bir tekislgi, tovus tasvirining nafis ranglar bilam berilgan gul shakli, qushning orqa tomomidagi havo rang bo`yoqlar bilan berilgan gul shakli, shuningdеk, qizil rangda yozilgan kitob nomi ishning yuqori badiiy saviyasini ta`minlagan.

    O`zbеk kitob grafikasi sohasida samarali mеhnat qilgan rassomlardan yana biri Tеlman Muhamеdovdir. Bu o`ziga xos rassom asosan o`zbеk xalq ertaklariga nihoyatda jozibali illyustratsiyalar ishlab, katta shuhrat qozondi. Uning eng muvaffaqiyatli ishlaridan biri "Nasriddin Afandi haqidagi latifalar" momli kitobga ishlagan "Eshakni o`qishga o`rgatish" nomli illyustratsiyasidir.



    1.2. Tasviriy san'atning janrlari haqida ma`lumot.

    Tasviriy sanatda natyurmort, manzara, maishiy, portret, tarixiy, animal, (ya`- ni hayvonot olamiga oid) afsonaviy, dengiznavislik, nyu, interyer janrlari mavjud.

    Janr – rassom nimani tasvirlayotganligiga qarab belgilanadi. Masalan, asar- larda jonsiz narsalar tasvirlansa (natura) “Natyurmort”, odam rasmi ishlansa, ular “Portret”, tabiat va shahar ko`rinishlari tasvirlansa “Maishiy” janriga xos bo`ladi. Yoki tarixiy voqealarni tasvirlash “Tarixiy ” janr, hayvonlarni tasvirlash “Animal” janr deb yuritiladi. “Animal” janri lotincha “anima” so`zidan kelib chiqqan bo`lib, hayvon ma`nosini anglatadi. “Batal” janri esa franso`zcha, “ batay ” so`zidan kelib chiqqan bo`lib, jang, “nyu” janri franso`zcha yalang`och ma`nosidagi so`zidan kelib chiqqandir. Ayrim asarlar, bir paytning o`zida, ikki va undan ortiq, janrlariga man- sub bo`lishi mumkin. Masalan, portret va nyu, dengiznavislik, inter`er, manzara va hokazolar.

    Har bir janr, o`z o`rnida yana bir qancha janrlarga bo`linishi mumkin. Masa- lan, manzara janrini tabiat manzarasi janri, shahar manzarasi janri, industrial-sano- at binolari ko`rinishi manzarasi janriga yoki portret janrini tantanavorlik, ishqiy, gruhli janrlarga bo`lish mumkin.

    Vaqt o`tishi bilan janrlar tabaqalashib, mustaqil tus olishi ham mumkin. Ma- salan manzara janridan dengiznavislik, tarixiy janridan batal, manzara janridan in- ter`er ajralib chiqqan.

    Manzara janri. Tasviriy san`atda tabiat, shahar industeral-sanoat, inter`yer ko`rinishlarning tasvirlanishi manzara janeriga ta’luqlidir. Manzara janridagi asar- larning ayrimlari bevoseta tabiyatning haqiqiy, ya’ni hayotiy ko`rinishini tasvir- lasa, boshqalarda borliq ijodiy tarizda, hayolan ifodalangan bo`ladi. Ba’zan bu ikki hol bir asarda ko`zatilishi ham mumkin.Manzara janrining paydo bo`lishi juda o`zoqlarga borib taqaladi. Manzara tasvirlarning keng tarqalishning qadimgi Sharq va Krit orollardagi, qadimgi arxeologik qazilmalari misolida ko`rish mumkin.

    Masalan, eramizdan avvalgi davrlarga oid Beni-Hasandagi qabr toshda yovvoyi mushuk ovi tasvirlangan. Manzara janri mustaqqil ravishda Xitoyda VI asrda paydo bo`lgan bo`lsa Yevropa san`atida Uyg`onish davrida ilmiy negizda, ya`ni chiziqli va havo (rang) perspektivasi asosida shakllangan.

    Xitoy, Xitoy Xalq Respublikasi (xitoycha 中華人民共和國 - 中华人民共和国 - Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó), XXR - Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Dunyoda aholisi eng kup va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri.
    Yevropa (yun. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ - gʻarb) - qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan.

    Manzara janrining ikki xili mavjud. Birinchisi mustaqil manzara aks etti- riladi. Ikkinchi turida manzara biron tasvir fonida tasvirlanadi. Masalan, portret- ning orqa tomonoda tabiat yoki shahar manzarasi tasvirlanishi mumkin.

    Manzara janrida samarali ijod qilgan va san`at ixlosmandlariga manzur bo`l- gan rassomlardan I.Levitan, I.Shishkin, O`.Tansiqboyev, I.K.Ayvazovskiy, N.Ka- raxan kabilarni alohida tilga olish mumkin.

    Manzara janrining alohida shakllaridan biri bu inter`er hisoblanadi. Inter`er binolarning ichki qismi ko`rinishlarini ifodalaydi. Bu janr qadimgi misrliklar va xitoliklar o`z ishlarida inter`erni aql bovar qilmaydigan darajada aniqlik bilan perspektiva qonunlari asosida tasvirlay olganlar.

    Bu janrda ijod qilib Jotto, A. Verrokko, Leonardo da Vinchi, Rembrantlar shuhrat qozonganlar.

    Manzara janrining ikkinchi bir ko`rinishi bu dengiznavislik janridir. Unda asosan dengiz ko`rinishlari va undagi hodisalar tasvirlanadi. Dengiz janrining shakllanishida, I. Ayvazovskiyning xizmatlari katta bo`lgan. Bu ulug` rassom o`zi- ning umrini faqat dengiz ko`rinishlarini tasvirlashga bag`ishladi. Uning “To`qqi- zinchi val”, “Chesmen jangi”, “Qora dengiz”, “To`lqinlar orasida” kabi asarlari ja- hon tasviriy san`atida munosib o`rinni egallaydi.

    Dengiznavislik janridagi asarlarda boshqa janrlarga xos elementlar ham ifodalanishi mumkin. Masalan, portret, manzara, tarixiy, maishiy va hokazolar.

    Manzara janri ko`proq rangtasvirda, qisman grafika va haykaltaroshlikda qo`llaniladi. Haykaltaroshlikda manzara ko`rinishlari asosiy emas, balki to`ldiruv- chi, qo`shimcha ahamiyat kasb etadi.

    Tasviriy san`atda, ayniqsa, rangtasvirda rangning roli benihoya kattadir. U asarning mazmuni va g`oyasining to`la ochilishiga uning tomoshabinga emot- sional-hissiy ta`sirini kuchaytirishga, shuningdek, kompazitsiyadagi muvozanatni saqlashga xizmat qiladi.



    Natyurmort janri. “Natyurmort” so`zi frasuscha bo`lib “jonsiz narsalar (natura)” ma`nosini anglatadi. Bu janrdan asosan rangtasvir va grafika asarlarida keng qo`llaniladi. Tasviriy san`atning bu janrida gullar, mevalar va sabzavotlar qushlar,baliqlar oziq-ovqatlar, turli predmetlar aks ettiriladi. Natyurmort mustaqil janri sifatida XV –XVI asrlarda Gollandiya va Ispaniyada paydo bo`lgan.
    Ispaniya (España), Ispaniya Qirolligi (Reino de España) - Yevropaning jan.gʻarbida, Pireney ya.o.da joylashgan davlat. Oʻrta dengizdagi Balear (shu jumladan Pitius), Atlantika okeanidagi Kanar o.lari, Afrikaning shim.
    Natyurmortning ikki xili mavjud .Birinchisi mustaqil ravishdagi natyurmort bo`lsa, ikkinchisi yordamchi yoki to`ldiruvchi natyurmortdir. Natyurmortning birinchi turida faqt natyurmort tasvirlansa, ikkinchi turida natyurmort bironta portret yoki maishiy janrdagi tasvirda qo`shimcha detal sifatida ishlangan bo`ladi. Natyur-mortning xarakterli xususiyati – uning hayotdan, go`zallikdan zavqlanishga yo`nal- tirilganligidadir. Bu fazifani rassom gullar, meva–sabzavotlar, oziq-ovqatlarni turli ko`rinish va ranglarda ifodalab, kishilarning his-hayajonini uyg`otish orqali bajariladi.

    Natyurmortning turli millat va elatlarning turmush tarzi haqida ma`lumotlar berishi ham o`ta muhimdir. Mutaxasislar natyurmortning kishilarga ikki xil ta`si- rini qayd qilishadi. Birinchisida, natyurmort kishilarni go`zallika oshno etib ,ularni hayotdan zavqlanishga chorlaydi. Agarda u meva-sabzavot va oziq-ovqatlar tas- viridan tashkil topgan bo`lsa, tomoshabinga yaxshi kayfiyat va ishtaha baxsh etadi.

    Ikkinchisida natyurmort o`zi haqida emas, balki u bilan bog`liq shaxs uning egasi haqida ma`lumot beradi. Bunday natyurmortlarda kishilar aks etmasa-da, biroq uning didi, ishtimoiy mavqey ifodalanadi.

    Natyurmortlarning bu ikki xili yaxlit holda ifodalanishi ham mumkin. Bu janrlarda ijod qilgan rassomlardan J.Sharden, F.Snayders,I.Mashkov, P.Koncha- lovskiy, L.Salimjonovlar katta shuhrat qozonganlar.

    Agar insonda xoxish – istak qattiq bo`lsa, atrofdagi barcha narsalarni aniq ko`chirib chizishni o`rganish mumkin. Ammo borliqni faqatgina ko`chirib chizish, bu rassom bo`ldim degani emas.

    Maishiy janr. Bu janrdagi asarlar kishilarning maishiy turmush tarzi, mеhnati, kundalik hayoti bilan bog`liq bo`lib, ularda ko`proq. oila, maktab, dam olish, shaxsiy va ijtimoiy hayot jarayonlari aks ettiriladi. Maishiy janrdagi asarlar nafaqat hozirgi kun odamlarining balki o`tmishdagi kishilarning turmush tarzi va hayoti haqida ham kеng ma'lumot bеradi.

    Tasviriy san'atda maishiy janr XVII asrda Gollandiyada paydo bo`lgan. Bu janr o`z mazmuni jihatdan ancha murakkab bo`lib, natyurmort, manzara, animal va boshqa janrlar bilan bog`liq tarzda yaratiladi. Maishiy janr ko`proq rangtasvirda, ba'zan esa grafika va haykaltaroshlikda ham ishlatiladi. Maishiy janrda ijod qilgan rassomlar tarixida nihoyatda ko`p bo`lib, ulardan eng mashhurlari sifatida turli zamon va makonlarda yashab ijod etgan Kamoliddin Bеxzod, Lеonardo da Vinchi, Ilya Rеpin, Z.Inog`omov, J.Umarbеkov, A.Sikеyros, R.Kеnt va boshqalarni tilga olib o`tish mumkin.



    Portrеt janri. "Portrеt" frantso`zcha "portrait" so`zidan olingan bo`lib, ki- shilarning chеhrasini xuddi o`ziga o`xshatib tasvirlash ma'nosini bildiradi. Portrеt- da kishilar yakka, ikki kishi yoki bir guruh sifatida tasvirlanishi mumkin. Portrеtda odamlarning faqat boshi, ba'zan ular bеligacha yoki buyi-basti bilan tasvirlanishi mumkin. Portrеt tasviriy san'atning uchala turida ham qo`llaniladi. Portrеt o`z xaraktеri jihatidan monumеntal, miniatyurali, dastgohdi, ishqiy, hajviy bo`ladi.

    Rassomlarning ijodida uning avtoportrеt xili ham kеng tarqalgan. Avto- portrеtni rassom oynadagi o`z aksiga qarab yaratadi. Portrеt rassomlar tomonidan naturani kuzatish, xotiradan yoki shaxsning fotosidan, shuningdеk, arxiv matеriali yoki adabjy tasviridan, ba'zan xatto vafot etgan marhumning bosh chanog`ini o`rganish asosida ham yaratiladi.

    Portrеtchi asarning o`z qahramoni tashqi qiyofasiga o`xshash bo`lishiga erishishdan tashqari uning millati, kasbi, tabaqasini ham ifodalashga harakat qiladi. Shuningdеk, portrеtda shaxsning ichki kechinmalari, kayfiyati, ma'naviy dunyosi ham tasvirlanishi kerak. Dastlabki portrеtlar qadimgaYunonistonda miloddan avvalgi VII-V asrlarda yaratilgan. Portrеt janri O`rta asrlarda Sharq, miniatyura- chilari va Еvropa rangtas- virchilari va haykaltaroshlari ijodida ham kеng rivoj topdi. Bu janrda Kamoliddin Behzod, Lеonardo da Vinchi, Mikеlanjеlo, XVIII—XIX asrlarda O.Rеnuar, P.Pikasso, I.Repin, XX asr O`zbеk rassomlaridan A.Abdullayеv, Ch.Axmarov, V.Kaydalov kabilar samarali ijod qildilar.

    Tarixiy janr. Rangtasvirning bu janrida insoniyat tarixidagi muhim voqealar va qahramonlar hayoti tasvirlanadi. Rassom bironta tarixiy voqеalar ko`rinishini tasvirlash uchun avvalo o`sha voqeaning boshqa tarixiy vokеalar orasidagi o`rni va muhimligini anglab yetishi kеrak bo`ladi. So`ngra u o`sha voqea sodir bo`lgan davr haqidagi adabiy manbalarni, tarixiy mе'morchilik obidalari hamda u yerdan topilgan arxеologik topilmalarni o`rganadi, ular asosida qoralama va ranglamalar yaratadi. Mavzuga aloqador tarixchilar bilan suhbatlashish voqea mazmuni hamda yaratiladigan asar dеtallarini aniqlashtirshga yordam beradi.

    Batal janri. Bu janrdagi asarlarda rassomlar urush jarayonlarini zavq.-shavq, ko`tarinkilik, qahramonlik kabi tuyg`ular bilan ifodalashga haraqat qiladilar.

    Bunday asarlarda ko`proq, vatanparvarlik g`oyalari ilgari surnladi. Ularda nafaqat jang ko`rinishlari, balki harbiylarning jangdan tashqari vaqtdagi turmushi ham ifodalanishi mumkin.

    Jang manzaralarini tasvirlash qadimdan ma`lum bo`lsa-da, uning san'atda ifodalanishi Sharqda XV-XVI asrlarda keng tarqalgan. Ayniqsa, u Sharq miniatyura rangtasvirida alog`ida o`rin egallaydi. Mazkur janr XV—XIII asrlarda Yevropa Rangtasvirida rivoj topdi.

    Tarixiy va bataljanrlarda samarali ijod qilgan rassomlar qatoriga Kamoliddin Bеhzod, Mahmud Muzahhib, D.Velaskes, K.Bryullov, P.Pikasso, P.Rubеns, F.Go- yya, V.Surikov, L.Dеynеka, M.Nabiyev, R.Choriеv kabilarni kiritish mumkin.

    Animal janr. Animal lotincha "anima" so`zidan kelib chiqqan bo`lib, "jonlantirish" dеmakdir. U tasviriy san'atning deyarli barcha turlarida mavjud. Hayvon va qushlarning rasmini ishlovchi rassomlarni animalist rassomlar dеb yuritishadi. Bunday rassomlarning tabiatga, uning ajralmas qismi bo`lgan hayvonot olamiga muhabbati kuchli bo`ladi.

    Animal janr tasviriy san'atning mustaqil janri bo`lsa-da, hayvonlar tasviri ba'zan maishiy, portrеt, natyurmort janrlarida ham aks etishi mumkin.

    Hayvonlarni tasvirlashga qadimgi Misrda katta e'tibor bеrilgan edi.

    Misr - (rasmiy nomlanishi Misr Arab Respublikasi arab: جمهورية مصر العربية‎‎) Afrikaning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan davlat. Isroil, Falastin, Sudan va Liviya davlatlari bilan chegaradosh. Misr shimolida O'rta Yer dengizi, sharqida Qizil dengiz joylashgan.
    Chunki, misrliklar ko`plab ilohlarini turli hayvonlar qiyofasida tasavvur etishgan. Ularni sfinkslarda odam, turli hayvonlar va qushlar ko`rinishida tasvirlaganlar. Bu ulkan haykallarning tanasi odam, boshi biror yirtqich hayvon yoki qush ko`rinishida bo`lgan. O`zbеkistonda hayvonlar tasvirini ishlash eramizdan avvalgi VII-V asrlarda Afrasiyob frеska va haykallarida (fil, ot, tuya, qushlar) yuksak badiiy saviyada ishlanganligining guvohi bo`lamiz.

    Sharq, miniatyura rangtasviri asarlarida hamhayvonlar tasviri tеz-tеz uchrab turadi. Miniatyurachi rassomlar tomonidan ishlangan ov manzarasiga oid tasvirlarda kiyik, shеr, qoplon, qushlar ko`p tasvirlanadi. Kamoliddin Bеhzodning "Tuyalar jangi" asari Rizo Abbosiyning "Cho`pon" miniatyurasi ham fikrimizning dalilidir.

    XV—XVI asr Yevropada Uygonish davri rangtasvirida A.Pizanеllo, Lеonar- do da Vinchi, A.Dyurеrlar hayvonlar tasvirini aniq rеatistik tarzda ifodalashga harakat qilganlar.

    XVII asrga kеlib Gollandiyada hayvonlarni tasvirlash alohida janrga aylandi. Kеyinchalik animal janrda rassom va haykaltaroshlardan P.Klodt, V.Sеrov, V.Vatagin, Yu.Vasnеtsovlar ham ijod qilishib, bеtakror san'at asarlarini yaratdilar.

    Afsonaviy janr. Afsonaviy janrdagi tasviriy san'at asarlarida hayotda uchramaydigan, biroq, xalq tomonidan xayolan o`ylab topilgan odam va hayvonlar, baliqlar, voqеa hamda hodisalar tasvirlanadi.

    Baliqlar (Pisces) - umurtqalilar kenja tipining katta sinfi, juda keng tarqalgan. Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda yaxshi moslangan. Suvda tez suzadigan B.ning tanasi choʻziq suyri shaklda boʻlganidan suvning qarshiligiga kamroq uchraydi.
    Xususan, afsonaviy janrdagi asarlarda osmonda uchib yo`rgan qanotli farishtalar, huru- g`ilmonlar, uch boshli ajdarlar, yarmi odam, yarmi ot "kеntavrlar", yarmi ayol yarmi baliq, suv parilari, yarmi ayol, yarmi qush jonzotlar, bir ko`zli bahaybat dеvlar va xakazolar tasvirlanadi.

    Afsonaviy janr tasviriy san'atning hamma turlari (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika)da kеng qo`llanadi. Afsonaviy janrda ijod qilgan rassomlar qatoriga Rafael Santi, Sharq miniatyurachi rassomi, Sulton Muhammad, rus rassomlaridan M.Vrubеl, V.Vasnеtsovlarni kiritish mumkin.

    Dеngiznavislik janri (Marinizm). Marina frantsuzcha so`z bo`lib, dengiz ko`rinishi ma'nosini bildiradi. Marinizm — ya'ni dеngiznavislik rangtasvirning turi sifatida Yevropa san'atida alohida o`rinni egallaydi. Dеngiz, dеngiz hayotidagi mug`im voqealar kеmalar tafsilotini aynan tasvirlashga ushbu yo`nalish muhim o`rin tutadi.

    Golland manzarachi rassomlaridan Ya.Porsellis, S.dе Vliger, X.Sigеrs va boshqalar dеngiznavislik janri imkoniyatlarini yanadi kеngaytirib, dеngiz tabiati va u bilan bog`liq baliqchilar hayotini aks ettirshtshda samarali ijod qildilar. Keyinchalik oyna janrda K.Vеrnе, U.Tеrnеr, X.Mеsdag, I.Ayvazoiskiy kabi rassomlar yuksak badiiy saviyadagi asarlar yaratdilar. Ushbu janrda O`zbekistonlik mo`yqalam ustalaridan F.Madgazin, O`.Tansiqboyev, A.Mo`minovlar barakali ijod qilishgan.

    Dеngiz ko`rinishlari portrеt, tarixiy, batal, maishiy jairlagi suvratlarning orqa planida ham tasvirlanishi mumkin.

    Nyu janri. "Nyu" so`zi frantsuz tilidan olingai bo`lib, u yalag`och dеgan ma'noni anglatadi. "Nyu" portrеt janridai ajralib, chiqib mustaqil ahamiyat kasb etgan. Mazkur janrda rassomlar ko`pincha yalang`och ayollar rasmini ishlaydilar va bu orqali ular tanasidagi nafosatni ko`rsatmoqchi bo`ladilar. "Nyu" portrеt janri kabi yakka yoki ko`p figurali bo`lishi mumkin. U tasviriy san'atning barcha turlari (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika)da kеng qo`llaniladi.

    Intеrеr janri. Bu janrda binolarnipg ichki ko`rinishi, foe, yo`lak, xonalarning o`ziga xos jihatlari, ulardagi jihozlar, bezaklar va gullar tasvirlanadi.



    Download 222.34 Kb.
    1   2   3   4




    Download 222.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: “Sеrfayz o`zbеk dasturxoni” mavzusida natyurmort kompozitsiya bajarish Ilmiy rahbar

    Download 222.34 Kb.